O‗quvchilar huquqiy bilim
asoslariga oid quyidagi
bilim, ko„nikma va
malakalarni egallashlari shart:
asosiy ijtimoiy qonuniyatlar,
tushuncha va atamalarni bilish, ularning
mohiyatini tushunish;
ijtimoiy ong,
ijtimoiy burch, vazifa, vijdon haqida tushunchalarga ega
bo‗lish va boshqalar.
Shu bilan bir qatorda quyida tavsiya etilayotgan
interfaol mashqlarning dars
jarayonida qo‗llanilishi bolalarning hayot uchun zarur bo‗lgan ko‗nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi.
1.
“Kurant ostida uchrashuv” mashqi
1-bosqich
. Ishtirokchilarga o‗z bloknot(daftar)lariga ertalabki soat 9-00 dan
18-00(vaqtning ko‗lami beriladigan savollar sonidan kelib chiqib belgilaniladi)
qadar bo‗lgan vaqtni ketma-ketlikda ustun shaklida yozib chiqishlari aytiladi.
9-00 –
14-00 –
10-00 –
15-00 –
11-00 –
16-00 –
12-00 –
17-00 –
13-00 –
18-00 –
2-bosqich
. Ishtirokchilar o‗rnilaridan turadilar va xona bo‗ylab aylanib, har
bir soatga qolgan ishtirokchilar bilan uchrashuv vaqtini belgilab chiqadilar. (Bu
borada boshlovchi 1 ta ishtirokchi ro‗yxatga faqat bir marta tura olishini ya'ni faqat
bir marta shu inson bilan uchrasha olishini e'lon qiladi). Masalan:
9-00 – Abdumalik
14-00 – Nigora
10-00 –
Dilorom
15-00 – Dilmurod
11-00 – Nodira
16-00 – Nodirbek
12-00 – Diyora
17-00 – Faxriddin
13-00 – Mirjalol
18-00 – A'lobek
3-bosqich
. Boshlovchi doskaga katta soat siferblatini iladi va vaqtni e'lon
qiladi. Ishtirokchilar bloknotlarida shu vaqtga kim bilan
uchrashuvni belgilagan
bo‗lsalar, o‗sha ishtirokchining oldiga borib turadilar. Boshlovchi shu vaqt uchun
mavzuni e'lon qiladi.
Ishtirokchilar ushbu mavzu bo‗yicha fikr almashadilar. (Bu borada boshlovchi
har bir ishtirokchining o‗z fikrini aytishiga e'tiborini qaratishi kerak. Agar qaysidir
juqtlikda faqat 1 tomon gapirib, ikkinchi ishtirokchi gapirmasdan faqat tinglasa, bu
ishtirokchining o‗z fikrini berishiga undash kerak).
Boshlovchi har safar vaqtni e'lon qilganda,
ishtirokchilar sheriklarini
almashtiradilar va yangi mavzu ustida fikr almashadilar.
4-bosqich
. Mashq muhokamasi o‗tkaziladi.
-mashq sizga yoqdimi? Nimasi bilan yoqdi?
- sizga ko‗proq nima yoqdi, tinglashmi yoki fikringizni aytishmi? Nima
uchun?
- qaysi savol sizni ko‗proq o‗ylantirib qo‗ydi? Nima uchun?
-qaysi savol sizni qo‗rqitdi? Nima uchun? (agar bunday savol qo‗yilgan
bo‗lsa, masalan ―Siz kelajakda nimadan qo‗rqasiz?‖ yoki ―Nimani yo‗qotib
qo‗yishdan qo‗rqasiz?‖ kabi savollar berilishi mumkin.
Bu kabi savollar
ishtirokchilarni bor narsani qadrlashga, kelajakka ma'suliyat
bilan qarashga
undaydi)
- kimning fikri sizning javobingizni yanada to‗ldirdi? (agar savollar mavzuga
oid berilgan bo‗lsa)
Kimning bergan ma'lumotini siz bu mavzuga mos emas deb hisobladingiz?
(agar savollar mavzuga oid berilgan bo‗lsa)
- mashqning mohiyati nimada deb o‗ylaysiz?
- mashqning maqsadi nima?
- ushbu mashqni ish faoliyatingizda qaerda, kimlar bilan qo‗llashingiz
mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: