Shaharsozlikda bino va inshootlarni arxitekturaviy



Download 43,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/92
Sana15.12.2022
Hajmi43,58 Mb.
#886645
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
Арх лойиха 6-сем

.(2-rasm)


2-rasm
.
Turar joy binolarining tasnifi. 
O‟rta, ko‟p va baland qavatli uylar tarxiy tuzilmasiga ko‟ra sektsiyali (bo‟linmali), 
yo‟lakli, galereyali, bir sektsiyali (nuqtali) va aralash xildagi uylar- sektsiya 
galereya, sektsiya yo‟lak va boshqalarga bo‟linadi
.(3-rasm ) 
Sektsiyali uy uchun har bir qavatda zinapoya atrofida bir necha 


xonadonlarning (3-5 qavatli) birlashuvi yoki zinapoya-liftli bo‟g‟in taqsimlovchi 
xoli bilan xarakterlidir (5 qavatdan yuqori). Bitta shunday bo‟g‟in asosida yuzaga 
keluvchi xajmiy rejaviy unsur odatda sektsiya deb nomlanadi (3.a-rasm.) Bir necha 
sektsiyalarning birlashishi natijasida ko‟p sektsiyali uy hosil bo‟ladi. SHunday 
uylar bilan bir qatorda, qurilishda bir sektsiyali (nuqtali yoki minorali) binolar 
qo‟llaniladi. Bir sektsiyali /bir bo‟lakli/ uylar tarxiy yechimlari bo‟yicha ko‟p 
sektsiyali uylardan katta farq qiladi va tarxiy yechimlari alohida rypyhra bo‟linadi. 
Bir sektsiyali tarxiy tuzilmalarni har qanday xonadonlar uchun ishlatish mumkin 
va shuning uchun ular universal hisoblanadi. Ular ko‟proq ko‟p qavat va baland 
qavatli uylar uchun ishlatiladi/bashenniy tip/. Bu xildagi uylar mavzelarni 
/mikrorayon/ joylashtirish va siluetlarni yaxshilash o‟rta qavatli uylar bilan birga 
aralash qurish uchun xizmat qiladi. 
Sektsiyali uylar har xil sig‟imdagi xonadonlar /bir xonali xonadonlardan to 
ko‟p xonali xonadonlargacha/ ishlatiladi. Bu tarxiy xildagi uylar qurilishida eng 
ko‟p ishlatiladigani va tarqalgani bo‟lib universal ahamiyatga egadir. Bu xildagi 
uylarni ishlatish (3-4 xonali va ko‟p xonali) xonadonlar uchun qulaydir.Sektsiya 
xilli turar-uylar o‟zining turli-tuman rejaviy tuzilishi, yaxshi texnik-iqtisodiy 
ko‟rsatkichlari va shaharsozlikdagi qulayligi sababli keng tarqalgan. 
Yo‟lakli (koridorli) uylarda xonadonlarga kirish zinapoya va liftlarga olib 
boruvchi yo‟laklar orqali amalga oshiriladi. (3.b-rasm). Yo‟laklardagi xonadonlar 
soni ixtiyoriy bo‟lishi mumkin, faqat zinapoyalar orasidagi mehyoriy masofaning 
saqlanishi muhimdir. Bunday uylar qavatlari turlicha bo‟lishi mumkin (3 tadan 
yuqori). Yo‟lakli xildagi uylar ham galereya tipidagi uylarga o‟xshab vertikal va 
gorizontal yo‟laklar orqali uyni qavatlari bilan bog‟lanishga egadir. Bu uylar ham 
vertikal bog‟lanish vositalariga, yetarli darajada zo‟riqishga ega bo‟lib, ular kam 
xonali xonadonlar qurilishida unumli hisoblanadi. 
Keyinchalik, yo‟lakli uylar sezilarli xolda mukammallashtirilgan, xususan Le 
Korbyuzg‟e loyihalarida, u xonadonlarni ikki sathli qurish va yo‟laklarni esa 
qavatlar oralab joylashtirish g‟oyasini rivojlantirgan. Ammo, turli mamlakatlarda 


amalga oshirilgan, 60-70 yillar boshlarida qurilgan uylarda bu tizimning bir qator 
qiziqarli interpretatsiyalariga qaramasdan, yo‟lakli uylar ommabo‟ qo‟llanilgan.
Yo‟lakli tizim mehmonxonalar va yotoqxonalar rejasida ustun turadi. 
Galereya tipidagi uylar vertikal /tikka/ bog‟lanishga ega /zinapoya va liftlar/ 
va gorizontal bog‟lanish bo‟lgan galereyalar ko‟pincha kam xonadonli uylar uchun 
ishlatiladi, qaerda sektsiya tipidagi uylar tejamkorlik jihatdan yomon natija bersa,
zinapoya va liftlarda kam zo‟riqish bo‟lsa/ galereya tipidagi uylarda zinapoya va 
liftlar orqali vertikal bog‟lanishga zo‟riqish ko‟p tushadi. 
Galereyali uy kommunikatsion tuzilishi bo‟yicha yo‟lakli uyga o‟xshan (3, v-
rasm). Ular orasidagi farq shunda-ki, galereya binoning bir tomoni bo‟ylab 
joylashadi, ochiq bo‟ladi va tabiiy ravishda yoritiladi. Galereya orqali xonadonlarni 
to‟g‟ridan-to‟g‟ri shamollatish tahminlanadi. 
Galereyali uyning kamchiligi galereyani qavatma-qavat joylashuvida, sektsiyali va 
yo‟lakli uylar bilan taqqoslaganda, korpus kengligining kichikligidir, bu uning 
issiqlik texnik sifatlarini pasaytiradi. SHunga ko‟ra, galereyali uylar issiq iqlimli 
hududlarda keng tarqalgan. 
Turar-joy 
qurilishida 
ko‟pincha 
xonadonlarni 
kommunikatsion 
tahminlashning aralash variantlari qo‟llaniladi, bu yo‟lak-sektsiyali, galereya-
sektsiyali va boshqa tizimlar paydo bo‟lishiga olib keladi. (3,e-rasm). 
Qo‟rg‟oncha(usadebnqy) turidagi o‟z hovlisiga ega uylar asosan qishloq 
hududlari va kichik shaharlarda qurish uchun mo‟ljallangan.(3,g-rasm)Uyga kirish 
qismi yer sathida joylashtiriladi, bu hovli va uyning xo‟jalik xonalari orasidagi 
zaruriy aloqani tahminlaydi. Hovli o‟lchami 600-1200 m
2
bo‟lib, u bir oilaning 
xo‟jaligi uchun mo‟ljallangan.Blokirovkali uylarda har bir xonadon, avvalgi 
xolatdagidek, yer sathida bo‟lgan alohida kirish joyiga ega. Tomorqali uylardan 
farqli ravishda, blokirovkali uylar to‟rt qavatgacha bo‟lishi mumkin, bunda bir-
birining ustida joylashgan ikki qavatdan iborat ikki sathli xonadonlar ko‟zda 
tutiladi. Yuqori qavatdagi xonadonlarga kirish, tashqi zinapoyalar bilan 
tahminlanadi. 



Download 43,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish