1.Jamoat binolari va inshootlari shaxarlarning xajm-rejaviy,
kompozitsion strukturasida muxim rol uynaydi. Ular shaxarlarning
markazlari qurilishida va tashkillanishida asosiy kompozitsion element
bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ko‘chalar, maydonlar, transport magistrallari
bilan rejaviy va funksional bog‘lanishi shaxar rejasining asosini yaratadi.
Har bir arxitektura inshootining asosida uning xayotiy funksiyasi yotadi.
Hozirgi zamon odamlari ijtimoiy xayotining shakli xilma-xildir: ijtimoiy-
siyosiy, ma’muriy, madaniy, maishiy va boshqalar. Bu xilma-xil
protsesslarni tashkil etish uchun esa ashyoviy qobiq bo‘lgan turli xil jamoat
binolari
xizmat qiladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, xayotiy
protsesslarga bo‘lgan talablarning o‘zgarishi, fan va texnikaning
rivojlanishi
jamoat
binolarida
kechadigan
funksional-texnologik
protsesslarni xam o‘zgarishga olib keladi. SHuning uchun
jamoat
binolarining tiplari xam o‘zgarib turadi, bir xillari yuqoladi, boshqalari esa
paydo bo‘ladi. Jamoat binolarining klassifikatsiyasi funksional vazifa va
foydalanishning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan xolda, jamoat
binolari maxsus va universal ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin. Maxsus
jamoat binolari aniq funksiyaga ega bo‘lib, butun foydalanish davrida bu
funksiyasini o‘zgartirmaydi.
2.Binolardagi
funksional
yoki
texnologik
prosesslar
hajmiy-rejaviy
yechimlarning asosidir. Texnik, arxitekturaviy-badiiy va iqtisodiy faktorlarning
ta’siri. Binolar hajmiy-rejaviy yechimlarining uslublari. Plan yechimining
koridorli, galereyali, anfilada, zal, seksiya va aralash tizimlari. Binolarning asosiy
(ishchi), yordamchi va kommunikatsiya xonalari. Kam qavatli, ko’p qavatli va
baland binolarni hajmiy-rejaviy loyihalash. Yong’in havfsizligi va shaharsozlik
talablari.
Turar-joy
binolarining
klassifikasiyasi.
Turar-joy
binolaridagi
kvartiralarni loyihalash me’yorlari. Jamoat binolarining klassifikasiyasi. Jamoat
binolarining asosiy, kommunikasion, sanitariya-gigiyena va texnik xonalarini
loyihalash me’yorlari va qoidalari.
4. karkassiz (sinchsiz) binolar o‘zaro bog‘langan tashqi devorlar va
qavatlararo yopmalardan iborat bo‘lgan bikr va mustahkam qutidan iborat.
Binoning tashqi va ichki devorlari ora yopmalar hamda tom og‘irligini qabul
qiladi. Turar-joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu
konsturktiv tip keng tarqalgan.
Турар-жой биноларига асосий талаблардан ташқари махсус талаблар ҳам қўйилади. Улардан бири инсон организмининг физиологик талабларидан келиб чиққан ҳолда турар-жой биноларига қўйиладиган санитария-гигиена талабларидир. Улар хоналарда табиий ёритилганликни, инсоляцияни, шовқинлардан товуш изоляциясини, ҳаво алмашинувини, оптимал иссиклик ва намликни таъминлаш масалаларини назарда тутади. Табиий ёритиш - хонада кишилар ҳаёт фаолияти учун зарур шароитдир, муҳим соғломлаштирувчи аҳамиятга эга ва кишиларнинг психофизологик ҳолатига ижобий таъсир кўрсатади. Шунинг учун квартиралардаги барча яшаш хоналари, ошхона, ётоқхоналар, меҳмонхоналар ва қариялар интернатларидаги яшаш хоналари ва маданий-маиший хизмат кўрсатий хоналри табиий ёритилган бўлиши талаб қилинади.
Do'stlaringiz bilan baham: |