Turagent funksiyalari va vazifalari.
Turistik tekshiruvlaming ko‘proq tarqalgan maqsadlari alohida
mamlakatlar bo‘yicha kelishlar sonini (chiqib ketish oqimi uchun
rhiqishlar) belgilash hisoblanadi. Unda tashrif buyuruvchilarning jinsiy
larkibi, yoshi, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, ma’lumotlilik darajasi va
boshqalar ifodalanadi.
Turistik tekshiruvlarda safarning o‘ziga alohida e ’tibor qaratiladi.
Boriladigan joyi, ko‘zlangan masofa, transport turi, bo‘lish davomiyligi,
joylashtirish tipi va boshqalar ko‘zda tutiladi.
Kuzatuv obyekti bo‘lib tashrif buyuruvchilarning barcha m a’lumotlari
mazmuni hisoblanadi. Bunday tekshiruv muntazam o‘tkaziladi. Maxsus
anketa mamlakatga kelayotgan xorijiy turistlar haqida mayda-chuyda
tafsilotlargacha axborot olish imkonini beradi.
Kuzatuv obyekti elementlardan yoki bittaginadan iborat bo‘ladi. Ular
obyekti bir butun holatda o‘rganishga imkon beradigan statistik
tavsifnomaga taalluqlidir. Bu birlikka munosabat tarzida bir qator ajralib
turuvchi qirralar, qiziqtirayotgan ma’lumotlar (belgilar) qayd etib
boriladi.
Turizmda birlik kuzatuvi bo‘lib alohida olingan tashrif buyuruvchi
yoki sayohatchi guruh (oila) a’zolarining barchasi haqida axborot
beruvchi boshliq xizmat qilishi mumkin.
Kuzatuv obyekti haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun, bu birlikka
kiruvchi hammadan so‘rab chiqish shart emas. Bu tekshirish muddatlarini
cho'zib yuborgan bo‘lardi. Sezilarli moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilardi.
Faollar katta qismi diqqatini jalb etardi, umuman tekshiruvning o‘zi
bosh og‘riq bo‘lardi. Shuning uchun statistik kuzatuvlarning kattagina
qismi yoppasiga bo'lmasdan, balki tanlangan holda o'tkaziladi. Tartibqoidaga
asosan so'raluvchilar sifatida tekshiruvda ishtirok etishlari uchun
ma’lum miqdorda odamlar tanlab olinadi. Tanlash hajmi kuzatuv maqsadi
va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Tanlab olish nechog‘li to‘g‘ri
qilingani ko‘p jihatdan statistik axborotlarning ishonchliligi va sifatiga
bog‘liqdir. Tekshirish rejasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar tanlab
olinaailar va anketa so‘rovidan o'tkaziladi.
So‘rovnomada mavjud savollar mazmuniga qarab (so‘raluvchining
shaxsi, xulq-atvori, bilim darajasi haqidagi dalillar) farqlanadi. Vazifasi
bo'yicha (asosiy va asosiy emas), shakli bo‘yicha (ochiq va yopiq)
aniqlanadi. Odamlarning bilim darajasi dalillari haqida savollar ularning
fikrini, istaklarini, mo‘ljallari, kelajakdagi rejalari va h.k.larni aniqlashga
qaratilgan b o ‘ladi. Turistik tekshiruvlarda, odatda, ular tashrif
buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga taalluqlidir. Xulq-atvor
haqidagi savollarda tashrif buyuruvchining xatti-harakatlari, qilmishlariga
doir dalillar aniqlanadi. Shaxs haqidagi savollarda esa so‘raluvchining
anketadagi barcha dalillari aks etadi. Ya’ni jinsi haqidagi ijtimoiydemografik
blok savollari, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi, ma’lumoti va
h.k.lar o‘rganiladi va aniqlanadi.
Asosiy funksiyalar va ularning ketma-ket bajarilishi xorijiy turistlarni
qabul qilish bo‘yicha turoperatordan o‘z mamlakatida amalga oshiriladi.
Turistlarni qabul qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalariga muvofiq
turoperator tanlagan xorijlik turistlar safarini qabul qilishni tashkil etish
texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Umumiy rejalashtirish: xorijiy turistik bozorni tanlash va safarga
talabni baholash (turistlar soni, sayohatdan maqsad, turizm mavsumi
va boshq.).
Bu ko‘rsatkichlar xorijiy turistik bozorlar konyunkturasini o‘rganish
asosida aniqlanadi. Marshrutlar, dasturlar, xizmatlar paketi klassligi va
tarkibini rejalashtirishda qabul qiluvchi firmalar odamlar va moliyaviy,
moddiy texnik resurslarini hisobga olish zarur. Eng awalo, ularni
mehmonxonada, transportda, obyektlarni ko‘rsatishda zarur xizmatlami
ta ’minlay olish imkoniyatlari hisobga olinadi.
2. Mahalliy turoperator tomonidan turistik mahsulotni ular hali ham
xorijiy turistik bozorda sotish va harakatni tashkil etish maqsadida
mamlakat (mamlakatlar) bilan hamkorlik o‘matish. Ular bilan xorijlik
turistlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishning aniq shartlarini kelishib
olish, jumladan:
• xorijiy turistlarning umumiy soni, guruhlar soni, ular tarkibi;
• guruhlarning kelish va qaytish sanasi, xalqaro transport turi;
• xorijiy turistlarning sayohat yo‘nalishlari va dasturlari (kunlar
bo‘yicha);
• taqdim etiladigan xizmatlar paketi, ularning miqdoriy va sifatiy
tarkibi;
• xizmatlar paketi narxi;
• vizaviy qo‘llab-quwatlash majburiyati, hisob-kitob sharti, turiarni
bronlashtirish va bekor qilish, xizmat ko‘rsatish, reklamatsiya va boshqa
mavjud shartlar bajarilishi uchun javobgarlik.
3. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning xorijiy tomon bilan tur
shartlarini kelishib olishi va parallel ravishda turistik xizmat yetkazib
beruvchilar bilan ham xizmat ko‘rsatish kelishib olinadi. Shu maqsadda
turfirma zarur xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan tegishli shartnoma
tuzadi. Bunday shartnomalar tuzilayotganda yetkazib beruvchining
barcha javobgarliklari bekam-u ko‘st xizmat ko‘rsatish, xorijiy turistga
yetkazilgan zarar, sog‘lig‘i, hayoti va mulki, daxlsizligi uchun javob
bo‘lajagi to‘g‘risida kelishib olinadi.
Qabul qilish bo‘yicha turoperator ayniqsa, xorijiy turistlarga ekskursiya
xizmati ko‘rsatish uchun gid-taijimonlami taklif etishda e’tiborli boiishi
lozim. Gidlar xorijiy tilni yaxshi bilgan, ko'rsatiladigan obyektlar, mazkur
mamlakat hayoti, tarixi haqida mukammal axborotga, bilimga ega
bo‘lishlari zarur. Ular xorijiy turistlar bilan ishonchli aloqaga kirishadigan,
yuksak madaniyatli, suhbatda yuqori fazilatga ega bo‘lishi kerak.
4. Qabul qilish bo‘yicha mazkur mamlakat turoperatori xorij bozoriga
turiarni sotish reklama kompaniyasini o‘tkazish boshlanishi bilan sotish
ustidan nazorat o‘matish kerak. Bu maqsadda xorijiy turoperator mazkur
mamlakat har bir guruh bo‘yicha bronlashtirilgan turning sotilishi
(progrecc repot) haqida muntazam axborot berishni o‘z zimmasiga
oladi. Tomonlar, shuningdek, har bir bronlashtirilgan turistlar uchun
vizaviy qo‘llab-quwatlashni o‘z vaqtida ta’minlashlari lozim.
5. Xorijiy turistlar yetib kelishi arafasida turoperator xorijlik
sheriklariga avans to‘lovlari tushganini o‘z vaqtida tekshirib ko‘rishga
majbur. Bir vaqtning o‘zida korxonani xorijiy turistlami qabul qilish va
xizmat ko‘rsatishga tayyorligi tekshiriladi. Turistlaming mehmonxonaga
kelish vaqti, ularning oxirgi soni, bir yoki ikki xonali nomerlarga
familiyalar bo‘yicha bronlashtirish (rooming list), ovqatlantirish vaqti,
menyu (taomnoma), avto transport berish, uchrashuv va kuzatuv,
ekskursiya, muzey, teatr va boshqalarga chipta borligi kabilar haqidagi
axborotlar aniqlanadi.
6. Yetkazib beruvchilar bilan xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelishilgan
shartlarga amal qilinishi milliy turoperator tomonidan nazoratga olinishi
ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda turfirma o‘zining mas’ul
xodimini tayinlaydi. U xorijiy turistlarga qanday xizmat ko‘rsatilayot-
ganini kuzatadi. Agar kamchilik yuz bersa, darhol tuzatish va yetkazilgan
zarami to‘latishga harakat qiladi.
Xalqaro turizmda qabul qilingan adolatlarga muvofiq xorijiy
turistlarning katta qismi xorijiy turfirmalar xodimlari kuzatuvida (tour
leader) sayohat qiladilar. Ulaming vazifasiga xizmat ko‘rsatish sifatini
nazorat qihsh va turistik guruh a’zolariga vujudga kelgan muammolami
hal etishda yordam ko‘rsatish kiradi. Shartnoma shartlari bo'yicha
turfirmalar o‘zlarining xorijiy sheriklari bilan bunday kuzatuvchilarni
bepul qabul qilishga to ‘g‘ri keladi. Shunga qaramasdan, u xorijiy
kuzatuvchilar bilan hamkorlikdan manfaatdor bo‘lishi kerak, chunki
xorijiy turistlar turfirmalarning har qanday lavozimdagi shaxsga nisbatan
ko‘proq ishonishadi.
7. Xorijiy turistlar sayohati oxirida turfirma tursafar ishtirokchilariga
anketa so‘rovlari o'tkazishni tavsiya etadi. Javoblar mazkur mamlakat
turfirmalariga ularning ishi sifatiga obyektiv baho berish va bu bahodan
o‘zining kelgusidagi turmahsulotlarini yaxshilashda foydalanish imkonini
beradi. Xorijiy turistlar tomonidan xizmat ko'rsatishni tashkil etishda
bildirilgan shikoyatlar darhol inobatga olinib, tekshirib ko‘riladi va zarur
boisa, yetkazilgan zarar to ‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |