- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- NAMANGAN MUHANDISLIK –TEXNOLOGIYA INSTITUTI
- “KIMYO TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI
- Topshirdi : 9bu-17 guruhi talabasi
- Hakimova M
- Qabul qildi: Mamajanova Sh
-
- Namangan 2020
Egri va to'g'ri soliqlar EGRI VA TO'G'RI SOLIQLAR - Reja:
- 1. Soliqlar mohiyati va funksiyasi
- 2. Soliqqa tortish tamoyil va elementlari
- 3. Umumdavlat va mahalliy soliqlar
- 4. Egri va to'g'ri soliqlar
Soliqlar mohiyati va funksiyasi - Soliqlarning eng oddiy ta'rifi qo'yidagicha: Soliqlar aholidan, korxonalar va xo'jalik yurituvchi boshqa sub'ektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan undirib olinadigan majburiy to'lovlardir. Soliq o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra ijtimoiy mahsulotning (yalpi ichki mahsulotning – YAIM) bir qismi bo'lib, soliq to'lovchi bundan biror-bir foyda ko'rish ko'rmasligidan qat'iy nazar, o'z mablag'laridan davlat hisobiga majburiy ajratmalar ko'rinishida aks etadi.
Soliqlarning bir nechta asosiy funksiyalari mavjud: - Soliqlarning asosiy funksiyasi fiskal (lotincha fiscus so'zidan kelib chiqqan bo'lib, g'azna degan ma'noni anglatadi) xususiyatga ega ekanligidir. Bu o'rinda funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo'jaligi tizimi ishlab turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo'lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o'z daromadlari manbaiga ega bo'lmagan qismini (ko'pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishi ta'minlash uchun o'zining mablag'i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental kutubxona, teatrlar, muzeylar, ko'plab o'quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro'y beradi.
Soliqqa tortish tamoyil va elementlari - Soliqqa tortishning to'rtta asosiy tamoyilini ko'rib chiqaylik. Bu tamoyillar bir vaqtlar Adam Smit (1723-1790 yillar) tomonidan ta'riflab berilgan edi.
- 1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o'zlari hurmat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
- 2. Har bir odam to'laydigan soliq aniq belgilab qo'yilgan bo'lishi kerak, bunda o'zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to'lanadigan vaqti va tartibi uni to'lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma'lum bo'lishi zarur.
- 3. Har bir soliq to'lovchiga har jihatdan qulay bo'lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
- 4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to'lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag'ga nisbatan ortiq bo'lishiga mumkin qadar yo'l qo'yilmasin.
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta'riflab o'tish mumkin: - Etarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo'lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo'jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliya resurslari to'planishini ta'minlasin. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, soliq stavkalari o'zicha olganda soliq yuki ko'rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to'lovchi soliq to'lar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo'lgani holda ayni choqda o'zining ba'zi xarjatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yo'llarining holati yaxshi saqlanishini ta'minlash bilan soliq to'lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif, sog'liqni saqlashni ta'minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini ham kamaytirgan bo'ladi.
. Soliq tizimi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni, jumladan, chet el sub'ektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnalogiyalar sotib olish uchun mablag' yo'naltirishni, ya'ni kapital jamg'arish va shu yo'l bilan texnalogiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'barlantirish lozim. - . Soliq tizimi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni, jumladan, chet el sub'ektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnalogiyalar sotib olish uchun mablag' yo'naltirishni, ya'ni kapital jamg'arish va shu yo'l bilan texnalogiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'barlantirish lozim.
- Tadbirlik va investitsiyalarni rag'barlantirish.
Soliqqa totishning adolatlilik tamoyili. - Adolat tamoyillariga muvofiq soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy ob'ektiv qoidalarga binoan belgilanishi lozim.
- Gorizontal va vertikal adolatni bir-biridan farqlanadi. Gorizontal adolat tamoyili daromad olishining turli sharoitlarida soliq to'lovchilarga nisbatan soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qo'llanishni ko'zda tutadi.
Oddiylik va xolislik. - Bu tamoyil soliqqa tortish bazasini aniqlashda, soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik bo'lishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning eng muhim turlari bo'yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko'zda tutadi. Bu o'rinda nazarda tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning iqtisodiy funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar yakka tartibdagi xususiyatga ega bo'lmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini rag'barlantirishga, soliq to'lovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qat'i nazar, ma'lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilmog'i lozim.
Boshqarishga qulaylik. - Samarali soliq tizimiga qo'yiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo'lishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko'p hollarda soliqlarning soliq to'lovchilarga yaxshi tushunarli bo'lishiga bog'liq.
- Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar ro'yxati, ularni to'lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko'p. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko'payishiga hech qanday yordam bermaydi hamda soliiqlarning rag'batlantiruvchi funksiyasi bajaralishida rolь o'ynamaydi.
Soliq stavkalarini qiyoslash. - Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi huddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya'ni mintaqaning o'ziga xos xususiyatlari xisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo'lgan xo'jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo'yilgudek bo'lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga ivestitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |