5-MAVZU. Sanoat ishlab chiqarishini prognozlash va rejalashtirish.
35
Reja:
5.1. Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
5.2. Rejalashtirishning tamoyillari va usullari
5.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
5.4. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish
5.5. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Uslubiy ko’rsatmalar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona ishlab chiqarish dasturini kuzatayotganimizda
biz ya’ni, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi tuzilgan to‘g‘ridan –
to‘g‘ri shartnomalarni, davlat buyurtmalari va albatta ishlab chiqarish imkoniyatlarini
va resurslarni hisobga olishimiz kerak. Shunday ekan, rejalashtirishning
metodologiyasini tuzukroq o‘rganish, shu bilan birga uni takomillashtirish kerak.
Ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirishning va tadbiq etilishi masalasining
echimini topishda marketing, uning usullari, uslublar va qatoiy o‘rnatilgan hollarda
foydalanishimiz
qo‘l
kelishi
mumkin.
Rejalashtirish
metodologiyasining
takomillashtirish, yaoni uning ishlab chiqarish usullari va uslublarini ta’minlash
hozirgi sharoitda korxonani rivojlantirish rejalarini tuzish borgan sari katta ahamiyatga
ega bo‘lmoqda.
Me’yorlarni ishlab chiqishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usuli – analitik hisob
usulidir; unda me’yor va normativlar ishlab chiqishning holatini har tomonlama
tanqidiy analiz orqali texnik jixatdan asoslanadi. Bunda turli omillarning unga
qo‘rsatadigan taosiri va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish kerak. Reja
davridan ishning tashkiliy va texnik sharoitlariga iqtisodiy me’yorlarga asos qilib
olinadi.
Texnik iqtisodiy me’yorlari va tormativlar quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi:
Jonli mehnat sarfi me’yorlari (bir yillik mahsulotga ish vaqti sarfi me’yori, birlik
ish vaqti ichida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot hajmi me’yori, xizmat ko‘rsatish
va boshqalar)
Material sarfi me’yorlari (xom - ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, butlovchi
buyumlar, bir mahsulotga sarf)
Mehnat qurollarining ishlatilish darajasi normativi (mashinalar, jihozlarning,
qurilmalarning, asboblarning ishlatilish darajasi normativlari)
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chirish jarayoni sikllik
davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, xom - ashyo materiallari, yoqilg‘i
zahiralari)
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, sexlar, agregatlar, uskunalarning loyiha
quvvatini o‘zlashtirish muddati normativlari.
Ishlab chiqarish dasturi va moddiy resurslarni sarfi me’yori asosida moddiy
resurslarning alohida turi va nomining kerakli hajmi aniqlanadi. Mehnat qurollarini
ishlatilish darajasi normativining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi
hisoblanayotganda qo‘llaniladi. me’yor va normativlar mahsulot tannarxini
hisoblaganda xizmat qiladi. Rejalarni texnik iqtisodiy jixatdan asoslash va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishning zarurligi reja ko‘rsatkichlari tizimini keltirib
chiqaradi. Rejalashtirishda qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlar miqdoriy va sifat, hajmiy,
36
hamda nisbiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Rejani miqdoriy ko‘rsatkichlari absolyut
(mutloq) ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlarga mahsulotning yalpi
hajmi, sotuv hajmi, ishchilar soni, xodimlar soni, ish haq fondi, foyda miqdori, turli
resurslarning sarfi miqdori va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |