Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


SALOMATLIK MADANIYATINI TARBIYALASH KONTEKSTIDA TALABALARINING



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   414
Bog'liq
Туплам

SALOMATLIK MADANIYATINI TARBIYALASH KONTEKSTIDA TALABALARINING 
SOG„LOM HAYOT TARZI MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH 
Mannapova N.Sh. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
Sog‗lom turmush tarzi muammosi – odamzod oldida turgan eng muhim muammo - shaxsni har 
tomonlama rivojlantirish, mehnat turmush va dam olish sohasida, ilmiy jihatdan asoslangan, ijtimoiy–
gigiyenik faolligi kuchayib borishiga yordam beradigan, ijtimoiy-gigiyenik jihatdan oqilona bо‗lgan 
turmush tarzini shakllantirish muammosidir. 
Salomatlik madaniyati kasalliklarning yuzaga kelishi va rivojlanishi havfi omillarini bartaraf 
etish, salomatlikni saqlash va mustahkamlash maqsadida sotsial va tabiiy sharoitlardan oqilona 
foydalanishga qaratilgan. 
Salomatlik madaniyati - salomatlik mohiyati haqida bilimlarga asoslanadigan (uni 


414 
shakllantirish, saqlash va mustahkamlash yо‗llari va metodlari) va hayot faoliyati jarayonida insonlar 
hulq-atvorini boshqaradigan hayotiy qadriyatlar chizmasidir. Salomatlik madaniyatini muvofiq 
tamoyillar asosida sog‗lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirishda muvaffaqiyatli tarbiyalash 
mumkin. Adabiyotlardagi ma‘lumotlarga kо‗ra, salomatlikni qurishga yо‗naltirilgan STT 
motivatsiyasini shakllantirish, faol hayotiy pozitsiyani egallovchi, mustaqil rivojlanish va mustaqil 
takomillashishga motivatsiyani rivojlantiruvchi, salomatlik shakllanishini ta‘minlashga imkon 
beruvchi, hulq-atvor strategiyalarini saqlovchi shaxs qadriyatlari tizimini yaratish va sog‗liqni saqlash 
muhitini yaratishning asosiy tamoyillari bо‗lib quyidagilar hisoblanadi; 
- umum insoniy qadriyatlar haqida insonlardagi dunyo qarash tasavvurlari, о‗ziga hurmat, о‗z 
salomatligi va atrofdagilar salomatligi, somatik, psixik va ahloqiy salomatlikni shakllantirishni 
ta‘minlovchi akseologik tamoyil; 
- bolalar salomatligiga yordam beruvchi omillarni tо‗ldirib, jismoniy va aqliy yuklamalar va 
ularning izchil ortishi reglamentatsiyasi orqali erishiladigan STT shakllantirish bо‗yicha maqsad va 
vazifalarning qо‗llanilishi izchilligini kо‗zda tutuvchi tadrijiylik tamoyili;
- salbiy nuqsonlardan voz kechishga yetaklovchi bilim va malakalarni qabul qiluvchi tizimni 
о‗z ichiga oluvchi interfaol faoliyat tajribasiga va tahsil oluvchilar hulq-atvorini tо‗g‗rilashni 
shakllantirishga asoslanadigan individualli ktamoyili; 
-shaxs hayoti uslubini jadallashtirish, shaxs motivatsiyaviy muhitida о‗zgarishlar asosida 
individual salomatlik bilan faol shug‗ullanishga imkon beradigan sog‗liqni saqlash va sannogen 
fikrlash kо‗nikmalarini egallash tamoyili;
- ―shaxs-muhit‖ tizimida yaxlit mavjudot sifatida insonni kо‗rib chiqish uchun yо‗naltiruvchi 
xolizm tamoyili;
-organizmda sabab-oqibat aloqalarini idrok qilish bilan bog‗langan va butun STT 
motivatsiyasini shakllantirish jarayonini о‗z borlig‗ini tanlash sifatida kо‗rishga imkon beruvchi 
tamoyili;
-organizmda salomatlik mexanizmlarini anglash va mavjudligini izlashga yordam beruvchi 
appersepsiya tamoyili; 
-STT sotsial madaniy etalonlarining butun sog‗liqni saqlash faoliyatiga yо‗naltirilgan hulq-
atvor modelini oldindan bilishga imkon beradigan antitsipatsiya tamoyili;
-kasalliklar xususiyatlarini hisobga oladigan salomatlik etalonlarini shakllantirish bilan bog‗liq 
funksional muvofiqlik tamoyili;
-etnik differensiatsiyasi tamoyili psixofiziologik va sotsial-psixologik darajalarda inson 
tomonidan og‗riqli kо‗rinishlarini tushunishda bosh belgi bо‗lib hisoblanadigan sharqiy va g‗arbiy 
salomatlik doktrinalariga asoslanadi . 
Motivatsiya - subyektni qandaydir maqsadlarga nisbatan faoliyatga tashqi yoki ichki undash, 
bunday undashning faoliyati va usullariga qiziqishning mavjudligi. STT olib borish motivlari butun 
pedagogik ta‘sir kо‗rsatishlar tizimi ta‘sirida shakllanadi, avvalombor, bevosita ta‘lim faoliyati 
jarayonida tarbiyalanadi. STTga ijobiy motivatsiyani tarbiyalash ta‘lim jarayoniga tashkil qilishga 
о‗qitish mazmuni, о‗qituvchi shaxsiga bog‗liq. 
Ma‘lumki, sog‗lom turmush tarzi tо‗g‗risida asosiy ma‘lumotlarni talabalar ―Valeologiya 
asoslari‖ fanini о‗qitish jarayonida о‗zlashtiradi va shu qatori sog‗liqni saqlashga oid bilimlarni 
atroflicha о‗rganiladi. Yuqorida aytilganlar kontekstida pedagogika oliy ta‘lim muassasalari talabalari 
STTning shakllangan motivatsiyasi darajasini aniqlash maqsadida biologiya yо‗nalishi, maktabgacha 
ta‘lim yо‗nalishi va boshlang‗ich ta‘lim metodikasi talabalari bilan tadqiqotlar о‗tkazilgan. Bо‗lajak 
pedagoglardan anketalar olishda ularni STTni olib borishga nima majbur qilishi, STT motivatsiyasi 
tuzilmasi, umumlashganligi va yо‗nalganligi, STT usullariga bо‗lgan motivatsiyaning yо‗nalganligi 
hamda STT motivatsiyasi quvvati va uning ikkilamchiligi aniqlandi.
Tadqiqotlarning birinchi bosqichida STT motivatsiyasining boshlang‗ich darajasi pedagogik 
eskperimentning yakunlanishida olingan ma‘lumotlar bilan qiyoslangan ravishda aniqlandi. Mazkur 
eksperiment davomida STTning shakllanishi metodologiyasi bо‗yicha maxsus mashg‗ulotlarning 
о‗tkazilishini о‗zichiga oladigan biz bilan ishlab chiqilgan eksperiment dasturi qо‗llanildi, interfaol 
metodlar, о‗yinlardan foydalanildi.
Pedagogik eksperiment davomida olingan ma‘lumotlarning qiyosiy tahlili sog‗lom turmush 
tarzi motivatsiyasining rivojlanishida haqiqiy pozitiv siljishlarni aniqlab berdi.


415 
Jumladan, talabalarning о‗z hayoti faoliyatida kо‗proq sog‗lom turmush tarzining asosiy 
tarkibiy qismlaridan foydalanib, sog‗liqni saqlash va mustahkamlash uchun hamda barkamol 
rivojlanishiga ehtiyojlari amalga oshdi. Shu bilan birga tajriba sinov guruhidagi talabalar fikri bо‗yicha 
kasbiy faoliyatida sog‗lom turmush tarzini zarurligi haqida fikr bildirdilar. 
Ma‘lumki biz naslimizning kelajagi – sog‗lom avlod uchun kurashar ekanmiz о‗zmaqsadimizga 
erishish uchun millatni sog‗lom turmush tarzida yashashga о‗rgatishimiz kerak bо‗ladi. Sog‗lom avlod 
deganda, biz faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma‘naviy jihatdan ham boy va sog‗lom 
avlodni nazarda tutishimiz lozim. Zero, ma‘naviy sog‗lom bо‗lmasdan turib, jismonan sog‗lom bо‗lish 
mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir-biriga mos va biri ikkinchisidan taqazo qiladi. Ham jismonan, 
ham ma‘naviy sog‗lom avlodga ega bо‗lgan xalqni esa sindirib bо‗lmaydi. Biz jismonan sog‗lom, 
yuksak ma‘navyatli va yagona milliy g‗oya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni bosh maqsad 
qilib qо‗yar ekanmiz uni sog‗lom turmush tarzida yashashga о‗rgatishimiz lozim.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish