"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


–jadval  O‘zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/57
Sana15.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#886599
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Bog'liq
Industrial iqt uslubiy yangi

1–jadval 
O‘zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari 
№ 
Kompleks tarmoqlari 
Kompleks 
tarmoqqa 
kiruvchi sohalar soni 
1. 
Elektroenergetika sanoati 

2. 
Ko‘mir sanoati 

3. 
Gaz sanoati 

4. 
Neft va neftni qayta ishlash 

5. 
Qora metallurgiya 

6. 
Rangli metallurgiya 

7. 
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
36 
8. 
Kimyo va neft-kimyo sanoati 
12 
9. 
O‘rmonsozlik, yog‘ochni qayta ishlash va 
qog‘oz sanoati

10

Qurilish materiallari sanoati 
11 
11

Oyna va chinni-fayans sanoati 

12

Mikrobiologiya sanoati 
10 
13
Meditsina (farmatsevtika) sanoati 



24 

14

Poligrafiya 

15

Yengil sanoat 
16 
16

Oziq-ovqat sanoati 
20 
17

Un, yorma va em sanoati

18

Qolgan tarmoqlar
21 
 
Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni 
guruhlash mumkin. Bunda alohida guruhlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa - 
oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin. 
Hozirgi paytda barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqqa birlashtirilgan (1-
jadval). 
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va 
o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi 
hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. 
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin: 
• ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; 
• mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; 
•sanoat va butun halk xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; 
•mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; 
•ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining 
darajasini; 
•mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o‘sganligini. 
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o‘rtasidagi 
ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish 
kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr 
ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini 
ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
-mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; 
- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i; 
-tarmoq rivojining sur’ati; 
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti. 
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning 
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. 
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy 
hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari 
bilan o‘lchanadi. 


25 
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning 
o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator 
omillar ta’sir etadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga 
quyidagilar kiradi: 
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta 
joriy etish; 
-material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish; 
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, 
kooperativlashtirish darajasi; 
-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari; 
-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi; 
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; 
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi; 
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar 
bilan iqtisodiy hamkorligi. 
Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan 
biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat 
vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va 
texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog‘liq. Bu 
esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va 
shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, 
asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan 
rivojlanadi. 
Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy 
shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash juda katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko‘payishi tarmoq 
taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi oshishiga 
olib keladi. Mahalliylashtirish zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatdosh va 
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import 
hajmini qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi masalalarni hal etadi. 
Diversifikatsiyalash esa korxona va tarmoqlarning faoliyat sohalarini o‘zgartirish va 
kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish va ularning xilma-
xilligini ta’minlaydi. Mustaqillik davrida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash tufayli 
mashinasozlikda butlovchi buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, asbobsozlik, 
elektronika va boshqa sohalar tashkil topdi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish