Mavzu
:
Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi. Milliy tarbiya
konsepsiyasi
Ma'lumki, har bir individ shaxs sifatida shakllanar ekan, faqat
o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta'siri ostida bulib
qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan,
tuplangan va avloddan-avlodga o’tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy
qadriyatlar ta'siri ostida ham shakllanadi. Bunda ayniqsa, har bir xalqqa mos
bo‘lgan milliy urf- odat va an'analarning roli kattadir.
Shunday ekan etnopsixologiyaning asosiy o’rganishi obektlaridan urf-
odat, an'analar udum va turli marosimlarni atroflicha o’rganish ularning
vujudga kelishi, namoyon bo’lishi, saqlanishi va o’zgaruvchanligi kabi
qonuniyatlarini ochib berish ham amaliy jihatdan ahamiyatga molikdir.
Har bir davrning, har bir xalqning ijtimoiy –iqtisodiy tabiiy –biografik
sharoitiga mos bo’lib turadigan va uni o’zida aks ettiradigan urf-odat va
an'analari bo’ladi. Odamzod ongli hayot kechira boshlagandan buyon vujudga
kelgan urf-odatu marosimlar, udum va an'analarni hisoblab chiqish qiyin.
Milliy urf- odat va an'analarda butun bir xalqning ijtimoiy extiyojlari,
axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari
o’ziga xos ravishda mujassamlangan bo’ladi.Ular xalqning faoliyati jarayonida
tug’iladi , har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining harakteri
va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o’rtasidagi munosabatlarning
ma'lum normada yo’l- yuriqlarini yaratadi. Bu norma va yo’l-yuriqlar
avloddan-avlodga o’tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an'analarga aylanib
qoladi.
Shakllangan urf-odat va an'analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga
kirish ishida shaxsning xulq- atvori ijtimoiy jixatdan belgilovchi, boshqarib
turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi .Qaysi bir urf-odat va
an'anani, udum yoki marosimni kelib chiqish sabablarini o’rganmasdan turib
qaraydigan bo’lsak, ular bir qarashda, bemani, bexuda bo’lib ko’rinadi.Aslida
esa ularni barchasi kelib chiqishi buyicha xalqning ijtimoiy- iqdisodiy va
amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan va ularning ma'lum extiyojlarini
qondirish uchun xizmat kilgan.
O’rta-Osiyo va Kavkaz xalqlarining ayrimlarida mavjud va hozirgi
kunda eskilik sarqiti, deb qoralanadigan «Qalin» berish odatini o’rganishgan
ba'zi olimlar, hozirgi davrga kelib, bu odat faqat ramziy qiymatga ega bo’lib
qolganini kursatishadi.
Ma'lumki, egzogam nigoxi hukm so’rgan davrlarda qiz olish va qiz
berish bir qabila yoki urug’ doirasida bo’lmasdan,
boshqa qabila va
urug’lar bilan bo’lar edi. Bir qabila boshqa qabilaga qiz bergandan keyin,
qiz bergan qabila yoki oila zaiflashib qolmasligi uchun ular ham albatta qushni
qabilalardan qiz olishar va shu bilan aholi o’sish nisbatini sozlab turish kerak
bo’lgan.
Lekin ayni shu paytda qushni qabilalarda buyi yetgan qizning
bo’lmasligi yoki bir qabilada o’ylanadigan yigitning bo’lmasligi natijasida bunday
teng holat qiz almashtirishlar juda kam paytlardagina amalga oshgan. Bunday
hollarda yigit tomoni qiz tomonga berish imkoniyati kelgunga qadar turli-tuman
mol-dunyo hisobida kafolat yoki xozirgi tushunchamizga kelin berib turgan O’rta
Osiyo xalqlarida kelin berish hodisasi, deyarli uchramaydi. Uchrasa xam egzogam
nikohi qo’llaniladigan xalqlar darajasidagi shakl va mazmunda emas. Shuningdek,
har bir xalqda u yoki bu narsalarga nisbatan turli taqiqlar, tabu-qatag’onlar mavjud
bo’ladi.
Kuzatishlar, ilmiy tadqiqotlar shuni kursatadiki turli hollardagi
taqiqlar, man etishlarning hammasi ham bemani, zararli bo’lmay ma’lum zaruriyat
bilan vujudga kelar edi. Yani ular xalqning yashash tarziga, extiyojlariga mos
kelganligi uchun ham asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Bu misollar
shuni kursatadiki, odat va an'analar xalq hayotiga, turmush tarziga ongli ravishda
kirib keladi, lekin ularning ta'siri esa stixiyali bo’ladi. Shuning bilan birga ayrim
urf-odatdar va an'analar o’z umrini o’tab bo’lgan bo’lsa ham, yashovchanlik
xususiyatiga ega bo’lganligi uchun yana o’zoq vaqt saqlanib, odamlar ongiga ta'sir
etib turadi. Bu narsa insonlar psixologiyasi bilan bogliq bo’lgan holat hisoblanadi.
Chunki, mustaxkamlanib qolgan urf-odat va an'analarga amal qilmaslik kupchilik
tomonidan qoralanadi. Kupchilikni tana-ma'lomatiga qolishdan qurqtish va
tortinish, jamiyatni har bir a'zosi urf-odatlarga ongli yoki ko’r-kurona bo’lsa ham
amal qilishga majbur qilib qo’yadi.
Urf-odat va an'analar ko’pincha sinonim suzlar sifatida ishlatilsa xam,
bu terminlar tushunchalar urtasida fakat terminologiya tafovut bulib kolmasdan,
yana ma'no jixatdan xam fark bordir. Urf-odatlar asosan oilaviy, maishiy soxalar
bilan boglangan buladi va unda axlokiy, diniy va xukukiy normalari tula uz aksini
topadi.
An'analar esa ijtimoiy xayotning xamma soxalarida mavjud bulish
bilan birgalikda, yana kelib chikish jarayonini xam kamrab oladi. An'anada
kishilarning narsa va buyumlarga, tabiatga bulgan munosabatlari ifodalanadi.
Ma'lumki, san'at va adabiyotda, armiya va oliy ukuv yurtlarida, sport va ishlab
chikarish jamoalarida urf-odat bulmaydi, balki an'analar mavjud. Masalan,
armiyaga yangi borgan soldatning kasamyod kabul kilish, oliy ukuv yurtiga kirgan
yoshlarni talabalar safiga kabul kilinishi, yirik sport musobakalarida golib sportchi
shaniga mamlakat bayrogini kutarilishi va madxiyani yangrashi-bular an'analar
xisoblanadi. Bundan tashkari an'analarning ta'siri doirasi nisbatan keng bulib, bitta
an'ana bir necha urf-odat, udum va marosimlarni uzida kamrab olgan bulishi
mumkin. Masalan, xalkimizda mavjud bulgan mexmondustlikni olib karaydigan
bulsak, mexmondustlik u yoki bu darajada xar bir xalk va millatga xos bulgan
xususiyatdir. Lekin bu narsa yukorida kurib utganimizdek, uziga xos ijtimoiy-
tarixiy shart-sharoitlar ta'siri ostida, oilaviy-maishiy xayotdagi munosabatlar
natijasida uzbek xalkida uziga xos bir yusinda namoyon buladiki, bu uzbek
xalkining milliy xususiyatiga, milliy an'anasiga aylanib kolgan. Mana shu
mexmondustlik an'anasi bir necha urf-odatlar, udumlar orkali tula namoyon buladi.
Masalan: uzbek koidalarida mexmon xar doim ochik chexra va shirin kalom bilan
kutib olinadi. Xonadondagi eng noyob narsalar mexmon oldiga kuyiladi.
Mexmonni kadr-kiymati uta yukori kadrlanadi.
Endi udum va marosimlarga kelsak, ular kuchli psixologik va xissiy
ta'sir etish kuchiga ega bulib, shular yordamida urf-odat va an'analar bevosita
yuzaga chikadi. Udum u yoki bu urf-odat va an'ananing bajarish vaktida amal
kilinadigan tartib va koidalar. Marosim esa, udumni kuz-kuz kilib turadigan tashki
bezagi tasviri, ya'ni bajarilishi jarayonidir.
Ikki kushni xalk uzbeklar bilan kozoklarning tuy utkazish vaktida
bajariladigan turli udum va marosimlarni mashxur yozuvchimiz Oybek «Bolalik»
kissasida juda moxirlik bilan tasvirlangan. Mana kozoklar tuyida buladigan
marosimlar kanday tasvirlangan: bir utovda odamlar tikilinch. Ayollar erlardan
kochmaydi. Bir-birlarini elkalarini kokib bemalol xazillashib suzlashadi. Birdan
kozoklar tipirchilagan osmonga sapchiydigan argumoklariga minib, ulokni boshlab
yuborishadi. Ulokdan sung kizlar utovga bir tuda yasangan yigitlar kirib keladi.
Kizlar kushiklar aytadi. Kulgi, kiykirik, ulan tinglaydi. Kelin bilan kuyov ulan
aytishadi.
Endi tuy marosimi uzbeklarda boshkacha kechadi. Karomatning tuyi
tasvirida erkaklar va ayollar deyarli kushilishmaydi, marosimni aloxida-aloxida
utkazishadi. «Kiz oshi» kuni kizning uzok-yakindagi dugonalari va maxallaning
kizlari tuplanishadi. Dutorga jur bulishib ashula aytishadi. Tuy kuni turli kungil
ochar uyinlar tashkil kilinadi, ayollar «yor-yor» aytishadi va xokazolar.
Mana shu badiiy tasvirdagi ikki xalkda mavjud bulgan tuy utkazish
jarayonidagi udum va marosimlar an'ana sifatida bir necha asrlar davomida
avloddan-avlodga utib kelgan. Urf - odat, an'ana, udum va marosimlar bir-birini
tuldirib, bir-biriga utib turishi mumkin. Ba'zan ma'lum urf-odatlar an'ana xam
sanalishi mumkin, deb kursatiladi. Professor N. Sarsenbaev.
Masalan, mexmonga borganda «yuvosh utir» degan uzbek makoli bor.
Uzbeklar orasida bu-odat. Boshka millat vakillari doirasida esa bu odat uzbek
xalkining milliy an'anasi sifatida namoyon buladi.
Ijtimoiy mazmunini va axamiyatiga karab urf-odat va an'analar ilgor
va kolok buladi va ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta'sir kursatadi. Kolok urf-odat va
an'analar deb, umrini utab bulgan davr ruxiga mos kelmaydigan, ijtimoiy xayot
tarakkiyotiga monelik kiladigan urf-odat va an'analarga aytiladi. Xalk xayotiga
singib ketgan urf-odat va an'anani farmon berish, ta'kiklash bilan yuk kilib
bulmaydi, eski urf-odatlarni sikib chikarish uchun yangi, jozibali udum va
marosimlarni yaratishimiz xalk xayotiga singdirishimiz kerak.
Shuning uchun xam urf-odat va an'analarni urganishda, rioya kilishda,
nixoyatda extiyotkorlik bilan yondashish zarur buladiki, noroziliklarga va tuzatib
bulmas xatolarga olib kelishi mumkin.
Uzbek oilalarida utadigan biron-bir yigilish, marosim, tantali tuy-
tomoshalar, xashar va obodonlashtirish ishlari kattalarsiz, keksalarsiz, ularning
maslaxatisiz utmaydi. Uzok safarga ketayotgan xar bir kishi, kaytayotgan xar bir
kishi albatta, maxalla va kishlokning xamma keksalarini va xasta bulib yotgan
kishilarni borib ziyorat kilishi zarur. Agar safardalik davrida maxalladagi biror
kishi vafot etgan bulsa, birinchi navbatda uning oilasiga borib ta'ziya bildiriladi.
Millatimizning asriy an'anaga va urf-odatlari, milliy mafkurani shakllantirish
mumkin emas. Bunda Garb xalklari uchun notanish, ammo milliy tabiatimizga xos
bulgan uz-uzini boshkaruv usuli-maxallani rifojlantirish xamda uning mavkeini
oshirish kerak. Jamiyat xayotida totuvlik va ijtimoiy tarbiyani tashkil kilishda
maxallaning axamiyati bekiyosdir. Xech bir avlod uzigacha yaratilgan va tuplanib
kelingan madaniy meroslarsiz, bilim va an'analarsiz yashay olmaydi.
Ma'lum bir jamiyatda yashar ekan u, ajdodlar tomonidan tuplangan
marosimlarni xayotning birinchi kunidanok uzlashtirib boradi.
Shuning uchun xam xalk xayotiga singib ketgan urf-odat va
an'analarni xech kanday farmoyishi va ma'muriy yul bilan yukotib bulmaydi.
Lekin madaniy merosimizni urganishda ilgor urf-odat va an'analarni
eski an'analardan farklashda ba'zan notugri yondashishlar xam bulganligini
ta'kidlash kerak.
Masalan: yakingacha axoli urtasida keng tarkalgan «Navruz»
bayramiga asossiz ravishda diniy tus berilib, notugri asosda tankid kilinib man etib
kelindi. Kelib chikish va mazmuniga kura «Navruz» bayramini diniy xam,
konservativ xam, deb bulmaydi. Uni utkazish rasm-rusmlari, udumlari baxor
faslining kirib kelishi va rizki-ruz bulgan ekin-tikin ishlarini boshlab yuborish
kuvonchlarini tarannum etadigan xalk tantasidir, Navruz shark xalklarida Yangi
yilning kirib kelishidir.
Urf-odatlar va an'analar xar bir xalkda abadul-abad berilgan va xech
uzgarmaydigan narsa emas.
Xayot ularni galvirdan utkazib, puchini-puchakka, sarasini-sarakka
ajratib boradi. Yangi davrga moslasha olgani saklanib koladi. Shuning bilan birga
xar bir davr uzining udum va marosimlarini, urf-odatlar va an'analarini yaratadi.
Yangi vujudga kelayotgan urf-odatlar uz-uzidan, kuruk erda paydo bulmasdan,
asosan ikki man'ba-birinchisi, ilgari mavjud bulgan ilgor an'analar uzgartiriladi.
Tuy-marosim, marakalar?. Izoxlang.
Ba'zi joylarda eski, kolok urf-odatlarning saklanishi, odamlarga
yokkanligi yoki unga kuchli e'tikod kilganliklari uchun emas, balki ularni inkor
kiluvchi sikib chiqaruvchi, ular urnini bosuvchi yangi marosimlar va urf-
odatlarning yukligidir.
Kolok urf-odat va an'analarning farmoyish va buyrukbozlik bilan
osonlikcha yukotib bulmaydi. Ular kuchli va jozibali yangi urf-odat va marosimlar
bilan sikib chikariladi.
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh
vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga
aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda
jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha taʼlim, maktab
pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon
talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l
qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi,
ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari
bolalarga Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy
maʼlumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu
so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat,
masʼuliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari
orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi.
Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi,
noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili
tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib
o‘tilgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz maʼnaviy tarbiya
konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini taʼminlashda quyidagicha
natijalar kutilmoqda:
- konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining
tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar
asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik,
mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy
madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar
bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
- oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash
va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi
uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit
yaratiladi.
- jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korruptsiya, firibgarlik,
ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar,
mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid,
loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlik,
oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin
kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka
bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga
ega bo‘ladi.
- oila, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-
onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni
o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-
avlodga bezavol o‘tib borishi taʼminlanadi.
- konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitning
sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish
maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas
bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-
tarbiyasida esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi,
farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni
maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona
tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib
o‘sib unishining asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |