2.
Binoning badiiy yechimini milliy urf-odatlarimizdan kelib chiqib
yechish.
O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil
taomlardandir. Sharq madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar,
murabbolar qo'yish, shirin taomlar tayorlab olib kelish odatga aylangan.
O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda rivojlangandir. O'zbek milliy
taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham mashhurligini inobatga
olib, biz o'zbek milliy taomlarini tayorlash, dasturxonga tortish haqidagi o'z
fikrlarimizni sizga tortiq etmoqdamiz.
Milliy taomlar umumiy ovqatlanish muassasasining kelib chiqishi dastavval
qadimgi choyxonalardamn kelib chiqqan. Choyxona dastavval bir xonadonga
o‟xshab ketgan va unda xovli, xovuz bilan ikki xonadan iborat bo‟lgan. Choyxona
bora bora mahalla markaziga aylana boshladi, u yerda nafaqat choyxorlik balki bir
qancha tadbirlar o‟tkaziladigan bo‟ldi. Aytish kerakki undagi o‟zgarishlarga
qaramasdan umum- ovqatlanish muassasi turidan biridir, chunki unda doim milliy
taom pishiriladi.
Ovqaylanish muassasasini loyihalashda oldin to‟liq bozor xususiyatini
aniqlab olish zarur, chunki umumiy ovqatlanish soxasida muvafaqiyot ga erishish
har qanday savdo sohasi kabi aniq bir mahsulotag yoki xizmatga bog‟liq.
Xaridorlar foizi shunday omillarga bog‟liqki misol uchun ish joyini uydan
uzoqligi ovqatlanish muassasalari kamligi ovqatlar narxi va sifati.
Muassasalar joylashuvi- birinchi o‟rinda turadigan omil chunki yetib boorish
imkoni va qulaylik asosiy omildir. Ular qayerga borish xoxishini xal qiladi. Bazi
oshxonalar talabga har tomonlama javob bersa ham bittagina joylashuvi deb
ko‟pchilik u joyni bilmagani uchun yoki boorish noqulayligi uchun mijozdan
ayriladi va zarar ko‟radi. Yuqorida aytilganlar o‟quv dargohlari oshxonalri
ishxonalar oshxonalariga tegishli ular ham ko‟p hollarda hovli ichida
joylashtiriladi tashqaridan xo‟rrandalar olinmaydi va h.k.lar.
Ovqatlanish zali shakli va o‟lchamlariga turli talablar qo‟yiladi. Misol uchun
restoran va kafelarda xo‟randa vaqti chegaralanmagan va u yerda ofitsiantlar
xizmat qilgani uchun ular zallari turli shakl va o‟lchamlarga ega bo‟lib xona va
kabinalarga bo‟lingan bo‟lishi mumkin. Bu yerda turli tarxli kompozitsiyalar qilish
mumkin va pol satxini o‟ynatish mumkin.
Ovqatlanish joyi xududlari uni texnologik funksiyasiga qat‟iy
bo‟ysundirilgan bo‟lishi kerak. Ular quyidagi talablardan kelib chiqadi:
-zarurat tug‟ilganda zal maydonini tejamli ishlatish, ovqatlanish stillar bilan
maksimal darajada to‟ldirish imkoni bo‟lishi kerak;
-mijozlarni kirish qismidan ovqat olish qismiga masofani qisqa bo‟lishi;
-ovqat olish joyidan ovqatlanish joyigacha eng qisqa masofasi;
Ko‟p xollarda ovqatlanish zallari to‟g‟ri to‟rburchak shaklida qulay
hisoblanadi.
Bir kishiga ovqatlanish maydoni 1.6 kv.mdan hamda yiriklashtirilgan
konstruktiv (6m) moduldan kelib chiqgan xolda zalni samarali chuqurligi
(uzunligidan qat‟iy nazar) 12m deb aniqlanadi. Bu chuqurlikni qulay nuqtai
nazaridan normal xolat deb hisoblash mumkin.
Bunda xaridorlarni ovqat olib joyga borib o‟tirishi hisobga olingan. U
o‟lcham 3m gacha o‟zgarishga ruxsat etiladi.
Shunday qilib oshxonalarni loyihalash amaliyotida tasavvur paydo bo‟liki bu
bino qiyofasi shunday xajmki u katta asosiy xona, ovqatlanish xonasi va bir qator
ishlab chiqarish xonalari. Shu asnoda ko‟p joyda ovqatlanish xonasi bu binolar
fasadi katta oynalar (vitraj) bilan qoplangan va ichki qismida ko‟pkina ustunlar
o‟rnatilgan, ajratuvchi devorlar juda soda oddiy qilinadi.
60-70 yillarda chet el arxitekturasida ovqatlanish zallari qator oynalashtirish
tus oldi, bu usul bizning sharoitda ham qilina boshlagan va bu nafaqat qishda
issiqlikni yo‟qotishga balki bino ichidagi odamlar o‟zlarini noqulay sezishi ham
kuzatildi. Ammo bu tuzilmani mutloq yomon deb aytib bo‟lmaydi uni
takomillashtirish yo‟li bilan rivojlantirish lozim.
Umum
ovqatanish
muassaslari
tarxiy
xajmiy
yechmi
muassasa
mutaxaslanishi, texnologik jarayon xarakteri va quvvati bilan aniqlanadi.
Mebel joylashuvi turini, usulini 2 turga bo‟lish mumkin;
Geometrik
Erkin
12-rasm. Mebellarni joylashuvi
Xar qanday xolda mebel shunday shoylashishi kerakki oshxona xodimi xar
bir mijozga oson xiamat ko‟rsata olsin, xamda odamlarni evokuatsiya qilish
imkoni bo‟lishi kerak. Mebellar orasidagi yo‟laklar; asosiy ( eni 1,2…1,5 m )va
ikkinchi darajaligi ( eni 0,6…0,7 m) bo‟linadilar.
Umumiy ovqatlanish muassasalari interyeri uni mo‟ljallanishiga qarb tashkil
qilinadi. O‟z o‟ziga xizmat qilish milliy taomlar muassasalarida erkin, ochiq,
fazoni talab qiladi. Bu turdagi muassasa interyerlari uchun: yaxshi yoritilgan zal
(tabiiy yoruqlik orqali), devorlarni ustki yuzalar pardozlashga arzon, soda
materiallar ishaltish orqali bezatish katta ahamiyatga ega.
Har hil millatlarning o‟z milliy taomlari bo‟ladi. O‟z milliy oshxonasi
bo‟ladi va u cheklangan taomlar menyusi bo‟yicha xizmat qiladi. Yurtimizda ham
shunday o‟z milliy taomlarimiz bilan xizmat ko‟rsatuvchi milliy taomlar umumiy
ovqatlanish muassasalari rivojlanib bormoqda.
Umumiy ovqatlanish muassasalarining turlarini oldin ko‟rib chiqdik.
Ularning turlari o‟z funksiyasiga, xizmat ko‟rsatish yo‟nalishiga qarab juda keng
tarqalgan. Shulardan biri “Milliy taomlar” umumiy ovqatlanish muassasalari va
komplekslari.
Ushbu
muassasa-insonlarning
hayot
tarzidan,
ovqatlanish
madaniyatidan, ovqatlanish tarixidan kelib chiqgan holda rivojlanadi.
“Milliy taomlar” umumiy ovqatlanish muassasasi nomidan kelib chiqib
mamumki, xalqning milliy ovqatlanish uslubini, taomlanish menyusini o‟zida
mujassamlashtiradi. Xo‟ramdalarga milliy taomlar bilan xizmat ko‟rsatadi.
“Milliy taomlar” umumiy ovqatlanish muassasalari oilaviy dam olib xordiq
chiqarish sharoitini o‟zida mujassamlashtirgan. Bolalar uchun qulay sharoitlat,
kichik yoshdagi bolalar uchun bolalar maydonchalari mujassamlashtirilgan. Ushbu
muassasada do‟stlar bilan turli uchrashuvlar uyushtirish, ishdan so‟ng dam olib
xordiq chiqarishlarni rejalashtirish mumkin. Xozirgi kunda “Milliy taomlar”
umumiy ovqatlanish muassasalari rivojlanib borib o‟z tarkibida choyxonalar,
barlar, kafelar, ko‟ngilochar klublarni birlashtirib kompleks xolatlari xam mavjud.
Bu esa “Milliy taomlar” umumiy ovqatlanish muassasasining, insonlarni malum
bir qatlamiga xizmat qilib sheklanishini oldini oladi.
“Milliy taomlar” umumiy ovqatlanish muassasasini to‟rt turga bo‟lish
mumkin:
13-rasm.
Kompleks milliy taomlar- ushbu milliy taomlar ovqatlanish muassasi bir
necha muassasani o‟z tarkibiga biriktirgan bo‟ladi. Tarkibida choyxona, bar, kafe,
ko‟ngilochar klub va milliy taomlar oshxonasi mavjud bo‟ladi. Bu terga oilaviy va
do‟stlar bilan tashrif bufurish mumkin. Bundan tashqari turli xil kichik
uchrashuvlar uyushtirish mumkin. Muassasada o‟z-o‟ziga va ofitsiantlar xizmat
ko‟rsatishi yo‟lga qo‟yilgan. Ofitsiantlarning xizmat ko‟rsatishi tez va sifatli
tashkillanganligi bilan ajralib turadi.
Muassasaning joylashishi bino tarkibida emas balki yaxlit holda quriladi.
Odatda tarkibidagi muassasalar binoda qavatlararo yoki bir sathda joylashadi.
Qavatlararo joylashganda binoning yerto‟la qismida bar, ko‟ngilochar kulublar
joylashadi. Birinchi va qolgan qavatlarda milliy taomlar oshxomasi, kafe hamda
choyxonalar joylashgan bo‟ladi.
“MILLIY TAOMLAR” UMUMIY
OVQATLANISH MUASSASALARI
Kompleks milliy taomlar
Milliy taomlar oshxonasi
Malum bir turdagi taomlar bilan xizmat
qiluvch milliy taomlar oshxonasi
Yetkazib beruvchi milliy
taomlar muassasasi
14-rasm.
Binolar bir sathda joylashganda esa milliy taomlar oshxonasi, kafe,
choyxonalar binoning old qismida joylashadi. Bar va ko‟ngilochar kulublar esa
binoning orqa uzoqroq qismida joylashadi.
Komplex milliy taomlar umumiy ovqatlanish muassasasining tashqi fasad
qismi ko‟rinishi nomidan kelib chiqib milliycha ko‟rinishda bo‟ladi. Unga
ishlatilingan pardoz ashyolari, ornamentlar, hattoki eshiklari ham milliy
zamonavuiy uslubda bo‟ladi.
Binoning interer qismida alohida o‟zgacha milliylik muhitini kasb etishi
kerak. Xona mebellari, devorlari, shift qismi milliy ko‟rinishni o‟zida aks
ettirganini ko‟rish mumkin.
Tashqi hovlida so‟rilar joylashishini ko‟rishimiz mumkin. Tashqi maydonda
yoki xonalar tarkibida bolalar o‟ynashi uchun kichik maydonchalar mavjudligi
alohida ajralib turadi. Muassasaning hizmat ko‟rsatish hajmi bir vaqtning o‟zida
150,200,300 o‟rinli bo‟lishi mumkin.
Kompleks milly taomlar umumiy ovqatlanish muassasasi jotylashishi
bo‟yicha shahar, tuman markazlari asosiy shaharlararo magistral yo‟llar bo‟yida,
aholi ko‟p to‟planadigan istirohat bog‟lari tarkibida, dam olish zonalari quriladi.
Milliy taomlar oshxonasi. Ko‟p tarqalgan umumiy ovqatlanish muassasalari
tarmog‟iga kirib bormoqda. Chunki ushbu muassasa insonlarni kunlik ehtiyojini
qondirishi bilan ajralib turadi. Ushbu muassasa ham oilaviy va do‟stlar bilan
tashrif buyurish mumkin bo‟lgan turlarga kiradi.
Mijozlarning tushlik hamda kechki ovqatlarga turdagi milliy taomlar osh,
halim, chuchvara, lag‟mon, norin va shunga o‟xshash boshqa taomlar bilan hizmat
qilishi alohida ajralib turadi. Ushbu muassasada milliy taomlarni mahorat bilan
tayyorlanganligi uchun juda ko‟p tashrif buyuradi. Hizmat ko‟rsatish esa o‟z o‟ziga
va ko‟p hollarda ofitsiatlar hizmat ko‟rsatadi. Hizmat ko‟rsatishda ofitsiantlarning
tezligi va sifatli ekanligi alohida ajralib turadi.
Ushbu muassasa: 150; 200; 300; bolishi mumkin. Joylashishi bo‟yicha
binoning tarkibida asosan 1-qavatida uchraydi. Alohida xolatda qurilganda
tarkibida ochiq ayvonlar, yozgi o‟tirish joylari tashkil qilingan bo‟ladi.
15-rasm. Milliy taomlar muassasalarining funksional qisimlarga bo‟lish.
Binoning balandligi asosan 2 qavatgacha bo‟lishi mumkin. Muassasa tarkibi
2 bo‟limga bolinadi: tayyorlov bo‟limi hamda ovqatlanish zali. Muassasaga
odamlar tez-tez kelib ketganligi uchun alohida xonalar, kabinalar kamroq uchraydi.
Uning o‟rniga ovqatlanish zali kattaroq ko‟tga mo‟ljallangan.
Ishlab chiqarish hududi
Yozgi maydon
Qishgi zal
16-rasm.
Tashqi fasad qismi xozirgi kun talablaridan kelib chiqib milliy, zamonaviy
ko‟rinishida bo‟ladi. Devorda turli ornamentlar bilan ishlov berilgan
kompozitsiaylarni ko‟rish mumkin. Ichki interer qismi zamonaviy kirish chiqishga
qulay va estetik jihatdan qulay loyihalanadi. Ichki devorlarga turli naqshlar bilan
ishlov beriladi. Ayniqsa bu ovqatlanish zalida o‟zgacha muhitni tashkil etadi.
Devorlarda har xil turdagi milliy san‟at asarlari bilan bezaladi. Zalda bir necha
joyiga qulay holatda mijozlar uchun televizor joylashtirirsh mumkin. Qavatlarni
turli zallarga bo‟lish mumkin. Masalan spirtli ichimliklar yo‟lga qoyilgan qavatlar
va ularni istemol qilish cheklangan zallar. Agar zaruriyat tug‟ilsa stellar,
o‟rindiqlar orasini maxsus tosqichlar bilan to‟sish yoki olib tashlash mumkin.
Joylashishi bo‟yicha milliy taomlar oshxonalarini shaharlar, tumanlar
markazlarida, kop qavatli binolar tarkibida pastki qavatlarida, magistrall yo‟llarda,
bozorlarda, savdo komplekslarida joylashtirishmumkin. Maishiy xizmat ko‟rsatish
binolari tarkibida ham bo‟lishi mumkin.
Bir tur bilan xizmat qiladigan milliy taomlar. Ushbu muassasa bir turdagi,
menyusi cheklangan taomlar bilan xizmat qiladigan muassasalardir. Tarkibiga
choyxonalar, osh markazlari, somsaxonalar, lag‟mon markazlari, norin markazlari,
baliq xonalar kiradi.
Usbu muassasalar asosan mijozlarning xoxishiga ko‟ra buyurtma asosida
xizmat qiladi. Masalan tashrif buyuruvchilar kelishdan oldin taom miqdorini
qachon tayyor bo‟lishini buyurtma qilinadi. Yoki muassasaga kelib taom buyurtma
qilinadi va malum vaqt kutib turiladi. Muassasada ofitsiantlar xizmati yo‟lga
qo‟yilgan bo‟ladi.
Ko‟p xollarda ushbu muassasalarga guruh bo‟lib tashrif buyuriladi. Do‟stlar
bilan kichik uchrashuvlar, guruh bo‟lib taomlanish mumkin.
17-rasm.
Muassasaning funksional bo‟linishi: tayyorlash bo‟limi, ovqatlanish zali,
xonalar (kabinalar)ga ajratish mumkin. Bazi xollarda ochiq ayvonli, tashqi o‟tirish
orolchalari (joylar) bo‟lishi ham mumkin. Bu esa yoz kunlarida ochiq toza havoda
o‟tirish imkonini beradi. Muassasa hajmi bo‟yicha bir vaqtning o‟zida 70; 100;
150; 300 o‟ringacha xizmat qilishi mumkin.
Binoning tashqi fasad qismi milliy zamonaviy hamda katta oynavand
bo‟lgani ma‟qul. Chunki xo‟randalar tashqi muhit bilan bevosita bog‟lanib turadi.
Hovli qismida katta va kichik so‟rilar joylashtirilgan. Yakka holda yengil tipdagi
kabinalar joylashgan. Binoning inter‟erida turli dekorativ milliy sopol keramika
kompozitsiyalaridan foydalanilganligi ko‟rish mumkin. Mebellar, o‟rindiqlar ham
o‟zgacha dam olish uchun mo‟ljallangan yumshoq va qulay bo‟ladi. Har bir
xonalarda maxsus televizorlar mavjud. Xonani shamollatish tizimi yaxshi yo‟lga
qo‟yilgan.
18-rasm.
Agar xonalar (kabinalar) qavatlararo joylashgan bo‟lganda, har bir qavatga
xizmat ko‟rsatish xonalari joylashtiriladi.
Joylashishiga ko‟ra ushbu muassasa shahar va tuman markazlarida,
bog‟larda, dam olish maskanlarida, turli kurort va tog‟li-manzarali hududlarda
hamda daryo anxor bo‟ylarida joylashtiriladi. Chunki bu muassasaga tashrif
buyuruvchilar dam olib xordiq chiqarish maqsatida tashrif buyurishadi. Hududni
turli manzarali daraxtlar, gullar kompozitsiyasi bilan loyihalangan bo‟lishi juda
yaxshi natija beradi.
Yetkazib beruvchi milliy taomlar. Ushbu muassasa hozirgi kunda insonlarni
uyda tez ovqatlanishi yoki mexmonga borishda o‟zi bilan biron yegulik sovg‟a olib
borishi ga mo‟ljallangan. Muassasada faqatgina malum bir turdagi ovqatlar
tayyorlanadi.
Masalan: Tandir go‟sht; somsaxona; norin xona, xamirli taomlar va
boshqalar. Shu yerning o‟zida sotadi va yetqazib beradi. Muassasada faqatgina
tayyorlov bo‟limi bo‟ladi.
Muassasa joylashishi bo‟yicha bino tarkibining: yerto‟lasida, birinchi
qavatida hamda alohida yakka holatda uchaydi. Tashqi fasadi aylanasiga oynavand
bo‟lib, ichki muxit reklama sifatida ko‟rinib turadi.
Qurilishi yengil tipdagi konstruksiyadan foydalanilgan bo‟ladi. Hajmi 6x6;
6x9 m dan oshmaydi. Muassasa joylanishiga ko‟ra turar joy hududlarida, yo‟l
bo‟ylarida qurilishini kuzatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |