kompozitsiyasi
shahar qurilishi tizimi va
atrofdagi binolarga mos bo‟lishi lozim. Bu muassasalar shahar ansambllari va
savdo markazlari shakllanishida aktiv ishtirok etishi kerak.
Mustaqil ish uchun to’shiriq
Mavzu bo‟yicha loyihalash texnologiyalarini o‟rganish.
4-mavzu. Loyihani tanlash va dastlabki eskiz chizmalarini chizish.
Reja:
1.
Kafe yoki restoran binolarida iqtisodiy ko’rsatkichlar xaqida ma’lumot
berish
2.
G’oya ustida ishlash.
3.
Kafe yoki restoran binolarida yoritilganlik masalalari
1.
Kafe yoki restoran binolarida iqtisodiy ko’rsatkichlar xaqida mahlumot
berish
“Andijon” choyxonasi toyxona choyxonasi hisoblanib, markazda
choyxona, o‟ng va chap yon tarafiga simmetrik holatda toyxona binolari
loyihalangan bo‟lib, badiiy obrazi yaxshi topilgan. Ushbu choyxona arxitekturaviy
kompozitsion yechimi murakkab bo‟lib, ikki qavatdan iborat. Binoning fasad qismi
hasamatli, badiiy arxitekturasi mukammal darajada ijodiy ishlangan va binoda
qo‟llanilgan qurilish materiallari,tanlangan ranglar mutanosibligi uyg‟unlashib, o‟z
o‟rnini topgan.Ichki hovli arxitektura kompozitsiyasi ham o‟z yechimini topgan
bo‟lib, markazda favvora joylashgan,atrofini landshaft bilan boyitilgan. Ichki hovli
badiiy kompozitsiyasi o‟ziga xos milliy o‟zbek amaliy san‟atidan mohirona
foydalanilgan.
Binoning arxitekturaviy kompozitsiyasida milliy va zamonaviy arxitektura
uyg‟unligini ko‟rishimiz mumkin.
Ushbu choyxona yopiq kompozitsiya loyiha yechimiga ega bo‟lib, xonalar
simmetrik holatda joylashgan. Binoning asosiy kirish qismi milliy ruhda
ifodalangan bo‟lib, kirish qismida hashamatli milliy uslubda qilingan darvozani
korishimiz mumkin. Ichki hovli qismiga kirsangiz milliy va zamonaviy arxitektura
kompozitsion yechimlari juda uyg‟un ishlanganligini guvohi bo‟lasiz. Bino fazoviy
loyihasi yopiq holatda bo‟lgani uchun sun‟iy yorug‟likdan foydalanilgan.
Tadqiqot ishining o‟rganishlaridan kelib chiqib Farg‟ona vodiysiga va
mamlakatimizning boshqa hududlari iqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan xolda
komplexs milliy taomlar loyihasini ishlab chiqdik. Loyihada barcha o‟rganib
chiqilgn milliy taomlar muassasalarning kamchiliglarini analiz qilib, ularning
afzalliglarini takomilllashtirgan xolda yaratildi. Muassasa hududlarga bo‟lingan.
Milliy taomlar oshxonasi, oilaviy kafe- bar, ochiq soyabonli ovqatlanish maydoni,
ma‟muriy bino, bollalar maydonchasi hamda avto turargohlarga bo‟lingan.
Hududda ochiq ayvon ostida o‟tirish o‟rindiqlari mavjud qilingan bolib. Bu
yoz kunlarida tashqarida o‟tirib ovqatlanishni taminlaydi hamda xo‟randalarga
xizmat ko‟rsatish hajmini oshishga imkon beradi. Bolalar o‟yash maydonchasi
esaoilaviy tashriy buyurganlarning farzandlari o‟ynashlariga qulay sharoit bo‟ladi.
Milliy taomlar oshxonasi ikki qavat va yerto‟lali qilib loyihalangan binoga
assosiy kirish binoning oldi tarafidan. Birinchi qavatda xonalar tarkibi o‟tirish zali,
asosiy pishirish xonalari mavjud. Ikkinch qavatida esa ovqatlanish zali, vip
kabinkalar, taomlarni tarqatish xonalari, kichik marosimlar zali joylashgan.
Yerto‟la qavatida esa barcha xoz pmisheniyalar joylashtirilgan.
Oilaviy kafe-bar bir qavatdan iborat. Bu kafe-barda asosan oilaviy tashrif
buyuriladi va xar-hil musiqa va shoular bilan xam xizmat ko;rsatiladi. Muassasa 70
o‟ringa mo‟ljallangan. Binoda taom tayyorlash bo‟limi xamdaovqatlanish zali va
kichik zal mavjud.zalda raqs tushish uchun maydoncha va arkestrlar uchun joylar
tashkillangan.
Tadqiqot ishimizga Farg‟ona viloyati milliy taomlar ovqatlanish
muasasalarining arxitekturaviy shakllantirish, asoslarini yaratish maqsadida
belgilab olgan edik.
Ovqatlanish muasasalarini loyihalashda quyidagi omillarga asoslaniladi:
milliy taomlar ovqatlanish muasasalarining tarixini,
tabiiy iqlim ta‟sirini,
arxitekturaviy fazoviy muhitni, muhitda yashovchi aholi mintaliteti, urf-odatlari,
yashash tarzini xarakter xususiyatlarini chuqur o‟rganish.
Shuni ta‟kidlash lozimki aholini jalb qiluvchi asos bu:
milliy taomlar
ovqatlanish muasasasi
binolarini milliy ruhda shakllantirish, fazoviy muhit va
bezaklari o‟zaro uyg‟un ixcham, qulay muhitga mos
milliy taomlar ovqatlanish
muasasalari
ni shakllantirish lozim.
Ovqatlanish muasasalarini loyihalash, qurish, eksplikatsiya qilish borasida,
hamda ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va tabiiy-iqlimiy sharoitlar asosida
arxitekturaviy loyihalarni taklif berdik, hozirgi zamonaviy talablar asosida
shakllantirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |