177
XALQ XO‟JALIGIGA ZARAR KELTIRADIGAN CHIVINLARNI KAMAYTIRISHNING
OSON VA TA‟SIRLI USULLARI
Yaxshiboyeva D.T., Aliyeva K.B.
Navoiy davlat pedagogika instituti
Inson organizmiga zarar keltiradigan qonso‘rar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar
va h.k.) hozirgi kunda ko‘payib bormoqda. Bu hasharotlar yordamida
infeksion kasalliklar kelib
chiqishi mumkin. Gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi, ichterlama, toshmali
terlama kabi kasalliklar
shular jumlasiga kiradi. Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan pathogen mikroblarning
soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga,
inson organizmining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga,
shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga bog‘liqdir. Infeksion kasalliklarning o‘tishida
inkubatsion davr, kasallikning so‘nish davri va sog‘ayish davri bilan farq qilinadi. Ichterlama kabi
ba‘zi infeksion kasalliklar mikrobi uzoq yillargacha inson organizmida yashirin davrini o‘tashi
mumkin. Chivinga qarshi kurashishning oson va ta‘sirli usullari. Bu zararkunanda qon so‘ruvchilar
huddi ofat kabi inson hayotiga kirib keladi. Ayniqsa, yoz faslida chivinlar ko‘payib, insonlarga «hujum
qilish»ni boshlaydi. Albatta, juda ham kichik bo‘lsa-da, bu qonxo‘r chivinlar bilan kurashish oson ish
emas. Quyidagi tajribalardan kelib chiqan holda bu mitti hasharotlardan ―himoyalanib‖, teringiz
zararlanishini oldini olishga yordam beradi.
1.Xushbo‘y yog‘lar - qon so‘ruvchilarga qarshi kurashishda
yordam beruvchi eng foydali
yog‘lar — lavanda, valeriana,evkalipt, yorongul, arpabodiyon, chabrets, yalpiz, choy daraxti, kamforli
lavr, kedr o‘simliklarining vegetativ va generativ organlaridan olingan yog‘lardan foydalaniladi.
Ushbu o‘simliklardan olingan xushbo‘y yog‘larning qo‘llash uslubi: paxtani yuqoridagi yog‘lardan biri
bilan namlang va «aromatizator» (ifor taratuvchi) ichiga solib, deraza yoki yostiq yaqiniga
joylashtiring. Tanlangan xushbo‘y yog‘ni tananing ochiq qismlariga surtib chiqing.
2. Xonaki o‘simliklardan chivinga qarshi kurashishning oson va ta‘sirli usullari - yalpiz, mirt,
rozmarin va yorongul — xonaki o‘simliklar o‘zining kuchli ifori bilan chivinlarni yo`qota oladi,
Shuning uchun uy sharoitida xonaki o‘simliklarni ko‘paytirish lozim. Shuningdek, chivinga qarshi eng
kuchli vosita pomidor barglari hisoblanadi.
3. Chinnigul va limon- Limonni
mevasini teng yarmidan kesib, unga chinnigulni
joylashtirilganda o‘zidan yoqimli hid chiqaradi. Limonning tarkibijihatidan oladigan bo‘lsak,
vitaminlar, minerallar va boshqa biologik faol moddalar (100g gacha). Limon tarkibidagi organic kaliy
kardiovaskulyar tizimda shifobaxsh ta‘sirga ega bo‘lgan xushbo‘y moddalar borligi bilan
ahamiyatlidir.
4. Ignabargli qarag‘ay g‘uddasi va archa- tabiat qo‘ynida esa chivinlarga qarshi qarag‘ay
g‘uddalari va archa shoxlaridan foydalanish mumkin. Archa qubbasini yonayotgan olovga tashlanilsa,
undan taralayotgan hid chivinlar kelmasligini ta‘minlab beradi va bundan
chiqayotgan hid inson
organizmiga zararsiz hisoblanadi.
5. Shumurt va chetan (ryabina) – inson terisidagi epidermis qavatni chivin chaqishidan himoya
qilishda shumurt va chetan (ryabina) o‘simliklari barglaridan tayyorlangan malhamlar samarali
natijalarni beradi.
6. Piyoz - chivin chaqqandan so‘ng paydo bo‘luvchi turli allergik toshmalarga qarshi piyoz va
sarimsoqdan foydalansa bo‘ladi. Piyozni bir bo‘lagidan yoki boshini ikkiga ajratgan holda chivin
chaqqan yerga bosilsa allergik reaksiyalarni yo‘qotadi, lekin ba‘zi bir insonlarning terisi ta‘sirchan
bo‘lsa, bu usulni qo‘llash mumkin emas.
7. Limon suvi - chivin chaqqan yerga limon suvini surtish ham yaxshi samara beradi. Agar 20
gramm zanjabil ildizi bilan limon suvi qo‘shilsa, terini zararlangan qismlarini qayta tiklashga yordam
beradi.
Xulosa
qilib aytganda, yuqorida keltirilgan o‘simliklardan foydalanilgan holda inson
organizmiga hamda xalq xo`jaligiga zarar yetkazayotgan chivinlarni oldini va ularga kurashishda eng
samarali yullar bu biologic faol moddalar, o`simliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: