9-mavzu. Tarbiya fani darsliklari, metodik qo‟llanmalar va ularga qo‟yiladigan talablar. Tarbiya fanini o`qitishda boy milliy ma‟naviy me‟roslardan foydalanish


 Ta‘lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash



Download 397,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana05.12.2022
Hajmi397,56 Kb.
#879738
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
6UKmiqoEc75TJRfoxtG406r2oJguGDVls2HXTmHM

 

Ta‘lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash;
 

Ta‘lim jarayonida tarbiya samaradorligini va tarbiya orqali ta‘lim qudratini 
oshirish;
 

Ta‘lim-tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish;
 

Jamiyatda, xalqimizga bo‗lgan muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
 

Vatan ravnaqi yo‗lida halol va fidokorona mehnat qilish;
 

Mehnat faxriylari va ilg‗orlari, ilm-fan hodimlari, ijodkorlar, piru-badavlat 
qariyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
 

Davlat tiliga e‘tibor, uni sevib qadrlash.
 
Tarbiya darslarini tashkil etish va olib borishda yuqoridagi tamoyillarga amal 
qilish va odob-axloq malakalarini suhbat, munozara, ma‘ruzalar, ertaliklar
musobaqalar uyushtirish orqali shakllantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Jamiyatda yoshlarga yuksak ma‘naviy fazilatlarni singdirish, milliy boy 
madaniy merosimiz, tarixiy an‘analarimizga, umuminsoniy qadriyatga hurmat, 
Vatanga muhabbat, goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan barcha xayrli ishlarni qadrlash kabi sifatlarni shakllantirish 
maqsadida kichik yoshdagi bolalar ongida odob-axloq malakalarining insonlarga 
xos bo‗lgan eng zarur sifatlarni, ularning ichki va tashqi madaniyatini 
rivojlantirish, burch, intizom ma‘suliyatini xis va idrok qilishlari maqsadida barcha 
fanlar qatorida ―Tarbiya‖ darslarini tashkil qilishni hayotning o‗zi taqozo etdi. 
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ handa 
―Sog‗lom avlod davlat dastur‖larining qabul qilinishi munosabati bilan umumiy 
o‗rta ta‘lim, shu bilan birga boshlang‗ich ta‘limning ham mavqeyi ko‗tarildi. Shu 
o‗rinda, ―Tarbiya‖ bo‗yicha konsepsiya yaratilib, uning asosida o‗quv dasturi 
yaratildi.
―Tarbiya‖ konsepsiyasi va o‗quv dasturida kichik yoshdagi bolar bilan 
ishlashning pedagogik yo‗nalishlari o‗z ifodasini topgan. Hozirgi kunda milliy 
pedagogikamizda kichik yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berishning pedagogik 
va psixologik asoslarini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan ilmiy qarashlar 
vujudga keldi.
Boshlang‗ich ta‘limning ilmiy amaliy yo‗nalishi zamonaviy pedagogika 
nazariyasiga tayanadi. Shu jumladan, ta‘lim tizimida ―Tarbiya‖ fanining kiritilishi 
shaxs komolotida, barkamol insonning shakllanishida samarali ta‘sir ko‗rsatadi.
 
Tarbiya fanining maqsad va vazifalariga ko‗ra har jihatdan axloq-odobli 
farzandlarni tarbiyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Shunga ko‗ra, bu 


darslarda milliy urf-odat, rasm-rusum, an‘ana, marosim, bayramlarimiz, 
momolarimiz ardoqlagan ibo, hayo, pokizalik, bobolarimiz qadrlagan g‗urur, 
jasorat, mardlik, ajdodlarimizning boy ma‘naviy merosidan namunalar orqali 
singdirish, tarbiya darslarining asosiy maqsadiga ko‗ra, farzandlarimizni iymon-
e‘tiqodli, vijdonli, adolatli, mehr-muhabbatli, o‗z vataniga sodiq qilib tarbiyalash 
muhim ahamiyatga ega.
Odob-tarbiya, g‗ozal axloq nazokatlilik demakdir. Odob tushunchasi va uning 
mazmuni haqida juda ko‗p qoidalar, ta‘riflar mutafakkir, ma‘rifatparvarlar 
tomonidan berilgan. Misol uchun Alisher Navoiy odobga quyidagicha ta‘rif bergan 
edi: ―Adab kichik yoshlarni ulug‗lar duosig‗a sazovor etar va ul duo barakati bila 
umrdin barxurdor. Adab va tavazu do‗stlig‗ ko‗rgusida jilo berur, ikki jilodin 
yorug‗liq yetkurur‖ (―Manbulbul quqlub‖dan).
Voiz Koshifiy fikricha: ―Odob – bu qalbni yomon so‗zlardan va nojo‗ya 
xulqdan saqlab qolish, o‗zini va o‗zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga 
o‗zini va o‗zgalarni ham obro‗sini tushurmaslikdir‖ (―Axloqi Muhsiniy‖ asaridan). 
Bularga o‗xshash fikrlar juda ko‗p bo‗lib, ularning barchasida odob-tarbiya 
ulug‗langan. 
Odob hayotdan o‗qish-o‗rganish, oila tarbiyasi zamirida paydo bo‗ladigan 
muomila-munosabatlar majmuasidir. Odob insonlarni ruhiy holatlarini aks 
ettiruvchi madaniyt munosabatlar tizimidir. Odob va axloq tushunchalari o‗zaro 
bog‗liq bo‗lib, insonning axloqi mavjud qonun va qoidalar me‘yoriy talablarini 
bajarishda o‗z ifodasini topdi.

Download 397,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish