Maxsus son Navoiy p65



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#463926
  1   2
Bog'liq
Maxsus son Navoiy (7)



2021 yil, Maxsus son
1
2021
100027, Toshkent sh.,
Furqat ko‘chasi,
174-uy.
O‘zPFITI
Tel.:
(71)-245-92-34
(93)-503-52-07
e-mail: uzluksiztalim_jurnal@mail.ru
liya_2305@mail.ru
Jurnal 2001 yildan nashr qilina
boshlangan.
O‘z MAAdan 2007 yil 3-yanvar-
da ¹ 0101-tartib raqami bilan
qayta po‘yxatdan o‘tgan.
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti
DJURAYEV Risbay
Bosh muharrir
Jurnalda e’lon qilingan
maqolalardan iqtibos keltiril-
ganda 
«Uzluksiz 
ta’lim»
jurnalidan olinganligi ko‘rsa-
tilishi lozim.
Sherzod 
SHERMATOV
Uzoqboy 
BEGIMQULOV
Alisher UMAROV
Nargiza 
RAXMANQULOVA
Nodira 
EGAMBERDIYEVA
Xolboy 
IBRAGIMOV
Shavkat 
QURBONOV
Roxatoy 
SAFAROVA
Islom ZOKIROV
Dono 
G‘ANIYEVA
Lobar 
QARAXANOVA
maxsus son


2021 yil, Maxsus son
2
3
6
12
16
19
25
29
33
37
41
46
51
54
58
62
66
70
73
78
81
85
89
93
97
101
104
108
TA’LIM MAZMUNI UZLUKSIZLIGI
M.A.Aslonova
Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lom avlod shakllantirishida tutgan o‘rni
O.Q.Musayev, Z.N.Berdiyeva
Jismoniy tarbiya va sport sohasida shaxsni psixologik, irodaviy g‘oyaviy sifatlarni tarbiyalashni shakllantirish
Sh.S.Hojiyev
Kurash sport turining tarixi va uning rivojlanishi
A.Q.Nurullayev
Uzluksiz ta’lim tizimida o‘qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarni shakllantirish (kurash misolida)
S.B.Sanayeva
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga doir yondashuvlar
O.J.O
[
rinov
Qo‘l to‘pi, uning tarixi va o‘yin qoidalari
Sh.N.Mamatov
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar va ularni tashkil etish texnikasi
S.E.Bobomurodov
Futbol o‘yining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi
Yo.X.Mustafayev
O‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiyadan kuch hamda tezkor mashqlarini me’yorlash
A.Q.Cho
[
liyev
Voleybol o‘yinlari va uning tarixi
N.K.O
[
tkirov
Gandbolchilarni musoboqa oldi mashg‘ulotlarida tezkorlik kuch sifatini rivojlantirish uslublari
S.I.Imomov
Oilada sog‘lom bolani tarbiyashda mutafakkir olimlar qarashlari
T.R.Djemilov
Futbol texnikasi va uni yosh futbolchilarga o‘rgatish
D.K.Do
[
stov
O‘quvchi-yoshlarga ta’lim berishda kurashning tarbiyaviy ahamiyati
N.A.Pirimova
Umumta’lim maktablarida gimnastika mashqlaridan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish
D.N.Berdiyev
Yosh voleybolchilarda qo‘l va oyoq kuchini nostandart maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi
U.T.Mansurova, M.A.Aslonova
Badiiy gimnastika sport turi bilan shug‘ullanish – qizlar sog‘ligi va barkamolligining garovidir
Sh.T.Usmonov, S.A.Halilov
Maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish
M.O
[
.Azimova
Maktabgacha yoshdagi bolalar ilk tejamkorlik tushunchalarini shakllantirish
N.R.Sharipova
Maqollar orqali bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish
Sh.Q.Musayeva
Umummadaniyatga o‘rgatishda bolalar adabiyotning o‘rni va ahamiyati
Sh.N.Haydarova
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoyi hayotga moslashuvi
F.X.Holikulova
Nutq o‘stirishda konstruktiv mashqlardan foydalanish
G.P.Ermatova
Milliy qadriyatlarimiz asosida bolalarda sotsial intellektni shakllantirishning ijtimoiy psixologik jihatlari
A.A.Axmedov, M.A.Aslonova
Mashgulotlarda dzyudochilarni yuklamalarga kuniktirib borishning pedagogik asoslari
N.Namozova, M.A.Aslonova
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tayyorlash va o‘rgatish tizimlari
U.T.Xamrayev, O.Q.Musayev
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sport ishlarning sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalari


2021 yil, Maxsus son
3
TA’LIM MAZMUNI UZLUKSIZLIGI
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING SOG‘LOM AVLOD
SHAKLLANISHIDA TUTGAN O‘RNI
M.A.ASLONOVA,
NavDPI dotsenti, p.f.n.
Maqolada jismoniy tarbiya, sportning sog‘lom avlodi Shakllanishidagi o‘rni va
ularni organizm rivojlanishining anatomik-fiziologik xususiyatlariga ishlov berish uchun
ajratilgan.
Kalit so‘zlar: 
tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik.
The article describes the role of physical education, sports in the formation of a
healthy generation and their impact on the anatomical and physiological features of the
development of the organism.
Key words:
speed, strength, endurance, agility, flexibility.
 ñòàòüå ðàñêðûâàåòñÿ ðîëü ôèçè÷åñêîãî âîñïèòàíèÿ, ñïîðòà â ôîðìèðî-
âàíèè çäîðîâîãî ïîêîëåíèÿ è èõ âëèÿíèå íà àíàòîìî-ôèçèîëîãè÷åñêèå îñîáåííîñ-
òè ðàçâèòèÿ îðãàíèçìà.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ñêîðîñòü, ñèëà, âûíîñëèâîñòü, ëîâêîñòü, ãèáêîñòü.
“Jamiyatimizda sog‘lom-turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa,
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda”[1].
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jismoniy va aqliy ish
qobiliyatini yaxshilashda, immunitetni kuchaytirishda, organizmning turli stress
omillarga nisbatan qarshilik kuchini oshirishda, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini
chiniqtirishda va boshqa qator faoliyatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq
hozirgi kunda kamharakatlilik yoki gipodinamiya er yuzi aholisining salomatligiga
tahdid solmoqda. Bir kechayu-kunduzda odam organizmi o‘rta hisobda 2800-
3800 kkal energiya sarf qilishi va shundan 1200-1900 kkal energiyani jismoniy
faollikga sarflanishi lozim bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich oxirgi
100 yil ichida 200 barobar kamayib ketganligi ta’kidlanmoqda[2;8].
Faol harakatning bu tarzda cheklanishi natijasida organizmdagi barcha a’zo
va tizimlarning me’yoriy ish faoliyati buziladi. Hozirgi paytda shu narsa ilmiy
ravishda asoslanganki, arterial qon bosimining yuqori bo‘lishi, ya’ni gipertoniya,
miokard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, depressiya


2021 yil, Maxsus son
4
va b.), o‘t va siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi kabi «davr kasalliklari» ko‘pincha
jismimizning harakatga «to‘ymasligi»dan kelib chiqadi. SHuning uchun ham
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish kundalik turmushning
ajralmas qismiga aylanishi maqsadga muvofiq [6;8].
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish zaminida salomatlikni muhofaza
qilish, kishilarning mehnat unumdorligini oshirish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol
qilib voyaga etkazish, qolaversa, xalqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini
o‘rnatish va mustahkamlash kabi tarbiyaviy hamda siyosiy tadbirlar yotadi [1].
YUqoridagilardan kelib chiqib mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish,
uning organizmga ta’sir etish xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish, shu yo‘l bilan
kishilarning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, qolaversa, shu yo‘l bilan
mamlakatimiz obro‘sini yanada oshirish borasida qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan “O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasinituzish
to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (2002 yil), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
Qonun (1992 yil va 2015 yil) va boshqa me’yoriy hujjatlar yuqoridagi fikrimizning
yorqin isboti bo‘la oladi[1].
Shulardan kelib chiqib haryili mamlakatimizda “Umidnihollari”,
“Barkamolavlod”, “Universiada” kabi sport musobaqalarining izchil o‘tkazib
kelinayotgani quvonarli hol. Biroq hali bu sohada ilmiy nuqtai-nazardan
o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Olib borilgan tadqiqotlarga
ko‘ra o‘quvchilarga umumiy rivojlantiruvchi mashqlar bilan mustaqil
shug‘ullanishni 10-11 yoshdan o‘rgatish maqsadga muvofiq ekanligini tavsiya
etiladi. Bunday mashqlar harakat apparati, yurak qon tomirlar va nafas olish
organlari tizimi ishlarini faollashtiradi, tananing ayrim mushak guruhlari, bo‘g‘imlar,
gavdaning pastki va yuqorigi mushaklariga ta’siretadi. natijada yurak-qon tomir
urishi va nafas olish tizimi tezlashib, a’zo va to‘qimalarga kislorod etkazib berish
ko‘payadi, mushaklar cho‘ziluvchanligi va tana harorati oshadi [3].
O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishda ularni jismoniy va ma’naviy
tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga
sport ko‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni
ixtisoslashtirilgan sport maktablari va maxsus markazlar tanlab olishning ilmiy
asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga
ko‘maklashish o‘z echimini kutayotgan muammolardan hisoblandi.
Jismoniy sifatlar bola organizmining morfo-funksional, psixofiziologik va
biologik xususiyatlari bilan bog‘liq. Asosiy jismoniy sifatlar (tezkorlik, kuch,
chidamlilik,chaqqonlik va egiluvchanlik)ning rivojlanishiharakat ko‘nikmalarining
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqlikda kechadi.Tezkorlik -bu harakatni imkon qadar


2021 yil, Maxsus son
5
katta tezlikda bajara olish qobiliyatidir. B.B.Rahimovning o‘tkazgan tadqiqot ishlari
natijalariga ko‘ra 7 yoshdan 9-10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tezkorlik
imkoniyatlarining tabiiy ravishda shiddatli o‘tishi kuzatiladi [4]. Bu davrda tezkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan sa’y harakatlar yaxshi samara beradi.Kuch-bu muskul
zo‘riqish vositasida qarshilikni enga olish faoliyatidir. YOshga qarab o‘sishda kuch
sifatining rivojlanishi va muskul kuchining intensiv farqlanishi o‘g‘il bolalarda ikki
davrga ajratiladi. 9 yoshdan 12 yoshgacha va 14-17 yoshgacha. Qiz bolalarda muskul
kuchi 8-9 dan 13-14 yoshgacha intensiv o‘sadi [4]. Kichik maktab yoshida organizm
rivojlanishining anatomik-fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda, bu sifatni
rivojlantirishni kuchaytirish tavsiya etilmaydi. Kuchni tarbiyalash chegaralangan
xarakterda bo‘lishi kerak. Agar bu yuklama miqdor jihatidan noto‘g‘ri bo‘lsa,
ko‘ngilsiz iz qoldirishi, masalan, qomat buzilishi mumkin.CHidamlilik -bu organizmning
biror faoliyat chog‘ida toliqishga qarshi tura olish qobiliyatidir.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarning chidamlilik ko‘rsatgichlari yuqori
emas, ya’ni yaqin vaqtlargacha keng tarqalgan nuqtai-nazarga ko‘ra, bu yoshda
chidamlilik mashqlarini o‘tkazish mumkin emas edi. Ammo keyingi yillarda
o‘tkazilgan tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Bu yoshdan boshlab
yuklamani to‘g‘ri taqsimlash bilan birga chidamlilikni rivojlantirishga ta’sir
ko‘rsatish mumkin ekan.
Epchillik – harakatlarni uyg‘unlashtirish qobiliyati, yangilarini egallash,
to‘satdan paydo bo‘lgan vaziyatda harakatlarni samarali va tejamli bajarish bilan
tavsiflanadi. Epchillikni rivojlantirish uchun har qanday mashqlardan foydalanish
mumkin (koordinatsion elementlardan iborat bo‘lgan gimnastika mashqlari,
uloqtirish o‘yinlari shular jumlasidandir). Agar ma’lum uslubiy tavsiyalarga amal
qilinsa, epchillikni rivojlantirish jarayoni yanada samaraliroq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 
¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ïðåçèäåíòèíèíã 2017 éèë 3 èþíäàãè
“Æèñìîíèé òàðáèÿ âà îììàâèéñïîðòíè ÿíàäà ðèâîæëàíòèðèø ÷îðà-
òàäáèðëàðè ò¢\ðèñèäà” ãè ÏÙ-3031-ñîí ùàðîðè.
2. Ìèðçè¸åâ Ø. Ì.Êðèòè÷åñêèé àíàëèç, æåñòêàÿ äèñöèïëèíà è ïåðñî-
íàëüíàÿ îòâåòñòâåííîñòü äîëæíû ñòàòü ïîâñåäíåâíîé íîðìîé â äåÿòåëüíîñ-
òè êàæäîãî ðóêîâîäèòåëÿ. Äîêëàä íà ðàñøèðåííîì çàñåäàíèè Êàáèíåòà
Ìèíèñòðîâ, ïîñâÿùåííîì èòîãàì ñîöèàëüíî-ýêîíîìè÷åñêîãî ðàçâèòèÿ ñòðà-
íû â 2016 ãîäó è âàæíåéøåì ïðèîðèòåòíûì íàïðàâëåíèÿì ýêîíîìè÷åñêîé
ïðîãðàììû íà 2017. / Ø.Ì. Ìèðçè¸åâ. –Òàøêåíò: ¡çáåêèñòîí, 2017. -104 ñ.
3. Êðûëîâà Í.Á. Êóëüòóðîëîãèÿ îáðàçîâàíèÿ. -Ì.: Íàðîäíîå îáðàçîâà-
íèå, 2000, ñ.43-653.


2021 yil, Maxsus son
6
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA SHAXSNI
PSIXOLOGIK, IRODAVIY G‘OYAVIY SIFATLARNI TARBIYALASHNI
SHAKILLANTIRISH
O.Q.MUSAYEV,
NavDPI, (PhD),
Z.N.BERDIYEVA
Navoiy shahri 6-maktab o‘qituvchisi
Jismoniy tarbiya va sportda ham shaxs faoliyatining eng muhimlaridan biridir.
Chunki jismoniy qobiliyatsiz demokratik jamiyat ham va bu jamiyat haqida tushunchalarni
ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya va sportda shaxs jismoniy jihatdan
kamolotga yetadi, jismoniy rivojlanish esa shaxsda psixik sifatlarining o‘sishiga zo‘r
ta’sir ko‘rsatadi. Bu ikkalasi bir-biri bilan organik ravishda bog‘langan bo‘lib, ularni
ajratib qarash mumkin emas. Demak, bundan ma’lumki kishilarni demokratik ruhida
tariyalashda katta ahamiyatga egadir.
Kalit so‘zlar: 
Jismoniy tarbiya, sport, shaxs, qobliyat, psxologig, irodaviy g‘oyaviy
sifat, temperament.
Ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà è ñïîðò òàêæå ÿâëÿþòñÿ îäíèìè èç âàæíåéøèõ çàíÿ-
òèé ÷åëîâåêà. Ïîòîìó ÷òî áåç ôèçè÷åñêèõ âîçìîæíîñòåé íåâîçìîæíî ïðåäñòà-
âèòü äåìîêðàòè÷åñêîå îáùåñòâî è êîíöåïöèþ ýòîãî îáùåñòâà. Â ôèçêóëüòóðå è
ñïîðòå ÷åëîâåê ðàçâèâàåòñÿ ôèçè÷åñêè, è ôèçè÷åñêîå ðàçâèòèå èìååò áîëüøîå
âëèÿíèå íà ðàçâèòèå óìñòâåííûõ êà÷åñòâ ÷åëîâåêà. Ýòè äâîå îðãàíè÷åñêè ñâÿçà-
íû è íåðàçäåëèìû. Èòàê, âàæíî âîñïèòûâàòü ëþäåé â äóõå äåìîêðàòèè.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ôèçè÷åñêîå âîñïèòàíèå, ñïîðò, ëè÷íîñòü, ñïîñîáíîñòè,
ïñèõîëîãèÿ, ñèëà âîëè, òåìïåðàìåíò.
Physical education and sports are also one of the most important activities of an
individual. Because without physical ability, neither a democratic society nor the concept
of this society is conceivable. In physical education and sports, a person develops physically,
and physical development has a great impact on the development of mental qualities in a
person. The two are organically linked and inseparable. So, it is important to educate
people in the spirit of democracy.
Key words: 
Physical education, sports, personality, ability, psychology, willpower,
temperament.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida shaxsning psixologiyasi xususiyatilari
kommunikativ kompetentlilik sifatini, ularda erkin, faol, mustaqil fikrlay olish, jismoniy
tarbiya va sportda o‘quv-tarbiyaviy hamda mashg‘ulot jarayonni modellashtira
olish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim-tarbiyaning yangi g‘oya
va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tadbiq eta olish ko‘nikmalarini
shakllantirish orqali oshirish muammosi bugungi kunda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-


2021 yil, Maxsus son
7
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Shu o‘rinda
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi
uchun davlatimiz va jamiyatimining bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” ,
degan fikrlari maqolamizning maqsadiga bevosita mos keladi. Hozirgi kunda ta’lim
tarbiyaning aniq vazifasi –yoshlarni har tomonlama kamolatga etgan yuksak
madaniyatli hamda jismoniy jixatdan chiniqqan qilib tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
Shu sababli ham shaxslarni tarbiyalash yangi O‘zbekistoimizning eng muhim tarkibiy
vazifasidir. Yoshlarni har tomonlama tarbiyalab yetishtirishda jismoniy tarbiya va
sportning roli katta. Biz yoshlarimizdi har tomonlama tarbiyalashda jismoniy tarbiya
va sportning ahamiyatini ko‘rsatmoqchi ekanmiz, avvalo shaxsning o‘zi nima,
uning psixologik xislatlari to‘grisida umumiy tushuncha berib o‘tishimiz lozim.
Shaxs deb konkret kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat a’zosi bo‘lib individual
jismoniy va psixik xususiyatlari bilan bir-biridan farlanadi.
Shaxsning psixologik xususiyatlariga ehtiyojlar, qiziqishlar, dunyoqarash,
qobiliyat, temperament va xarakterlari kiradi.
Shahsning muhim belgisi – unda odamga xos maxsus ehtiyojlarning
mavjudligidir.
Ehtiyojlar – odamning kun ko‘rishi va yashashi uchun zarur narsalardir.
Odam yashamoq, kun kechirmoq uchun o‘z ehtiyojlarini qondirishi kerak. Ehtiyojlar
hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tugma ehtiyojlar bo‘ladi
–ovqatlanish, saqlanish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xalos.
Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari yana yuksak ehtiyojlar – bilish
ehtiyojlari ma’naviy, estetik, mehnat ehtiyojlari va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor.
Bu ehtiyojlar tugma emas – ular tarixan taraqqiy etgan.
Qiziqish – kishining o‘z hayotida dunyoda ma’lum bir narsani eng muhim,
eng qimmatli hisoblab, shu narsaga erishmoq uchun intilishidir.
Dunyoqarash – odamning tabiat va ijtimoiy xodisalarga qarashlari
tasavvurlari va tushunchalari tizimi.
Dunyoqarash shaxsning ma’lum ijtimoiy tuzumda, aniq faoliyati jarayonida
vujudga keladi.
Masalan, o‘qishda, o‘yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya va sportda, san’atda
va boshqalarda.
Qobiiyat –kishining muayyan faoliyatiga bo‘lgan layoqatdir. Kishilar


2021 yil, Maxsus son
8
qobiliyati nihoyat xilma-xil buladi, xar bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va
o‘qish faoliyatlarida tegishli qobiiyat talab etadi.
Har bir shaxsning qobiliyati taraqqiyot mahsulidir. Kishining qobiliyati uing
tug‘ma layoqati asosida, muhhitga bogliq ravishda, olayotgan talim-tarbyasiga
qarab, shunigdek, kishining o‘z ustida ishlashi bilan bogliq holda usib kamol
topib boradi. Shaxsda muayyan layoqat bilan to‘g‘riladi. Odam to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tabiiy zotdir. Tabiiy zot sifatida shu bilan birga, tirik tabiiy zot sifatida u qisman
tabiiy kuchga layoqatlar va qobiliyatlar, instinktlar tariqasida mavjuddir.
Tug‘ma layoqat- tayer, kamolotga yetgan qobiliyat emas, balki qobiliyatning
o‘sishi uchun faqat tabiiy zamindir, u kelgusida qobiliyatga aylanmog‘i mumkin.
Bunday imkoniyatlar faqat tegishli sharoit mavjud bo‘lgandagina ro‘yobga
chiqaoladi.
Temperament va xarakter shaxsning ijtioiy munosabatlarda yaqqol namoyon
bo‘ladigan xususiyatidir. Temperment loticha temperamentum degan so‘zdan
olingan bo‘lib, buning ma’nosi aralash demakdir. Temperament deganda biz,
odatda,insonnig tabiiy tug‘ma xususiyatlari bilan bogliq bo‘lgan individual
xususiyatlarni tushinamiz.
I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha tariflaydi: har bir ayrim kishining va
shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har
bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan asab tizimining
asosiy xarakteristikasidir.
Temperament, psixologik jihatdan olganda, quyidagi xissiyotning
qo‘zgalishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual
xususiyatdir.
Ma’lumki, barcha temperametlarni qadimdan to‘rt tipga xolerik, singvinik,
melanxolik va flegmatik temperamentga ajratish rasm bo‘lgan.
Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va
uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga. mehnatga,
buyumlarga), o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual
xususiyatlarini tushunamiz.
Shaxsga oid bo‘lgan bu psixologik xususitar konkret sharoitda namoyon
bo‘ladi. Konkret sharoit har bir jamiyatning taraqqiyotiga qarab xarakterlanadi.
Masalan: bizning mustaqil demokratik jamiyatimizda ishlab chiqarish
vositalariga egalik umumiydir. Shu sababili ta’lim –tarbiya ishlari uchun umumiy
xarakterga egadir. Biz yuqorida shaxs faoliyatining u yoki bu turi haqida gapirdik.


2021 yil, Maxsus son
9
Jismoniy tarbiya va sportda ham shaxs faoliyatining eng muhimlaridan biridir.
Chunki jismoniy qobiliyatsiz demokratik jamiyat ham va bu jamiyat xaqida
tushunchalarni ham tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya va sportda shaxs jismoniy jihatdan kamolotga yetadi,
jismoniy rivojlanish esa shaxsda psixik sifatlarining o‘sishiga zo‘r ta’sir ko‘rsatadi.
Bu ikkalasi bir-biri bilan organik ravishda bog‘langan bo‘lib, ularni ajratib qarash
mumkin emas. Demak, bundan ma’lumki kishilarni demokratik ruhida tariyalashda
katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib shaxs tabiiy mavjudod bo‘lib u psixologik xusussiyatlarga
egadir. Bu xususiyatlar shaxsning faolitini jarayonida kamolotga yetadi. Jismoniy
tarbiya va sportda ham shaxsning konkret, eng muhim faoliyatlaridan biridir.
Demak, jismoniy tarbiya va sportda shaxsni kamolotga yetkazish vositalaridan
biridir. Shu sababali shaxsni har tomonlama tabiyalashda jismoniy tarbiya va
sport katta ahamiyatga egadir.
Shaxsni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli juda muhimdir.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyati maksimal tezlik, kuch, chaqqonlikni o‘z
gavdasini har tomonlama idora qilish xususiyatlarini tarkib toptirish vositalaridan
biridir. Bizga ma’lum, intensiv (serunum) mehnat qilish uchun o‘rtacha kuch va
tezlik kifoya qiladi. Sportda biror razryad olish yoki rekord qo‘yish uchun maksimal
darajada asab-mushak kuchi sarflashni yuqori tezlik va chaqqonlikni talab qiladi.
Sport o‘zining bu kuchi bilan kishi faoliyatining boshqa turlaridan farqlanib turadi.
Sport jarayonida shaxsning harakat malakalari yuksak darajada rivoj topadi.
Shuningdek sportda shaxsnin irodaviy va boshqa psiologik sifatlari
takomillashadi.
Sport shaxsni yoshining ma’lum davrida katta ahamiyatga egadir. Anotomiya,
fiziologiya va psixologiya fanidan ravshanki, shaxsning o‘smirlik va yoshlik davri
jismoniy qobiliyatni namoyon qilish uchun juda loyiqdir. Shu bilan birgalikda bu
yoki u davrida shaxsning psixologik xusussiyatlarini tarbiyalash uchun ham keng
imkoniyat to‘g‘iladi chunki, psixologik xususiyat va sifatlari jismoniy rivojlanish
bilan bog‘liqirdir.
Bu davrda yoshlarni sportning u yoki bu turi bilan shug‘ullantirishning mohiyati
shundaki, agar o‘smir yoki yosh jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish davrini
yaxshi o‘tkazar ekan, unda yuksak jismoniy qobiliyat iroda va xarakter tarbiyalanadi,
shuningdek dunyoqarash shakllanadi. Aksincha bola o‘sishning bu muhim davrida
jismoniy harakatli o‘yinlaridan mahrum bo‘lar ekan yoki jismoniy tarbiya va sport


2021 yil, Maxsus son
10
bilan shug‘ullanmas ekan, hayot jarayonida u har tomonlama yetuk inson bo‘lolmaydi.
Demak, o‘sish jarayoni muayyan davrida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish
o‘smirda kelgusi hayot uchun eng muhim bo‘lgan jismoniy jihatlarni: chaqqonlik,
epchillik, botirlik, jismony go‘zallik va boshqa muhim sifatlarni tarbiyalaydi. Sportchi
sportning u yoki bu turi bilan shug‘ullanar ekan, u doimo yuqori natijalariga erishishini
maqsad qilib qo‘yadi. Bu esa sportchidan:
1.Uzoq davomida trenirovka qilish natijasida umumiy jismoniy taraqqiyotni,
organizmning fiziologik funksiyalarni yuksak darajada rivojlanganligini talab qiladi.
Sport faoliyati doimiy ravishda har bir harakatga ijobiy qarashni talab qiladi. Bu
hol ayniqsa badiiy gimnastikada, boksyor, futbolist, kurashchilarda, sakrovchi
va boshqalarda yaqqol ko‘rinadi.
2.Bu esa sportchida tafakurnining yuritish operatsiyasining yuksak o‘sishini
talab qiladi. Chunki sportda darhol yechilishni talab qiladigan usulga, taktiga oid
masalalar tez-tez uchrab turadi. Bu zaruriyat sportida tafakkur qilish qobiliyatini
o‘stiradi. Bundan tashqari sportda emotsiya. Idrok va boshqa psixik jarayonlar
ham kamolga yetadi.
3.Sport shaxs temperamenti va xarakterini tarbiyalashda ham zo‘r kuchga
ega. Ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan murabbiy
va sportchilarni tekshirilganda ular orasida bo‘sh asab tizimi ega bo‘lganlari kam
uchraydi. Vaxolanki sport bilan shug‘ullanmagan kishilar o‘rtasida bo‘sh asab
tizimli kishilar tez-tez uchrab turadi.
Flegmatik – temperementli kishi yaqin distansiyaga tez yugiraolmaydi,
boksda esa tez harakat qila olmaydi, ammo asab tizimi trenirovka qilish natijasida
butunlay tipni o‘zgarishi sportning ayrim turlarini egallay olganligi isbotlangan.
Xolerik temperamentli kishilar yaqin distansiyaga yugurishga, boksga juda
mos keladilar, lekin musobaqa paytida ochiqcha xayajonlanadilar, uchragan
tusiqlarni yengishda achchiqlanadilar.
Sport maqsadga intilish, intizomlilik o‘z kuchiga ishonch, tshabbuskorlik,
mustaqillik, mardlik, qa’tiyat, dadillik, o‘zini tuta bilish, chidamlik kabi irodaviy
sifatlarni shakllantirishiga ta’sir ko‘rsatadi. Sportchida bunday ijobiy sifatlar rejali
va tizimli mashhulotining, murabbiy mehnatning oqibatidir.
Sport jarayonida aytilgan vositallar bir butunligida sportchinig yuqori
darajadagi irodaviy goyaviy sifatini tarbiyalashga erishish mumkin. Sportchining
bu sifatlari qandaydir abstrakt bo‘lmay balki, konkret sport faoliyati sharoiti bilan
bogliqdir. Chunki o‘zidan ravshanki, sportning har qanday turi bo‘yicha psixologik


2021 yil, Maxsus son
11
sifatlarni talab qiladi. Sport psixologiyasi bo‘yicha ilmiy tekshirishlar shuni
tasdiqlaydiki irodaviy sifatlar sportning turi va yengishga tegishli bo‘lgan
qarshiliklar darajasiga qarab turlicha bo‘ladi.
Misol: Shtanga bilan shugullanish mushaklarni maksimal darajada
taranglashtirish va diqqatni to‘plashni talab etsa, chang‘i sport esa barqaror
irodani talab qiladi. Bu misoldan ma’lumki sportning u yoki bu turini egallash va
sportchi o‘z nomini saqlab turish uchun sportchi tizimli mashq bilan shug‘ullanadi.
Bu mashq jarayonida u har qanday jismoniy va ruhiy to‘siqlarga duch keladi.
Ana shu to‘siqlarni yengib o‘tish uni irodaviy g‘oyaviy sifatlarini tarbiyalaydi.
Borgan sari takomillashish natijasida sportchida kuchli iroda ham o‘sib boradi.
Demak, bundan shunday xulosa kelib chiaqadi; sport jarayonida ijobiy
sifatlar bilan birgalikda salbiy sifatlar ham namoyon bo‘lib turadi. Salbiy sifatlarning
paydo bo‘lib turishning asosiy sababi sportchini birinchidan jismoniy, texnikaviy
va taktikaviy yetuk emasligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning irodaviy va
g‘oyaviy tomondan yetarli tayyorlanmaganligidadir. Shu sababali murabbiy
sporchining bu ikki muhim tomoniga alohida e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Biz
yuqorida sport va uni shaxs-tarbiyasiga ta’siri sohasida fikrlar yuritdik. Bu
fiklarimizdan ma’lum bo‘ldiki, sport shaxsni garmonik rivojlantirishda alohida
ahamiyatga egadir. Shaxsning psixik jarayonlari sport faoliyatini yaxshilashga
ta’siri qiladi, sport esa o‘z navbatida bu jarayonni yuksak darajada o‘sishida
asosiy manbai rolini o‘naydi. Irodaviy –goyaviy sifatlarsiz sportda yuksak
natijalarga erishib bo‘lmaydi. Bu sifatlar esa konkret sport sharoitida shakllanadi.
Sport shaxs temperamentini ijobiy tomonga o‘zgartirishda kuchli bir manbaidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. “O‘zbekiston”, 2016. - B.146.
2. P.A.Rudik. “Psixologiya” 1974y XXXI bob.
3. P.A.Rudik. “Psixologiya” 1967y XX bob.
4.
Î.Ù.Ìóñàåâ Îëèé ¢ùóâ þðòè ¢ùèòóâ÷èñèíèíã ïåäàãîãèê ùîáèëè-
ÿòëàð êîìïëåêñè. Ìåòîäèê ù¢ëëàíìà. Òîøêåíò-2016.
5. Ä.Ä. Ñàôàðîâà Ñïîðò ìîðôîëîãèÿñè Ò. 2015.


2021 yil, Maxsus son
12
KURASH SPORT TURINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI
SH.S.HOJIYEV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Mazkur maqola sport turlaridan biri kurashning paydo bo‘lishi, tarixi va rivojlanish
davrlari haqidagi ma’lumotlarga bag‘ishlangan. Shuningdek, uning sport turi sifatida
hozirgi kunlardagi faoliyatiga ham e’tibor qaratilgan.
Tayanch so‘zlar
: kurash, kurash turlari, asosiy qoidalar, kurash federatsiyasi,
kurashish san’ati, salomatlik, kurash san’ati, qadriyatlar, yunon-rum kurashi, erkin
kurash, dzyudo, sambo va boshqalar.
This article is devoted to information about the origin, history and development of
wrestling, one of the sports. It also focuses on his current activities as a sport.
Key words
: wrestling, types of wrestling, basic rules, wrestling federation, martial
arts, health, martial arts, values, Greco-Roman wrestling, freestyle wrestling, judo, sambo
and more.
Ýòà ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà èíôîðìàöèè î âîçíèêíîâåíèè, èñòîðèè è ðàçâèòèè
áîðüáû, îäíîãî èç âèäîâ ñïîðòà. Îí òàêæå ôîêóñèðóåòñÿ íà åãî òåêóùåé ñïîðòèâ-
íîé äåÿòåëüíîñòè.
Êëþ÷åâûå ñëîâà
: áîðüáà, âèäû áîðüáû, îñíîâíûå ïðàâèëà, ôåäåðàöèÿ áîðüáû,
áîåâûå èñêóññòâà, çäîðîâüå, áîåâûå èñêóññòâà, öåííîñòè, ãðåêî-ðèìñêàÿ áîðüáà,
âîëüíàÿ áîðüáà, äçþäî, ñàìáî è äð.
Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-
yakka olishuvi. Kurashish san’ati ko‘p xalqlarda qadim zamonlardan buyon
ma’lum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada
musobaqalaridan doimiy o‘rin olib kelgan. Milliy Kurashning xilma-xil ko‘rinishlari
Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston,
Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va b. mamlakatlarda mavjud.
Zavonaviy sport Kurashining asosiy qoidalari 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida
Evropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi.
1912 y. Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga
144 mamlakat, O‘zbekiston 1993 y. dan a’zo). Xalqaro maydonda sport Kurash
ining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va b. turlari keng tarqalgan.
Keyingi yillarda o‘zbek Kurashi ham alohida Kurash turi sifatida dunyo
miqyosida tan oliva boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali
qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. SHifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan
Kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan o‘zbek turmush tarzining


2021 yil, Maxsus son
13
uzviy qismi bo‘lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo‘lyozmalar tasdiqlaydi.
Qad. Baqtriya (O‘zbekiston jan.) hududidan topilgan jez davriga oid
silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani
tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning
Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar
miloddan 1,5 ming yil ilgari ham Kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi
bo‘lganidan da-lolat beradi.
Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2—3-a.) va b. tarixiy shaxslarning yozishicha,
shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari o‘zlariga kuyovni yigitlar bilan
kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart ko‘yish yo‘li bilan aniqlashgan
va bu shartda Kurash musobaqasi bo‘lgan. Bunga o‘zbek xalq qahramonlik dostoni
— «Alpomish»dagi Barchin shartlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan: «Kurashning turlari ham bir ù
Ulardan biri ikki kurashuvchining biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga
tortadi, shu bilan birga o‘z raqibidan qutulishning chorasini qiladi…». Bu ta’rif
zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti Pahlavon
Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’», Husayn Voiz
Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy», Zahiriddin Muhammad Boburning
«Boburnoma» asarida Kurash hakida qimmatli ma’lumotlar bor. 9—16-a. larda
Kurash xalqo‘rtasida keng ommalashgan. SHudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq
polvon qabilar Kurash dovrug‘ini oshirishgan.
O‘zbek xalq yakka kurashining belbog‘li kurash deb nomlangan turi ham bor.
Unga ham taalluqli ko‘plab arxeologik topilmalar va tarixiy qo‘lyozmalar mavjud.
Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan
haykalchada belbog‘li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar
tasvirlangan. Xitoyning qad. «Tan-shu» qo‘lyozmasida Farg‘ova vodiysida to‘ylar,
sayllar Kurash musobaqalarisiz o‘tmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xo‘ja polvon
va sh. k. K. ning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-a. oxiri — 20-a. boshi).
Chorizm istilosi va sho‘rolar davrida o‘zbek milliy Kurash ini xalq turmush tarzidan
sun’iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-a. ning 90-y. lari oxiriga kelib bu
urinishlarga barham berildi. 1991 y. da kurashchilar sulolasi vakili, bir necha Kurash
turlari bo‘yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov o‘zbekcha Kurashning
xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x
14 m dan 16x 16 m gacha bo‘lgan, chetroq qismi qizil rangli «xavfli chiziq» bilan belgilangan


2021 yil, Maxsus son
14
ko‘k-yashil tusli Kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. G‘olib ishlatilgan usullar
va maydondagi xatti-harakatlariga qo‘yiladigan baholarga qarab aniqlanadi.
Kurashda bo‘g‘ish, raqibga og‘riq beruvchi usullar qo‘llashga ruxsat
etilmaydi, kurashuvchilarning biri ko‘k, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar
yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li tasma (belbog‘)
bog‘lanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57,
63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, o‘smirlar,
o‘spirinlar, yoshi ulug‘lar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga
olingan holda vazn toifalari belgilanadi).
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003 y. Toshkentda o‘tgan kongressi
har bir uchrashuvning qizg‘in bo‘lishini ta’minlash maqsadida rasmiy
musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga
bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid
harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «g‘irrom» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol»
bahosini olsa (yoki raqibi «g‘irrom» bilan jazolansa) bu uning g‘alabasini bildiradi.
Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya
jazolanishi) ham g‘alabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib boriladi va h. k.
Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga g‘alaba beriladi, kurashchilarning
baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo‘ladi, jazolar soni teng
bo‘lsa oxirgi jazo olgan mag‘lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo
olinmagan) bo‘lsa, g‘olib hakamlarning ko‘pchilik ovoziga ko‘ra e’lon qilinadi.
1992 y. da O‘zbekistonda kurash federatsiyasi, 2001 y. da O‘zbekistonda
belbog‘li kurash federatsiyasi tuzildi. 1998 y. sent. da Toshkentda 28 davlat (AQSH,
Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, O‘zbekiston, YAponiya va h. k.)
vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari bo‘lishdi va shu munosabat
bilan bu erda o‘zbekcha Kurash bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
O‘zR Prezidentining «Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida»gi farmoni (1999 y. 1 fev.) o‘zbek milliy Kurashining yavada
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘sha yili Toshkentda o‘zbekcha Kurash bo‘yicha
birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk sh. da ayollar o‘rtasida xalqaro
musobaqa bo‘lib o‘tdi. IKA qoshida Xalqaro Kurash akademiyasi, Butun jahon
Kurashni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida «Kurash»
jur. ta’sis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yo‘nalishidagi
bu jur. Toshkentda 1999 y. okt. oyidan buyon nashr etiladi.
2000 y. O‘zbekistonda Kurash oyligi o‘tkazildi. Bu oylik davomida 2 mln. ga


2021 yil, Maxsus son
15
yaqin kishi Kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom
Karimov nomidagi an’anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001 y. dan Xalqaro
Kurash in-ti (Toshkentda) faoli-yat ko‘rsata boshladi. 1KA ga 66 ta milliy
federatsiya a’zo bo‘lib kirdi (2003). Evropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K.
konfederatsiya lari tuzildi. Hoz. paytda o‘zbekcha Kurash bilan xorijiy
mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug‘ullanadi. Kurashning bu turi bo‘yicha
jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, O‘zbekistonda
atTermiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan va boshqa ko‘plab xalqaro
musobaqalar muntazam o‘tkaziladi. Hoz. vaqtda O‘zbekistonda 22 ta olimpiada
o‘rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalaro‘smirlar sport maktabi va 206 ta Kurash
maktabida sportning bu turi bo‘yicha o‘quvchilarga tahsil beriladi. Oliy o‘quv
yurtlarida 100 dan ortiq Kurash to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Kurashchilar bilan
851 vafar murabbiy shug‘ullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003 y. da
Kurashning bu turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritdi. Kurash bo‘yicha
o‘tkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli
Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiev, Akobir Qurbonov
(O‘zbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar o‘g‘li (Tur-kiya), Aleksandr
Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi
Kashimoto (Yaponiya) va b. golib chikdilar va sovrindor bo‘ldilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Þñóïîâ Êóðàø, Êóðàø, Ò., 1999;
2. 
Ì¢ìèíîâ À., Ïðåçèäåíò. Ñïîðò. /àëàáà!, Ò., 2001.
3. https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/kurash-uz/


2021 yil, Maxsus son
16
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHILARDA
KASBIY-MADANIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH
(KURASH MISOLIDA)
A.Q.NURULLAYEV,
NavDPI, p.f.n.
Mustaqillik hammaning orzularga, to‘la qalbiga shodlik baxsh etib o‘zligimizni,
asrlar davomida ajdodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘lmas qadriyat va urf –
odatlarimizni qaytarib berdi. Ajdodlarimizdan qadriyat sifatida bizgacha me’ros bo‘lgan
kurashning bugungi kunda jadal suratlarda rivojlanib borishi va uning istiqbolini belgilab
beruvchi omillardan biri bu kadrlar masalasidan iboratdir.
Kalit so‘zlar: 
kurash, o‘qituvchi, kasbiy madaniyat, jismoniy madaniyat, jismoniy
tarbiya, kurashchi, jismoniy tayyorgarlik.
Independence has brought joy to the dreams and hearts of all and restored our
identity, our immortal values and traditions that have been passed down from generation
to generation for centuries. One of the factors determining the prospects for the rapid
development of the struggle inherited from our ancestors as a value to us today, and its
prospects, is the issue of personnel.
Key words: 
wrestling, teacher, professional culture, physical culture, physical
education, wrestler, physical training.
Íåçàâèñèìîñòü ïðèíåñëà ðàäîñòü ìå÷òàì è ñåðäöàì âñåõ è âîññòàíîâèëà
íàøó èäåíòè÷íîñòü, íàøè áåññìåðòíûå öåííîñòè è òðàäèöèè, êîòîðûå âåêàìè
ïåðåäàâàëèñü èç ïîêîëåíèÿ â ïîêîëåíèå. Îäíèì èç ôàêòîðîâ, îïðåäåëÿþùèõ ïåðñ-
ïåêòèâû áûñòðîãî ðàçâèòèÿ áîðüáû, óíàñëåäîâàííîé îò ïðåäêîâ êàê öåííîñòü
äëÿ íàñ ñåãîäíÿ, ÿâëÿåòñÿ êàäðîâûé âîïðîñ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: áîðüáà, ïåäàãîã, ïðîôåññèîíàëüíàÿ êóëüòóðà, ôèçè÷åñêàÿ
êóëüòóðà, ôèçè÷åñêîå âîñïèòàíèå, áîðåö, ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà.
Kurashning tarixi 3-3.5 ming yillik tarixga borib taqalgan bo‘lsada, kurashning
asosiy rivojlanishi davri o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda
kurashga etarli darajada e’tibor berilmaganligi tufayli jismoniy tarbiya darslar
jarayonlarida elementlaridan qisman foydalanib kelinganligini ko‘ramiz.
Kurashning bugungi kunda rivojlanishida T.Odilov, A.Atoev, J.Tursunov,
O‘.Ibrohimov, S,Qudratov, J.Toshpo‘latov, K.YUsupov, O.Toymurodov,
O.Xayitov, X.Rafiev, A.Tilakov, R.To‘raev, A.Abdusattarov kabi fidoyi murabbiy
olimlar tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma chop
etilib kurashning boshqa sport turlari kabi o‘z o‘rni va nufuzi borligini asoslab
berdi. Bu ustoz murabbiylar va olimlar tomonidan kurashning asoslab berilganligi
tufayli oxirgi 15-20 yil ichida kurash qadrlanib, sayqalib, rivojlanib kelinmoqda.
Kurash usullar tizimini rivojlantirishda A.Atoev, K.YUspovlarning harakatlari


2021 yil, Maxsus son
17
natijasida kurash jahonga yuz tutdi.Kurashning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini
va moddiy bazalarini boyitish birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari
bilan amalga oshirildi.Kurash qoidalari ajdodlarimizning urf-odatlari, udumlari,
ishlatilgan atamalari asosida sodda va oddiy qilib ishlab chiqildi. Polvonlarning
ijobiy harakatlari ,, halol”, ,,yonbosh ”, ,,chala” atamalarini ishlatish bilan baholanib
tomoshabinlar xakamlar (chet el) tomonidan tez va oson o‘zlashtirib olindi.
Respublikamizda mustaqillikdan keyin xalqaro turnirlar, Osiyo, Jahon
birinchiliklarining o‘tkazilishi buning yaqqol namunasidir. 1999-yil, 2005-yil
Toshkentda, 2011-yil Termizda o‘tkazilgan jahon birinchiliklari Buxoro,
Qashqadaryo, Samarqand , Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilib
kelinayotgan xalqaro turnerlarda chet-ellik hakamlarning ishtiroki va gilamdagi
bellashuv xolatlarni baholashlari, kurash atamlarni aytishlari bunga misol bo‘ladi.
Kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar dunyo axliga yorqin ta’surotlar,
zavqu surur ulashmoqda. Buning barchasi kurash umuminsoniy qadriyat sifatida
munosib o‘rin olishiga xaqli ekanligining tasdig‘idir.
Kurash azal-azaldan xalqimiz tomonidan to‘y-xashar, xalq sayillarida
uyushtirilib xalollik, or-nomus belgisi sanalgan.Kurashni o‘rgatish nazaryasi va
usuliyati, texnikasini egallashni, mustaqil ishlash uchun zarur bo‘ladigan kasbiy
ko‘nikma va malakalarni egallashni ko‘zada tutadi. Kurash fanini o‘qitishdagi
faoliyatlari g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali jarayon xisoblanadi. Turli nomlardagi
darsliklarni o‘rgatish bilan bir qatorda, talabalarning xulq-atvorlari, bilan darajalari
va fanga bo‘lgan munosabatlarini kuzatish, o‘rgatish, tarbiya berish bilan qo‘shib
olib boriladi. Buning uchun o‘qituvchida chuqur bilim, pedagogik mahorat va
shaxsiy namuna, tashabbuskorlik, yangilik sari ijodiy izlanish faoliyatlar ustun
bo‘lishi kerak.Kurash darslari, mashg‘ulotlari va musobaqa jarayonida talabalar
shikastlanishini tabiiy bir hol. Bularning asosiy sabablari quydagicha:
1. Kurash darslarda professor o‘qituvchilar tomonidan talabalarga
e’tiborsizligi;
2. Mashqlarni bajarishda o‘zini ximoya ( straxovka ) qilishni bilishmasligi;
3. Kurash kiyimi ( yaktak ) da darslarda qatnashmasligi;4. SHaxsiy gigienik
qoidalariga rioya qilmaslik;
4. Professor o‘qituvchilarning, murabbiylarning ruhsatisiz mashg‘ulotlarga
kirishishi;
6. Taqiqlangan buyumlar taqib kirishi ( uzuk, zagolka v.b ).
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi undagi maxoratining tarkib topishiga
hayotiy muhim sifatlar xamda mehnatga va vatanni himoya qilishga zarur bo‘ladigan
malakalarning xosil bo‘lishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Mashg‘ulotlarni tashkil
etish va jihozlanish, joylarning soddaligi tufayli, kurash yoshlarni mamlakatimizda


2021 yil, Maxsus son
18
ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga yordam beradigan
asosiy vositadir.Bugungi kunda milliy sport turimiz kurash rivoj topib, sportchi
yoshlarimiz mahorati yanada ortib bormoqda. Mamlakatimizda yaratilayotgan
qulay shart-sharoitlardan unumli foydalanganlarimiz uchun Osiyo o‘yinlar, Osiyo,
Jahon sportarenalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelinmoqda. Bugungi kunga
kelib kurash texnikasi va taktikasi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Bunga
isbot sifatida yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnirlarni jahon birinchiliklari,
olishimiz mumkin. Yaponya, Brazilya, Turkiya, Janubiy Koreya, Eronlik
polvonlarning texnikasi muhlislar va mutaxasislar tomonidan yaxshi baholandi.
Turkiyada o‘tkazilgan XI jahon chempionatida 90 kg vaznda kurashgan Shuhrat
Arslonovning texnikasi muhlislar, mutaxasislar yuqori texnikaga ega ekanliklari
taqiqlab o‘tdi. Buning natijasida 2017-yilning eng yaxshi kurashchi texnikasi
naminatsiyasiga sazovor bo‘ldi, ( Panji To‘raev, R.Soliev ).
Kurashning texnikasi va taktikasi butun dunyo sportchilari tomonidan
o‘zlashtirilib yangidan yangi jahon chempionlari va xalqaro turnerlarda g‘olib
bo‘lishlaridir. SHunga qaramasdan kurashning nazariy bilimlarini o‘lashtirish ortda
qolmoqda. Quyidagi tadqiqot izlanishda Oliy ta’lim talabalariga kurashning nazariy
bilimlar berishni bosh maqsad qilib oldik.
– o‘qituvchi tomonidan maruza, seminar darslarida kurashning nazariy
asoslarini to‘liq o‘rgatish va tushuntirish;
– o‘zlashtirmagan talabalarga qo‘shimcha darslar o‘tishni tashkil etish;-
amaliy darslarda ham nazariy mashg‘ulotlarni berib borish;
– darslar jarayonida talabalarni ko‘proq mavzu yuzasidan gapirtirish;
– talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga asoslab mustaqil ish, refarat
topshiriqlarni berish va bajartirish, v b.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Àòàåâ À.Ê. ¨ø ¢ñìèðëàðãà ¢çáåê êóðàøèíè ¢ðãàòèø óñëóáè¸òè.
Æèñìîíèé òàðáèÿ èíñòèòóòè âà îëèé òàúëèì ìóàññàñàëàðè æèñìîíèé
òàðáèÿ ôàêóëüòåòëàðè ó÷óí ¢ùóâ ù¢ëëàíìà. 2003 é.2.
2. Àòîåâ À.Ù. Êóðàø . Òîøêåíò. 1987 é.
3. Òîøï¢ëàòîâ Æ.Ò. «¡çáåê êóðàøè», Ò., 2000 é.
4. Êîìèë Þñóïîâ. ,,Êóðàø õàëùàðî ùîèäàëàðè, òåõíèêàñè âà òàê-
òèêàñèúú Ò., 2005.


2021 yil, Maxsus son
19
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNI TARBIYAVIY
FAOLIYATGA TAYYORLASHGA DOIR YONDASHUVLAR
S.B.SANAYEVA,
NavDPI, v.b.dotsent, PhD
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini tarbiyaviy faoliyatga
tayyorlashga doir: tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, sinergetik, germenevtik va
psixoterapevtik yondashuvlar haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, talabalarning tarbiyaviy faoliyati,
ma’naviy-axloqiy tamoyillar, tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv,
sinergetik yondashuv, germenevtik yondashuv, psixoterapevtik yondashuv.
 äàííîé ñòàòüå îïèñûâàþòñÿ î ñèñòåìíûõ, äåÿòåëüíîñòíûõ, ñèíåðãåòè-
÷åñêèõ, ãåðìåíåâòè÷åñêèõ è ïñèõîòåðàïåâòè÷åñêèõ ïîäõîäàõ ïîäãîòîâêè ñòóäåí-
òîâ âóçîâ ê âîñïèòàòåëüíîé äåÿòåëüíîñòè.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
äóõîâíî-âîñïèòàòåëüíûå ðàáîòû, âîñïèòàòåëüíàÿ äåÿ-
òåëüíîñòü ñòóäåíòîâ, äóõîâíî-íðàâñòâåííûå ïðèíöèïû, ñèñòåìíûé ïîäõîä, äåÿ-
òåëüíîñòíûé ïîäõîä, ñèíåðãåòè÷åñêèé ïîäõîä, ãåðìåíåâòè÷åñêèé ïîäõîä, ïñèõî-
òåðàïåâòè÷åñêèé ïîäõîä.
This article describes the systematic, activity-oriented, synergetic, hermeneutic and
psychotherapeutic approaches to preparing students for higher education.
Key words:
spiritual-educational work, educational activity of students, spiritual-
moral principles, systemic approach, activity-oriented approach, synergetic approach,
hermeneutic approach, psychotherapeutic approach.
Oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, tadbirlar ko’plab o‘tkaziladi.
Shunga qaramay talabalar orasida axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-
harakatlar uchrab turadi, ya’ni oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan
tarbiyaviy ishlar hamma joyda ham kutilganidek natija beryapti deb bo‘lmaydi.
Ayrim oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar universitet, institut miqyosida,
shuningdek, fakultet va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan har turli
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Odatda, bunday tarbiyaviy
tadbirlarda ko‘pincha faolroq talabalar qatnashadilar. Tarbiyaga muhtoj va
tarbiyalash zarur bo‘lgan ayrim talabalar esa bu ishdan chetda qolaveradi.
Tarbiyaviy ishning ba’zan kam samara berayotganligining sabablaridan yana
biri, yoshlarga axloqiy ta’sir o‘tkazish usullarining bir tomonlamaligidadir.[4]
Tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash deganda talabalarning sub’ektiv
pozitsiyasini amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, uni ta’lim
muassasasining ta’limiy va jamoatchilik faoliyatiga faol jalb etish; kasb sirlarini
amaliy o‘zlashtirish, o‘zining imkoniyatlari va qobiliyatlarini baholash bilan bog‘liq


2021 yil, Maxsus son
20
mustaqil faoliyatga tashabbus uyg‘otish va qo‘llab-quvvatlash; talabalar
jamoasini hamkorlikdagi ijtimoiy ahamiyatga ega innovatsion o‘quv loyihalari,
dasturlar, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishdagi ishtirokini ta’minlash;
ta’limiy muhitda o‘zaro hamkorlik aloqalari, sherikchilikni kengaytirish tushuniladi.
Tarbiya jarayoni talabalar qiyofasida yangi faol sub’ektni tarkib toptiradi.
Respublikamizda pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy
bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga
ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stra-
tegiyasida “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy
etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini
oshirish”[1], shuningdek, pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlarida “Yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya,
o‘qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog
kadrlarni shakllantirish” [2] kabi muhim vazifalar belgilandi. Bu esa, talabalarni
tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlarini
aniqlashtirish, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini, axborot-metodik ta’minotini
takomillashtirishni taqozo etadi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish
ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishi
bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya
ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazishning aniq va mukammal tizimigina, yaxlit tizimli yondashuvgina
tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.[4]
Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha
takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan
qarama-qarshi ta’sirlarning oldini olishga, talabalarga bir xil talablar qo‘yish va
yakdillik bilan ta ’sir o‘tkazishga imkon beradi.
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”da oliy ta’lim muassasalarida
talabalarni ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi
lozim bo‘lgan jihatlar sifatida quyidagilar alohida ajratib ko‘rsatilgan:
ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchi-
yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga
xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish
va ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq, topshiriq va
pedagogik vaziyatlar bilan boyitish;


2021 yil, Maxsus son
21
– o‘quvchi-yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni
rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy
davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o’rganishni rag‘batlantirish;
– kasbiy-ma’naviy ko‘nikmalarni mustahkamlash, o‘zini-o‘zi tarbiyalashga
o’rgatish;
– faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;
– ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy dunyoqarash va sog’lom diniy e’tiqodni
shakllantirish;
– baxtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini shakllantirish;
– kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga
daxldorlik tuyg’usini kuchaytirish[3].
Talabalarning innovatsion, adaptatsion sharoitda ishlashini, tez
o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan qayishqoq bo‘lishni zamonning o‘zi talab
etmoqda. Shu bois ham oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarbiyaviy faoliyatga
layoqatliligini zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish, ta’limni
tubdan isloh qilish, mazkur tizimni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishning muhim
shartlaridan biridir.
Bugungi kunda tarbiya jarayonini tashkil etishga doir zamonaviy
yondashuvlarga tayangan holda talabalarni mazkur faoliyat turiga samarali
tayyorlash ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday zamonaviy
yondashuvlar orasida tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, sinergetik, germenevtik va
psixoterapevtik yondashuvlar ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya jarayoni yaxlit tizim sifatida ob’ekt yaxlitligini va uni ta’minlovchi
mexanizmlarni ochib berish; murakkab aloqalarining turli tiplarini aniqlash hamda
ularni yagona nazariy ko‘rinishga keltirish; shuningdek, ob’ektning yaxlitlik
xususiyatlarini, uning tuzilmasi hamda dinamikasini belgilash imkonini beruvchi
murakkab ob’ekt o‘zaro bog‘langan modellarining iyerarxik tizimi to‘g‘risidagi
tasavvurlarni amalga oshiradi. Demak, tizimli yondashuvdan kelib chiqadiki,
murakkab ob’ekt (tarbiya tizimi)ning o‘ziga xosligi uning tarkibiy qismlarining
alohida xususiyatlarini inkor etmaydi, aksincha, ma’lum bir tarkibiy qismlar
orasidagi aloqa va munosabatlarga doir bog’lanishlarni hosil qiladi. Tarbiya
jarayoni yaxlit tizim sifatida ijtimoiy buyurtma, maqsad, metodologik yondashuvlar,
qonun, qonuniyat, tamoyillar, tarbiya mazmuni, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish
shakl, metod va vositalari, tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, ijtimoiy institutlarning
o‘zaro hamkorligi, diagnostika, profilaktika, korreksiya kabilarning o‘zaro
aloqadorligi va birligini talab etadi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvning mohiyati – bixevioristik


2021 yil, Maxsus son
22
yo‘nalganlik, tarbiyani shaxsning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy
pedagogik ta’sir sifatida qarash; har bir pedagogik ta’sir tarbiyalanuvchida uning
so‘zlari, xatti-harakati yoki amallarida namoyon bo‘ladigan ma’lum javobni yuzaga
keltiradi. Xususiyatlari – ideal va tarbiya dasturining mavjudligi, tarbiya tizimining
aniq tashkil qilinganligi, tartib va bahslashuvning ahamiyati.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvning ahamiyati shundan iboratki, u
tarbiyaviy ideal, tarbiya dasturi, aniq faoliyat yuritadigan tarbiya tizimi, tartib,
intizomlilik, “bolalarcha o‘zboshimchalik”ni bartaraf qilishni o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy ma’noda bu yondashuv axloqiy-insonparvar qadriyatlarning shaxsiy
ahamiyatli ma’nosini anglash, motivatsion-irodaviy va emotsional darajada
o‘zlashtirish sifatida qaraladi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv uchun tarbiya
jarayonini anglashning chiziqli tamoyili xarakterli: har bir pedagogik ta’sir
tarbiyalanuvchining ma’lum javobi(so‘z, hatti- harakat, amal)ni ko‘zda tutadi.
Tarbiyaga sinergetik yondashuv murakkab tizimlarning o‘z-o‘zini tashkillashtirish
nazariyasi asosida kelib chiqqan. Sinergetika murakkab tarzda bir-biri bilan o‘zaro
ta’sirga kirishuvchi ko‘p miqdordagi qismlar, komponentlar va ichki tizimlardan tarkib
topuvchi metatizimlarni o‘rganuvchi fan sifatida yuzaga kelgan.
Dunyo hamjamiyatida prefigurativ madaniyatdan hosil bo‘luvchi fenomenlar:
kelajakning (hatto yaqin kelajakning) noaniqligi, bugunning beqarorligi,
informatsion xaos borgan sari ko‘proq anglanilib bormoqda. Ushbu sharoitlarda
tarbiya maqsadga yo‘naltirilgan boshqaruvga bo‘ysunishi mumkin emas, chunki
tarbiyaning o‘zi – noaniqlik sohasi. Tarbiyani diagnostika qilish, uning natijalarini
o‘lchash murakkabligi tasodif emas: ular doimo haqiqiy tarbiya vaziyatidan vaqt
bo‘yicha kechikib yuradi va noaniqdir. Tarbiya jarayonida pedagog ta’sirida
shaxsning qaysi motivatsion-qadriyatli tizimlari o‘zgarishga uchrayotganligini,
tarbiyalanuvchining o‘zining ma’naviy izlanishlari, o‘zini “yenga olishi”, hayotiy
tajribani egallashi natijalari qanday bo‘layotganligini aniqlash oson emas.
Sinergetik yondashuv pedagogga tarbiya jarayonini chiziqsiz sifatida tushunish,
tarbiya tizimlari ochiqligini, ahamiyat hosil qiluvchi tasodiflarni (fluktuatsiyalarni) tan
olish shartini qo‘yadi. Tarbiyaga sinergetik yondashuvning o‘ziga xos xususiyati –
shaxsni o‘zgartirishning bir qancha yo‘llari, imkoniyatlarini tan olish va sakrashlar
yuz beruvchi keskin, beqaror tarbiyaviy vaziyatlar bilan bog‘liq.
Tarbiyaga sinergetik qarash “portlash effekti”ning fenomenal tabiatini
tushuntirib beradi. Agar tarbiyaviy o‘zaro ta’sir bifurkatsiya (tarmoq, “tanlov”)
nuqtasidan uzoqda bo‘lsa, unda tarbiyalanuvchilar xulq- atvori va faoliyatida sof
tashqi, miqdoriy o‘zgarishlar yuz beradi. Bifurkatsiya nuqtasiga yaqin bo‘lgan
hatto qisqa muddatli, bir lahzali pedagogik o‘zaro ta’sir ham tarbiyalanuvchi
shaxsining qadriyatli-motivatsion sohasini keskin tarzda o‘zgartirib yuborishi


2021 yil, Maxsus son
23
mumkin, shu sababli tarbiya uning uchun harakatlar, amallarni tanlash imkonini
yaratishi lozim.
Germenevtika nuqtai-nazaridan, tarbiya – bu sub’ektning kechinmalari
sifatida namoyon bo‘luvchi psixik tajribalari, uning “hayotiy olamiga” murojaat
etish hisoblanadi. Bu fenomen, ya’ni psixik kechinma faqatgina refleksiyada
o‘zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, inson boshqalardagi holatni faqat o‘zi
boshdan kechirganlari va tushunganlari asosida idrok etishi mumkin. Bu bir xil
darajada tabiyachiga ham, tarbiyalanuvchiga ham taalluqlidir. Shu sababli bola
kechinmalari – tarbiyachi faoliyatining asosiy predmeti hisoblanadi.
Germenevtik tarbiyaviy amaliyot bolalar kechinmalari, ularning xotiralari,
orzu-istaklari, fantaziyalariga asoslangan ish sifatida tashkil etiladi.
Bolalar she’rlari, mustaqil ijod namunalari: qo‘shiqlari, esselari, avtobiografik
qaydlari, kundaliklari, xatlari tarbiyaviy jarayonning muhim vositalari sanaladi.
Bolalar verbal ijodiyotining ushbu mahsullari tarbiyachi tomonidan qabul qilinishi
lozim: ular tahlil qilinmasligi va baholanmasligi, balki boricha qabul qilinishi, ulg‘ayib
borayotgan insonning shaxsiy qadriyati sifatida tan olinishi zarur. Bolani
germenevtik qabul qilish tarbiyachining o‘zining shaxsiy bolalik tajribalarini, o‘z
bolalik kechinmalarini refleksiya qilishi, bolalik xotiralarini “yashab o‘tishi”siz
amalga oshishi mumkin emas. Bunday pedagog bolani boshqarmaydi,
majburlamaydi, balki u bilan xuddi katta o‘rtog’idek hamkorlik qiladi.
Germenevtika ruhida tarbiyalash bolani atrofdagi odamlar va o‘z-o‘zini
tushunishga o‘rgatishi lozim. Germenevtikada tushunish, tushunib yetish tartibi
quyidagicha: insoniy madaniyatning har qanday ko‘rinishlarining ma’nosini
fahmlay olish lozim. Shu sababli tarbiya jarayonida adabiyot, musiqa, tasviriy
san’at namunalariga murojaat etish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Germenevtik amaliyotda “germenevtik doira”ga alohida ahamiyat beriladi.
Bu – o‘tmishdan hozirga, butundan qismlarga va aksincha tushunish jarayonidagi
maxsus siklik harakatni ko‘rsatuvchi paradoksdir. Ma’lumki, har qanday hodisa,
hayotiy dalil, so‘z ko‘pincha oldin bo‘lgan yoki keyingi voqelikka bog‘liq tarzda
u yoki bu ma’no kasb etadi. Germenevtik yondashuv tarafdorlari uchun bolaning
o‘tmish hayoti, kechinmalari, ularning bugungi kun bilan nisbati har doim muhim
ahamiyatga ega. Bolaning aniq harakatini faqat uning shaxsini tushungandagina
anglash mumkin, shaxsni esa davrning ijtimoiy-madaniy sharoitlarini anglamasdan
tushunish mumkin emas. Ammo zamonni tushunishga faqatgina zamonaviy
bolaning kechinmalari va harakatlarini tushunish orqali erishish mumkin.
Germenevtikada “tarbiyalovchi tushunish”ning asosiy vektori
tarbiyalanuvchining hayot ma’nosini anglash imkoniyatiga yo‘naltirilgan.
Bolaning har qanday kechinmasi o‘zida uning “ma’naviy haqiqatlari” – hayot


2021 yil, Maxsus son
24
qadriyatlariga munosabatini saqlaydi. Germenevtik yondashuv pozitsiyasida
faoliyat olib boruvchi tarbiyachi har qanday yoshdagi bolalarning o‘ziga xos
hayotiy qadriyatlarini tan oladi. Ularni qaysidir yuksak idealga “moslashtirib”
qo‘ymaydi. Bolalik hayoti tabiatining o‘zi uning har bir lahzasini to‘laqonli
qadriyatlar bilan boyitadi, shu sababli tarbiya ob’ektiv, hamma uchun umumiy
bo‘lgan maqsadga ega bo‘lishi mumkin emas. Tarbiya maqsadi tarbiyachining
aniq bir shaxsning individualligining namoyon bo‘lishini tushunishi hodisasi
orqali paydo bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, oliy ta’lim tizimida talabalarni tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning quyidagi
jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin: kasbiy tarbiyaning o‘ziga xosligi; tarbiya
nazariyasi va amaliyotida stereotiplardan voz kechish; oliy ta’limning o‘quv,
auditoriyadan tashqari, ijtimoiy faoliyatida tizimli ravishda tarbiyaning xilma-xil ob’ekt
va sub’ektlarini yaratish; tarbiyaning an’anaviy shakllari va innovatsion loyihaviy
texnologiyalarni uyg‘unlashtirish; media vositalar va texnologiyalardan maksimal
darajada foydalanish; natijaviylik ko‘rsatkichlari (kompetensiyalar) majmuini ishlab
chiqish va ularni har bir ta’lim oluvchining amaliy faoliyatiga tatbiq etish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
4947-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik
ta’lim sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-
son Qarori.
3. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. T.: “Aloqachi”.
2008.


2021 yil, Maxsus son
25
QO‘L TO‘PI, UNING TARIXI VA O‘YIN QOIDALARI
O.J.O‘RINOV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarni jismoniy
rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning engommabop, binobarin, eng
qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o‘smir-yoshlar uchun ham birdek
ma’qul bo‘lgan chinakam xalqchil o‘yin hisoblanadi. Mazkur maqola qo‘l to‘pi o‘yini va
uning tarixiga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: 
qo‘l to‘pi, o‘yinchilar, gandbol, yugurish, sakrash, to‘p uloqtirish,
jismoniy harakatlar, jismoniy mashqlar.
Ãàíäáîë - îäèí èç ñàìûõ ïîïóëÿðíûõ âèäîâ ñïîðòà, ýòî îäíî èç ñàìûõ óäîá-
íûõ, à çíà÷èò è óäîáíûõ ñðåäñòâ ôèçè÷åñêîãî ðàçâèòèÿ ñòóäåíòîâ, óêðåïëåíèÿ èõ
çäîðîâüÿ. Ýòî äåéñòâèòåëüíî ïîïóëÿðíàÿ èãðà, êîòîðàÿ íðàâèòñÿ êàê âçðîñëûì,
òàê è ïîäðîñòêàì. Ýòà ñòàòüÿ î ãàíäáîëå è åãî èñòîðèè.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ãàíäáîë, èãðîêè, ãàíäáîë, áåã, ïðûæêè, ìåòàíèå ìÿ÷à,
ôèçè÷åñêàÿ íàãðóçêà, óïðàæíåíèå.
Handball is one of the most popular sports, it is one of the most convenient, and
therefore the most convenient means of physical development of students, strengthening
their health. It is a truly popular game that is enjoyed by both adults and teenagers alike.
This article is dedicated to handball and its history.
Key words:
handball, players, handball, running, jumping, throwing the ball, physical
activity, exercise.
Musobaqada o‘n ikki o‘yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi.
O‘yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to‘rtburchakdan iborat. O‘yinda qatnashuvchi
jamoa o‘yinchilarining maqsadi - to‘pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib
turgan darvozaga kiritish. To‘p bilan barcha harakatlar faqat qo‘lda bajariladi.
To‘p uchun kurashda, qarshilik ko‘rsatishda qo‘pollik va sportchiga xos bo‘lmagan
harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim.
O‘yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog‘liq bo‘lib, 30 daqiqadan 60
daqiqagacha davom etadi. O‘yin vaqtida har bir o‘yinchi o‘zining shaxsiy fazilatlarini
ko‘rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o‘yin har bir gandbolchidan
o‘z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo‘ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o‘yinining asosini yugurish, sakrash, to‘pni uzatish, uloqtirish
kabi shug‘ullanuvchilarning har jihatdan uyg‘un rivojlanishiga yordam beradigan
tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funksional
tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg‘ulotlar tasirida, shuningdek,
musobaqalarda shug‘ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik
reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari


2021 yil, Maxsus son
26
rivojlanadi. Gandbol o‘yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita
bo‘lib xizmat qila oladi. Yo‘nalishni o‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli
xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo‘llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda
irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo‘l to‘pi har qanday
ixtisosdagi talaba uchun zarur bo‘lgan sport o‘yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o‘yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida keng
qo‘llanilmoqda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlariga jalb qilishning muhim vosi-tasi, sport mahoratini
oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me’yoriy talablarini
bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.
Gandbol o‘yinining kelib chiqish tarixi.
1904 yili birinchi bo‘lib Daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili
Kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu
qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
11 kishidan tashkil topgan jamoaviy gandbol o‘yini 1917-1919 yillarga to‘g‘ri
keladi. U paytda futbol va basketbol o‘yinlari birlashtirilib, qizlar uchun
mo‘ljallangan o‘yin o‘ylab topilgan, ushbu yangi o‘yinni dunyo bo‘yicha tarqalib,
mashxur bo‘lib ketishini xech kim tasavvur xam qilmagan edi.
Dastlab maydon o‘lchami 20x40 metr, darvoza o‘lchami eniga 2 metr, bo‘yiga 2.10
metr bo‘lgan. To‘pning aylanasi 68-70 sm bo‘lgan. To‘p bilan yugurish va to‘p uchun
kurashishga ruxsat etilmagan. Keyinchalik o‘yin qoidalariga atletik tavsif beruvchi
o‘zgartirishlar kiritildi. Maydon o‘lchamlari futbol o‘yini maydoni o‘lchamiga tenglashtirildi,
darvoza esa 5 x 2,5 o‘lchamiga, keyinchalik futbol o‘yini darvozasi o‘lchamiga etkazildi.
1923 yilda musobaqa qoidalariga yangi o‘zgartirishlar kiritildi, “uch qadam”
va “uch soniya” kabi o‘zgartirishlar keyinchalik o‘yin tempini oshishiga sabab
bo‘ldi. 1926 yilda Gaagada Xalqaro havaskor atletlar sport federatsiyasining
kongressida maxsus komissiya tashkil qilindi, uning vazifasi keyinchalik ushbu
sport turini rivolantirish va ommaviylashtrishdan iborat edi. SHundan keyin
gandbol boshqa sport turlari kabi dunyo bo‘yicha rivojlana boshladi.
1928 yilda Amsterdamda Xalqaro xavaskorlar gandbol federatsiyasi (IAGF)
tashkil qilindi. Dastlab federatsiyaga 11 ta davlat a’zo bo‘lgan, 2 yildan keyin 20
davlat kirgan, xozirda Xalqaro gandbol federatsiyasiga (IGF) 123 ta davlat a’zo
bo‘lib, dunyo bo‘yicha shug’ullanuvchilar soni 7 milliondan oshib ketgan.
1936 yilda gandbol olimpiya sport turlari qatoriga kiritildi. Olimpiya
musobaqalari davrida Xalqaro havaskorlarning IV kongressi bo‘lib o‘tdi, unda
1938 yilda Germaniyada 7x7 va 11x11 gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon
birinchiligi o‘tkazilishi belgilandi. Ikkala birinchilikda xam nemets jamoalari
chempionlikni qo‘lga kiritishdi.


2021 yil, Maxsus son
27
Ikinchi jahon urishi barcha sport turlari kabi gandbolni ham rivojlanishini
to‘xtatib qo‘ydi. Xavaskorlar federatsiyasi ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Urish
tugashi bilan 1946 yilda yangi Xalqaro gandbol federatsiyasi IGF tashkil topdi va
o‘yin rivojlanishiga katta burilish yasadi. Ushbu
federatsiyaning ta’sis kongressida o‘yin qoidalariga bir qancha
o‘zgartirishlar kiritildi va erkaklar o‘rtasida 11x11 gandbol o‘yinining jaxon
birinchiligi o‘tkazilishi belgilandi. 1948 yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon
birinchiligida 12 ta jamoa qatnashib, Shvetsiya terma jamoasi birinchi o‘rinni
egallashdi.
1949 yil Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasida jahon
birinchiligida Vengriya terma jamoasi hammadan kuchli ekanini isbotladi.
Keyinchalik jahon birinchiligi xar to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilishi qabul
qilindi. Hammasi bo‘lib 11x11 gandbol o‘yini bo‘yicha 7 ta erkaklar va 3 ta ayollar
jaxon birinchiligi o‘tkazilgan.
7x7 gandbol o‘yinining rivojlanishi “katta gandbol” o‘yini bilan bir vaqtning
o‘zida paralell ravishda bo‘lgan. Birinchi xalqaro qoidalar 1934 yilda qabul qilingan.
“Kichik gandbol” ayniqsa skandinaviya davlatlari sportchilarida ko‘proq qiziqish
uyg’otdi. 1936 yilda Daniya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv
bo‘lib o‘tdi, unda Daniyaliklar g’alaba qozonishdi.
Xalqaro gandbol federatsiyasi 11x11 gandbol o‘yinini rivojlantirishga katta
e’tibor qaratdi, ammo ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish kamayib “kichik gandbol”
rivojlana boshladi. 1954 yilda faqatgina 4 jamoa o‘zaro baxslashishdi, bunda
mezbonlar g’alaba qozonishdi. 7x7 gandbol o‘yini bo‘yicha birinchi jahon
birinchiligi 1957 yili ayollar o‘rtasida Yugaslaviyada ochiq maydonda o‘tkazildi.
CHexoslavakiya terma jamoasi g’alaba qozonishdi.
1936 yil Berlindagi XI olimpiada o‘yinlarida 6 ta erkaklar jamoalari
musobaqalashdilar. Keyingi olimpiya o‘yinlarida gandbolchilar qatnashmadilar,
chunki musobaqa dasturlariga gandbol sport turi kirilmagan edi. Faqatgina 1972
yili Myunxen shaxrida bo‘lib o‘tgan XX Olimpiyada o‘yinlarida musobaqa
dasturiga erkaklar jamoasi kiritildi. 1976 yilda esa Monreal shaxrida XXI Olimpiada
o‘yinlariga ayollar jamoalari xam kiritildi.
Gandbol rivojlanish tarihini bir qancha davrga bo‘lish mumkin:
1898-1941 yillar – o‘yinning paydo bo‘lishi, tarqalishi va tashkil topishi;
1946-1957 yillar – asosan 11x11 gandbol o‘yinining rivojlanishi;
1957-1972 yillar – 7x7 gandbol o‘yining ommalashuvi;
1972 yildan keyin – o‘yinning butun dunyo bo‘ylab ommaviylashuvining
zamonaviy davri.
3. O‘yin qoidalarining rivojlanishi


2021 yil, Maxsus son
28
Birlamchi gandbol qoidalari juda oddiy bo‘lib, asosan qiz bolalar jamoalari
uchun moslashgan edi. Sekin-asta o‘yin qiyinlashishi bilan qoidalari xam
takomilasha bordi. Xozirda gandbol atletik o‘yin deb xisoblansada, erkaklar va
ayollar o‘rtasida bir xilda ommaviylashgandir.
Jahonda kuchli gandbolchilar – epchillik, tezkorlik, chidamlilik sifatlari va
musqullari rivojlangan atletlar hisoblanadi.
O‘yin qodidalarining rivojlanishi – ijodiy jarayon bo‘lib, bunda jihozlarning
takomillashuvini ta’siri, maydon o‘lchamlarining o‘zgarishi, o‘yin vaqti, o‘yin texnikasi
va taktikasining o‘zgarishlari va ularni jaxondagi keng tarqalishi bilan ifodalanadi.
Zamonaviy o‘yin qoidalaridagi katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlardan
biri shundan iboratki, barcha maydon o‘yinchilari hujum va himoyachi vazifasini
bajarish imkoniyatlariga egadirlar. Eski o‘yin qoidalariga ko‘ra o‘yin maydoni uch
zonaga ajratilgan: birinchi jamoa maydoni, o‘rta maydon va keyingi, jamoa
maydoni.
Xar bir zonada ma’lum bir o‘yinchilar joylashishi mumkin: darvozabon va
himoyachilar o‘zlarining maydonida harakat qilishi, yarim himoyachilar o‘rta
zonada, hujumchilar o‘rta va raqib jamoasining himoyachilari zonasida
harakatlanishi mumkin edi. Natijada hujumda uchta hujumchiga uchta himoyachi
va darvozabon himoyalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Demak, o‘yinda murakkab
taktik harakatlar to‘g‘risida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. O‘yin qoidalarining
rivojlanishiga albatta maydon o‘lchamlari va jihozlari ham katta ta’sir etgan. Vaqt
o‘tishi bilan qo‘l to‘piga bo‘lgan e’tiborning ortishi va uning jahon sport
arenalarida chiqishiga ijobiy ko‘rsatila boshlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Áîëîáàí Â.Í.Ìàêðîìåòîäèêà îáó÷åíèÿ àêðîáàòè÷åñêèì óïðàæíå-
íèÿì ñëîæíûì ïî êîîðäèíàöèè / Â.Í.Áîëîáàí //Ïåäàãîãèêà, ïñèõîëîãèÿ è
ìåäèêî-áèîëîãè÷åñêèå ïðîáëåìû ôèçè÷åñêîãî âîñïèòàíèÿ è ñïîðòà. -2010.-
No 6. -Ñ. 14-24.
2. Ãàâåðäîâñêèé Þ.Ê. Îáó÷åíèå ñïîðòèâíûì óïðàæíåíèÿì. Áèîìåõà-
íèêà. Ìåòîäîëîãèÿ. Äèäàêòèêà. Ì.: Ñîâåòñêèé ñïîðò, 2008. -912 ñ.
3. Ëÿõ Â.È. Êîîðäèíàöèîííûå ñïîñîáíîñòè: äèàãíîñòèêà è ðàçâèòèå. /
Â.È. Ëÿõ. –Ì.: ÒÂÒ Äèâèçèîí, 2006. -290 ñ.
4. Óìàðîâ Ì.Í., ßêóáîâà Í.Õ. Îáó÷åíèå óïðàæíåíèÿì â ðàâíîâåñèè
íà ðóêàõ ìåòîäîì ïðåäïèñàíèé àëãîðèòìè÷åñêîãî òèïà. \Ó÷åáíîå ïîñîáèå.-
Òàøêåíò.ÓçÃîñÈÔÊ, 2000ã.-103 ñ.


2021 yil, Maxsus son
29
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA HARAKATLI O‘YINLAR
VA ULARNI TASHKIL ETISH TEXNIKASI
SH.N.MAMATOV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Mazkur maqola uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya
darslarida harakatli o‘yinlar va ularni zamonaviy ta’lim usullari vositasida tashkil etish
va amalga oshirish texnikasiga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
o‘yin, o‘yin texnikasi, jismoniy tarbiya, o‘quvchilar, o‘yinchilar,
o‘yinni tashkil etish, harakatli o‘yinlar, harakatli o‘yinlarni tashkil etish metodikasi,
zamonaviy ta’lim usullari.
Ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà ìåòîäàì îðãàíèçàöèè è ðåàëèçàöèè äâèãàòåëüíûõ èãð
íà óðîêàõ ôèçè÷åñêîãî âîñïèòàíèÿ ñòóäåíòîâ â ñèñòåìå íåïðåðûâíîãî îáðàçîâà-
íèÿ è èñïîëüçîâàíèþ èìè ñîâðåìåííûõ ìåòîäîâ îáó÷åíèÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
èãðà, èãðîâàÿ òåõíèêà, ôèçè÷åñêîå âîñïèòàíèå, ñòóäåí-
òû, èãðîêè, îðãàíèçàöèÿ èãðû, äâèãàòåëüíûå èãðû, ìåòîäèêà îðãàíèçàöèè äâè-
ãàòåëüíîé èãðû, ñîâðåìåííûå ìåòîäû îáó÷åíèÿ.
This article is devoted to the techniques of movement games in the physical education
classes of students in the system of continuing education and their organization and
implementation through modern teaching methods.
Key words:
game, game technique, physical education, students, players, game
organization, movement games, methodology of movement game movement, modern
teaching methods.
O‘yinga tayyorgarlik ko‘rish metodik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazish,
o‘yinchilarning ijodiy fikr yuritishi, ularda tashkilotchilik qobiliyatini o‘stirish
mashg‘ulot vazifalarini to‘la hal qilishda va nihoyat, mashg‘ulotning samarasini
oshirishda juda katta ahamiyatiga ega.
1. O‘yinni o‘tkazish uchun, eng avval, joy va kerakli jihozlarni tayyorlab
olish lozim. Agar o‘yinni biron xona yoki sport zalida o‘tkazish mo‘ljallangan
bo‘lsa, u holda bu erga qatnashuvchilarning erkin harakatlariga halal beradigan
narsalar bo‘lmasligi kerak. Oynalarning hammasi panjaralar bilan to‘silgan, xona
yaxshi shamollatilgan, pol nam latta bilan artilgan, o‘quvchilarning o‘yindan so‘ng
dam olishlari uchun bir nechta gimnastika skameykalari qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Bu skameykalar ba’zi bir milliy harakatli o‘yinlarda foydalanishi mumkin.
O‘quvchilarni tozalikka, ozodalikka va mehnatga o‘rgatish maqsadida hamma
o‘yinga tayyorgarlik ishlarini ular bilan birgalikda bajarish lozim. Ko‘pgina milliy
harakatli yinlarni o‘tkazish uchun turli jihozlar: bayroqchalar, rangli bog‘lagichlar,


2021 yil, Maxsus son
30
tayoqchalar, to‘plar, bulavalar, raketkalar va boshqalar ishlatiladi. Jihozlar rangli
va etarli miqdorda, kattaligi hamda og‘irligi o‘yinchilarning kuchlariga mos qilib,
did bilan tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Dars samarali bo‘lishi uchun jihozlar maxsus ajratilgan joylarda tayyor holda
saqlanishi kerak. Jihozlarni ozoda saqlash, qatnashuvchilarga tarqatish va yig‘ib
olishda o‘yinchilarning aktiv qatnashishlari maqsadga muvofiqdir. Jihozlar
o‘yinchilarga o‘yinning maqsadi va vazifasi tushuntirib berilganidan so‘ng
tarqatiladi.
2. O‘yinchilarni maydonda saflash va to‘g‘ri joylashtirish ham mashg‘ulot
natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan omillardandir. Shuning uchun o‘yinni
tushuntirish paytida o‘yinchilarning maydonda pedagogni yaxshi eshitib va ko‘rib
turadigan qilib joylashtirish lozim. Bunda o‘yinning mazmunini hisobga olish
ham e’tibordan chetda qolmaslik kerak, albatta.
O‘yinchilarni quyoshga yoki boshqa yorug‘lik manbalari qarshisiga
saflantirish mumkin emas. Chunki bunday paytlarda o‘yinchilar rahbarni
ko‘rmaydilar, natijada uning ko‘rsatmalarini tushunmay qolishlari mumkin. O‘z
navbatida tushuntirish chog‘ida pedagog ham barcha o‘yinchilarni ko‘rib turishi
lozim. Buning uchun u yorug‘lik manbaiga o‘n tomoni bilan turishi darkor.
O‘yinchilar maydonda o‘yinga kirishish oldidan dastlabki holatni egallab
olganlaridan so‘ng kapitanlar tanlanadi. Bularning barchasi o‘quvchilarga
rahbarning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri, aniq va tez tushunib olishlariga yordam beradi.
Kapitan vazifasini bajaruvchi tanlash katta tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo‘lib,
bunga jismoniy tayyorgarligi zo‘r bo‘lgan o‘yinchilar tanlanadi. Bu esa o‘yin
davomida o‘yinchilarning aktivligini oshirishga yordam beradi. Bu masalaning
bir tomoni. Ikkinchidan, kapitan vazifasini iloji boricha ko‘proq o‘yinchilar bajargani
ma’qul. Ana shunday qilinganda o‘quvchilarda tashkilotchilik, boshqaruvchilik
sifatlari tarkib topadi.
O‘yinga rahbarlik. O‘yinning samarali o‘tishi unga qanday rahbarlik qilinishiga
bog‘liq. O‘yin shartli signal bilan boshlanadi. Rahbar hamma qatnashuvchilar o‘z
o‘rinlarini egallab o‘yinga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qilgandan keyin o‘yinni
boshlash uchun signal beradi. U o‘yinning boshidan oxirigacha qatnashuvchilarning
harakatlarini kuzatib borib, uning to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Buning uchun
esa o‘yinchilarning xatolarini iloji boricha o‘yinni to‘xtatmasdan turib bartaraf qilishga
erishishi lozim. Shu bilan birga kelishilgan signal bilan o‘yinchilarni o‘yindan
to‘xtatishga odatlantirishi kerak.
O‘qituvchi bolalarda o‘yin qoidalarini tushunib, aniq bajarishni tarbiyalashi
lozim. Lekin o‘yinchilar o‘yin qoidalarini hali uncha yaxshi tushunib etmaganliklari
tufayli, o‘yin qoidasining ba’zi bir elementlariga rioya qilmasliklari mumkin. Buning


2021 yil, Maxsus son
31
uchun o‘qituvchi o‘yinni hadeb to‘xtatavermasligi lozim, chunki o‘yinchilarning
qiziqishi pasayib ketadi. Shu jihatdan rahbar pedagogik nazokatli bo‘lishi, ayniqsa,
qo‘pollikning oldini olishi va unga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Pedagog o‘yin davomida o‘yinchilar o‘rtoqlik, do‘stlik, o‘zaro hurmat kabi
fazilatlarning tarkib topishi va mustahkamlanishiga jiddiy e’tibor berishi, ular
g‘alabalardan mag‘rurlanib, mag‘lubiyatdan tushkunlikka tushib, o‘yindan sovib
ketmasliklarini kuzatib borishi muhimdir. Ayniqsa, o‘quvchilarni komanda
manfaatlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yishga o‘rgatish katta ahamiyatga molik.
Har bir o‘yin xolisona hakamlikni talab qiladi. Agar o‘yinning qoidalariga
qanday rioya qilinayotganini diqqat bilan kuzatib turilmasa, o‘yin o‘z pedagogik
jihatini yo‘qotadi.
Hakamlik vazifasini o‘yinchilardan birontasi bajarsa, yana ham maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bu o‘yinchilarda tashkilotchilik qobiliyatlarini tarbiyalaydi.
O‘yinga o‘yinchilar hakamlik qilgan paytlarda pedagogning o‘zi ham chetda
turmasligi lozim.
Rahbar - hakam butun gruppaning va ayni chog‘da har bir o‘yinchining
harakatlarini kuzatib turishi lozim. Noto‘g‘ri hakamlik qilingan yoki komandalarning
birontasiga o‘n bosgan hakam o‘z obro‘sini yo‘qotadi, pirovardida o‘yinchilar
uning ko‘rsatmalariga ahamiyat bermay qo‘yadilar, intizom buziladi. Xolisona
hakamlik qilinganda esa o‘quvchilarning harakat malakalari, jismoniy sifatlari,
psixologik qobiliyatlari o‘sadi va takomillashadi.
O‘yin bir necha marta qaytarilganidan yoki belgilangan vaqt tugaganidan
so‘ng o‘yin to‘xtatiladi. O‘yinchilar charchab qolmasidan, o‘yinni to‘xtatish
pedagogdan katta mahorat talab qiladi.
O‘yinni yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘yin tugagandan so‘ng
o‘qituvchi butun gruppaning va ayni chog‘da har bir o‘yinchining harakatlariga
baho berib, uni yakunlaydi. O‘yinda aktiv qatnashgan va qoidani buzmagan
o‘yinchilarni alohida qayd qilib o‘tadi.
O‘yinni to‘g‘ri yakunlash uni yanada chuqur egallashga o‘yinchilarning unga
qiziqishlarini yana ham oshirishga yordam beradi. Yakunlash vaqtida o‘yinning
ayrim noaniq bo‘lgan detallari aniqlanadi, ziddiyatli vaziyatlar esa hal qilinadi.
O‘yinni katta pedagogik nazokat va mahorat bilan yakunlash o‘quvchilarning
intizomlarini darsdan-darsga yaxshilashda, ularda jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam shug‘ullanishga qiziqishning ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari orasida o‘yinlarning o‘rni aniq
belgilanishi va ular metodik jihatdan o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi lozim.
Darslarda o‘yinlar o‘quvchilarga sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi darkor.
Shuning uchun ular ko‘proq ochiq maydonlarda o‘tkazilgani ma’qul. O‘yinlar


2021 yil, Maxsus son
32
xonalarda o‘tkazilgan vaqtda qulay gigienik sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur.
Uzoq vaqt davomida, statik holatda sinfda shug‘ullangan o‘quvchilar aktiv
dam olishlari lozim. Shu tufayli harakatli o‘yinlarni tanaffus vaqtida o‘tkazgan
ma’qul. Harakatli o‘yinlar ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi, harakat aktivligini oshiradi
va uni rag‘batlantiradi. O‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun ko‘p deganda
8-10 minut vaqt ketadi. Shu bois ular asosan katta tanaffusda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar o‘yinlarni mustaqil hamda sinf rahbari, jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi boshchiligida o‘tkazishlari mumkin. O‘yinlarni maktab hovlisida, qish
faslida esa yaxshi shamollatilgan xonalarda yoki yo‘lakda o‘tkazish lozim.
O‘yin ishtirokchilari bir necha sinflardan yig‘iladi. Shuning uchun o‘yin
mazmuni jihatidan sodda bo‘lishi va uzoq davom etmasligi kerak.
Tanaffusda o‘ynaladigan o‘yinlar ishtirokchilarni charchatib qo‘yadigan
komandali o‘yinlar bo‘lmagani ma’qul. Chunki bunday o‘yinlar navbatdagi
darslarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik joyda jihozlari sodda, mazmuni qiyin
bo‘lmagan attraksionlar o‘tkazilishi mumkin. Tanaffusda o‘tkazish uchun quyidagi
o‘yinlar tavsiya etiladi: «Bo‘sh joy», «Zovurdagi bo‘ri», «Xo‘rozlar jangi», «O‘z
bayroqchasiga», «Doiraga tort» va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Âåðõîøàíñêèé Þ.Â. Îñíîâû ñïåöèàëüíîé ñèëîâîé ïîäãîòîâêè â
ñïîðòå. –2-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. Ì.: ÔèÑ, 1977. 215 ñ.
2. Ãîäèê Ì.À. Ñïîðòèâíàÿ ìåòðîëîãèÿ: ó÷åáíèê äëÿ èíñòèòóòîâ ôèçè-
÷åñêîé êóëüòóðû. Ì.: ÔèÑ, 1988. 192 ñ.
3. Ìàòâååâ Ë.Ï. Òåîðèÿ è ìåòîäèêà ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû: Ó÷åáíèê äëÿ
ÈÔÊ. Ì.: ÔèÑ, 1991. 544 ñ.
4. Îñíîâû òåîðèè è ìåòîäèêè ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû. /Ïîä ðåä. À.À.Ãó-
æàëîâñêîãî. Ì.: ÔèÑ, 1986. 352 ñ.
5. Ïëàòîíîâ Â.Í. Îáùàÿ òåîðèÿ ïîäãîòîâêè ñïîðòñìåíîâ â îëèìïèéñ-
êîì ñïîðòå. Êèåâ: Îëèìïèéñêàÿ ëèòåðàòóðà. 1997. 583 ñ.


2021 yil, Maxsus son
33
FUTBOL O‘YINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI
S.E.BOBOMURODOV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Futbol bu «oyoq to‘pi» dågan ma`nodagi inglizcha so‘z bo‘lib, Frantsiya, Ispaniya,
Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Mazkur maqola ko‘pchilikni sevimli o‘yini –
futbolning paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarga bag‘ishlangan.
Tayanch so‘zlar:
futbol, futboldagi harakatlar, funbolchilar, futbol o‘ynash, futbol
o‘yinining tarixi va paydo bo‘lishi, o‘yin maydoni.
Football is an English word meaning «foot ball», which is preserved in France,
Spain and Russia. This article is dedicated to the history and development of many
people’s favorite game - football.
Key words: 
football, actions in football, players, playing football, history and
emergence of football game, playing field.
Ôóòáîë - ýòî àíãëèéñêîå ñëîâî, îçíà÷àþùåå «ôóòáîëüíûé ìÿ÷», îíî ñîõðà-
íèëîñü âî Ôðàíöèè, Èñïàíèè è Ðîññèè. Ýòà ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà èñòîðèè è ðàçâè-
òèþ ëþáèìîé ìíîãèìè èãðû - ôóòáîëà.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ôóòáîë, äåéñòâèÿ â ôóòáîëå, èãðîêè, èãðàþùèé â ôóòáîë,
èñòîðèÿ è âîçíèêíîâåíèå ôóòáîëüíîé èãðû, èãðîâîå ïîëå.
Futbol bu chinakam atlåtik o‘yin. U tåzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va
sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam båradi. Futbolchi o‘yin paytida xaddan
tashqari ko‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini
oshirishga, ma“naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam båradi. Futbol
o‘ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rishda yaxshi vosita bo‘lib xizmat qila
oladi. Yonalishni o‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura
jixatdan turlicha gavda harakatlari, to‘pni tåpish, to‘xtatib olish va olib yurish,
maksimal tåzlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol
topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bo‘lgan ko‘pgina
muxim xislatlarni o‘stiradigan sport o‘yini dåb xisoblash imkoniyatini båradi.
Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi
Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Gråtsiya va Rimda ma`lum bo‘lgan
«Garponon» (o‘sha paytda futbol shunday atalar edi) o‘yinini o‘ynagan qadimgi
Gråtsiya o‘smirlari maydon o‘rtasidan turib to‘pni raqiblar tomoniga o‘tkazishgan,
Goy Yuliy Såzarning rimlik ligionårlari to‘pni har qanday usul va priyomlarni
qo‘llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar.
O‘rta asrlarda o‘yin kång tus oldi. Bunda ko‘cha va qishloqlar maydon o‘rnida


2021 yil, Maxsus son
34
xizmat qilardi. Musobaqalar kun o‘rtasida boshlanar edi va qorong‘u tushgancha
davom etardi. To‘pni butun shahar bo‘ylab ma“lum bir joygacha surib kålishga
erishgan «komanda» g‘olib xisoblanardi. O‘yin tartibsiz bir urib yigitga o‘xshar, ko‘p
xollarda qon to‘kar, mushtlashishgacha borib åtardi. Shu sababdan va «jin o‘yin»
sifatida ingliz qirollari futbolni ko‘p marta taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil amalda bo‘ldi.
X1X asr o‘rtalariga kålib, sport måtodi jismoniy tarbiyaning eng ma?bul
måtodi dåb topilib, sport xamda sport o‘yinlari jismoniy rivojlanishining samarali
vositasi bo‘lib qolgandan kåyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.
Oyoqda to‘p o‘ynash birinchi galda ingliz kollåjlari hamda univårsitåtlarida
yoyildi. X1X asrning ikkinchi yarmidan futbol o‘yinida ochiq oydin ikki yo‘nalish
tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kåmbrij kollåjlari qollab quvatlar edi.
Bular 1863 yili futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumaloq toni oyoqda o‘ynashi
rasm qilishga qaror qiladilar. 1848 yili Kåmbrij futbol klubi birinchi bor yagona
o‘yin qoidalarini joriy qiladi va bu qoidalarni nashr etishga qaror qilinadi. Afsuski,
ular bosmadan chiqmay yo‘qolib kåtadi. Bizgacha åtib kålgan qoidalar 1863 yil
8 dåkabrda e“lon qilingan. Bu qoida 13 banddan iboratdir. hozir biz bilgan futbol
ana shunday paydo bo‘lgan. 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan farq qilgan.
1871 yili golkipår ( darvozabon ) larga qo‘lda o‘ynash ruxsat bårildi.
Burchakdan to‘pni kiritish 1873 yilda kiritildi. 1875 yili ustunlarni birlashtirib
turgan arqon årdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan to‘singa almashtirildi. 1882
yili 4ta mustaqil futbol ittifoqi Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol
ittifoqlari birlashdilar. Futbol maydonida xakam birinchi marta 1880 – 1881 yillarda
ishtrok etadigan bo‘ldi. 1891 yili xakam maydonga ikkita yordamchisi bilan
tushadigan bo‘ldi. Xalqaro miqyosidagi dastlabki futbol o‘yini 1873 yili Angliya
va Shotlandiya futbol jamoalari o‘rtasida bo‘lgan edi. Futbol 1875 yilda
Gollandiyada o‘ynala boshlandi, 1882 yildan Shvåytsariyada, 1890 yildan
Chåxiyada, 1894 yildan Avstriyada, 1897 yildan Rossiyada o‘ynala boshladi.
1904 yili Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA ) tuziladi. hozir uning sostavida
190 ga yaqin mamlakat bor. 1954 yildan båri Åvropa futbol ittifoqi UÅFA ham
ishlab turibdi. Unga 50 ga yaqin mamlakat a“zo bo‘lib kirgan. 1930 yildan båri har
to‘rt yilda jaxon chåpionati, 1958 yildan båri esa Åvropa chåmpionati utkazilib
kålinmoqda 1908 yili futbol olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi. UÅFA raxbarligida
quydagi kubok o‘yinlari o‘tkazilib turadi:
Åvropa chåmpionlari kubogi (1956 yildan båri).
Kubok egalari kubogi (1961 yildan båri).


2021 yil, Maxsus son
35
Bular endilikda UÅFA kubogi dåb yuritiladi.
Futbol o‘yin maydoni.
O‘lchamlar:
O‘yin maydoni to‘qri burchak shaklida buladi. Yon chiziqlar darvoza chiziqiga
nisbatan uzunro? bulishi kårak.
Uzunligi: 120m, 90m.
Eni: 45m, 90m.
Halqaro matchlarda.
Uzunligi : minimum 100m. maksimum 110m.
Eni : minimum 64m. maksimum 75m.
Bålgilar.
Maydon uchun bålgilar chiziqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bu chiziqlar ular chågaralab turgan maydonga kiradi. Uyin maydonini
chågaralab turgan 2ta uzun chiziqlar yon chiziklar 2ta qisqasi darvoza chiziqlari
dåyiladi. Xar qanday chiziklar eni 12 sm dan oshmasligi kårak.
O‘yin maydoni urta chiziq yordamida 2 yarim qismga bulinadi. O‘rta chiziq
o‘rtasida maydon markazi bålgilanadi. Maydon markazidan 9,15 m radiusda aylana
o‘tkaziladi.
Darvoza maydoni.
Darvoza maydoni har ikkala yarim qismining oxirida qo‘yidagicha bo‘ladi.
Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan 5,5 m masofada darvoza
chizigiga tug‘ri burchak qilib maydon ichiga 2 chizik tortiladi. 5,5 m masofada bu
chiziqlar darvoza chiziqiga parallål qilib boshka chiziq bilan birlashtiriladi. Bu
chiziqlar va darvoza chiziqi chågaralab turgan zona, darvoza maydoni dåyiladi.
Jarima maydoni.
Jarima maydoni har ikkala yarim qismining oxirida kuyidagicha bo‘ladi.
Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan, 16,5m masofada
darvoza chiziqiga to‘g‘ri burchak qilib, maydon ichiga ikki chiziq tortiladi. 16,5m
masofada darvoza chiziqiga parallål xolatda boshqa chiziq bilan birlashtiriladi.Bu
chiziqlar va darvoza chiziqi chågaralab turgan zona jarima maydoni dåyiladi. har
qaysi jarima maydoni ichida darvozaning ikki ustuni o‘rtasida bir qil masofada
joylashgan nuqtadan 11 m masofada 11 måtrlik bålgi quyiladi. Jarima maydonchasi
tashqarisida 11 måtrlik nuqta markaz qilib olinib 9,15 m. masofada aylana chiziladi.
Bayroqlar
Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi


2021 yil, Maxsus son
36
o‘tkir bo‘lmagan bayroq o‘rnatiladi.
Bayroqlar o‘rta chiziqning har ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi
uzoqlikda o‘rnatilishi mumkin.
Burchak såktori.
Har qaysi burchak bayroqidan o‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda
aylana tortiladi.
Darvoza.
har qaysi darvoza chiziqining markazida darvoza joylashadi.
Ular burchak bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tåpadan gorizontal
tusin bilan birlashtirilgan ikki vårtikal xolatdagi ustundan iborat.
Ustunlar oraliqi - 7,32 m. Tusinning pastki qismidan tåkis årgacha bo‘lgan
masofa – 2, 44 m.
Har ikki ustun va tusin kåsishgan joy bir xil bo‘lishi va 12 sm dan oshmaslik
kårak.
Darvoza chiziqining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bo‘ladi. Darvoza va
darvoza orqasidagi årga to‘r o‘rnatiladi. To‘r ishonchli o‘rnatilgan va darvozabonga
xalaqit bårmaydigan bo‘lishi kårak. Darvozaning ustunlari va tusini oq rangda
bo‘lishi kårak.
Xavfsizlik.
Darvoza yårga ishonchli urnatilgangan bo‘lishi kårak. Ko‘chirma darvozadan
foydalanishga ruxsat båriladi, agar darvoza ushbu qoida talablariga javob bårsa.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Áàáóøêèí Å.Ã., Ìî÷àëîâ Ñ.Þ. Ôàêòîðû, îïðåäåëÿþøèå ñîõðàíeíèå
ñïîðòèâíîé ìîòèâàöèé ó âûñîêî êâàëèôèêàöèðîâàííûõ ñïîðòñìåíîâ. Ìà-
òåðèàëû ìåæäóíàðîäíîé íàó÷íîé êîíôåðåíöèè ïñèõîëîãîâ ôèçè÷åñêîé
êóëüòóðû è ñïîðòà. «Ðóäèêîâñêîå ÷òåíèÿ» 11-14-èþíÿ. 2006ã 41-43ñ.
2. Ãîðáóíîâ Ã.Ä., Ïñèõî-ïåäàãîãèêà ñïîðòà, Ìîñêâà.. ÔèÑ 1986ã. Ñò 90-98.
3. Ãàïïàðîâ.Ç.Ã. Ñïîðò ïñèõîëîãèÿñè «Ìåõðèäà𸻠Ì×Æ. Òîøêåíò 2011.ñ 65.


2021 yil, Maxsus son
37
O‘QUVCHI-YOSHLARNING JISMONIY TARBIYADAN KUCH
HAMDA TEZKORLIK MASHQLARINI ME’YORLASH
YO.X.MUSTAFOYEV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Mazkur maqola uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya
darslarida kuch va tezkorlik mashqlarini amalga oshirishda me’riy qoidalarni o‘rgatishga
qaratilgan.
Tayanch so‘zlar:
jismoniy tarbiya, ta’lim jarayoni, o‘quvchi-yoshlar, kuch va
tezkorlik mashqlari, jismoniy mashqlarni me’yorlash talablari, o‘quvchilar kuchi,
nagruzkalar.
Äàííàÿ ñòàòüÿ íàïðàâëåíà íà îáó÷åíèå ñòóäåíòîâ ïðàâèëàì ïîâåäåíèÿ ïðè
âûïîëíåíèè ñèëîâûõ è ëîâêèõ óïðàæíåíèé íà çàíÿòèÿõ ïî ôèçè÷åñêîìó âîñïèòà-
íèþ â ñèñòåìå íåïðåðûâíîãî îáðàçîâàíèÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
ôèçè÷åñêîå âîñïèòàíèå, ó÷åáíûé ïðîöåññ, ñòóäåí÷åñêàÿ
ìîëîäåæü, ñèëîâûå è ëîâêèå óïðàæíåíèÿ, òðåáîâàíèÿ ñòàíäàðòèçàöèè óïðàæíå-
íèé, ñèëà ñòóäåíòîâ, íàãðóçêè.
This article is aimed at teaching students the rules of conduct in the implementation
of strength and agility exercises in physical education classes in the system of continuing
education.
Key words: 
physical education, educational process, student-youth, strength and
agility exercises, exercise standardization requirements, student strength, loads.
Jamiyat rivojining xozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng
dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydign muxim vazifalardan biridir. SHu jixatdan olganda,
respublikamizda sog‘lom avlod dasturi xarakatining keng tus olishi, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan islox etilayotgani
xam anna shu ulug‘vor vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi muxim qadamdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi vazirligi,
Madaniyat ishlari vazirligi xamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi
tomonidan chiqarilgan me’yoriy xujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti
masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan.
O‘quvchining jismoniy jihati bo‘lgan kuchini uzoq yillar davomida
rivojlantirishdagi umumiy vazifasi uni xar tomonlama rivojlantirish va turli xil xarakat
faoliyatlarida yuksak darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar, ya’ni ko‘p kuchni talab etadigan mashqlar
kuchni to‘plash, rivojlantirish (tarbiyalash) vositasi bo‘lib xisoblanadi.
Qarshilikning tabiatiga qarab, kuchni rivojlantiriadigan mashqlar ikki guruxga
bo‘linadi:


2021 yil, Maxsus son
38
Tashqi qarshiliklarni engish bilan bajariladigan mashqlar.
O‘z vazni bilan og‘irlashtirilib bajariladigan mashqlar.
Kasb-xunar kolleji jismoniy tarbiya darslarida kuchni rivojlantirishga
qaratilgan model yaratilib, o‘quvchilarda sinab ko‘rildi.
O‘quvchilarning jismoniy sifatlaridan biri bo‘lmish mushak kuchini
me’yorlashda 8-10 marta qaytariladigan mashqlardan foydalanish mumkin.
O‘quvchilarga beriladigan mashqlardagi qarshilik me’yori maksimol
ko‘rsatkichning 80-85 % tashkil qilsa, takrorlash soni 10-12 marta bo‘ladi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarida kuchni rivojlantiruvchi
mashqlarning eng yuqori darajadagi nagruzkasi tavsiya etilmaydi. Chunki
nagruzkaning yuqoriligi tana suyagini, bo‘y o‘sishini susaytiradi xamda bo‘g‘in,
pay va muskul tolalarining shikastlanishiga olib keladi. Bundan tashqari yuqori
darajada kuchlanish bilan bajariladigan mashqlarga ko‘p vaqt talab etiladi, dam
olish oralig‘i ko‘p bo‘lgani uchun jismoniy tarbiya darslarida mashqlar bajarilishida
ham kuch qarshiligiga nisbatan qiyinchilik tug‘iladi.
O‘quvchilar kuchini rivojlantirishda beriladigan mashqlar nagruzkasini
me’yorlash uch o‘lcham orqali amalga oshiriladi.
Qarshilik me’yori. Mashq bilan nagruzkalashda optimal qarshilik me’yori
maksimalga nisbatan 75-85 % tashkil qilishi, 8-12 marta takrorlanishi kerak.
Bir marta yondashishda takroriy bajarish. Masalan: o‘quvchi turnikda 10
marta tortilgan bo‘lsa bu 1,0 takrorlash usulga (t.u.), agar 6 marta tortilsa 0,6 t.u.ga
teng bo‘ladi. Ikki o‘quvchining maksimal takrorlashi 10 marta - dars jarayonida 20
martani tashkil qiladi. Birinchi o‘quvchi ikki marta yondashishda 10 martadan
tortildi bu esa 1.0 t.u.ga tengdir. Ikkinchi o‘quvchi esa to‘rt urinishda 5 martadan
tortildi, bu 0,5 t.u.ga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, birinchi o‘quvchi yaxshi
natijaga erishgan.
Mashqlarni bajarish oralig‘ida dam olish. Mashqlarni bajarish seriyalari
o‘rtasida o‘spirin o‘quvchilarning 30-40 soniya dam olishlari tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar nagruzkasining xajmi va
shiddati elka, qo‘l, qorin, bel, oyoq mushak guruxlariga mos kelishi shart. SHunday
qilib, bir darsda kuch chidamliligiga qaratilgan mashqlar nagruzkasini rivojlantirish
me’yori bolalarda quyidagicha: mashqning qaytarilish soni 8-10 marta, 3-4 marta
yondashiladi, urinishlar oralig‘idagi dam olish 30-40 soniyani tashkil qiladi. Birinchi
va ikkinchi yondashuvda 0,4-08 t.u., uchinchi yondashuvda 04-06 t.u.ning
zo‘riqishi paydo bo‘ldi. Bir darsda beriladigan vaqt 5 daqiqani tashkil qilsa, 5


2021 yil, Maxsus son
39
gurux mashqlariga 12-15 daqiqa vaqt ketadi.
Beriladigan nagruzka qaytarilishi xamda seriya uslubida bajarilishi kerak.
Nagruzkaning shiddat me’yorining quyidagi parametrlari bor:
a) kuchni rivojlantirish uchun 80-85 % shiddatda, 6-8 marta yondashish,
seriyalar o‘rtasidagi oraliqni 40-50 soniya qilib belgilash, bir soatlik darsda xamma
mushak guruxlariga 20-25 daqiqa ajratish, 5 ta seriyada 6-8 martadan takrorlash
shart;
b) kuchni ushlab turish vositasi sifatida 70-85 % shiddatda, 6-8 marta
takrorlash, seriyalar oralig‘ini 20-30 soniya qilib belgilash, bir soatlik darsda xamma
mushak guruxlariga 12-14 daqiqa ajratish, 4 seriyadan 6-8 martadan takrorlash
shart.
Shuningdek, kasb-xunar kollejlarining jismoniy tarbiya darslarida tezkorlik
mashqlariga xam ma’lum e’tibor qaratilishi lozim.
Tezkorlik deganda o‘quvchidagi xarakatlarning tezlik tavsiyanomasi xamda
xarakat reaksiyasining vaqtini bevosita va asosiy belgilovchi funksional
xususiyatlar kompleksi tushuniladi.
Tezkorlik namayon bo‘lishining uchta asosiy shakli mavjud:
Harakat reaksiyasining latent (yashirin) vaqti.
Ayrim xarakatlar tezligi.
Harakatlar tezligi.
Maksimal tezliklar bajariladigan qo‘l xarakatlarida ikki bosqich bir-biridan
farq qiladi:
a) tezlikning ortib borish bosqichi;
b) tezlikning nisbatan barqorolashish bosqichi. Biz berilayotgan
ma’lumotlarimizda tezlik bilan bajariladigan mashqlarni me’yorlab berdik.
Yuqori shiddatli jismoniy mashqlar bilan tezkorlik sifatini rivojlantirishda
ularning davom etish vaqti o‘quvchilar uchun jismoniy mashqlar turkumiga qarab
10 soniyadan ortmasligi kerak (mashqlar orasidagi dam olish oralig‘i ish vaqtiga
teng), takrorlash soni esa o‘quvchilar organizmining funksional imkoniyatlari
bilan aniqlanadi.
Yosh organizmning zaxiradagi energiya beruvchi adinazintrifosfat
vaklaratinfosfat xisobiga bajariladi. Maksimal nagruzkaga 30-60 metr qisqa
masofaga maksimal tezlik bilan yugurish, arqonchada belgilangan sur’at bilan
sakrash va chaqqonlikni rivojlantiriuvchi maksimal tezlik bilan yugurishlar kiradi.
Bu mashqlarni bajarishda energiya sarflanishi o‘ta yuqori darajada, kislorod bilan


2021 yil, Maxsus son
40
ta’minlanish 50 % tashkil qiladi.
Yurak-qon tomir urishi va organizmning kislorodga bo‘lgan talabi xaqida
axborot olib bo‘lmadi. Shuning uchun tekshiriluvchilar mashqlarini xar xil dam
olish oralig‘ida charchashning ma’lum fazasi boshlangandan keyin esa ishni
to‘xtatdik. Shunday qilib mashqlarning xar bir seriyasidagi ish xajmining optimal
tarkibi aniqlandi, seriyalar o‘rtasidagi dam olish oralig‘idan farq qildi, yura-qon
tomir urishi 120-130 tagacha etib, ish qobiliyati tiklangandan so‘ng seriyalarni
qayta bajarish boshlandi. Charchash darajasi uslubi bilna aniqlandi. Olingan
ma’lumotlar bo‘yicha o‘quvchilarning tezkorlikka yo‘naltirilgan jismoniy
nagruzkalarining samarali tarkibiy qismi aniqlandi.
O‘quvchi-yoshlarda tezkorlikni tarbiyalovchi mashqlarning davom etish
vaqti 3 soniyadan 7 soniyagacha, takrorlashlar soni bir seriyadan 4-6 martagacha:
takrorlashlar oralig‘idagi dam olish vaqti 7-20 soniya, seriyalar soni – 4 ta, seriyalar
arafasidagi dam olish vaqti esa 70-90 soniyaga teng.
Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya darslarida yuqorida bayon etilgan kuch
xamda tezkorlik mashqlaridan unumli foydalanilsa, dars samaradorligi yuqori
bo‘lishi bilan o‘quvchi-yoshlarning toliqishlarining oldi olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 
¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ïðåçèäåíòè Ø.Ì.Ìèðçè¸åâíèíã 2018
éèë 5 ìàðòäàã蠓Æèñìîíèé òàðáèÿ âà ñïîðò ñî=àñèäà äàâëàò áîøùàðóâ
òèçèìèíè òóáäàí òàêîìèëëàøòèðèø ÷îðà-òàäáèðëàðè ò¢\ðèñèäà” ãè
ÏÔ-5368-ñîíëè ôàðìîíè.
2. Ãîäèê Ì.À. Äèíàìèêà ñèëîâûõ ïîêàçàòåëåé ñïîðòñìåíîâ â äëèòåëü-
íîé ðàáîòå. Æ“Ôàí-ñïîðòãà”. No4.,2005.,ñ30-33.
3. Íóðèìîâ Ð.È., Ìûðçàáåê Ë.Ý. Ïñèõîôèçèîëîãè÷åñêèå îñîáåííîñòè
äåòàëüíîñòè ôóòáîëèñòà. Æ. “Ïåäàãîãèê òàúëèì”, No2.Ò.2003., ñ26-284.
4. Litte T. Williams A. G. Specificity of asseleration, maximum speed, and
agility in professional soccer players I Strength Cond Res 2005 Fed: 19(1):76-8.


2021 yil, Maxsus son
41
VOLEYBOL O‘YINLARI VA UNING TARIXI
A.Q.CHO‘LIYEV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Voleybol o‘zining hammabobligi, kamharajatligi, go‘zal o‘yin mazmuni, kattayu
kichik diqqatini o‘ziga rom qiluvchi xujum va ximoya kombinatsiyalari bilan yurtimiz
shahar-qishloqlarida, mahallayu-maskanlarda, to‘y va bayramlarda baxs-raqobat, sihat-
salomatlik jismoniy va ruhiy barkamollik vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Mazkur
maqola voleybol o‘yining tarixiga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
Voleybol, sport klublari, o‘yin va uning tarixi, voleybol maydoni,
o‘yinchilar.
Volleyball, with its versatility, low cost, beautiful game content, combinations of
attacks and defenses that attract attention, both large and small, in the cities and villages
of our country, neighborhoods, weddings and holidays, competition, health. serves as a
means of physical and mental perfection. This article is about the history of volleyball.
Key words: 
Volleyball, sports clubs, the game and its history, volleyball court, players.
Âîëåéáîë ñ åãî óíèâåðñàëüíîñòüþ, íåâûñîêîé ñòîèìîñòüþ, êðàñèâûì èãðî-
âûì ñîäåðæàíèåì, êîìáèíàöèÿìè àòàê è çàùèò, ïðèâëåêàþùèìè âíèìàíèå ìî-
ëîäûõ è ñòàðûõ, â ãîðîäàõ è äåðåâíÿõ íàøåé ñòðàíû, â îêðåñòíîñòÿõ, íà ñâàäüáàõ
è ïðàçäíèêàõ, ñîðåâíîâàíèÿõ, çäîðîâüå. ôèçè÷åñêîå è óìñòâåííîå ñîâåðøåíñòâî.
Äàííàÿ ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà îá èñòîðèè âîëåéáîëà.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
âîëåéáîë, ñïîðòèâíûå ñåêöèè, èãðà è åå èñòîðèÿ, âîëåéáîëü-
íàÿ ïëîùàäêà, èãðîêè.
Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, “katta” sport mavqeini ko‘tarishga ham ustivor ahamiyat
qaratilmoqda. Yildan-yilga Respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli
musobaqalarni o‘tkazish an’anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O‘zbek
sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib,
yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda.
Voleybol – o‘quv fani sifatida barcha ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga
kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqtlarda faoliyat ko‘rsatadigan sport
to‘garaklari, BO‘SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv xujjatlariga
asoslangan o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Shu bilan bir qatorda ayni
kunda voleybol bo‘yicha iste’dodli sport zahiralari va yuqori malakali,
raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash hamda ommaviy voleybol geografiyasini
yanada kengaytirish, mashg‘ulot va musobaqalarni ilmiy asosda tashkil qilish
zaruriyati yuksak kasbiy-pedagogik salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar etishtirish
muhimligiga e’tibor qaratadi.


2021 yil, Maxsus son
42
Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi
Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor
Vilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘
sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej
direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol”
inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi.
1896 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydon
chegaralari 7,6x15,2 m 2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm 3.
To‘pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm 4. O‘yinchilarning soni
chegaralanmagan va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining
birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920 yildan boshlab maydon o‘lchamlari
9x18m qilib belgilandi. O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi
qo‘yidagicha. 1900 y. – Kanada, 1906 y. – Kuba, 1909 y. – Puerto-riko, 1910 y. –
Peru, 1917 y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, osiyoda 1908-1913 yillar – Yaponiya,
Kitay, Fillipinda, 1914 y – Angliya, 1917 y. – Fransiya. Voleybol 1920-1921 yillarda
o‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922 yildan
boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari
kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari
bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol
Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925 yildan esa
Ukrainada ham rivojlana boshladi. Jahon voleybol tashkilotlari o‘z oldilariga
mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika
va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy
tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar.
Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona qoidalarini
ishlab chiqish zaruriyatini o‘rtaga tashladi. Jumladan, 1925 yilning yanvarida
Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi
rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm
va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15x7,5
o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1926 yilda Moskvada yangi qoidalar
asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927 yildan voleybol bo‘yicha Moskva
birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi. Voleybol bo‘yicha ilk adabiyot
1926 yilda paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi.
Uning mualliflari S.V.Sisoev va A.A.Marku edi. Shu yillarda voleybol faqatgina


2021 yil, Maxsus son
43
Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq
va O‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi. 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar
uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining
spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada
qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib etishdilar.
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning
paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy
tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. Shu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni
kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish
texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli
bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina
madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar
katta ahamiyatga ega edi. 30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus
halq o‘yini» deb nomlangan voleybol bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha
holida chop etildi. Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar
o‘tkazilib turildi. 1931 yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon
egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar g‘olib
chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega
bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini
ta’kidladi. 1932 yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining dasturiga
teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. Shu sababdan voleybol bo‘yicha mamlakat
musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi.
1938 yilda “Ittifoq” birinchiliklarini o‘tkazish qoidalarida jiddiy o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Bu yilning birinchiliklari yozgi maydonlarda sport jamiyatlari jamoalari
orasida o‘tkazildi. Dastlabki o‘yinlar “Ittifoqning” turli shaharlarida o‘tdi, yakuniy
o‘yin esa Moskvada bo‘ldi. Birinchilik ko‘pgina yangi jamoalarni o‘ziga jalb etdi
va hamma erda voleybol taraqqiyotiga jonlanish olib kirdi. Trenerlar va
o‘yinchilarning texnika va taktika sohasidagi izlanishlari davom etaverdi.
Hujumning ahamiyati ortib borayotganligi bilan bog‘liq ravishda jamoalarni 6
nafar hujumchidan iborat qilib shakllantirishga urinishlar bo‘ldi. O‘yinga yon
tomon bilan kuchli to‘p kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to‘siq qo‘yish
sifatini oshirgan holda ayrim jamoalar guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishga o‘tdilar.
Ikkinchi jahon urushi ko‘pgina mamlakatlarda voleybolning taraqqiyotini to‘xtatib
qo‘ydi. Ko‘pgina sportchilar frontga ketdilar. Ammo joylarda sport hayoti butunlay


2021 yil, Maxsus son
44
«to‘xtab» qolgani yo‘q. Bu davrda voleybol harbiy qismlarga kirib bordi. 1943
yildayoq front orqasidagi voleybol maydonchalariga jon kirdi. Shu yili Moskva
va boshqa shaharlarning birinchiliklari o‘tkazildi. 1945 yilda voleybol bo‘yicha
musobaqalar Moskva, Leningrad, Boku, Tbilisi shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
To‘garaklarda o‘quv-mashg‘ulot ishlari muntazam ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Etakchi mutaxassislar urushgacha bo‘lgan davr tajribasini umumlashtirdilar.
Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal amalga oshirishga kata e’tibor berildi.
Texnika va taktikada keskin o‘zgarishlar bo‘ldi – birinchi to‘p uzatish yoki birinchi
uzatilgan to‘pdan hujum qilish keng qo‘llana boshladi. Guruhli to‘siq qo‘yish,
kuchli to‘p kiritishlarning kam ishlatilishini esa asosiy kamchiliklar qatoriga kiritish
mumkin. 1947 yili “Ittifoq” terma jamoasi xalqaro doiraga chiqishi bilan diqqatga
sazovor bo‘ldi. Pragada bo‘lgan demokratik yoshlarning birinchi Xalqaro
festivalida voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va ularda
Chexoslovakiyaning yosh jamoasi, Yugoslaviya hamda Leningrad terma jamoalari
qatnashdi. Chexoslovakiya terma jamoasi uchrashuvda qattiq qarshilikka duch
keldi. “Ittifoq” voleybolchilari shu uchrashuvda ustun chiqdilar va demokratik
yoshlarning Xalqaro festivali g‘olibi bo‘ldilar. Chexlar bilan bo‘lgan uchrashuvda
terma «voleybolchilari» birinchi bor “shamsimon” to‘p kiritish vaziyatiga to‘qnash
keldilar.SHu yili Parijda xalqaro voleybol federatsiyasi ta’sis etildi (FIVB). FIVBning
birinchi prezidenti Pol Libo. 1984 yilda uning o‘rnini Roben Akosta egalladi va
deyarli 2008 yilgacha shu lavozimda faoliyat ko‘rsatdi.1948 yilda “Ittifoq” voleybol
sho‘‘basi Xalqaro voleybol Federatsiyasi (FIVB) a’zoligiga qabul qilindi.
Ilk marta qatnashayotgan Yaponiya ayollar jamoasining kumush nishon
sovrindori bo‘lishi katta shov-shuv ko‘tardi. “Ittifoq”ning erkaklar terma jamoasi
yana jahon chempioni nomiga ega bo‘ldi.1962 yilda Moskvada ikkinchi marta –
ayollar o‘rtasidagi to‘rtinchi, erkaklar o‘rtasidagi beshinchi – jahon birinchiligi
o‘tkazildi. Bu davrda Yaponiya, Polsha, GDR, Xitoy kabi mamlakatlar jamoalrining
o‘yin darajasi nihoyatda oshganligini e’tirof etish kerak. Jahon birinchiligi ko‘pgina
jamoalarning texnikasi o‘sganligini ko‘rsatdi.1963 yil Evropa birinchiligi
Ruminiyada o‘tdi. Shu yilning ko‘pgina xalqaro musobaqalari Tokioda bo‘ladigan
Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik sifatida o‘tkazildi. Ayrim jamoalar asosiy tarkibini
5x1 tartibida shakllantira boshladilar.Tokio olimpiada o‘yinlaridagi voleybolchilar
kuch sinashuvi 1962 yilgi jahon birinchiligida sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar
mahoratini ta’kidladi. Yaponiya ayollar jamoasi va “Ittifoq” erkaklar jamoasi birinchi
olimpiada g‘oliblari bo‘ldilar, Tokio musobaqalari jamoalarning mahorat darajasi


2021 yil, Maxsus son
45
tobora o‘sib borayotganini isbotladi. Agar ilgari sovrinli o‘yinlarga 2-3 jamoa
da’vogarlik qilgan bo‘lsa, endi ularning soni 5-6 taga etdi. Hatto 3:0 hisobi hali
g‘olib jamoaning so‘zsiz ustunligidan dalolat bermay qo‘ydi. Tokio musobaqalari
davomida hakamlar hay’atining yig‘ilishi bo‘lib, unda musobaqa qoidalariga
o‘zgarishlar kiritildi va tasdiqlandi. Bu o‘zgarishlar 1965 yildan kuchga kirdi.
Yuqorida qayd etilganidek, 1964 yil Tokioda o‘tkazilgan olimpiada
o‘yinlaridan so‘ng Amerika, Ovro‘pa va Osiyo voleyboli mahorat jixatidan
tenglasha bordi. Voleybol taraqqiyotida tamomila yangicha yo‘nalish yuz bera
boshladi. Mazkur vaziyatni Olimpiada o‘yinlari, Jahon chempionati va Jahon
kubogi musobaqalari davomida turli mamlakat jamoalarining erishgan yutuqlari
misolida ko‘rish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Àéðàïåòüÿíö Ë.Ð. Ñèñòåìàòèçàöèÿ òðåíèðîâî÷íûõ óïðàæíåíèé âî-
ëåéáîëèñòîê âûñøèõ ðàçðÿäîâ â ãîäè÷íîì öèêëå òðåíèðîâêè ïîäãîòîâêå //
Ôàí-ñïîðòãࠖ Òàøêåíò, 2006.- ¹2. - Ñ. 32-37.
2. Êîøáàõòèåâ È.À. Ñðåäñòâà èíôîðìàòèçàöèè îáðàçîâàòåëüíîãî è ó÷åá-
íî-òðåíèðîâî÷íîãî ïðîöåññîâ ïî ôèçè÷åñêîìó âîñïèòàíèþ ñòóäåíòîâ, ñïîðò-
ñìåíîâ // Ôàí-ñïîðòãà. – Òàøêåíò, 2005.-¹1.- Ñ. 13-16.
3. 
Ìàøàðèïîâ Ô.Ò. Âîëåéáîë ìàø\óëîòëàðèäà òàëàáà ùèçëàðíè
æèñìîíèé ðèâîæëàíòèðèøíèíã òàáàùàëàøòèðèëãàí óñëóáèÿòè. Ìîíî-
ãðàôèÿ. Òîøêåíò. “Fan va texnologiya”. 2012. - 104 á.


2021 yil, Maxsus son
46
GANDBOLCHILARNI MUSOBOQA OLDI MASHG‘ULOTLARIDA
TEZKORLIK KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI
N.K.O‘TKIROV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport soxasida olib borilayotgan katta isloxotlar
natijasida boshqa sport turlari qatorida gandbol sport turi ham yoshlar orasida keng
ommalashmoqda. Respublikamizda o‘tkazilayotgan uzluksiz sport tizimining bosqichma-
bosqich sport musobaqalarining dasturga kiritilishi ham bu sport turining o‘g‘il-qizlar
orasida ommalashishiga zamin bo‘ldi.
Kalit so‘zlar:
gandbol, jismoniy tarbiya va sport, uzluksiz ta’lim tizimida sport
musobaqalari, jismoniy harakatlar, sakrash, tezlik.
As a result of major reforms in the field of physical culture and sports in the country,
handball, along with other sports, is gaining popularity among young people. The gradual
introduction of the system of continuous sports in the program of sports competitions in the
country has also laid the foundation for the popularity of this sport among boys and girls.
Key words:
handball, physical education and sports, sports competitions in the
system of continuing education, physical activity, jumping, speed.
 ðåçóëüòàòå ìàñøòàáíûõ ðåôîðì â ñôåðå ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû è ñïîðòà
â ñòðàíå ãàíäáîë, íàðÿäó ñ äðóãèìè âèäàìè ñïîðòà, ñòàíîâèòñÿ âñå áîëåå ïîïó-
ëÿðíûì ñðåäè ìîëîäåæè. Ïîñòåïåííîå âíåäðåíèå ñèñòåìû íåïðåðûâíûõ âèäîâ
ñïîðòà â ïðîãðàììó ñïîðòèâíûõ ñîðåâíîâàíèé â ñòðàíå òàêæå çàëîæèëî îñíîâó
ïîïóëÿðíîñòè ýòîãî âèäà ñïîðòà ñðåäè þíîøåé è äåâóøåê.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ãàíäáîë, ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà è ñïîðò, ñïîðòèâíûå ñîðåâ-
íîâàíèÿ â ñèñòåìå íåïðåðûâíîãî îáðàçîâàíèÿ, ôèçè÷åñêàÿ àêòèâíîñòü, ïðûæêè,
ñêîðîñòü.
Gandbolchilarni harakat faolyati yuqori tezlik va musobaqalashish tezligi va
mashqlantirish yuklamasi bilan ifodalanadi. Hozirgi davrda o‘yin amaliyotida
himoyalash shaklini faol qo‘llash va hujumga o‘tish foizi oshib bormoqda (tezlik
bilan yorib o‘tish, hujumchini butun maydon bo‘ylab ta’qibda tutish). O‘yinchidan
o‘tkir o‘yin vaziyatlari maydon bo‘ylab yuqori tezlikda harakat qilishni keskin
to‘xtash, yuqori kuch bilan atletik kurash sharoitida sakrashni, talab qiladi.
Ma’lumki gandbol sport o‘yinlari turlariga kiradi, tezlik kuchlanish imkoniyatlarini
ko‘p darajada ifodalashni talab etadi. Gandbolchini musobaqalashish faoliyatida
eng zarur bo‘lgan elementlardan biri bajarishining muvaffaqiyati uni tezlik
kuchlanish imkoniyatlari darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqligi hamda turli ko‘rinishdagi
sakrashlardan iboratdir.


2021 yil, Maxsus son
47
Shunday qilib biz hulosaga kelgan holda gandbolchilarni o‘yin faoliyati
ko‘pincha tezlik kuchlanish tayyorgarligi darajasi bilan bog‘liq, chunki u maxsus
jismoniy tayyorgarlikni asosi hisoblanadi va texnik harakatlarni muvaffaqiyatli
bajarishda o‘ziga xos ta’sir qiluvchi manba hisoblanadi. Bunda texnik uslublari,
tizimlari sakrovchanlikni ifodalanishi bilan bog‘liq va mutaxassis darajasidagi
Gandbolchilar uchun yetakchi hisoblanadi va o‘yinnibutunlikdagi natijasida hal
qiluvchi ta’sirni ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda mashqlantirish amaliyotida ilmiy
tadqiqotlarda ko‘pincha tadqiqot qilinadi va natijalari chegaralangan doirada sakrash
turlari natijalari tahlil qilinadi. Ko‘pgina hollarda bu yuqoriga ikki oyoq itarishi
qo‘llar harakati bilan sakrash yoki turgan joyidan uzunasiga sakrashdan iboratdir.
Yugurishdan bir oyoq itarilishi bilan sakrashlar ikki oyoq itarilishi bilan amalga
oshirilayotgan sakrashlar bilan birga katta tezlikda bajariladi va sakrashning asosiy
ko‘rinishi hisoblanadi, hujumda qo‘llaniladigan sakrashlar qadam otishdan bir
oyoqda itarishdan mutahassis sportchilar tomonidan hamma vaqt ham
bajarilavermaydi, bu ko‘pincha vaziyatga bog‘liqdir, qachonki sakrash davomida
ba’zi bir aralashlar zarurligi ifodalansa va sakrashni bajarish ikki oyoq bilan itarish
orqali bajarish imkoniyati yaratilmasa. Qadam otish bilan ikki oyoqda itarish-
sakrashda eng keng tarqalgan turlaridan biri. Bunga barcha sakrashlar kiradi,
qachon sportchi to‘pni qabul qilib bir oyog‘idagi holatni o‘zgartiradi. Uloqtirish
oldidan yoki himoyada sakrash uchun qadam qiladi ikki oyoq bilan sakrash uchun.
Bunday itarishdan oldingi harakatlar mushakalr komponentlarini egiluvchanlik
imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini to‘liq yaratadi.
Mushaklar faoliyatiga asosan sakrash tezlik-kuchlanish mashqlar guruhiga,
tsiklik harakat tizimiga qaraydi, unda asosiy itarish zveno (bo‘lim) yuqori darajadagi
kuchlanish rivojlanadi, bu esa reaktiv portlash hususiyatiga ega. Tezlik-kuchlanish
imkoniyatlari mushaklarni turli qisqarish tartibida ifodalanadi va tanani fazoda
tezroq o‘z holatini topishni ta’minlaydi. Ularni ko‘proq ifodalanuvchi holati
“portlovchi” deb nomlangan kuchda, ya’ni qisqa vaqt ichida yuqori kuchlanishda
sakrashni amalga oshirishda ifodalanadi.Shunday qilib, sakrovchanlik eng asosiy
o‘ziga xos harakatlar sifatini ifodalovchi manba xisoblanadi,itarishni yakuniy
fazasida harakat tezligini ifodalaydi.Itarish qancha tez bo‘lsa, uchishni boshlanish
tezligi shuncha yuqori. Sakrashni bajarish uchun yuqori rivojlangan epchillik
zarur, u sakrashni uchish tayanch fazasida juda zarur. Huddi shunday sakrashni
muvaffaqiyatli bajarish uchun, yuqoriga kabi, huddi shunday uzunasiga yaxshi
tezlik sifatlariga ega bo‘lishi zarur, hamda kuchlanish sifatlariga ega bo‘lish zarur.


2021 yil, Maxsus son
48
Gandbolda sakrash asosiy zveno xisoblanadi. Gandbolchida bu ko‘rsatkich qancha
yuqori bo‘lsa, shuncha qamanda uchun katta foyda keltiradi.O‘yinda sakrashlar
ikki oyoq bilan itarish kabi turli o‘yin vaziyatlarida bir oyoq bilan itarishdan
foydalaniladi. Shu bilan birga, ma’lumotlar mavjudki, ya’ni birinchidan, joyidan
uzunasiga sakrash natijasi va yuqoriga sakrashda ikki oyoqi bilan itarish bir-
birlari bilan mustahkam o‘zaro bog‘liqlikka ega, bu testlar o‘xshash bo‘lganligi
sababli ulardan asosan biri tanlanadi, u musobaqalashtirish faoliyatida harakat
tizimiga ko‘ra bir-biriga ko‘proq o‘xshash. Ikkinchidan, adabiyotlarda shunday
ma’lumotlar ham mavjudki, ya’ni joyidan sakrashda sakrovchanlik ko‘rsatkichlari
va yugurishdan sakrash bir-biri bilan mustahkam bog‘lanishga ega emas.
Gandbolchilarni sakrovchanlik jarayonlarini tarbiyalashni barcha uslublari
gandbolchilarni jismoniy sifat kompleksinirivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak,
ular natijada itarish kuchlanishini yuqoriga ko‘tarishga ta’sir qilish imkoniyatini
oshirishi kerak, hamda maxsus harakt malakasini oshirishga qaratilmog‘i kerak.
Sakrovchanlikni tarbiyalashni asosiy uslublari:-mashqlarni qaytadan bajarish
uslubi, mashqlarni bajarishda takrorlash ma’lum oraliq dam olish, ular davomida
sportchini ishchanlik hususiyatlarini qayta tiklash imkoniyatlari uchun yetarli
vaqt ajratilishi bilan ifodalanadi. Bu uslub tezlik-kuchlanish sifatlarini rivojlantirish
imkoniyatini yaratadi, insonni ma’lum mushak guruhlariga tanlangan holatda
ta’sir etadi. Dam olish oralig‘i davri ikkita fiziologik jarayonlarda aniqlanadi:
1.Markaziy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgartirish;
Vegetativ nerv ko‘rsatkichlarini qayta tiklash (tomir urishi, bosim), nafas
olishni tiklash bilan oz kislorodni yo‘qotish qarzini qayta tiklash. Keyingi davrlarda
sakrovchanlikni tarbiyalash uslubidan foydalanish katta hajmda qo‘llanilmoqda-
bunda aylanma mashqlantirish uslubi mavjud bo‘lib, uni takrorlash uslubi orqali
amalga oshirish ham mumkin. Aylanma mashqlantirish uslubi turli mushaklar
guruhiga umumlashgan holda ta’sir qiladi. Gandbolchilarda dinamik
(rivojlantiruvchi) mashqlar sakrovchanlikni rivojlantirish uchun muvaffaqiyatli
hisoblanadi (narsalar ustidan sakrash, sakrashdan keyin chuqurlikka qayta
sakrash 40-50 sm yuqorilikdan qayta sakrash yarim o‘tirgan holatda va boshqalar)
uncha katta bo‘lmagan tortuvchilar bilan (gantellar, qo‘rg‘oshin belbog‘, qum
solingan xaltachalar) bajarish. Bu mashqlar katta darajada katta yoshdagi
sportchilarga to‘g‘ri keladi.
Doimiy tarzda esda saqlash kerak, sportchini sakrovchanligi yaxshilanadi shunda,
qachonki mashqlantirish davomida uni bir vaqtda kuchi va tezligi mukammallashib


2021 yil, Maxsus son
49
boradi. Shuning uchun boldir buklanish mushaklari kuchlarini va o‘kchalarmushaklarini
rivojlantirish zarur. Ular sakrashni amalga oshirishda o‘ziga xos ishtirokni amalga
oshiradi. Kuchlanish mashqlari tezlik-kuchlanish mashqlaridan ilg‘orlashishi zarur.
Sakrash mashqlari aynan sakrashdan keyin qayta chuqurlikka sakrash yugurish
tezlanishini yaxshilaydi. Ba’zi bir tadqiqotchilar, aynan xorijiylar tasdiqlashicha vertikal
sakrash balandligi Gandbolchini umumiy kuchlanish tayyorgarligini to‘liq aniqlaydi
deb ifodalaydilar. Ma’lumki, ya’ni kuch va sakrash balandligi ko‘pincha kuchlar va
mushaklar ikro foydalanuvchi kuchlariga bog‘liq va oyoq bo‘g‘in suyaklariga bog‘liq.
Sakrovchanlikni rivojlantirishda birinchidan, oyoq buklanish tizimini mustaxkamlash,
ularni kuchli, egiluvchan, jarohatlanishga qarama-qarshi turishini mustaxkamlashga
e’tiborni qaratish kerak. Bu maqsadda V.I.Jukov tavsiyasiga ko‘ra har kun ertalab 5
daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtni o‘kcha tomirlarini mustaxkamlashga va oyoq panja
suyaklarini mustaxkamlashga ajratish zarurligini tavsiya qiladi. Oddiy lekin foydali
mashqlar tavsiya qilinadi. Panjalarni amortizator (egiluvchanlik bilan) tortilish kuchida
buklash yoki sherikini qarshilikini yengib o‘tish.
Tibbiyot koptoklaridan yaxshi foydalanish-ularni o‘kcha orqali aylantirish. Yurish
va sakrash panjada tortilish bilan qo‘lda yoki yelkada. Panjalarni va oyoq bo‘gimini
mustaxkamlash uchun qumda sakrash, sakrash ipi bilan sakrash, to‘siqdan oyoq uchida
sakrash, bir yoki ikki oyoqda sakrashdan foydalanish mumkin. Oyoq bo‘g‘inlari suyaklari
uchun oyoqlarni birgalikdagi harakatlardan foydalanish va oyoq bo‘g‘inlarini almashtirish
ikki tomonga 30-40 marta. Bulardan tashqari oyoq buklanish qismida oyoqlarni buklash
tortilish bilan sakrash, yarim buklangan oyoqda shtanga bilan yurish-o‘tirib turish
holatida, yarim o‘tirgan holatda har bir qadamda aylana bilan harakatlanish. Panja va
oyoq buklanish suyaklarini mustaxkamlashni sakrovchanlik mashqlarini tezligini oshirish
orqali erishish mumkin.
Sakrovchanlik mashqlantiruvchi uslublari barcha o‘yin ko‘rinishlarini
tezlatishlari asosida bir qancha o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Past darajadagi
gandbol tayanchidan sakrash muvaffaqiyat keltirmaydi: to‘g‘rilanishda, oyoqlarni
buklash suyaklarida qimmatli vaqt yo‘qotiladi, ko‘pincha to‘p raqibiga, ko‘proq
bo‘shashganlikda (itarishga tayyorgarlikda) o‘kchada va tizza qismlarini kamroq
egilgan holatda yetkaziladi. O‘lchalarni va tizzalarni sakrashni qumda yoki sakrash
ipi asosida, to‘siqlardan panjada sakrash, bir va ikkioyoqda amalga oshiriladi.
Tizza suyaklari uchun tvist harakatlari (oyoqlar birgalikda)foydali va tizzalarni
aylanishi ikki tomonlama 30-40 marta. Bundan tashqari, oyoqlarni buklash tizza
suyaklarida tortilish bilan, yarim buklangan oyoqlarda yurish shtanga bilan-o?tirib


2021 yil, Maxsus son
50
yurishdi, yarim o‘tirishda har bir qadamda aylana bilan tavsiya qilinadi.Tizza
panja suyaklarini mustaxkamlab sakrovchanlik mashqlarini intensivlik-tezlik
holatlarini oshirish mumkin.Sakrashlar turlari, ular orasidagi to‘xtalish, bajarilish
tezligi, balandligi va tortilish yukini murabbiy aniqlaydi, bu esa mashqlantirish
darajasidan kelib chiqiladi, tayyorgarlik bosqichi, har bir o‘yinchini shaxsiy
hususiyatlari hisobga olinadi. Huddi shunday adabiyotlarda oyoq kuchini
rivojlantirish uchun va shunga xos o‘yinchilarni sakrovchanligini oshirish uchun
shtanga bilan katta hajmdagi shaxsiy ishlarni bajarish taklif etiladi, haftada 3-4
martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Sakrovchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar juda ko‘p va qanday yo‘l bilan
natijaga erishish mumkinligi tasdiqlanishicha eng avvalo sifat, tezlik va ularni
bajarishda doimiylik nazarda tutiladi. Turli mashqlar ularga nisbatan o‘yinchilarni
qiziqishlari o‘sishi mashqlantirish davomida yaxshi emotsional hissiyotni keltirib
chiqaradi. Shunday qilib, gandbolchilarni umumlashgan tezlik kuchlanish
hususiyatlaridan eng zaruri sakrovchanlik hisoblanib uni ko‘rinishi oyoqni
portlovchi kuchida ifodalanadi. Uni rivojlantirish uchun amaliyotda dinamik
(o‘suvchi) tezlikdagi tartibdagi mashqlardan foydalaniladi: maxsus sakrovchanlik
mashqlari, og‘ir narsalarni oyoqlar bilan itarish va uloqtirish, tortuvchanlik yuklar
bilan bajariladigan mashqlar va katta tezlikni talab qiladigan mashqlardan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ô.À. Àáäóðàõìîíîâ, Â.À. Ëåìåøêîâ, À.Í. Ëèâèñòêèé, Ø.Ê.Ïàëîâ,
ß.È.ßðîöêèé «Ïîäãîòîâêà ãàíäáîëèñòîâ» Òîøêåíò-1992. èç. îòä. ÓçÃÈÔÊ.
2. Àáäóðàõìàíîâ Ô.À, ÏàâëîâØ.Ê, «Ðó÷íîé ìÿ÷» òèï. ÓçÃÈÔÊ-2005.
3.
Æèñìîíèé òàðáèÿ âà ñïîðò ò¢\ðèñèäà” ãè ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëè-
êàñè Ùîíóíè. 04.09.2015 (ÿíãè òàõðèðè). T., 2015.
4. Ø.Ê.Ïàâëîâ, Ô.À.Àáäóðàõìàíîâ, Æ.À.Àêðàìîâ. “Ãàíáîë”.Äàðñëèê
Òîøêåíò-2015.
5. Ø.Ê.Ïàâëîâ, Î.Õ.Àáäóàëèìîâ, Ç.Ý.Þñóïîâà. “Ãàíäáîë íàçàðèÿñè âà
óñëóáèÿòè”. Äàðñëèê Òîøêåíò-2017.


2021 yil, Maxsus son
51
OILADA SOG‘LOM BOLANI TARBIYASHDA
MUTAOLIMLAR QARASHLARI
S.I.IMOMOV,
NavDPI katta o‘qituvchisi
Mazkur maqola olim, tabib va mutafakkir Ibn Sinoning sog‘lom farzand tarbiyasi,
oiladagi sog‘lom muhitni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
organizmini chiniqtirish, quyosh, havo, suv, ona va bola, oila, sog‘lom
farzand tarbiyasi, oiladagi sog‘lom muhitni tashkil etish, sog‘-salomatlik.
This article is devoted to the issues of raising a healthy child and creating a healthy
family environment by the scientist, physician and thinker Ibn Sina.
Key words:
hardening of the body, sun, air, water, mother and child, family, raising
a healthy child, creating a healthy family environment, health.
Ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà ïî âîïðîñàì âîñïèòàíèå çäîðîâîãî ðåáåíêà è ñîçäàíèÿ
çäîðîâîé ñåìåéíîé ñðåäû ó÷åíîãî, âðà÷à è ìûñëèòåëÿ Èáí Ñèíû.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
çàêàëèâàíèå òåëà, ñîëíöå, âîçäóõ, âîäà, ìàòü è ðåáåíîê, ñå-
ìüÿ, âîñïèòàíèå çäîðîâîãî ðåáåíêà, ñîçäàíèå çäîðîâîé ñåìåéíîé ñðåäû, çäîðîâüå.
Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
“Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishga majbur qiladigan ixtiyoriy
harakatdir”;[1] deb jismoniy mashg‘ulotga ta’rif beradi. Ibn Sino o‘zining genial
asari “Tib qonunlari”ning birinchi kitobida jismoniy mashg‘ulotni kishining
yoshiga, sog‘-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda
o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik
chog‘larida kishi jismoniy mashg‘ulotga turlicha munosabatda bo‘lishi kerakligi
masalasini ko‘tarib chiqishi Ibn Sinoning odam anatomiyasi va fiziologiyasini
doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat beradi.
Kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlaridan: (quyosh,
havo, suv) foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini, jismoniy mashqning
kishidagi sezgi organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta ahamiyat o‘ynashini
isbot qilib berganligini ko‘ramiz. Ibn Sino bola tarbiyasini uning tug‘ilgan kunidan
boshlash kerakligini e’tirof qilishbilan birga, har qaysi davrga muvofiq tarbiya berish
kerakligini ham ta’kidlaydi. Masalan u avvalo, bolani tug‘ilgan paytdan boshlab to
oyoqqa turguncha qanday tarbiyalash kerakligi masalasini yoritib beradi.
Ibn Sinoning fikricha, bu davrda bolaga beriladigan tarbiyaning asosiy
maqsadi va vazifasi bola organizmini chiniqtirishdan iborat bo‘lishi kerak. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun Ibn Sino ilmiytomondan asoslangan bir qancha
qoidalartizimini tavsiya qiladi. Jumladan, endigina tug‘ilgan chaqaloqning terisi
juda nozik bo‘lib, bolaning badaniga tevarak atrofdagi har qanday narsalar qattiq


2021 yil, Maxsus son
52
va sovuq bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ham eng birinchi galdagi vazifa, chaqaloq
terisining qotishini, tashqaridan bo‘ladigan har qanday ta’sirga bardosh bera
olishini ta’minlash uchun nimtatir namakob surtishini maslahat beradi. Namakobni
surtganda, bolaning og‘zi va burniga tegmasligini ta’minlash kerak deydi.
Keyinchalik bolani toza va iliq suvda cho‘miltirish, cho‘miltirish paytida uni to‘g‘ri
ushlab turish, cho‘miltirayotganda bolaning qulog‘iga suv kirib ketishdan saqlab
qolish, kerak deb maslahat beradi.
Ibn Sino onalarga bolani to‘g‘ri yo‘rgaklash uning barcha organlarining
to‘g‘ri o‘sishiga olib keladigan omillardan biri ekanligini, yo‘rgaklash vaqtda,
bolaning organlarini muloyimgina silab qo‘yish, badanning formasini yaxshilashga
yordam berishini oqilona ta’kidlaydi.Ibn Sino bolalar organizmining o‘sish
jarayonidagi qonuniyatni yaxshi tushunib, katta yoshdagi odamlarga qaraganda,
yosh bolalarga o‘z vaqtidagi uyqu juda zarur ekanligini ko‘rsatadi. Ammo uyquning
rejimga asoslangan, o‘z vaqtida va bir me’yorda bo‘lishi tarafdoridir. Bola
organizmining normal o‘sishi uchun uni havosi toza, harorati o‘rta
darajaliuydauxlatishni, uyga o‘tkir yorug‘lik tushirmaslikni, tinchlik bo‘lishini
ta’minlashni, taklif qiladi. Bolani yo‘rgaklab yotqizganda, uning barcha
organlarining to‘g‘ri turishini ta’minlashga e’tibor berish, organizmning to‘g‘ri
o‘sishiga, mustahkam va sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Ibn Sino bolani
yotqizganda, uning boshi boshqa a’zolaridan baland turishi kerak, qo‘l-oyoq,
umurtqa pog‘onasi va bo‘ynini qiyshaytirib qo‘ymaslik kerak, deb maslahat beradi.
Uyqudan keyin bolaning tetikligini oshirish uchun cho‘miltirish organizmni
mustahkamlashga katta yordam beradi, deb uqtiradi. Ibn Sino bola organizmining
o‘sishida va chinichishida unga ovqatni rejim asosida iste’mol qildirish katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Bolani onasiga belgili muddatlarda emizdirish, birdaniga haddan tashqari
ko‘p emizmay, oz-ozdan va lekin tez-tez emizdirish kerakligini alohida ta’qidlaydi.Ibn
Sino bolaning yangi-yangi ovqatlar iste’mol qilishga talabi kuchli bo‘lishini
tushinadi, binobarin bolaga tez-tez yangi ovqatlar beravermaslik kerak, chunki
bunday qilish bola qornining buzilishiga sabab bo‘ladi deydi.Buyuk mutafakkir,
ovqat kishi organizmining doimiy temperaturasini saqlab turishda va barcha
organlarning ish faoliyatini boshqarib borishda birdan-bir quvvat manbaidir.
Shuning uchun ham kishi o‘z vaqtida ovqatlanishi lozimligini uqtiradi.
Ovqatlanishda rejim buzilsa, ayniqsa, bolalarning ishtahasiga salbiy ta’sir etadi,
bu esa bola organizmini kuchsizlantiradi, lanjlik, yalqovlik, uyqusizlik paydo bo‘ladi,
natijada deydi olim, har xil kasalliklar vujudga kelishi mumkin.
Ibn Sinoning bolani do‘q, qo‘rqitish, majbur qilish yo‘li bilan ovaqtlantirish
uning yaxshi o‘sishiga albatta salbiy ta’sir etadi, deb ta’lim berishi tarbiya jihatidan
juda katta ahamiyatga egadir. Olimning fikricha “Ovqatlanishda odatdagi rejimga


2021 yil, Maxsus son
53
rioya qilish kerak”. Agar ovqatlanishda rejimga rioya qilinsa ishtaha yaxshi bo‘ladi,
faqat ishtaha bo‘lgandagina ovqatlanish kishi organizmining yaxshi taraqqiy
etishida katta rol o‘ynaydi, deb ta’kidlashi hozirgikunda ham o‘zining qimmatini
yo‘qotgan emas.
Ibn Sino bolani emizgandan keyin, uxlatganda qattiq tebratmaslik kerak,
chunki qattiq tebratilsa, bola qornida sut chayqaladi va natijada uning salomatligi
hamda o‘sishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, deydi. Ibn Sino bola organizmini
chiniqtirish va uning ruhiy taraqqiyotini ta’minlash uchun chaqaloqni sekin-asta
tebratishni,ohistagina musiqa chalibva ashula aytib allalashni chaqaloqning
mijozini mustahkamlovchi, tetiklantiruvchi vositalar deb hisoblaydi.
Olimning fikricha, bu vositalar, bir tomondan, bola organizmini baquvvat
qilishgaolib keladigan jismoniy mashqlarga ikkinchi tomondan, bolaga ruhiy oziq
beruvchi, musiqaga mayl va qiziqishini oshiruvchi omillardan hisoblanadi. Ibn Sino
bolaning ruhiy va jismoniy tomondan taraqqiy etishida, uni emizuvchi, baquvvat
ayolning roli katta ekanligini ta’kidlab, tarbiyachi oldiga qator talablar qo‘yadi, bu
talablardan bittasi shuki, bolani emizuvchi, boquvchi, tarbiyalanuvchi ona mehribon,
yumshoq tabiatli, muloyim so‘z bo‘lishi kerak, u g‘azablanish ,achchiqlanish, qo‘rqish
kabi salbiy, ruhiy hissiyotlargatez berilib ketadigan bo‘lmasligi kerak, aks holda
bunday salbiy xislatlar bolani emizuvchi onaning mijozini buzadi, bu esa bolaninig
fe’l-atvorini buzishg sabab bo‘ladi. Ibn Sino onaning mo‘tadil xarakterga ega bo‘lishi,
jismoniy baquvvat va ruhiy tomondan sog‘lom bo‘lishini talab qiladi.
Haqiqatdan ham, bunday talab, bolaning har tomonlama kamol topishida
Ibn Sinoning ruhiy tomondan kasal bo‘lgan xotinlarga bolani emizishni taqiqlash
kerak degan fikri ham diqqatga egadir.Ibn Sino sof havoning ta’rifini berib
qolmasdan, balki undan qanday foydalanish kerakligi sohasida ham fikr yuritdi.
Olimning fikricha kishi organizmini chiniqtirishning birdan-bir omili sof
havoda davomli sayr qilish, sayrni xar xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan qo‘shib
olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko‘proq sof havoda xar xil
harakatlimashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga
ega ekanligini ta’kidlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ibn Sino. Tib qonunlari. I-kitob -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot
nashriyoti, 1996 y, 1-bo, 313-315-betlar.
2. Ibn Sino. Tib qonunlari. I-kitob -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot
nashriyoti, 1996 y, 1-bo, 324-325-betlar


2021 yil, Maxsus son
54
FUTBOL TEXNIKASI VA UNI YOSH FUTBOLCHILARGA
O‘RGATISH
T.R.DJEMILOV,
NavDPI o‘qituvchisi
Maqolada futbol sport turida texnikaning ahamiyati, yosh futbolchilarni tayyorlashda
texnikaning bosqichlari, uni rivojlantirishga oid usullar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
tayyorgarlik turlari, futbolchining mahorati, to‘pni boshqarish, fintlar,
tizimli yondashuv sub’ektiv usul.
The article provides information on the importance of technology in football, the
stages of technology in the training of young players, and ways to develop it.
Key words: 
types of training, player skills, ball management, tricks, systematic
approach, subjective approach.
 ñòàòüå ïðåäñòàâëåíà èíôîðìàöèÿ î âàæíîñòè òåõíîëîãèé â ôóòáîëå, ýòà-
ïàõ èñïîëüçîâàíèÿ òåõíîëîãèé â îáó÷åíèè ìîëîäûõ èãðîêîâ è ñïîñîáàõ èõ ðàçâèòèÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
âèäû òðåíèðîâêè, íàâûêè èãðîêà, óïðàâëåíèå ìÿ÷îì, ïðè-
åìû, ñèñòåìíûé ïîäõîä, ñóáúåêòèâíûé ïîäõîä.
Ma’lumki, yuqori malakali futbolchining alohida mahorati jismoniy, texnik,
nazariy va irodaviy tayyorgarlik kabi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi,
buni esa, o‘z navbatida, yosh futbolchilar o‘quv-mashq jarayonining
samaradorligini oshirishsiz tasavvur etish mumkin emas. Futbolchilar sport
mahoratining asosi texnik tayyorgarlik bo‘lib, uning darajasini ko‘p jihatdan
o‘yinning samaradorligi va tomoshabopligi bilan belgilaydi. Boshqa tomondan,
futbol mutaxassislari o‘zbek futbolchilarining to‘pni boshqarish texnikasi borasida
eng kuchli chet el futbolchilaridan muayyan darajada ortda qolayotganliklarini
qayd etmoqdalar. Yaqin vaqtgacha bu yuqori malakali jamoalarning muammosi
edi, endilikda u yosh futbolchilarga ham taalluqli. Ortda qolishning alohida tarkibiy
qismlaridan biri sifatida, xususan, to‘pni qabul qilish va uning nazorati bilan
bog‘liq harakatlarni tezkor faoliyatlarda samarali bajarish qobiliyati ko‘rsatiladi.
Uzoq yillar mobaynida davom etib kelayotgan sezilarli ortda qolishning
asosiy sabablari nimada?Birinchi navbatda, bu sport maktablarida o‘rgatish
jarayoni va mashg‘ulotlarning uncha yuqori bo‘lmagan darajasi, texnik
tayyorgarlik usuliyatidagi xatolar, murabbiylarning ma’lum bir qismida bolalar va
o‘smirlar bilan ishlashga ijodiy yondashuvning yo‘qligi tufaylidir.
Futbol taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘yin shiddati o‘sib boryapti, bu
o‘yinchidan, eng avvalo, kutilmaganda o‘zgaradigan vaziyat, chegaralangan vaqt
va makon sharoitida texnik-taktikusullarni tez va samarali bajara bilishni talab
etadi. Bugungi kunda muvaffaqiyatlarga erishishni istagan jamoa tez o‘ynashi,
ya’ni oqilona texnikaga ega bo‘lgan va uni tezkor harakatlar bilan uyg‘unlashtira


2021 yil, Maxsus son
55
oladigan o‘yinchilardan iborat bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra ayrim futbol
mutaxassislari “tezkor texnika” degan atamani qo‘llaydilar. Hujum va himoya
orasidagi kurashlar o‘z zaminida fintlar, dribling va tez hamda aniqyashirin
uzatishlar yotadigan o‘tkir texnika yordamidagina hujum foydasiga hal bo‘lishi
mumkin.
Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarining fikricha, ommaviy mudofa
chog‘ida golli holatlar faqat to‘pni oqilona, tez va aniq qabul qilishorqali yuzaga
keltiriladi. Bunday sharoitda, odatda, to‘pli o‘yinchi yoki uning sheriklari ikki-uch
raqibni ishonch bilan aylanib o‘tish ko‘magidagina zarba berish mumkin bo‘lgan
vaziyatga chiqa oladilar. Biroq,bu ayniqsa, fintlar, aldab o‘tishlar bobidagi alohida
mahorati g‘ayri-oddiy darajada yuksak bo‘lgan futbolchilarninggina qo‘lidan
keladi.
Texnik ko‘nikmalar oddiy, tezkor va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Ilgari
juda muhim sanalgan texnik usullar, masalan, to‘pni butunlay to‘xtatish o‘yinda
juda kam qo‘llanadigan bo‘ldi, zero, zamonaviy oqilona o‘yinda to‘pni to‘xtovsiz
ravishda harakatga uzatishga o‘tib borilyapti. Ikkinchi tomondan, ayrim texnik
usullar katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Bu erda gap fintlar, aylanib o‘tish,
yashirin uzatish ustida ketmoqda. Ammo aylanib o‘tishni o‘yinchilar juda yaxshi
o‘zlashtirib olganlaridagina u muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Shuning uchun
texnik tayyorgarlik ko‘pyillik jarayonning mantiqiy bir halqasi hisoblanadi va
uning har bir bosqichi o‘z muayyan maqsadlari, vazifalariga ega. Axir, dastlabki
o‘rgatish bosqichida o‘yin usullarini o‘zlashtirib olishdagi qayd etilgan orqada
qolishlar futbolchilarning keyingi tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Texnik tayyorgarlik turli mashg‘ulot vositalarining tasodifiy yig‘indisi
bo‘laolmaydi. Muhimi, shunday vositalarni tanlab olish kerakki, ular ko‘p yillik
tayyorgarlik jarayonining har bir bosqichida o‘yin texnikasini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishga zarur ijobiy ta’sir o‘tkazsin.
Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligida tizimli yondashuv tasodifiyhol
emas. Uni texnik tayyorgarlikning etilgan muammosini hal etish va muayyan
usuliyat yordamida boshqariladigan o‘rgatish jarayonini yaratish zarurati taqozo
etadi. Tizimli yondashuv tayyorgarlikning barcha elementlarini yagona dinamik
tuzilmaga birlashtirish va hisobga olishni nazarda tutadiki, bunda har bir element
u yoki bu texnik usulning dinamikasi va mukammalligi darajasini ajratishga imkon
beradigan tizimli sifatga ega. Ma’lumki, texnik mahorat futbolchi biladigan texnik
usullarning hajmi va serqirraligi, shuningdek, ularni o‘yin sharoitida samarali
qo‘llash malakasi bilan tavsiflanadi.
Futbol texnikasi to‘p bilan muomala qilish uslublari va usullarlarining katta
guruhi yig‘indisidan iborat ekan, uni o‘rganish murakkab va uzoq jarayonga aylanadi.
Kam vaqt va kuch sarflab o‘rgatish masalalarini hal etishda o‘rganilayotgan materialni
tizimlashtirish va texnikaga o‘rgatishning oqilona izchilligini aniqlash katta


2021 yil, Maxsus son
56
ahamiyatga ega. Mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish muammosini echishga
imkon beradigan usullardan biri modellashtirish hisoblanadi. Bolalarning o‘quv-
mashq jarayonida model maqsad va vazifalari umumiy bo‘lgan va, albatta, bir-birini
to‘ldiradigan maqsadli mashqlar guruhidir. Bunday modellar mashg‘ulot darsini
etarlicha aniq mashqlantirish yo‘nalishida qurish imkonini beradi.
Mashqlarning aniq izchilligi shug‘ullanuvchilar tomonidan ancha engil qabul
qilinadi va zarur himoyadagi faoliyatni bajarish uchun yo‘l ochadi.Futbolchilar
texnik tayyorgarligini nazorat qilish mashg‘ulotlar jarayonining majburiy qismi
bo‘lib, uni bir necha yo‘l bilan o‘tkazish mumkin. Bu yo‘llar har bir o‘rgatish yili
uchun aniq bo‘lishi va imkon qadar muvaffaqiyatlarni tavsiflovchi miqdoriy
ko‘rsatkichlarda ifodalanishi darkor. Baholashning keng tarqalgan yo‘li –texnikani
ko‘rib baholash. Biroq bu sub’ektiv usul: ko‘rib baholashda hozircha yagona
mezonlar yo‘q va shuning uchun mutaxassislarning o‘yinchilar texnik mahorati
darajasi to‘g‘risidagi fikrlari turlicha. Bevosita o‘yinlar vaqtida qayd etilgan
ma’lumotlarni eng seraxborot deb hisoblash kerak (bu holatda futbolchining
texnikasi emas, ko‘proq texnik-taktik mahorati baholanadi).
Texnik-taktik mahoratni qayd etishning bunday shakli har bir o‘yinda
bajariladigan harakatlarining hajmi va aniqligi tizimli ravishda qayd etilgan holdagina
seraxborot bo‘la oladi.Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida modeldan dasturiy
materialning o‘zlashtirilishi darajasini baholashgina emas, balki qaysi material etarlicha
o‘zlashtirilmaganligini aniqlashda yordam beradigan test sifatida foydalanish mumkin.
O‘rganilgan priyomlar va harakatlarning barqarorligi darajasini ko‘rish uchun testni
(modelni) birmuncha vaqtdan keyin takrorlash mumkin.Takomillashtirish bosqichida
texnika darajasini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 1) texnika
hajmi yoki futbolchi o‘yinda bajaradigan harakatlar miqdori; 2) o‘yinda harakatlarning
rang-barangligi; 3)texnikaning samaradorligi hamda ishonchliligi va, albatta, uning
tezkorlikda bajarilishi. Sportchilarning texnik tayyorgarligini nazorat qilmay turib,
o‘rgatish jarayonidagi tipik kamchiliklarni aniqlash va alohida xato harakatlar hamda
texnik muammolarning oldini olish mumkin emas.
Tayyorgarliklar o‘rtasida o‘zaro va qaytabog‘liqliklarbo‘lmasa, turli
bosqichlarda sportchilar tayyorgarligi tizimini boshqarish qiyinlashadi. Bu esa,
o‘z navbatida, terma jamoalarimiz va yuqori malakali klub jamoalarimizning ko‘proq
qoniqarsiz chiqishlarida, o‘yinchilarimizning alohida texnik mahorat bobida eng
yaxshi chet el sportchilaridan ortda qolishlarida o‘z aksini topadi. Mana shuning
uchun ham bugungi kundatayyorgarlikning bu turida mavjud ortda qolishni
tezkorlik bilan engib o‘tishga imkon beradigan o‘yin texnikasini o‘rgatishga
yangicha yondashuvlarni izlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalasi alohida
kasb ahamiyat etmoqda. Yosh sportchilarni tayyorlashda o‘yin texnikasini
o‘zlashtirish hamda o‘yin sharoitlariga yaqin variativ sharoitlarda texnik
usullarning keng “assortiment”ini bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirish


2021 yil, Maxsus son
57
ustidagi ish samaradorligini oshirish ham juda muhim. Yosh futbolchilar va yuqori
malakali jamoalar uchun o‘ynaydigan sportchilarning texnik-taktik harakatlari
aniqligi ko‘rsatkichlarini taqqoslaganda, salbiy izchillik ko‘zga tashlanadi: bolalik
yoshida ko‘p xatolar bilan bajarilgan usullar sportdagi etuklik davrida ham shunday
nuqsonlar bilan bajariladi.
Texnik-taktik tayyorgarlikning uncha yuqori bo‘lmagan darajasini bolalik va
o‘smirlik davridagi o‘quv-mashg‘ulot jarayoni muammolari bilan bog‘laydilar. Bu,
ayrim tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchilarning mashq va
musobaqa faoliyatlari orasidagi nomuvofiqlik natijasidir. Lekin hozirgi vaqtda bu
muammo deyarli o‘rganilmagan sanaladi. Balki, shunday holat harakat ko‘nikmalarini
shakllantirish bo‘yicha rejali va maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borilayotgan vaqtda
bo‘lajak sportchilarga o‘rgatish davrining dastlabki bosqichlarida, amalda yuz
berganidek, sport texnikasi asoslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lar. Ma’lumki,
harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi qoidalariga asoslangan futbol
texnikasiga dastlabki o‘rgatish jarayonini tashkil etish uni boshqarish imkoniyatini
beradi va mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirishga yordamlashadi.
Harakat sifatlarini rivojlantirish asosida ixtisoslashuvning birinchi bosqichida
organizmning akkumulyativ (to‘plovchi) adaptatsiya, ya’ni moslashuv
qobiliyatlaridan foydalanish yotadiki, bunda takrorlanuvchi ta’sirlar tufayli asosiy
harakat tizimlarini shakllantirish sodir bo‘ladi. SHunday qilib, o‘rgatishning
dastlabki bosqichida mashg‘ulot vositalarining butun xilma-xilligi va katta hajmini
qamrab olishga ko‘maklashadigan variativlik ilgari suriladi.
O‘yin texnikasini o‘rgatish uzoq muddatli jarayon bo‘lib, u o‘rgatish yo‘llariga
taqsimlanadi (bunda har bir yil dasturni siklik ravishda, lekin sifat jihatidan ancha
yuqori darajada takrorlaydi), shuning uchun ham unda rejalashtirish alohida o‘rin
tutishi kerak. Futbol texnikasiga o‘rgatish jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga
bo‘lish mumkin, ular kelajakdagi texnik qurollanganlik darajasini belgilaydi. Birinchi
bosqich birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rgatish yillarini o‘z ichiga oladi, bunda tegishli
mashqlar yordamida ko‘pgina oddiy va murakkab texnik elementlarni, futbol usullarini
egallab olish hamda harakat ko‘nikmalarining boy zahirasini o‘zlashtirish amalga oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Àçèìîâ È., Ñîáèòîâ Ø. Ñïîðò ôèçèîëîãèÿñè. Ò. 1993 é.
2. 
Ð.À.Àêðàìîâíèíã óìóìèé òà=ðèðè îñòèäà. Ôóòáîë. Äàðñëèê.
Ò.2006 é.
3. 
Àáèäîâ Ø.Ó. ¨ø ôóòáîë÷èëàðíèíã ¢ùóâ-ìàø\óëîò æàðà¸íèíè
òàøêèë ùèëèø âà ðåæàëàøòèðèø. Óñëóáèé òàâñèÿíîìà. Ò. 2011 é.
4. 
Êóðÿçîâ Ð. ¨ø ôóòáîë÷èëàðíèíã æèñìîíèé òàé¸ðãàðëèãè. Óñëó-
áèé ù¢ëëàíìà. Ò. 2012 é
.


2021 yil, Maxsus son
58
O‘QUVCHI-YOSHLARGA TA’LIM BERISHDA KURASHNING
TARBIYAVIY AHAMIYATI
D.K.DO‘STOV,
NavDPI o‘qituvchisi
Kurash bu nafaqat ikki sportchi o‘rtasidagi jismoniy bellashuv mahorati, balkim
yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash vositasi hamdir. Kurash
mazmuniga qoidalariga mardlik, halollik, to‘g‘rilik, tozalik, g‘oliblik va mag‘lublikni
tan olish, raqibni, murabbiylarni, tomashabinlarni, hakamlarni hurmat qilish kabi sport
etikasi va insonparvarlik g‘oyalari singdirilgan.
Kalit so‘zlar:
kurash, kurash turlari, salomatlik, kurash sporti, polvonlar, qadriyat
va an’analar, millat g‘ururi.
Wrestling is not only a skill of physical competition between two athletes, but also a
means of educating young people in the spirit of national and universal values. The rules
of wrestling include sports ethics and humanism, such as courage, honesty, integrity,
cleanliness, recognition of victory and defeat, respect for opponents, coaches, spectators
and referees.
Key words: 
wrestling, types of wrestling, health, wrestling, wrestlers, values and
traditions, national pride.
Áîðüáà - ýòî íå òîëüêî íàâûê ôèçè÷åñêîãî ñîðåâíîâàíèÿ äâóõ ñïîðòñìåíîâ,
íî è ñðåäñòâî âîñïèòàíèÿ ìîëîäåæè â äóõå íàöèîíàëüíûõ è îáùå÷åëîâå÷åñêèõ
öåííîñòåé. Ïðàâèëà áîðüáû âêëþ÷àþò ñïîðòèâíóþ ýòèêó è ãóìàíèçì, òàêèå êàê
ìóæåñòâî, ÷åñòíîñòü, ïîðÿäî÷íîñòü, ÷èñòîòà, ïðèçíàíèå ïîáåäû è ïîðàæåíèÿ,
óâàæåíèå ê ñîïåðíèêàì, òðåíåðàì, çðèòåëÿì è ñóäüÿì.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
áîðüáà, âèäû áîðüáû, çäîðîâüå, áîðüáà, áîðöû, öåííîñòè è
òðàäèöèè, íàöèîíàëüíàÿ ãîðäîñòü.
O‘zbek kurashining sog‘lom avlodni har tomonlama tarbiyalashda, mamlakat
mudofaa qudratini mustahkamlashda, harbiy san’atni takomillashtirib borishdaham
ahamiyati beqiyos. Ta’bir joiz bo‘lsa,o‘zbek kurashibirdam millatni va inoq xalqni
shakllantiruvchi tarixiy qadriyatlardan biri.
Kurash harbir yoshni o‘z Vataniga muhabbat va mehr-sadoqat, fidokorlik
kabi insoniy xislatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Kishining o‘zi tug‘ilib
o‘sgan, kamol topgan joyi, zamini, o‘lkaga bo‘lgan mehr-muhabbatini,
munosabatlarini ifoda etadigan, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mashqlar
bajarilishi, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarida shakllantiradi, musobaqa
davomida va natijalarida o‘z ifodasini topadi. Kuragi erga tegmagan o‘zbek
kurashchilari bugungi kunda buni yaqqol namoyish etmoqdalar va shu orqali
yoshlarga vatanparvarlik, insonparvarlik namunalarini ko‘rsatmoqdalar.
Darhaqiqat, xalqimiz kurashimizga kishini jismoniy chiniqtirishning asosiy


2021 yil, Maxsus son
59
vositalaridan biri sifatida qaragan. Albatta, kurashning bu qadar rivojlanishiga sabab
avvalom bor, kurash milliy qadriyatimiz bo‘lganligi uchun bo‘lsa, boshqacha qilib
aytganda kurash har bir yosh sportchiga, sport muxlislarida kurash falsafasini
shakllantirib, ularda ichki ruhiy tarbiyani rivojlantirishda hamda o‘zligini his etishda,
ommani o‘ziga jalb etdi. Kurash g‘oyasi adolatli bo‘lganligi uchun ham insondagi
his-tuyg‘uni yuqoridarajaga ko‘tardi. Kurash xalqimizni qonida, irsiyatida mujassam
bo‘lganligi tufayli ma’naviy tarbiya shunga xos bo‘lib rivojlanmoqda.
Ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar «Ta’lim to‘risida»gi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy Dasturi” va qator muhim hujjatlar hayotga bosqichma-bosqich
tadbiq etilib, sohaning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishida, ta’lim
samaradorligining oshib borishida mustahkam omil bo‘ldi. O‘zbekiston
Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” da yosh avlodni ma’naviy
–axloqiy tarbiyalashda xalqning boy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari
hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik
shaklva vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish kerakligi ko‘rsatilgan.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
natijasida yoshlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay kamol topmoqda. Bunday yuksak
e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban esa yoshlar fan olimpiadalari,turli ko‘riktanlovlar
hamda sport musobaqalari orqali o‘z iqtidorini namoyon etishi lozim. Ma’naviy
yuksak, ijodiy-intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va
sportning, xususan, milliy sport turlarining o‘rni beqiyos.
Keyingi yillarda ko‘plab yangi tipdagi o‘quv muassasalari barpo etilmoqda,
mavjudlari tegishli ravishda ta’mirlanib, qayta jihozlanmoqda, ularning negizida
jismoniy tarbiya ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlar tashkil etilib,ularda yurtimiz kelajagi
bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya berilmoqda. Shuni alohidata’kidlash kerakki,
an’analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishijarayonida yaratilganva
avlodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho boylikdir. Millatning
asosiy belgilaridan bo‘lgan urf-odatlarini asrash va kamol toptirish harbir
avlodning muqaddas burchi hisoblanadi.
Ajdodlarimiz an’analari barhayot bo‘lishi uchun, avvalo, uni kelajagimiz
bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar ongida barqarorlashtirish lozim, aks holda yoshlar
tomonidan ajdodlar an’analarining qadrlanmay qo‘yilishi avlodlar o‘rtasida
ma’naviy uzilishnivujudga keltiradi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq
an’analari sobiq tuzum davrida jiddiy to‘siqlarga uchragan bo‘lsada, xalqimiz
tomonidan asrab-avaylab mustaqillikka erishgandan so‘ng, qayta tiklandi.
Milliy sportimizning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, ajdodlarimiz
nazarida kurash, eng avvalo, polvonlarning har tomonlama etukligi namunasi
sifatida sharaf topgan. Polvonlarning jismoniy baquvvatligi, qaddi-qomati,


2021 yil, Maxsus son
60
kurashchanligi, epchillik jihatlari bir tomoni, keng davrada o‘zlarini tutishi, axloq-
odobi, ma’naviy qiyofasi, raqibiga,gilamga, hakamlarga, tomoshabinlarga,
tevarak–atrofga munosabati va hokazo xislatlari alohida ko‘rinishda o‘rin
egallagan. Polvonlarning to‘ylarda kurash tushishi bakovul (hakam)lar tarafidan
odilona boshqarilgan va olishuv paytida quyidagi so‘zlar ko‘p ishlatilib kelingan:
– “Polvon turing boshqatdan olishing, chala bo‘ldi”;
– “Polvon boshqatdan kurashing yonbosh bo‘ldi”;
– “Polvon to‘xtang, oyoqdan olmang, g‘irromlik qilmang,halol kurashing”;
– “ Polvonning solimini bering halol bo‘ldi.
“Kurash sporti orqali o‘zbek an’analari, qadriyatlari, urf-odatlari, san’ati ham
dunyoga tarannum etilmoqda. Qachonlardir milliy qadriyat hisoblangan kurash
bugun umuminsoniy qadriyatga aylandi. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-
qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni epchil, mard, jasur, kuchli, kamtarin,
mehnatsevar va vatanparvar qilib tarbiyalashdatengi yo‘qqadriyat sanaladi.Chunki
bugun kurashni dunyo xalqlari zamonaviy sport turi sifatida qabul qildi va undan
yoshlar tarbiyasida samarali foydalanilmoqda. Kurash shunchaki sport turigina
emas, balki insonning jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir. Ulug‘
ajdodlarimiz kurashni tarbiya maktabi deb atashgan. Ushbu maktab
tarbiyalanuvchilarini maydon ko‘rganlarniqo‘yidagicha ta’riflash mumkin:-Polvonlar
qasam ichmaydilar, lekin hech qachon o‘z yurtlariga xiyonat qilmaydilar.
– Polvonlar harom-xarish, zinodan, makrdan, giyohvandlikdan nari yuradilar,
bunday illatlarga qarshi kurashadilar.
– Polvonlar irodali odamlardirlar, shuning uchun, kim nima desa ergashib
ketavermaydilar.
– Polvonlar zaiflar va nochorlarni himoya qiladilar, halol g‘alabasiga berilgan
sovrinning bir ulushini muhtojlarga tarqatadilar.
– Polvonlar oliyjanoblik, insoniylik, raqibiga nisbatan chuqur hurmat
tuyg‘ulari bilan boshqalardan ajralib turadi. Polvonlar o‘z qat’iy fikriga ega
bo‘ladilar.
Kurashchilarga berilgan yuqoridagi ta’riflarda asrlar davomida shakllangan
Kurash falsafasi mujassamlashganini ko‘rish mumkin. Ular quyidagilar:
– Mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish.
– Hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga
ishonib yashaydigan qat’iyatli insonni tarbiyalash.
– Odamlar, ayniqsa, yoshlarning irodasini baquvvat qilish, iymon-e’tiqodini
mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muhit yaratish.
– Inson tafakkurida o‘zlikni anglash, muqaddas qadriyatlarni asrab-avaylash,
mehr-muhabbat tuyg‘usini kamol toptirish. Oliyjanob insonlarga hos bo‘lgan


2021 yil, Maxsus son
61
iymon-e’tiqod, insof-e’tiqod, insof-diyonat, saxovat, halollik, mehr-oqibat kabi
fazilatlarni yuksaltirish. Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, irodani toblaydigan,
kishini halollik sari intilishga undaydigan, qiyinchiliklarni bardosh va chidam
bilan engib o‘tishni o‘rgatadigan, inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va
iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladigan kurash shiddatkor
hayottalablariga javob bera oladigan shaxslarga, bunyodkor yoshlarning barkamol
bo‘lishida o‘zining benazir hissasiniko‘shadi.
Zero, polvonlik falsafasi kishini komillik sari etaqlaydi. Demak, kurash bu –
“maksadga halol erishish yo‘lidir! Kurashchilar to‘g‘risida azal-azaldan rivoyatlar
to‘qilgan. Polvonlik, kurash xalqimizga ko‘hna zamonlardan, olis ajdodlarimizdan
qolgan ulug‘ merosdir.
Bugun ham ana shu meros milliy qadriyat avlodlar qo‘lida e’zozlanmoqda
va e’zozlanib qoladi.U ham bo‘lsa tarixda polvonlarni el yurt e’zozlab qadrini
baland ko‘tarib kelgan.Bizning zamonamiz bahodir va himoyachilarimiz bo‘lgan
polvonlar va botirlarga azaldan boy va xalqimiz ularni mehr bilan parvarish qilib
kelmoqda.“Polvon yaxshimisiz? ”, “Polvon keling”, “Polvon to‘rga o‘ting”,
“Polvon kechagi musobaqadan bo‘ri bo‘lib keldingizmi?” qaranga, hatto ota-ona
ismi-rasmini qilib qo‘ygan chiroyli nomdan ham polvon so‘zi ortiq ko‘riladi. Chunki,
polvon kuchli, oriyatli, shijoatli, avlod-ajdodlari, Vatanni sha’ni uchun kerak bo‘lsa
jonini ham ayamiydigan Alp deganidir.
Qadriyatlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish borasida dunyo olimlari qatorida
Respublikamiz olimlari tomonidanham keyingi yillarda bir qancha ilmiy
tadqiqotishlari olib borildi. Jismoniy madaniyat ta’limida milliy va umuminsoniy
qadriyatlar mavzusi bo‘yicha X.T.Rofiev, O‘.I.Ibrohimov(marhum), F.Q.Ahmedovlar
bir qator ishlarni amalga oshirgan. Respublika va xalqaro miqyosidagi ko‘plab
anjumanlarda qilingan ma’ruzalarda mavzuga tegishli fikr-mulohazalar bildirib
o‘tganlar. Ammo jismoniy madaniyat va kurash darslarida milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlardan foydalanish mavzusi to‘laqonli tadqiq qilinmagan. Qadriyatlarni
tiklash, uning ta’lim-tarbiyadagi o‘rnini belgilash bo‘yicha hali keng ko‘lamli ishlarni
amalga oshirish masalasi dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Áàêèåâ Ç.À. Ýðêèí êóðàø íàçàðèÿñè âà óñëóáèÿòè. Ò.:¡çÄÆÒÈ 2012é.-
125á.
2. 
Ãîí÷àðîâà Î.Â. ¨ø ñïîðò÷èëàðíèíã æèñìîíèé ùîáèëèÿòëàðèíè
ðèâîæëàíòèðèø. ¡ùóâ ù¢ëëàíìà. Ò.: ¡çÄÆÒÈ 2005.-172á.
3. Êåðèìîâ Ô.À. Ñïîðò êóðàøè íàçàðèÿñè âà óñëóáèÿòè. Ò.: ¡çÄÆÒÈ
2009.-286 á.


2021 yil, Maxsus son
62
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GIMNASTIKA MASHQLARIDAN
FOYDALANISHNI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH
N.A.PRIMOVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Gimnastika jismoniy tarbiya darslarida asosiy qo‘llaniladigan mashg‘ulotlardan
biri hisoblanadi. O‘quvchi-yoshlarn gimnastikaga jalb etish ta’lim tizimida uzluksiz amalga
oshirish maqsadga muvofiq masala hisoblanadi. Shu maqsadda mazkur maqolada ham
o‘quvchilarni jismoniy tarbiya darslarida gimnastika mashqlaridan foydalanishga doir
qarashlar o‘z aksini topgan.
Tayanch so‘zlar:
jismoniy tarbiya, gimnastika, o‘quvchilar, ta’lim bosqichlari,
sport, jismoniy mashqlar, akseleratsiya.
Ãèìíàñòèêà - îäíî èç îñíîâíûõ óïðàæíåíèé, èñïîëüçóåìûõ íà óðîêàõ ôèçêóëüòó-
ðû. Âîâëå÷åíèå ñòóäåíòîâ, çàíèìàþùèõñÿ ãèìíàñòèêîé, â ñèñòåìó îáðàçîâàíèÿ - ýòî
âîïðîñ íåïðåðûâíîñòè. Ñ ýòîé öåëüþ â äàííîé ñòàòüå òàêæå îòðàæåíû âçãëÿäû
ñòóäåíòîâ íà èñïîëüçîâàíèå ãèìíàñòè÷åñêèõ óïðàæíåíèé íà óðîêàõ ôèçêóëüòóðû.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà, ãèìíàñòèêà, ñòóäåíòû, ýòàïû îáó-
÷åíèÿ, ñïîðò, óïðàæíåíèÿ, óñêîðåíèå.
Gymnastics is one of the main exercises used in physical education lessons. Involving
gymnastics students in the education system is a matter of continuity. For this purpose, this
article also reflects the views of students on the use of gymnastic exercises in physical
education lessons.
Key words:
physical culture, gymnastics, students, stages of education, sports,
exercises, acceleration.
Maktabda jismoniy tarbiya darslari turli vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Bular ichida gimnastika eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. Gimnastika barcha
yoshdagi bolalar va o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasining hammabop va samarali
vositasi hisoblanadi, gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar sog‘ligini yaxshilash va qad
rostligi va o‘quvchilarning harakatlantiruvchi vazifalarini shakllantirishga yunaltirilgan.
O‘quvchilardagi harakatlantiruvchi analizatorlar bir necha yillar mobaynida
takomillashtiriladi. 7-14 yoshdan boshlab - harakatlantiruvchi analizator faol rivojlanadi.
13-14 yoshlarga kelib u yukori darajaga erishadi. Atrof-muxit ta’siri ostida buladigan
va harakatlantiruvchi faoliyat tartibi bilan bog‘lik bo‘lgan bolalar va o‘smirlardaga
harakatlantiruvchi vazifani shakllantirishda biologik omillarga e’tibor berish lozim.
Akseleratsiya - tana buylama bug‘inlarining jadal o‘sishi, u jismoniy
rivojlanish va muvofiqlashtiruvchi faoliyatga katta ta’sir kursatadi.
Harakatlantiruvchi vazifaning shakllanishi va takomillashuvini pedagogik omil


2021 yil, Maxsus son
63
asosiy belgilarini tadbiq qilish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Pedagogik omilning birinchi belgisi harakatlantiruvchi harakatlarga o‘rgatish
xisoblanadi.
O‘quvchilarni asosiy gimnastika turli mashqlariga o‘rgatish
harakatlantiruvchi vazifa shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchi belgi - jismoniy
xislatlar rivojlanishi darajasi. O‘quvchilarda 7-10 yoshda tezlik, egiluvchanlik va
chakkonlik, 11-13 yoshda tezlnk kuchi, 15-16 yoshda esa kuch va chidamlilikka
e’tibor bergan xolda bir xilda tarbiyalash kerak.
Harakatlantiruvchi vazifani shakllantirishdagi uchinchi belgi (muxim
kobiliyatga o‘rgatish, bushlikda vakt va mushak harakatlari darajasiga kura
harakatlarni anik baxolash xisoblanadi).
Harakatlantiruvchi analizator faoliyatini fakat jismoniy mashqlar yordami bilan
maxsus o‘rgatishda takomillashtirish mumkin. unday kobiliyatlarni tarbiyalash uchun
tana kismlari bilan sodda va murakkab kilishlar, yurish, yugurish, sakrash, uzoklikka
otish, muvozanat, osilish va tayanish mashqlari, yukoriga chikish ishlatiladi.
O‘quvchilarni gimnastika mashqlariga o‘rgatish metodikasi.
Sodda mashqlar kup xolda kursatish, tushuntrishdan keyinok darxol uzlashtiriladi:
murakkabroklari uzok muddatli o‘rgatish va turli xil usulblarni tatbik kilishni talab
kiladi. Turli sinflarda mashqlarni tanlash va ularni utkazish metodikasi
shugullanuvchilar yoshi xususiyatlariga boglik.
Kichik maktab yoshi (7-9 yosh). Ba’zi bir funksional sistemalar skelet-mushak
sistemalarni rivojlanishinnng yakunlanmaganligi sababli 7-9 yoshdagi bolalarga
kuyidagi asosiy gimnastika mashqlari tavsiya etiladi: yurish, yugurish, og‘ma
o‘tirgichga chikish, gimnastik devorga chikish, uzoklikka otish, 1 m balandlikdagi
tusik orkali utish, koptok otish va tutish, nishonga otish, tuldirilgan koptoklarii olib
utish, muvozanatda mashqlar, sakrashlar (uzunlikka va 80 sm.lik balandlikka),
akrobatik mashqlar - umbalok oshish, dumalashlar, kuraklarda qadni rostlash. 7-9
yoshdagi bolalarga taklif kilish xos, shuning uchun ularni o‘rgatganda ukituvchiga
kuyidagi g‘oidalarni gapirish maksadga muvofik buladi: «Men kilgandek kiling»,
sababli bu yoshdagi bolalarda o‘rtacha ko‘nikmalar sekin shakllanadi, ko‘pgina
mashqlarni o‘yinlarga yakinlashtirib yoki o‘yinlar shaklida olib borish tavsiya etiladi.
O‘rta maktab yoshi (10-15 yosh). Gimnastika jismoniy xislatlarning kelgusi
rivojlanishi, ma’naviy - iroda xislatlarni tarbiyalash, asosiy ùarakatlantiruvchi
ko‘nikmalarni takomillashtirishga yordam beradi. O‘rta yoshdagi bolalar usishi
va rivojlanishi bir xilda bulmaydi (jinsiy uygonish). Qizlar semiradi va kuch, tezlik,


2021 yil, Maxsus son
64
chidamlilik borasida o‘g‘il bolalardan orqada koladi.
Harakatlantiruvchi ko‘nikmalariing shakllanishi ularda tezrok amalga oshadi,
shuning uchun ular murakkabrok, mashqlarni bajarishga kobiliyatli.
Asosiy uslubiy ko‘rsatma - kat’iy uslubiy tartibda materialni o‘rganish, bolalar
ukuv materialini eng sodda shakllardan boshlab uncha katta bulmagan g‘ismlar
buyicha uzlashtirish kerak. Turli og‘irlikdan koptok bilan turli masofadan nishonga
otish, yuqoriga chiqish texnikasi va tezligi (qizlarda raqs harakatlariga moyillik).
Bu yoshda harakatlantiruvchi vazifa tez rivojlanadi, shuning uchun ular berilishina
ko‘ra murakkab mashqlarni egallashga qobiliyatli bo‘ladi.
Katta maktab yoshi (16-18 yosh). Yukori jismoniy ish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Katta kuch va epchillikni talab kiladigan mashqlarni bajarishga kizikish uzgaradi. Kizlar
va o‘smirlar jismoniy tarbiyasn mash\ulotlarini aloxida utkazish zarur.
O‘smirlar asosiy amaliy harakatlantiruvchi ko‘nikmalar tabiiy va sui’iy
to‘siqlardan utish, turli yukni olib o‘tish, turli aylanishlarni bajarish kobiliyatlarini
egallandilar. Barcha jismoniy xislatlarni takomillashtirishdan tashkari qizlar korin
muskullari, yelka kamari, oyoq mushaklarini mustahkamlashga e’tibor berishi kerak.
Gimnastika darslari. Tuzilishi. Gimnastika mashg‘ulotlari dars shaklida hamda
mustaqil mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilishi mumkin. Darsda quyidagi vazifalar
tartib bilan hal qilinadi:
1. Shug‘ullanuvchilarni g‘ayrat va vaqtni kam ishlatgan holda eng yuqori
natijalarga erishishi.
2. Butun mashg‘ulot paytida shug‘ullanuvchilar yuqori ish qobiliyatini saklab
qolish.
3. Shug‘ullanuvchilar sog‘ligi uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi, yaxshi
shart-sharoitlarinn ta’minlash.
4. Gimnastika bilan shug‘ullanish uchun uchta faza xos (buysunuvchi, asosiy,
yakuniy).
Darsni o‘tkazishiga bulgan umumiy metodik ko‘rsatmalar:
Gimnastik mashqlarning xarakteristikasi.
1. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi
mashqlardir.
2. Umumrivojlantiruvchi mashq (gimnastika hamma turlarida keng
foydalaniladi. Bu unchalik kiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni
xar xil muskullar guruxi jismoniy layoqatini yanada chukurlashtirish, elementlar,
harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmet va trenajerlar bilan ishlash,


2021 yil, Maxsus son
65
umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maksadida bajariladi.
3. Qo‘shimcha mashq ( - bu asosiy harakatlantiruvchi bilim)ni va ko‘nikmani
atrof muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi gimnastik vositadir.
4. Erkin mashq - bu gimnastikaning bir turi bo‘lib chidamlilikni oshirish va
koordinat qobiliyatni rivojlantirishga yunaltirish.
5. Badiiy gimnastika mashqi.
6. Akrobatik mashq - jismoniy kobiliyat ta’sir etish vosita bilan rivojlantirish,
jasurlikni tarbiyalashni, joydan turib muljal ola bilishni kuchaytiradi, funksional
organizm tizim chidamligini kuchaytiradi. Sakrash bu jismoniy mashqni bir kurinishi
bo‘lib, bu yulda o‘rnatlgan maxsus to‘siklarni (gimnastik vositalarii) zabt etishdir.
Bu sakrash mashqi eshak, otlarning ustida bajariladi. U uzunasiga yoki eniga
kuyilishi mumkin. Atama gimnastikasi maxsus atamashunoslik bilan kupincha
bilish doirasida predmetni, xodisani, tushunchann kiskartirib belgilash maksadida
ishlatiladi.Jismoniy tarbiyada, ayniksa atamani kup gimnastikada katta rol uynaydi.
Gimnastik atamashunoslik faqatgina gimnastika mashg‘ulotlarida keng
foydalanishgina kolmasdan, balki gimnastik mashqni o‘rgatish jarayonida u katta
rol ma’no kasb etadi. Qisqartma so‘zlar - atama harakatlantiruvchi ko‘nikmani
rivojlantirishga bevosita ta’sir kiladi. Gimnastik atamashunoslik - bu shartli
qisqartma mashq yozilish shaklini ta’lim koidalarii va atamalarni ishlatish, gimnastik
mashqni kiskartma belgilash uchun maxsus atamani nomlash tizimidir. Gimnastika
atamasi ostida harakatlantiruvchi vosita yoki tushuncha qisqartma shartli
nomlanish tushuniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Â. È. Èëüèíè÷ Ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà ñòóäåíòà: Ó÷åáíèê / Ïîä ðåä. Â.
È.Èëüèíè÷à. Ì.: Ãàðäàðèêè, 2005;
2. http://otherreferats.allbest.ru/sport/d00027292.html.


2021 yil, Maxsus son
66
YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘L VA OYOQ KUCHINI
NOSTANDART MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA
RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
D.N.BERDIYEV,
NavDPI magistranti
Ushbu maqolada yosh sportchilarni tayyorlashda meyyorlangan og‘irliklar bilan
yoki og‘irliqsiz bajariladigan nostandart o‘yinsimon mashqlardan foydalanish, har bir
sport turining xususiyatiga qarab ularni qachon va qanday darajada rivojlantirish texnik
mahorat jihatidan o‘ta muhimligi, qaysi bir sport turi bo‘lishidan qat’iy nazar kuchni
rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar turli og‘irliklar, erkin va qarshi kuchlanishlar
bilan bog‘liqligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kuch, yosh sportchilar, voleybolchilar, o‘yinsimon mashqlar, qo‘lni
bukuvchi, maksimal kuch, portlovchi kuch va kuch chidamligi
 äàííîé ñòàòüå ðàññìàòðèâàåòñÿ èñïîëüçîâàíèå íåñòàíäàðòíûõ èãðîâûõ
óïðàæíåíèé ñ îòÿãîùåíèÿìè è áåç íèõ â òðåíèðîâêå þíûõ ñïîðòñìåíîâ â çàâèñè-
ìîñòè îò õàðàêòåðà êàæäîãî âèäà ñïîðòà, êîãäà è â êàêîé ñòåïåíè î÷åíü âàæíî
ñ òî÷êè çðåíèÿ òåõíè÷åñêèõ íàâûêîâ èõ ðàçâèâàòü. Ïîä÷åðêèâàåòñÿ, ÷òî ñèëîâûå
óïðàæíåíèÿ ñâÿçàíû ñ ðàçíûì âåñîì, ñâîáîäíûìè è êîíòð-íàãðóçêàìè.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
ñèëà, þíûå ñïîðòñìåíû, âîëåéáîëèñòû, èãðîâûå óïðàæíå-
íèÿ, ñãèáàíèå ðóê, ìàêñèìàëüíàÿ ñèëà, âçðûâíàÿ ñèëà è ñèëîâàÿ âûíîñëèâîñòü.
In this article, the use of non-standard game exercises with or without weights in the
training of young athletes, depending on the nature of each sport, when and to what extent
it is very important in terms of technical skills to develop them. It is highlighted that
strength training exercises are associated with different weights, free and counter stresses.
Key words:
strength, young athletes, volleyball players, playful exercises, arm flexion,
maximum strength, explosive force and endurance.
Mamlakatimizda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya hamda jismoniy
tarbiya va sport jarayoni moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash,
yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlash, jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim va jismoniy tarbiya, sport muassasalari
bilan hamkorlik qilish borasida olib borilayotgan islohotlar kasbiy bilimlari va
yosh sportchilarda sport mahoratlarini doimiy oshirish zaruratini kuchaytirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi, qarori yangi O‘zbekiston so‘ng qisqa davr ichida barcha sohalar
kabi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida ham asrlarga teng progressiv
o‘zgarishlar ro‘y berdi


2021 yil, Maxsus son
67
Zamon yoshlarni buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, muomalaga kirisha
oladigan, o‘z ishini chuqur bilgan mohir mutaxassislar etib tayyorlashga katta
e’tibor berishni talab qiladi. Hozirgi davrning bu talabi, ayniqsa, bo‘lajak yosh
valeybolchilardea yuksak sport mahorat va texnik, taktik ko‘nikmalari bilan
qurollangan, madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash kerakligini yana bir bor ta’kidlab
bermoqda. Hozirgi kunda o‘zgarib borayotgan tashkiliy vosita, shakl, uslublar va
ijtimoiy shart-sharoitlar yosh valeybolchilar oldiga yangi talablar qo‘ymoqda.
Bugungi voleybol o‘z mohiyati jihatidan o‘ta shiddatli hamda keskin
o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanishlar, to‘p kiritish, hujum zarbalari
va to‘siqlar qo‘yish usullarini ijro etish uchun ko‘plab sakrash ko‘nikmalari bilan
farqlanadi. Bundan tashqari to‘r oldida raqib o‘yinchilarini chalg‘itish uchun turli
mazmunli sakrash malakalari ijro etiladi.
Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi boshqa jismoniy sifatlar bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, aksariyat sport turlariga (voleybol, basketbol, futbol, gandbol,
gimnastika, yengil atletika va h.k.) xos ayrim texnik elementlarni (masalan,
voleybolda sakrab to‘siq qo‘yish, futbolda sakrab to‘pni bosh bilan darvozaga
kiritish va h.k.) ijro etish samaradorligini ta’minlovchi muhim omildir. Lekin har bir
sport turida ijro etiladigan sakrash elementlari o‘yin usuli va vaziyatga qarab bir-
biridan keskin farq qiladi va bunday sakrash turlarini rivojlantirishda o‘ziga xos
mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur sifat hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari turkumiga mansub bo‘lib,
go‘daklik yoshidan boshlab shakllana boradi. Bolalar hayotda, ro‘zg‘or ishlarida,
harakatli o‘yinlarda balandga, uzunlikka, to‘siqlar osha sakraydilar. Sport
to‘garaklariga qabul qilinayotganlarida ham aynan sakrash sifatlariga e’tibor
beriladi. Bu sifat voleybolda o‘ziga xos fundamental xususiyatga ega bo‘lib, uni
rivojlantirish masalalari dastlabki o‘rgatish va tayyorgarlik bosqichidanoq diqqat
markazida bo‘ladi.
Sport amaliyotida kuch sifatini rivojlantirish kamida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
uch yo‘nalishida amalga oshiriladi: maksimal kuch, portlovchi kuch va kuch
chidamligi. Topografik jihatdan kuchni rivojlantirish juda ko‘p yo‘nalishlarga
bo‘linadi. Masalan, qo‘lni bukuvchi yoki yozuvchi mushaklari kuchi, oyoq, gavda,
bel, qorin, yelka va hakazo (a’zolar) mushaklari kuchini shakillantirish. Umuman
olganda qayd etilgan kuch turlari va tana qisimlarining mushak kuchlari barcha
sport turlarida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Lekin, har bir sport turining xususiyatiga
qarab ularni qachon va qanday darajada rivojlantirish texnik mahorat jixatidan


2021 yil, Maxsus son
68
o‘ta muhim masaladir. Qaysi bir sport turi bo‘lishidan qat’iy nazar kuchni
rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar turli og‘irliklar (gantel, tosh, trenajyor),
erkin va qarshi kuchlanishlar bilan bog‘liqdir. Shunday bo‘lsada mashg‘ulotlar
tarkibida o‘yin mashqlari va mushaklarni (bo‘shashtirish) yoki ularga aktiv dam
berish vositalari mavjud bo‘ladi. Mashg‘ulotlarni ana shunday tartibda tashkil
qilish sport mashg‘ulotining asosiy tamoyilaridan biri bo‘lib, voleybolchilar
mushaklarning zo‘riqishdan saqlaydi va ularning progressiv rivojlanishini
ta’minlaydi.
Har bir jamoa 3 kishidan iborat 2 ta kalonnada 3 metr oraliqda bir-biriga
qarshi joylashadi. Qur’a asosida kolonnalarda turgan birinchi ikki ishtirokchiga
to‘ldirma to‘p beriladi (1 kg). Signal berilishi bilan to‘ldirma to‘pni ishtirokchilar
tupni qarshi kolonnalarda turgan ishtirokchilarga aniq uzatib, o‘zlari yonma-yon
joy almashinadi. To‘pni ilib olgan ishtirokchilar to‘pni qarshi kolonnada turgan
o‘yinchilarga aniq uzatib, o‘zlari yonma-yon joy almashinishadi. O‘yin shu tarzda
davom etadi va 5 marta takrorlanadi. To‘pni aniq uzata olmagan yoki aniq uzatilgan
to‘pni ila olmagan ishtirokchi o‘yindan chiqadi. O‘yin 2 tadan ishtirokchi qolguncha
davom etadi.
4. 4-raqamda keltirilgan test musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
5. 5-raqamda keltirilgan test musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
6. 6-raqamda keltirilgan test musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
7. 7-raqamda keltirilgan test musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
1 jamoa 2 jamoa
Har bir estafetali mashq va test mashqlari bajarish oraliqlarida fiziologik
funksiyalarni tiklovchi qisqa muddatli mashqlardan foydalanildi: ma’lumki,
voleybolchilarda qo‘l va oyoq mushaklari kuchini rivojlantirilishi ustuvor


2021 yil, Maxsus son
69
ahamiyatga egadir. Ammo, ta’kidlash zarurki, ushbu sifatni rivojlantirishda ko‘pgina
yosh murabbiylar o‘z shogirdalirini tezrok yaxshi natijaga erishishi uchun zo‘rma-
zo‘raki og‘irliklar bilan bajariladigan maxsus standart mashqlarni qo‘laydilar.
Shuning uchun ham aksariyat hollarda yosh sportchilar o‘rtasida jarohat olish
hollari tez-tez uchrab turadi.
Biopsixologik nuqtai nazaridan, ayniqsa yosh sportchilarni tayyorlashda
meyyorlangan og‘irliklar bilan yoki og‘irliqsiz bajariladigan nostandart maxsus
o‘yinsimon mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan
shunday mashqlar mushak to‘qimalari va tolalarida zo‘riqish holatini oldini oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.A.Pulatov, Sh.X.Israilov Voleybol nazariyasi va uslubiyati //O‘quv
qo‘llanma. - T., 2007.
2. Ä.Ä. Ñàôàðîâà Ñïîðò ìîðôîëîãèÿñè Ò.2015.
3. 
Ê.Ìà=êàìäæîíîâ, Ë.Èíîçåìñåâà, Ô.Íóðìàòîâ, Ë.Ðóñòàíèîâ
Ñïîðò áàéðàìëàðèíè òàøêèë ùèëèø âà ¢òêàçèø ìåòîäèêàñè (äàðñëèê).Ò.
«Èùòèñîä-ìîëèÿ» 2008.
4.
Î.Ù.Ìóñàåâ Îëèé ¢ùóâ þðòè ¢ùèòóâ÷èñèíèíã ïåäàãîãèê ùîáèëè-
ÿòëàð êîìïëåêñè. Ìåòîäèê ù¢ëëàíìà. Òîøêåíò-2016.
5. Ë.Ð.Àéðàïåòÿíñ. Âîëåéáîë.Ó÷åáíèê. Òàøêåíò 2006.
6. H.X.Turobov 11-12 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini
harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish. Dissertatsiya ishi. Toshkent-2011.


2021 yil, Maxsus son
70
BADIIY GIMNASTIKA SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANISH –
QIZLAR SOG‘LIGI VA BARKAMOLLIGINING GAROVIDIR
U.T.MANSUROVA,
1-kurs magistri
M.A.ASLONOVA,
NavDPI dotsenti
Badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanish esa qizlarning sog‘lom bo‘lishi
bilan bir qatorda yurtimizda sog‘lom farzandlarning dunyoga kelishiga zamin yaratadi.
Mazkur maqola kichik yoshdagi qiz bolalar orasida badiiy gimnastika sport turiga
qiziqtirish va uni keng targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar:
badiiy gimnastika, sport, qizlar sog‘ligiga gimnastikaning ta’siri,
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, badiiy gimnastika sport turning rivojlantirish.
Ðåãóëÿðíûå çàíÿòèÿ õóäîæåñòâåííîé ãèìíàñòèêîé, íàðÿäó ñî çäîðîâüåì äå-
âî÷åê, ñîçäàþò îñíîâó äëÿ ðîæäåíèÿ çäîðîâûõ äåòåé â íàøåé ñòðàíå. Ýòà ñòàòüÿ
ïîñâÿùåíà èíòåðåñó è ïîïóëÿðèçàöèè õóäîæåñòâåííîé ãèìíàñòèêè ñðåäè äåâóøåê.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
õóäîæåñòâåííàÿ ãèìíàñòèêà, ñïîðò, âëèÿíèå ãèìíàñòèêè
íà çäîðîâüå äåâî÷åê, ðàçâèòèå ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû è ñïîðòà, ðàçâèòèå õóäîæå-
ñòâåííîé ãèìíàñòèêè.
Regular participation in rhythmic gymnastics, along with the health of girls, creates
the basis for the birth of healthy children in our country. This article focuses on the interest
and promotion of rhythmic gymnastics among young girls.
Key words:
rhythmic gymnastics, sports, the impact of gymnastics on girls’ health,
development of physical culture and sports, development of rhythmic gymnastics.
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda, buni biz Prezidentimiz tominidan ilgari
surilayotgan besh ustuvor tashabbusning ikkinchisi misolida ham ko‘rishimiz
mumkin, mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va uni
ommaviylashtirish to‘g’risida bir qancha qonun va qarorlar qabul qilinmoqda.
O‘z navbatida bu ma’muriy-huquqiy hujjatlar qaror topishi jismoniy tarbiya va
sportga yanada keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
– Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab
quvvatlash;
– Harkimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug’ullanishga bo‘lgan
huquqini ta’minlash;
– ismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini
uyg‘unlashtirish;


2021 yil, Maxsus son
71
– Fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat
kafolatlarini belgilash;
– Sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga
ko‘maklashish[1] shular jumlasidandir. Badiiy gimnastika sport turlari ichida har
jihatdan qizlarga mos tur bo‘lib, ularning jismoniy, fiziologik jihatdan shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohaning rivojlanishida mamlakatimizda keng
imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa o‘z navbatida gimnastikachi qizlarimizning
erishayotgan yutuqlari zamirida o‘z ifodasini topib kelmoqda.
Badiiy gimnastikada yuqori ko‘rsatkichlar namoyish qilish, yo bo‘lmasa
yuqori natijalarga erishish uchun albatta erta yoshlardanoq ushbu sport turi
bilan jiddiy shug‘ullanish talab etiladi. Shuni hisobga olish lozimki, 5-7 yoshli
qizbolalarning organizmi har tomonlama va tez rivojlanadigan davr bo‘lib
hisoblanadi. Bu yoshda organizm harakatlanish funksiyalari juda tez rivojlangan.
Shu tufayli bu yoshdagi bolalar uchun faol hayot tarzi xos bo‘ladi. 5-7 yoshdagi
bolalarning suyak tuzilishi ham o‘ziga xos bo‘lib umurtqa pog‘onasining
egiluvchanligi, bo‘g‘imlarning cho‘ziluvchanligi va mustahkam emasligi badiiy
gimnastika sport turi bilan shug‘ullanish uchun alohida ahamiyatga ega. Bu
yoshdagi bolalarda yurak, nafas olish, mushak, asab sistemalari mukammal
rivojlangan emas.
Diqqatni jamlab etish, aqliy mehnat qilish qobiliyati ko‘p emas, atigi 15
daqiqa xolos. O‘yin va birovga taqlid qilish reaktsiyalari yaxshi rivojlangan.[2]
Ayni shu jihatlarning yaxshi rivojlanganligi sababli kichik yoshdagi qizlarni badiiy
gimnastika sport turiga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Shuni alohida takidlash
joizki, bu sport turi butun mamlakatimiz buylab keng tarqalmagan xususan qishloq
hududlarida badiiy gimnastika sport turning rivojlantirishdagi ayrim muammolar
o‘z yechimini topmaganligi birinchi muammo bo‘lsa, ilmiy, amaliy hamda nazariy
jihatdan yuqori malaka va bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarning kamligi ikkinchi
muammo bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolar o‘z yechimini topishida quyidagilarni
inobatga olish maqsadga muvofiq:
1. Mamlakatimizning chekka tumanlariga qadar badiiy gimnastika sport turini
rivojlantirishni targ‘ib etishni yo‘lga qo‘yish. Ya’ni buni amalga oshirish maqsadida
oily ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishida tahsil
oluvchi iqtidorli sportchi talabalar va professor-o‘qituvchilar hamkorligida
maktablarda targ‘ibot ishlarini olib borishlari.
2. Mahalla fuqarolar yig‘ini va sport maktablarining o‘zaro hamkorligi asosida
sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan sportchilarning aholi ayniqsa
yoshlar bilan davra suhbatlarini o‘tkazishlari.


2021 yil, Maxsus son
72
3. Ilmiy-amaliy jihatdan o‘z isbotini topgan dalillar asosida keng ommaga
yetkazib berish. Bu masalada yoshlarning faolligini oshirish maqsadida yoshlar
ittifoqi bilan hamkorlikda aniq reja asosida keng ko‘lamli ishlarni olib boorish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, sport bilan erta yoshlardan
shug‘ullanish insonni nafaqat jismoniy kamolotga yetishida balki ham ruhiy, aqliy
va ma’naviyjihatdan yuksalishida benihoya katta ahamiyatga ega. Badiiy gimnatika
sport turi bilan shug‘ullanish qizlarning erta yoshdanoq jismoniy sifatlarning
yaxshilanishi, sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda ular qad-qomati
hamda gavda tuzilishining to‘gri shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek har tomonlama sog‘lom voyaga yetgan qizlarimiz kelajakda
sog‘lom avlodning kamol topishida yetakchi o‘rinda turadi. Ya’ni sog‘lom onadan
sog‘lom farzand bunyod bo‘ladi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda oila
salomatligini mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda: oila salomatligini
mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli
tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori
texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish[3] harakatlar strotegiyasida
o‘z ifodasini topgani bejiz emas.
Badiiy gimnastika bilan muntazam shug’ullanish esa qizlarning sog‘lom
bo‘lishi bilan bir qatorda yurtimizda sog‘lom farzandlarning dunyoga kelishiga
zamin yaratadi. Sog‘lom bo‘lish uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam ravishda shug‘ullanish kerak.
Foydalanilgan adabiyiotlar:
1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun 4-modda;
2. “Badiiy gimnastikada buyumsiz bajariladigan mashqlarni o‘rgatish uslubi”
A.Eshtayev, N.Hasanova, D.Karabayeva Toshkent-2013 10-bet;
3. 2017-2021yil harakatlar strategiyasi IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari


2021 yil, Maxsus son
73
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VATANPARVARLIK
TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH
SH.T.USMONOV,
S.A.HALILOV,
NavDPI katta o‘qituvchilari
Mazkur maqolada har bir insonning vataniga bo‘lgan muhabbati,millati, xalqi,
adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g‘ururlanib, o‘zi o‘sgan yurt tabiatidan ilhomlanib,
uning muqaddas tuprog‘i qadrini va mohiyatinitushunishi. Vatanini anglashi bilan uyg‘un
tarzda tasvirlashida katta bir hikmat borligi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o‘tmishi,
buguni va kelajagi mujassam bo‘lgan tushunchadir.
 ýòîé ñòàòüå êàæäûé äîëæåí ãîðäèòüñÿ ñâîåé Ðîäèíîé, íàöèåé, íàðîäîì,
ëèòåðàòóðîé, èñêóññòâîì, ðåëèãèåé è êóëüòóðîé, âäîõíîâëÿÿñü ïðèðîäîé ñòðàíû,
â êîòîðîé îí âûðîñ, è ïîíèìàòü öåííîñòü è ñóùíîñòü ñâîåé ñâÿùåííîé çåìëè.
Åñòü ìíîãî ìóäðîñòè â òîì, ÷òîáû îïèñàòü ñâîþ ðîäèíó òàê, ÷òîáû ýòî ñîîò-
âåòñòâîâàëî åãî ïîíèìàíèþ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
Ðîäèíà - ýòî ïîíÿòèå, îëèöåòâîðÿþùåå ÷åëîâå÷åñêóþ ïñè-
õèêó, îáðàç æèçíè, ñîçíàíèå è ìûøëåíèå, ïðîøëîå, íàñòîÿùåå è áóäóùåå.
In this article, everyone should be proud of their love for their homeland, nation,
people, literature, art, religion and culture, inspired by the nature of the country where they
grew up, and understand the value and essence of its sacred land. There is a great deal of
wisdom in describing his homeland in a way that is consistent with his understanding.
Key words:
Homeland is a concept that embodies the human psyche, lifestyle,
consciousness and thinking, past, present and future.
Har kimning o‘z xonadoni, uy-joyi, o‘z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini
o‘zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy,
Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o‘zlari tug‘ilib o‘sgan
vatanlaridan uzoqdakuchli Vatan sog‘inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog“ini,
unda o‘sgan mevalarni ko‘zlariga to‘tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari
barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir.
Haqiqiy vatanparvar u qayerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon
kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo‘ladiInsondagi eng oliy tuyg‘u –Vatan
tuyg‘usidir. O‘zi tugilib-o‘sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o‘zga yurt tabiatidan
o‘z yurti tabiatichalikzavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan
faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb
qo‘ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go‘zalligi, rivojiga bahshida etaolgan
insondagina bu tuyg‘u namoyon bo‘ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat to‘yg‘usi ham ilohiy ne’mat bo‘lib, butun qon
tomirlarida shu tuyg‘u jo‘sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch


2021 yil, Maxsus son
74
vahshiylikka moyillik hech qachon bo‘lmaydi. Xalqimizda “O‘zga yurtning bog‘lariyu-
bog‘chasi, o‘z yurtingning yontog‘icha ko‘rinmas»_ deb bejiz aytilmagan.
Vatan tuyg‘usi – bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo‘lgan Tumaris,
Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari
yo‘zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga
qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To‘ra, Qurbonjon
dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og‘ir kunlarda
qardoshlarga yelkadosh bo‘lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota
yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan Anvar poshshoning, qullikdan
o‘limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand,
Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg“usi – bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko‘targan Toshkent,
Jizzax, Andijon qo‘zg‘olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.Vatan tuyg‘usi
– bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo‘lishga chorlash, milliy
uyg‘onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni,
ularning rahnamolari bo‘lmish Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdullaxo‘ja,
Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg‘usi –bu yigirmanchi, o‘ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat
saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag‘onlarda
qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo‘lgan Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg‘usi – bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona
jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon
o‘chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo‘riqlash, bu muqaddas burch
bo‘lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo‘lish hech qachon osonlikcha qo‘lga
kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni abadiy
eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug‘ ne’mat,
boylik yo‘qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi,
xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo‘ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo‘jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir.
Vatan ona kabi inson taqdirida mo‘jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo‘jizakor
yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi. Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan
uchun ham shunchalik qayg‘uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli
ofatlardan, dushmanlardan qo‘riqlaydi. Kerak bo‘lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon
kiladi. Munis va mo‘tabar Ona insonni shu yorug‘ dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot
belonchagida o‘stiradi, ulg‘aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan
inson uchun Ona-Vatandan ulug‘roq, mo‘tabarroq,qimmatliroq makon yo‘q.
Xalq ichida Ona deganda – Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham
majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra, o‘zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz


2021 yil, Maxsus son
75
ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to‘kilgan yurt» deb faxrlanadilar. Islom
Karimovning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o‘zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan
qadri ortdi, zo’rovonlik yo‘li bilan yo‘q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro‘z»
bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Respublikasining yangi davlat
ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog‘i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi – davlat
ramzlaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifiga ko‘ra; Davlatimiz ramzlari – bayroq,
tamg‘a, madhiya O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini
o‘zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o‘zining qadr-qimmatini, o‘z
mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi –
O‘zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o‘zbek xalqi mentaliteti, g‘ururi, hissiyoti,
tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo‘lgan.
Ushbu ramzlar – o‘zbek xalqining g‘ururlaridir. Ularni qadrlash, ko‘z
qorachig‘idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning
Vatan oldidagi burchidir.
Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun
va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanparvarlik- kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga
bo‘lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy
ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir
Vatanparvarlik – inson ma’naviy yetukligining yuksak mezonlaridan istiqlol
mafkurasining negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg‘ularidan biridir.
Vatanparvarlik hissini o‘z farzandi qalbiga singdira olgan ota-onaning,
shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir.
Vatanparvarlik – Vatan osoyishtaligi, ota-ona, El- yurt, jigargo‘shalar
tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo‘lish,
harbiy vatanparvarlik sir-asrori bilan puxta qo‘rollanish, bilim, malaka va ko‘nikmaga
ega bo‘lishdir.
Vatanparvarlik – halol mehnat qilish zamirida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy
va madaniy rivojlanishiga munosib ulush qo‘shish, el-yurt manfaatlarini o‘z
manfaatlaridan yuqori qo‘yish demakdir.
Vatanparvarlik – mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, elatlar va millatlarniig
tili, dini, madaniyati, urf-odatlari aa an’analariga nisbatan hurmat bilan
munosabatda bo‘lish va ularni o‘rganish, millatlararo do‘stlik, hamkorlik o‘rnatish
yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishdan iboratdir.
Vatanparvarlik – Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya
etish, millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo‘lida kerak bo‘lsa jonini ham fido
qilish demakdir.


2021 yil, Maxsus son
76
Vatanparvarlik – jamiyat ravnaqi yo‘lida jasorat va qahramonlik ko‘rsatish
hissining mujassamligidir.
Vatanparvarlik – har ishda tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik ko‘rsatish demakdir.
Vatanparvarlik – insondagi mustahkam imon va e’tiqod, sog‘lom tafakkur
va sog‘lom fikr birligidir,
Vatanparvar inson g‘iybat, loqaydlik, xiyonat, sotqinlik, illatchilik,
mahalliychilik kabi illatlaridan yiroqdadir. Vatanparvarlik jahondagi barcha
xalqlarning donishmand va solih farzandlariga his tuyg“u ulashadi.
Ularning bu haqda qator fikrlari bor.
Sitseron (Italiya faylosufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xsh-aqrobalar
qiymatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan»
degan so‘zda mujassamlangan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, qaysi vijdonli
odam uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan.
G.Gegel (nemis faylosufi), Ma’rifatli xalqlarning haqiqy jasorati vatan yo“lida
qubon bo“lishiga hozir ekanlirida aks etadi.
J.Delil (franso’z shoiri). Eng maqbul fazilat - Vatanga va odomzodga
ko“rsatilgan xizmatdir.
J.Bayron (ingliz shoiri). Kimki o“z yurtini sevmasa, u hech nimani sevmaydi.
J.Russo (franso’z mutaffakiri). Saxvatning eng buyuk jasurliklari Vatanga
bo“lgan muhabbat tufayli vujudga keladi.
V. Belinskiy (rus munaqqidi). Kimki o“z vataniga daxdor bo“lmasa, u
insonyatga ham daxdor emas.
P. Kornell (franso’z drammaturgi). Kimki Vatanni xorqilsa,u oilasidan ham,
bor-budidan ham ayriladi. V. Gyugo, (franso’z adibi). O“z Vataniga dog“ tushurish
- uni sotish degan so“z.
Ya. Gallon (ukrain adibi). O“z yurtidan yo’z o“gurganlar, o“z vijdonlaridan
ham yo’z o“giradi.
M.SalmonSavajiy (forsshoiri). Vatanga nafiyo“q yashalgan har kun, inson
hayotini qilar bemazmun.
Haq gap! Har kunimiz Vatanga naf yetkazsin, umrimiz sermazmun bo“lsin.
O“zbek xalqi azaldan o“z Vataniga - O“zbekistonga, Turkistoniga, Turoniga
ega bo“lgan, hech qachon bevatan bo“lmagan.
Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg“usini shakllantirishni bolaning
maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning,
jamoatchilikning Vatan oldidagi burchlaridir.
Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg“usi bilan
xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo“shish har bir fuqaroning jamiyat,
kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan
bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo“la oladi.
Buning uchun O“zbekiston hukumati tomonidan, shaxsan birinchi prezidentimiz
Islom Karimov tashabbuslari va rahbarliklarida, inson shaxsi va manfaatlari,


2021 yil, Maxsus son
77
bolalar tarbiyasi, oila, sog“lom avlod va hokazo kabi bolalarimiz va xalqimizning
manfaatlarini ko“zlovchi qator hujjat va qarorlar qabul qilindi.
Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan
kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf
odatlari va ko“nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o“z vataniga mehr,
samimiylik, his-tuyg“ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va
amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.
Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng
muhim qismlaridan biridir. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdaga bolalar tarbiyasida
eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o‘stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga
yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Vatan, Vatan tuyg‘usi, vatanga sadoqatli bo‘lish, vatanparvarlik, insonparvarlik
va mehr-muruvvat his-tuyg‘ularining naqadar yuksakligi, inson qalbiga yaqinligi, har
bir insonni iymoni haqida islom dinimizning yuragi bo‘lmish Qur’oni Karim, hadislarimiz
va buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos olimlari hisoblanmish
Imom al-Buxoriy, Az-Zamahshariy, al-Termiziy va boshqa ajdodlarimiz qarashlari va
asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi haqidagi fikrlar o“z ifodasini topgan.
Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg‘ularining naqadar yuqori
tuyg‘u ekanligi va unga sodiq bo‘lib qolish, islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir mo‘min –
musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan.
Jumladan, U. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma»,
Nizomul mulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutatg‘u bilig», Ahmad
Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», «Kalila va Dimna», A.Navoiyning «Mahbub ul
Qulub», A.Temurning «Amur Temur o‘gitlari» va h.k. asarlarida ko‘rsatilgan. Shunday
ekan, o‘smirlar tarbiyasida oliy his-tuyg‘ularini shakllantirib, o‘stirib borish–ularni ijtimoiy
turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol
shaxs tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili. – Toshkent:
O‘zbekiston, 1995. – 24 b.
2. Karimov I.A. Sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir
bo‘ladi.. Xalq so‘zi. – Toshkent: 2004 (8.12.2004 y.).
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston,
2003.36 b.
4.O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»
qonuni (Yangi tahrirda). 2000
5. Rajabboy ota turk. Vatan deya vatansiz o‘tdik. Xalq so‘zi. 1991. 25 yanvar.


2021 yil, Maxsus son
78
MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARGA ILK TEJAMKORLIK
TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH
M.O‘.AZIMOVA,
NaVDPI o‘qituvchisi
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish va ularni
tejamkorlikka o‘rgatish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi,yosh avlodni
maktabgacha yoshidan boshlab moddiy ne’matlarning qadriga yetishga, ulardan tejab-
tergab foydalanishga o‘rgatishmasalalari keltirilgan.
Tayanch so‘zlar:
tejamkor, ishbilarmon, uddaburon, sabr-qanoatli, ehtiyotkorlik,
iqtisodiy tarbiya, moddiyne’matlar.
This article discusses the issues of economic education of preschoolers and what to
pay attention to in order to teach them thrift, how to teach the younger generation from
preschool age to appreciate material goods, to use them carefully.
Key words:
economical, businesslike, resourceful, patient, attentive, economic
education, material benefits.
 äàííîé ñòàòüå ðàññìàòðèâàþòñÿ âîïðîñû ýêîíîìè÷åñêîãî âîñïèòàíèÿ
äîøêîëüíèêîâ è íà ÷òî îáðàòèòü âíèìàíèå, ÷òîáû íàó÷èòü èõ áåðåæëèâîñòè,
êàê íàó÷èòü ïîäðàñòàþùåå ïîêîëåíèå ñ äîøêîëüíîãî âîçðàñòà öåíèòü ìàòåðè-
àëüíûå áëàãà, áåðåæíî èìè ïîëüçîâàòüñÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
ýêîíîìíûé, äåëîâîé, íàõîä÷èâûé, òåðïåëèâûé, âíèìàòåëü-
íûé, ýêîíîìè÷åñêèå âîñïèòàíèå, ìàòåðèàëüíûå áëàãà.
Tafakkurni rivojlantirish uchun yodlashdan ko‘ra,
ko‘proq mulohaza yuritish zarur.
R.Dekart
Yosh avlodni tarbiyalash, kelajak hayotga tayyorlash o‘z istiqboli, taraqqiyoti,
ertangi kuni xususida qayg‘uradigan har qanday mamlakat uchun eng ustuvor
vazifalardan biri sanaladi. Chunki mamlakatning kelajagi, qanday rivojlanishi, qolaversa,
ilm salohiyati yillar o‘tib yosh avlodning zimmasiga tushadi.Bu jarayonda ta’lim-tarbiya
insonning ma’naviy qiyofasini aks ettirishda hal qiluvchi kuch vazifasini o‘taydi. Shu
bois yurtimizda ta’limning ilk bo‘g‘ini – maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab
bolaning aqliy rivojiga alohida e’tibor qaratiladi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz
ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra,
inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5
yoshgacha bo‘lgan davrda oladi[1]. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk
kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi jud-muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda.
Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.
Mazkur dasturda Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi


2021 yil, Maxsus son
79
bo‘g‘ini, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat
siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi alohida takidlanmoqda[1]. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli
Qaror mazmun-mohiyati.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari. Ta’lim sohasidagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil16
avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy
jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab
olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida
qisqa vaqtda uchta yirik hujjat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining9
sentyabrdagi“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”giPQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim
tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.
Maktabgacha ta’lim – ta’lim tizimining mustahkam poydevori bo‘lib, aynan
shu davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga undovchi
umuminsoniy xislatlari shakllana boshlaydi. Kichkintoyning shaxsiy faolligi
ayniqsa,rasm chizish, qurish-yasash, musiqa va boshqa faoliyat turlarida
takomillashib boradi. Shaxsga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi va
maktabgacha ta’lim muassasalari orqali davom ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab
o“tganidek, tarbiya insonga ona suti, ota namunasi ajdodlar o‘giti bilan singadi.
Inson xayot tajribasi bilimi, odob axloqi xatti-xarakati bilan o‘zining ma’naviy ruxiy
olamini boyitib boradi[3]. Iqtisodiy bilimlarga egalik bolalar tomonidan iqtisodiy ishlab
chiqarish jamiyat xayotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini chuqur anglashiga
imkon berish bilan birga ularda mavjud moddiy va ma’naviy ashyolar tabiiy boyliklardan
tejab-tergab foydalanish ularni ko‘paytirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, jamiyat
iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amaliy xarakatlarni tashkil etish xamda oila xo‘jaligini
oqilona yuritish borasidagi dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim – ta’lim tizimining mustahkam poydevori bo‘lib, aynan
shu davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga undovchi
umuminsoniy xislatlari shakllana boshlaydi. Kichkintoyning shaxsiy faolligi ayniqsa,
rasm chizish, qurish-yasash, musiqa va boshqa faoliyat turlarida takomillashib boradi.
Iqtisodiy bilimlarga egalik bolalar tomonidan iqtisodiy ishlab chiqarish jamiyat
xayotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini chuqur anglashiga imkon berish bilan
birga ularda mavjud moddiy va ma’naviy ashyolar tabiiy boyliklardan tejab-tergab
foydalanish ularni ko‘paytirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, jamiyat iqtisodiyotini
rivojlantirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish xamda oila xo‘jaligini oqilona yuritish
borasidagi dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga imkon beradi[4]. Iqtisodiyot kishilik


2021 yil, Maxsus son
80
munosabatlarining muxim ajralmas qismi bo‘lib, uni samarali tashkil etish tabiiy ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qilibgina qolmay, shaxsning ma’naviy jihatdan kamolotga erishishida
xam aloxida axamiyatga ega. Shuning uchun ham turli ijtimoiy tuzumlar davrida ishlab
chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, takomillashtirish ilm-fan, texnika hamda texnologiya
sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan foydalanish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib
kelingan. Zardo‘shtiylik g‘oyalariga ko‘ra iqtisod, tabiat va uning ne’matlariga nisbatan
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, ularni asrab, avaylash hamda ko‘paytirish to‘g‘risida
qayg‘urishdan iboratdir. Bu g‘oyalar keyinchalik islom dinining muqaddas manbalari
Qur’oni Karim va Hadisi-sharifda ham yanada rivojlantiriladi. Ya’ni bu manbalarda mavjud
moddiy va ma’naviy ashyolarni asrash, boyitish yo‘lida amalga oshiriluvchi xatti-
harakatlar savob ularni isrof qilish, nobud etish gunoh deya baholangan.
O‘rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri Abu Nasr Farobiy o‘zining «Baxt-saodatga
erishuv haqida» nomli asarida yoshlarni kasb-hunar, ish tajriba o‘rganishga va shular
natijasida erishilgan mablag‘larni sarflashda me’yorga qat’iy amal qilishga chaqiradi. «Inson
o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchoqlik qilish xasislikka
olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi».
O‘rta asrning buyuk donishmandlaridan Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasiga
oid qimmatli fikrlarida yoshlarga iqtisodiy tarbiya berishda oilaning tutgan o‘rniga
yuqori baho beradi. «Oila a’zolari kunlik oziq- ovqatlar uchun etarli mahsulotlarni
oldindan tejamkorlik bilan sarf qiladi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni
saqlash yo‘llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan
munosabatda bo‘lish lozim. Ota-ona uvol qilish gunoh ekanligini farzandiga
yoshligidan nasihat yo‘li bilan o‘rgatadi».
Yoki «Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish
yotadi. Bu shunday olib borilishi kerakki, bola o‘z mehnati natijalarini ko‘ra bilsin.
Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanayotganligini anglaydi.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni
ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo‘ladi»[5].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyevning “2017-2021yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qarori 2016-yil 29-dekabr.
2. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qarori 2017 yil 9 sentyabr.
3. O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi. 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli farmoni.
4. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat.– T.:
O‘zbekiston, 2006
5. I.A.Karimov Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat,2008


2021 yil, Maxsus son
81
MAQOLLAR ORQALI BOLALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY
SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YIN TEXNALOGIYALARDAN
FOYDALANISH
N.R.SHARIPOVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Maqolada insoniyat taraqqiyotida shaxs sifatida shakllanishidama’naviy qadriyatlar,
milliy an’analar, axloqiy omillar va urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etgab bo‘lib, muallif
o‘ziga xos o‘yin texnologiyalari asosida maqollarni o‘rgatish usullarini ishlab
chiqqan.Uning asosiy negizida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish
va uzluksiz ta’limni rivojlantirishning asoslari yoritilgan
Tayanch iboralar: 
dunyoqarash, tafakkur, milliy an’analar, maqol,“Maqollar
bozori”,“Maqollar zanjiri”, “Maqollarning mavzuli estafetasi”.
 ñòàòüå îñîáîå çíà÷åíèå äëÿ ðàçâèòèÿ ÷åëîâå÷åñòâà êàê ëè÷íîñòè èãðàþò
äóõîâíûå öåííîñòè, íàöèîíàëüíûå òðàäèöèè, íðàâñòâåííûå ôàêòîðû è îáû÷àè,
àâòîð ðàçðàáîòàë ìåòîäèêè îáó÷åíèÿ ïîñëîâèöàì íà îñíîâå ñïåöèôè÷åñêèõ èãðî-
âûõ òåõíîëîãèé. Â åãî îñíîâíîé îñíîâå çàëîæåíû îñíîâû ôîðìèðîâàíèÿ äóõîâíî-
íðàâñòâåííûõ êà÷åñòâ ïîäðàñòàþùåãî ïîêîëåíèÿ è ðàçâèòèÿ äîïîëíèòåëüíîãî
îáðàçîâàíèÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
êðóãîçîð, ìûøëåíèå, íàöèîíàëüíûå òðàäèöèè, ïîñëîâèöà,
“ðûíîê ïîñëîâèö”, “öåïî÷êà ïîñëîâèö”, “òåìàòè÷åñêàÿ ýñòàôåòà ïîñëîâèö”.
In the article, spiritual values, national traditions, moral factors and customs play
a special role in the development of humanity as a person.The author has developed
methods of teaching proverbs based on specific game technologies. Its main basis is the
formation of the spiritual and moral qualities of the younger generation and the development
of additional education
Key words: 
worldview, contemplation, national traditions, proverb, “The Market of
Proverbs”, “chain of Proverbs”, “thematic aesthetics of Proverbs”.
Bolalarning maqollar orqali so‘z qo‘llash mahoratini shakllantirishda turli xil
o‘yinlardan foydalanishning shakl va usullari ko‘p. Jumladan, ularni mashg‘ulotlar
jarayonida ham o‘rganish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, maqollarni o‘rganishda o‘yin
texnalogiyalaridan foydalanish juda samarali o‘rin tutadi. Bolalarni birinchi navbatda
maqollar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunda guruhlarga bo‘linish talab etiladi.
Guruhlarga bo‘linishning o‘zida ham maqollardan foydalanish mumkin. Buning uchun
ikki komponentli, yoki uch komponentli maqollar tanlab olinadi va ular qismlarga bo‘lingan
holda kartochkalarga yoziladi. Maqollarning boshlanishini o‘qigan o‘quvchiga
uningdavomini qo‘lda tutib turgan bola o‘qiydi va ular bir guruhga birlashadi. Shu
tarzdaguruhga ajralishning o‘zi ham maqollarni o‘qish jarayoniga aylanadi .


2021 yil, Maxsus son
82
Ikkinchi usul maqoldagi so‘zlar alohida – alohida kartochkalarga yozilgan
bo‘ladi. Ammo kartochkalar umumiy kartondan qirqib olingan bo‘ladi. Ularning
qirqilgan joylari bir-biriga mos bo‘lgan holda maqol to‘la holda tiklanadi. Qaysi
guruh o‘z maqollarini oldin tiklasa, shu guruh o‘z maqolini ovoz chiqargan holda,
xor bo‘lib o‘qiydi.
Maqollar mavzusini o‘rganishda turli xil usullardan ham foydalanish mumkin.
Biz ularning ayrimlarini eslatib o‘tamiz.
“Kim ko‘p maqol biladi” o‘yini. Tomonlar galma-galdan maqollarni aytishadi.
Qaysi guruh yoki tomon tutilmasdan, aniq, muntazam javob berib borsa, o‘sha
tomon yoki guruh yutadi. Maqollarning ifodali o‘qilishiga alohida e’tibor beriladi.
Navbatdagi maqollarni topishda taraddudlanib qolgan, ikkilangan yoki topolmay
qolgan (jarima ballini olgan) tomon yengilgan hisoblanadi. Bir tomon aytgan maqolni
boshqa tomonning takroran aytishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “Maqollarni sharxlaymiz”
o‘yini. Bunda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linishadi. Bir guruh tegishli maqollarni
aytadi. Boshqalar uni sharxlab, izohlab berishga harakat qilishadi. Bunda nisbatan
aniqroq, kengroq tushunarliroq hamda ta’sirchanroq tarzda sharxlab berishga alohida
e’tibor qaratiladi. Bu usulda maqollarning mazmuni, uning qanday hayotiy
vaziyatlarda qo‘llanishini idrok etish uchun real sharoit yaratiladi.
“Maqollar zanjiri” o‘yini. Bu o‘yin baytbaraklar asosida yuzaga kelgan.
Undagi asosiy talab bir guruh (tomon) aytgan maqol qaysi harf, tovush bilan
tugasa, keyingi tomon ayni mana shu harf, tovush bilan boshlanadigan maqolni
aytishi kerak bo‘ladi: Aytar so‘zni ayt, Aytmas so‘zdan qayt. Til –aql bezagi. It
egasini hurmas, Sabrning tagi sariq oltin.
“Marraga kim oldin keladi” o‘yini. Uning mohiyati shundan iborat: Ma’lum
kattalikdagi doira chiziladi. Guruh uchga bo‘linib, ikkitadan bola tanlanadi. Bir
bola doira devorida lentani ushlab turadi. Ikkinchi bolaga doira markazida lentalarni
uchlari tayoqchaga o‘raglan holda beriladi. Asosiy vazifa mana shu lenta
markazdan doira devoriga borguncha o‘rab borishdan iborat. Faqat o‘sha
jarayonida muntazam ravishda maqollardan na’munalar aytib boriladi. Maqollar
aytilmagan holda lentaning o‘ralishiga ruxsat berilmaydi. Agar bu qoida buzilsa
jarima bali belgilanadi. Lentaning oxirigacha maqollar silsilasini uzmasdan
yetkazgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
“Maqollar bozori” o‘yini. Bunda o‘quvchilar yangi maqollar bilan
tanishtiriladi. Amalga oshirish shakli esa quyidagicha bo‘ladi: o‘yinda ikki
o‘quvchi ishtirok etadi. Ulardan biri “sotuvchi”, ikkinchisi xaridor bo‘ladi.


2021 yil, Maxsus son
83
“Sotuvchi” “xaridor”ga o‘z maqollarini taklif etadi. U maqolning boshlanish qismini
o‘qiydi, xaridor esa uni davom ettiradi. Davom ettirilmagan maqol yangi
hisoblanadi. Xaridor uni ovoz chiqarib ifodali tarzda o‘qib beradi. Ular orasida
hamma biladigan maqollar ham, ko‘pchilik bilmaydiganlari ham tanlangan bo‘lishi
kerak. “Xaridor” mana shu yangi maqollarni oladi va ularni ovoz chiqarib o‘qib
beradi. Ayni paytda, “Xaridor “ham o‘z “bisoti”dagi yangi maqollarni “sotuvchiga”
tavsiya etish mumkin. Sotuvchi ham o‘zi uchun yangi bo‘lgan maqollarni tanlab
oladi, ularni ovoz chiqarib o‘qiydi. Bunda ham har bir maqolni o‘qish va aytishda
ifodali o‘qish qoidalariga to‘la rioya etish talab etiladi.
“Maqollarning mavzuli estafetasi” o‘yini.
Bu o‘yin estafeta qoidalari asosida tashkil etiladi. Estafeta tayoqchasi (bu
vazifani bayroqcha, ruchka, qalam, istalgan bitta o‘yinchoq ham ado etishi
mumkin) maqol aytish navbatini belgilab beradi. O‘yinda barcha guruhlar ishtirok
etadi. Ishtirokchilar navbati bilan maqollarni aytishadi, navbatni keyingi guruhga
o‘tkazishadi. Bunda ham oldin aytilgan maqollarning takrorlanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
“Koptokni qaytarish” o‘yini.
Bolalar davra qurib turishadi. Ularning orasidan bitta boshlovchi saylanadi.
Boshlovchi o‘rtada turib koptokni o‘rtoqlaridan biriga otadi. Koptok otilish
barobarida bitta maqolning boshlanishi aytiladi: “Yer haydasang .”,”Bilimi bor
.”,”Avval o’yla ”. Koptokni olgan o‘quvchi uni boshlovchiga qaytarishi
kerak. Ayni paytda u maqolning davomini ham aytishi talab etiladi. Maqolni
davom ettirolmagan bola o‘yindan chiqib ketadi. Maqollarni eng ko‘p martta
davom ettirgan o‘quvchi keyingi davrada boshlovchi vazifasini ado etadi. Albatta,
bu o‘yinlar faqat o‘yin uchungina tashkil etilmaydi. Ularning bosh vazifasi
o‘quvchilarning o‘qish jarayonlariga nisbatan ongli va faol munosabatlarini
shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Ayni paytda, mazkur jarayonlarda
o‘quvchining nutqi tabiiy ravishda rivojlanib, boyib boradi. Bunday o‘yinlar
maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang‘ich sinflarda, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining beshinchi, oltinchi sinflarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Ayni paytda maqollar o‘yinlariga yo‘g‘rilgan jiddiy mushohada jarayonlari
bolalarning tafakkurini ham rivojlantiradi, ularning ona tili imkoniyatlari, kuch va
qudrati haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Eng muhimi, ularning nutqiy
madaniyati o‘sib boradi, xalq donishmandligi durdonalarining asl mohiyatini anglab
yetishlariga imkon beradi.


2021 yil, Maxsus son
84
Xuddi shuning uchun ham ulardan dars jarayonlarida, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarda unumli foydalanish ko‘plab pedagogik hamda didaktik
vazifalarning ancha qulay va samarali tarzda yechilishi uchun munosib omil
vazifasini ado etadi.
Bunday mashg‘ulotlar o’quvchilarning maqollarning mazmun va mohiyatini
teran anglashlari, ularning mavzuviy guruhlarga ajratish va tahlil etish, yaxlit
umumlashma va xulosalar chiqarishga oid ko’nikma va malakalarning rivoji uchun
mustahkam zamin hozirlaydi. Shu jarayonlarda ularning nutqlari boyib boradi,
estetik didlari ham tarbiyalanib, kamol topadi. Eng muhimi, ularda mana shunday
go‘zal va bebaho tafakkur durdonalarini yaratgan ona xalqlariga nisbatan
mehr-muhabbatni hosil qiladi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov .I. A. “Jamiyatimizmafkurasixalqni – xalq, millatni –
millatqilishgaxizmatqilsin” Tafakkurjurnali , 1998 y, 2-son.
2. “O‘zbek milliy ensiklopediya “ Davlat ilmiy nashriyoti .Toshkent 5-tom .
3. To‘ychiboyev . B “Til ta’limida dialektal maqollarning o‘rni “ O‘zbek tili
doimiy anjumani IX anjumani , T2007 .
4. Mahmud Qoshg‘ariy .”Devonu lug‘atit turk “ T, 1960, 1-tom .
5. Murodova N. “ O‘qituvchi nutqini mahalliy sheva ta’sirida vujudga keltirish
talaffuz hamda imlo vositalariva ularni tuzatish usullari “ aftoreferat 1993 y.
6. To‘xliyev .B “Ifodali o‘qish “ T “Bayoz “ 2015 y.
7. Ziyotova .T “Ijodiy tafakkurni rivojlantirishda hikmatli so‘zlardan
foydalanish” “O‘zbet tili” doimiyanjumani.2001 y.
8. Mahmudov N, Nurmonov A, Sobirov A.Ona tili 5-sinf darslik (to‘ldirilgan
3-nashri) T.Ma’naviyat.2011


2021 yil, Maxsus son
85
UMUMADABIYOTGA O‘RGATISHDA BOLALAR ADABIYOTINING
O‘RNI VA AHAMIYATI
SH.Q.MUSAYEVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Umumadabiyotga asosiy yo‘l bolalar adabiyoti. Bolalar yozuvchisi bo‘lish har bir
ijodkor uchun mas’uliyatni talab qiladi. “Bolalar adabiyoti” tushunchasi, avvalo, turli
yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan so‘z san’atidir.
Kalit so‘zlar
: Umumadabiyot, bolalar adabiyoti, hikoya, qissa, roman, she’riyat,
nasir, kitobxon, tarixiy davr, ijtimoiy muhit.
Ãëàâíûé ïóòü ê óíèâåðñàëüíîé ëèòåðàòóðå - ýòî äåòñêàÿ ëèòåðàòóðà, è
áûòü äåòñêèì ïèñàòåëåì òðåáóåò îòâåòñòâåííîñòè îò êàæäîãî òâîðöà. Ïî-
íÿòèå «äåòñêàÿ ëèòåðàòóðà» - ýòî ïðåæäå âñåãî ñëîâåñíîå èñêóññòâî äëÿ äåòåé
è ïîäðîñòêîâ âñåõ âîçðàñòîâ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
îáùàÿ ëèòåðàòóðà, äåòñêàÿ ëèòåðàòóðà, ðàññêàç, ðàñ-
ñêàç, ðîìàí, ïîýçèÿ, ïðîçà, ÷òåö, èñòîðè÷åñêèé ïåðèîä, ñîöèàëüíàÿ ñðåäà.
The main path to universal literature is children’s literature. Being a children’s
writer requires responsibility for every creator. The concept of «children’s literature» is
primarily a word art for children and adolescents of all ages.
Key words
: General literature, children’s literature, story, short story, novel, poetry,
prose, reader, historical period, social environment.
«Adabiyot yashasa - millat yashar...»
(Cho‘lpon).
Badiiy asarlar insonning ma’naviy kamol topishida beqiyos ahamiyatga
ega. Odam onadan tug‘iliboq o‘z-o‘zidan ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmaydi.
Kishi bu fazilatlarga tinimsiz o‘qib-o‘rganish, ustozlar ta’limini olish, hayotni
chuqur kuzatib ibratli tajribalar to‘plash orqaligina ega bo‘ladi. Mana shu jarayonda
adabiyotga murojaat qilish nihoyatda katta samara beradi. Har bir xalqning o‘ziga
xos adabiyoti bo‘lgani kabi o‘zbeklarning ham takrorlanmas, o‘zga xalqlar va
mamlakatlar badiiy ijodi bilan solishtirib bo‘lmaydigan so‘z bo‘stoni bor. Mana
shu bo‘stondan gul terib voyaga yetgan o‘g‘il-qiz borki yurt kelajagi uchun
munosib farzand bo‘ladi.
Har tomonlama barkamol yangi avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish
davlatimizning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biridir. Masalaga shu
nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasida bolalar adabiyoti
yetakchi o‘rinda turadi. “Bolalar adabiyoti” 20- yillarda Fitrat, Cho‘lpon, elbek,


2021 yil, Maxsus son
86
Botu, G‘afur G‘ulom, G‘ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning
kichkintoylar uchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan nurlaridan
bahramand bo‘lib, davrning haqiqiy o‘g‘il-qizlari sifatida kamol topishga targ‘ib
etdilar. Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30- yillarga kelib, she’riyatda
Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra, Mahmuda
Oqilova, Quddus Muhammadiy, nasrda Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova kabi
bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar, Sadriddin Ayniy, G‘afur G‘ulom, Hamid
Olimjon, Oybek, elbek, Shokir Sulaymon va G‘ayratiylar ham o‘zbek bolalar
adabiyotini yuksaltirish ishiga munosib hissalarini qo‘shdilar.[3.8-bet]
Ammo umumadabiyotga yo‘l bo‘lgan bolalar adabiyoti qachon alohida adbiyot
sifatida ko‘rina boshladi. XX asrning arafasi va boshlarida o‘zbek bolalari uchun
ixtisoslashgan maxsus badiiy adabiyot yaratish harakati yuzaga kelib, izchil tusga
kira boshlagan esa-da, mazkur hodisani bolalar adabiyoti atamasi bilan ifodalash,
asosan, 20-yillarning boshlarida sodir bo‘ldi. O‘zbek matbuotida bu istiloh ilk bor
Sirojiyning 1921-yili «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jurnalining 3-sonida bosilgan «Bolalar
adabiyoti to‘g‘risida bir fikr». «Zarafshon» gazetasining 1924-yil 21-iyundagi 157-
sonida bosilgan «Qizil o‘zbek matbuotida bolalar adabiyoti», Bashirning
«Turkiston» gazetasining 1923-yil 27-aprelidagi sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti
kerak», G‘ozi Olim Yunusovning 1925-yil «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jurnalining 3-
sonidagi «Bolalar adabiyoti haqida» va Shokir Sulaymonning 1926 yili «Qizil
O‘zbekiston» gazetasining 30-sentabrdagi 224-sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti
nashr qilish kerak» maqolasida uchraydi va qaror topa bordi.[4. 3-4.bet]. Shuni
ta’kidlash joizki, bu istiloh ruscha «detskaya literatura» iborasining aynan tarjimasi
tarzida emas, balki o‘zi voqelikka aylangan o‘zbek bolalariga mo‘ljallanib yaratila
boshlangan ixtisoslangan adabiiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi.Buning
uchun ko‘plab adabiyotimiz zahmatkashlari fidoyilik ko‘rasatdi.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlar yuzaga keldi.
Yozuvchilarning yangidan - yangi avlodi kamol topdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi,
dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan ko‘plab hikoyalar yaratildi.
Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyati – o‘zgaruvchan hodisa bo‘lib, u
kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog‘liq. Kitobxon yoshini
hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan,
maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko‘rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining
oddiy ko‘rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo‘lsa, o‘smirlar uchun yaratilgan
adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.


2021 yil, Maxsus son
87
Men sizlarni olmangiz
Xomligimda olmangiz
Nortojiga o‘xshab so‘ng
“Voy” qornim deb qolmangiz
[ 1.82-bet].
Yuqoridagi misralar maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqidagi she’r bo‘lib
bolajonni xom mevani yeyish mumkin emasligini oddiy she’r orqali o‘rgatmoqda.
Shu tariqa inson yoshi bilan birga uning badiiy tafakkuri ham ulg‘ayadi. Ilk
davrlarda bolajonlar “Zumrad va Qimmat”, “No‘xatpolvon” ertaklarini eshitgan
bo‘lsa, o‘smirlik yoshiga qarab qadam qo‘yarkan “Uch og‘a-ini botirlar”,
“To‘g‘rivoy va egrivoy” kabi ertaklarini o‘qib boshlaydi. Bolalar asta sekinlik
bilan ertaklardan chiqib, umumadabiyotning hikoya, qissa, roman kabi katta janrlari
sari qadam qo‘yadi va adabiyotning keng olamidan bahramand bo‘la boshlaydi.
Shu sababli bolani adabiyot ummoniga bemalol qadam qo‘yishi va bahra olishi
uchun Bolalar adbiyoti eng katta vazifani bajaradi. Demak, bolalar yozuvchisi
bo‘lish har bir ijodkor uchun mas’uliyatni talab qiladi. Shu sababdan bolalar
ijodkorlariga ikki karra mas’uliyat bilan ijod qilishni yuklaydi .Bolalar yozuvchisi
Anvar Obitjon shunday ta’kidlaydi.
Kichkintoylar adibi bo‘lishning eng muhim jihati ham shu-o‘zingni boladek
ko‘rsatishni uddalolmasang, bolalarning tegrasida o‘ralashmaganing ma’qul.[2. 46-bet]
Har bir mamlakatda bolalar tarbiyasiga oid, ularga bag‘ishlangan yoxud maxsus
yaratilgan ijod namunalari u haqdagi istilohlarni ham vujudga keltiradi. Jumladan,
o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida folklordan tashqari, didaktik adabiyot, bolalar
kitobxonligi, ma’rifatparvarlik adabiyoti, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti
tushunchalari uning shakllanishidagi asosiy omillar hisoblanadi. Bolalar adabiyoti
bolalarning yoshi nuqtai nazaridan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi, o‘rta
maktab yoshidagi va o‘smirlar adabiyoti singari guruhlarga ajratilishini ko‘zda
tutadigan bo‘lsak, bu muammoning naqadar dolzarbligi va bolalar ijodkorlari
zimmasiga qanchalik mas’uliyat yuklashi yana bir karra namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda
fikrimiz dalili uchun buyuk adib Abdulla Qahhorga murojaat qilamiz:
“Ona o‘ziga ham zo‘rg‘a ishonadigan bolasini bolalar yozuvchisiga ishonib
topshiradi: uning asarini sotib olib, shu kitobni o‘qisang odam bo‘lasan, deb
bolasining qo‘liga tutqazadi! Demak, bolalar yozuvchisining mas’uliyati katta! U
dastavval mohir yozuvchi bo‘lishdan tashqari mohir pedagog bo‘lishi ham
shart!”[5.36-bet]


2021 yil, Maxsus son
88
Bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik
asarlar majmui tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof badiiy
asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi taomilga kirgan. Bolalar o‘qishi uchun
mo‘ljallangan asarlar barcha xalqlar tarixida qadimdan davom etib kelgan. Jumladan,
o‘zbek bolalar adabiyoti Sharq yozma adabiyotida “pandnoma”, “ma’vizatnoma”,
“nasihatnoma”, “axloq kitoblari” singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar
zaminida voqelikka aylangani, shuningdek, uning shakllanishi ma’rifatparvarlik va
maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog‘liqligi ayon haqiqat. “Bolalar
adabiyoti” tushunchasi, avvalo, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan
so‘z san’atidir. Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish,
ya’ni ma’rifiy-tarbiyaviy vazifani ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini
kengaytiradi. Garchi u “kattalar” – ijod ahli tomonidan bunyodga keltirilsa-da, bolalar
olamini aynan-o‘zligicha, faqat bolalargagina xos nuqtai nazardan badiiy tadqiq
qiladi. Bolalarbop barcha asarlarda yosh avlodning dunyoqarashi, tafakkuri, o‘y-
kechinmalari, orzu-istaklari, voqelikka estetik munosabati o‘z ifodasini topadi.
Ularning aksariyati yozuvchilar tomonidan yaratilsa-da, voqelik bolalar
dunyoqarashi nuqtai nazaridan talqin va tadqiq etiladi, bolalar tilidan hikoya qilinadi
va baholanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak bolalar adabiyoti
umumadabiyotga yo‘l ochar ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni qanday adabiyot
o‘qisa voyaga yitganda ham shu adabiyotning ta’siri bo‘ladi.Bu borada ota-onalar,
tarbiyachi va o‘qituvchilar zimmasiga ko‘plab vazifani yuklaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bilimdon bolajon. “Adabiyot uchqunlari”.Toshkent-2017.
2. Nosir Fozilov zamondoshlar xotirasida.Toshkent.”Mashhur-press”2019.
3. Oxunjon Safarov, Bashorat Jamilova. Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent
“Turon zamin ziyo”2015.
4. Ona tili va bolalar adabiyoti fanining bolalar adabiyoti qismi bo‘yicha
ma’ruzalar matni. B U X O R O – 2017.
5. Ustoz so‘zlaganda. N.Fozilov. – Toshkent: Sharq NMAK, 2007.


2021 yil, Maxsus son
89
MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARINI IJTIMOIY
HAYOTGA MOSLASHUVI
Sh.N.HAYDAROVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Maqolada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga moslashuvi davlat
va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi yoritib berilgan
Kalit so‘zlar: 
Mehribonlik uylari, yetimxonalar, patronat, norasida go‘dak, ijtimoiy
himoya, oilaviy hayot, qonuniy vakil, ijtimoiy “og‘rig‘i”
 ñòàòüå îñâåùåíî, ÷òî àäàïòàöèÿ âîñïèòàííèêîâ äåòñêèõ äîìîâ ê ñîöè-
àëüíîé æèçíè ÿâëÿåòñÿ îäíîé èç âàæíåéøèõ çàäà÷ ãîñóäàðñòâà è îáùåñòâà
Êëþ÷åâûå ñëîâà:
Äåòñêèå äîìà, ñèðîòñêèå äîìà, ïàòðîíàò, íÿíÿ, ñîöè-
àëüíàÿ çàùèòà, ñåìåéíàÿ æèçíü, çàêîííûé ïðåäñòàâèòåëü, ñîöèàëüíàÿ « áîëü”
The article highlights the fact that the adaptation of the orphanage educators to
social life is one of the most important tasks of the state and society
Key words:
Orphanages, orphanages, patronate, homeless infant, Social Protection,
Family Life, Legal Representative, social «pain»
J
amiyatda hech kim o‘zini yolg’iz sezmasligi,
hech kim e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Islom Karimo
v
O‘zbekistonimizning kelajagi bo‘lmish yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqliy
yetuk, ahloqiy pok, ma’naviy boy, insofli va diyonatli bo‘lishini ta’minlash g‘oyat
murakkab va ma’suliyatli ish. Buning uchun sog‘lom oilaviy hayot va to‘g‘ri
tarbiya mezoni zarurdir. Kishilik jamiyatida bola tarbiyasi muqaddas hisoblanadi.
Xalqimiz farzand ko‘rishni ota-ona uchun baxt, biroq uning taqdiri va kelajagiga
befarq bo‘lish katta gunoh deb biladi.
Shu taassuf bilan qayd etish kerakki, jamiyatimizda ma’lum miqdor
bolalarning tarbiyasi, oilada ota-ona bag’rida emas, balki bolalar uylarida aniqrog‘i
mehribonlik uylarida kechmoqda.
Yetimlik-tarixiy fakt, ona-onadan juda erta ajralib qolish, agar boquvchisi
bo‘lmasa, biror-bir insonparvar oila yoki davlat muassasalarida tarbiyalanish
ma’lum bir kishilar taqdirida ko‘rinadi. Turli sabablar bilan yetimlikka duchor
bo‘lgan bolalar har bir jamiyatning ijtimoiy “og‘rig‘i” sifatida kishilar diqqat
e’tiborida bo‘lib kelgan. Yana ham afsuslanadigan tomoni shundaki, ayrim bolalar
ota-onalari tirik bo‘la turib mehribonlik uylariga tushib qolayapti. Bu hodisalarning
ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor.


2021 yil, Maxsus son
90
Agar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tarkibiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, ularning o‘z farzandlaridan voz kechgan kimsalar (ularni ota-ona deyish
qiyin), ruhiy kasallikka chalingani, jinoyat qilgani tufayli, ota-onalik huquqidan
mahrum etilganlar, hayotdan ko‘z yumgan kishilarning farzandlari ekanligini
ko‘ramiz. Oilalarning ma’lum bir sabablar bilan buzilib ketishi natijasida oila mevasi
bo‘lgan farzandlar arosatda qolib davlat himoyasiga, ya’ni Mehribonlik uylarda
qolib ketmoqda. Bu yerda bolalarning kiyinishi, yeb-ichishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada
ota-onasi qilishi lozim bo‘lgan tarbiya jarayonlari davlat homiyligi ostidagi
Mehribonlik uylari zimmasiga yuklatilganligi hammamizga ma’lum. Shunday ekan,
Mehribonlik uylaridan juda katta ma’suliyat talab etiladi.
Mehribonlik uylarining asosiy vazifasi oilaviy muhitdan mahrum bo‘lgan
bolalarni ruhiy sog‘lomlashtirishga, ijtimoiy mehnat moslashuviga va ijtimoiy-
huquqiy himoya qilishga ko‘maklashuvchi uy sharoitida eng ko‘p darajada
yaqinlashtirilgan muhitni yaratishdir.
Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning o‘zining o‘zi anglashiga,
har tomonlama barkamol bo‘lib rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Millatning bunday yaratilgan shart-sharoit natijasida o‘zligini anglashi, unga
ishonch baxsh etadi va istiqbolli kelajakka umid bilan qarashga zamin yaratadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va
yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga ma’suliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish,
oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-ahloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar va
ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim
bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini sezilarli
darajada kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, Mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilarini oilada hamda boshqa muqobil shakllarida bolalarni
tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek bolalarni mustaqil
hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Davlatimizning yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan ko‘plab qonunlari
jamiyatimizning nozik qatlamini har tomonlama himoya qilishga qodirdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi


2021 yil, Maxsus son
91
Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Yetim
bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning
muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy
yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarorlarining qabul qilinganligi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil
23 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-637-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning
54-moddasida: “Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy
vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning
to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
amalga oshirilishi” kerakligini belgilab berilishi va mazkur sohaga tegishli bo‘lgan
me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bugungi kunda davlatimizning
yosh avlodga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi namunasidir.
Qabul qilingan Farmon va Qarorlarda ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya
muassasalari hamda ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga
yordam beradi.
Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtirilmoqda. Bolalarning
ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jismonan sog‘lom va
ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash va ularni ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlash
uchun juda katta imkoniyatlar yaratilgan.
Bugungi kunda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini hayotga ijtimoiy
moslashuvi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash davlat va jamiyatning eng muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan
bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda davlat va ijtimoiy institutlar hamkorligining
pedagogik tizimini takomillashtirish, ijtimoiy soha xodimlarining kasbiy
kompetentligini oshirish, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun
mo‘ljallangan muassasalardagi tarbiya tizimini modernizatsiyalashga katta e’tibor
qaratilishi lozimdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mehribonlik uylaridagi bolalarning baxti,
kelajagi va tolei uchun tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni har qanday davrda
ham, har qanday sharoitda ham yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar


2021 yil, Maxsus son
92
sog‘ligini mustahkamlash, zamon talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya berish, ular
ongida mehnat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy kamol topishlari uchun
sharoitlar yaratish, oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirish,
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini barkamol shaxslar bo‘lib yetishlari va hayotda
o‘z o‘rnini topishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik-
T.:A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 yil.
2.Bolalar ruhiyatiga psixologik-pedagogik yondashuv yo‘llari (bolalardagi
psixologik muammolar va ularni bartaraf etishda mutaxassis maslahati). Uslubiy
qo‘llanma. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi. Toshkent-2008 y.
3. Xaydarova Shaxlo Narzullaevna, (2021). Pedagogical Approach To The
Preparation The Children Of The Orphanage For Family Life. The American
Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 23-27.
4. Õàéäàðîâà Øàõëî Íàðçóëëàåâíà. Íàâîèéñêèé ãîñóäàðñòâåííûé ïåäà-
ãîãè÷åñêèé èíñòèòóò, Óçáåêèñòàí. Ïåäàãîãè÷åñêèé ïîäõîä ê ïîäãîòîâêå âîñ-
ïèòàííèêîâ äåòñêîãî äîìà ê ñåìåéíîé æèçíè. Colloquium-journal ¹8 (95),
2021. (Warszawa, Polska).
5. Xaydarova Shaxlo Narzullayevna. Mehribonlik uylaridagi maktabgacha
yoshidagi tarbiyalanuvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari.


2021 yil, Maxsus son
93
NUTQ O‘STIRISHDA KONSTRUKTIV
MASHQLARDAN FOYDALANISH
F.X.HOLIKULOVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini o‘stirishda yozma
ijodiy ishlarningmuhim elementlaridan sanalgan gap ustida ishlashtexnologiyasi, xususan,
namuna asosidagi mashqlar, konstruktiv mashqlar va ijodiy mashqlarni tashkil etish
masalalari yoritiladi.SHuningdek, matn yaratishda konstruktiv mashqlarning o‘ziga
xosxususiyatlarididaktik yondashuvlar asosida ochib beriladi.
Kalit so‘zlar.
Nutq, bog‘lanishli nutq, nutq birliklari, bayon, insho, hikoya, matn,
gap, so‘z, so‘z shakllari, intonatsiya, analitik mashqlar, sintetik mashqlar, namuna asosidagi
mashqlar, konstruktiv mashqlar, ijodiy mashqlar.
The article reveals the technology of working on speech, which is one of the important
elements of written creative work in the development of connected speech of primary
school students, in particular, the specific features of sample-based exercises, constructive
exercises and creative exercises based on didactic approaches.
Key words. 
Speech, related speech, speech units, narration, essay, story, text, sentence,
word, word forms, intonation, analytical exercises, synthetic exercises, sample-based
exercises, constructive exercises, creative exercises.
 ñòàòüå ðàñêðûâàåòñÿ òåõíîëîãèÿ ðàáîòû íàä ðå÷üþ, êîòîðàÿ ÿâëÿåòñÿ
îäíèì èç âàæíûõ ýëåìåíòîâ ïèñüìåííîãî òâîð÷åñòâà â ðàçâèòèè ñâÿçíîé ðå÷è
ìëàäøèõ øêîëüíèêîâ, â ÷àñòíîñòè, îñîáåííîñòè óïðàæíåíèé íà îñíîâå øàáëîíîâ,
êîíñòðóêòèâíûõ óïðàæíåíèé è òâîð÷åñêèõ óïðàæíåíèé íà îñíîâå ïî äèäàêòè-
÷åñêèì ïîäõîäàì.
Êëþ÷åâûå ñëîâà.
Ðå÷ü, ðîäñòâåííàÿ ðå÷ü, ðå÷åâûå åäèíèöû, ïîâåñòâîâàíèå,
ýññå, ðàññêàç, òåêñò, ðå÷ü, ñëîâî, ñëîâîôîðìû, èíòîíàöèÿ, àíàëèòè÷åñêèå óïðàæ-
íåíèÿ, ñèíòåòè÷åñêèå óïðàæíåíèÿ, óïðàæíåíèÿ íà îñíîâå øàáëîíîâ, êîíñòðóê-
òèâíûå óïðàæíåíèÿ, òâîð÷åñêèå óïðàæíåíèÿ.
Ma’lumki, nutq shaxs faoliyatining muhim elementlaridan biridir. Shaxsning
tafakkur darajasi, kommunikativ kompetentliligi uning nutqi orqali namoyon
bo‘ladi. Shu bois uzluksiz ta’limning quyi bosqichlaridan boshlab mazkur masalaga
jiddiy ahamiyat qaratiladi. Nutq o‘stirish muammosi ona tili o‘qitish metodikasi
oldiga jamiyat rivoji bilan bog‘liq ilg‘or yondashuvlarga zarurat tug‘dirishi sir
emas. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishda bayon, insho yozish, hikoya
tuzish kabi yozma ijodiy ishlarning o‘rni muhim bo‘lib, ular o‘z navbatida so‘z
tanlash, so‘z birikmasi, gap tuzish, matn yaratish kabi o‘zaro bir-birini taqozo
etuvchi nutq birliklari ustida ishlashningtizimli mexanizmini taqozo etadi.
So‘nggi yillarda boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilar nutqini


2021 yil, Maxsus son
94
o‘stirishni tizimli tashkil etish masalasi yuzasidan A.Hamraev, U.Masharipova,
H.Bakieva, G.Mamatova, Sh.Sariev, G.Mamatova kabi tadqiqotchilar tomonidan
maxsus izlanishlar olib borildi.
X.G‘ulomovaning ta’kidlashicha, “nutq, asosan, matn tarzida namoyon
bo‘ladi... Shuning uchun ham til hodisalarini alohida so‘z, so‘z birikmasi yoki gap
asosida emas, balki matn asosida nutqiy sharoitni hisobga olgan holda o‘rganish
va tahlil qilish maqsadga muvofiq” [1].
Ta’limda og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish,
ularning o‘zaro aloqadorligiga rioya qilishning ahamiyati borasida
A.Hamrayevning fikrlari e’tiborlidir: “Grammatika mashg‘ulotlarida nutq
maqsadiga muvofiq so‘z tanlash yo‘llarini o‘quvchilarga o‘rgatish, so‘zlarning
ma’nolarini ochish orqali bolalar to‘g‘ri nutq tuzish sirlarini egallayboradilar.
O‘quvchi nutq maqsadiga muvofiq so‘zlarni qancha tez tanlay olsa, nutq
faoliyatida shuncha faol qatnashadi” [2].
Sh.Sariyev matn ustida ishlash orqali nutq o‘stirishda “shaxs tomonidan
og‘zaki va yozma va badiiy til me’yorlari: to‘g‘ri talaffuz, urg‘u, grammatika, so‘zlarni
to‘g‘ri qo‘llash qoidalarini o‘zlashtirish orqali unda tilning badiiy ifoda
vositalaridan samarali foydalangan holda ravon so‘zlash malakalarini rivojlantirish”
zarurligi borasidagi qarashlarini ilgari suradi[3].
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda alohida mashqlar tizimi
mavjud bo‘lib, ular orasida gap ustida ishlash muhim o‘rin tutadi. Bu borada
A.Najimova to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Agar nazariy bilimni o‘rganish va
mustahkamlash, shu maqsadda retseptiv va reproduktiv mashqlarni bajarish
jarayonidagi leksik va grammatik ishlar o‘quvchilarni nutq o‘stirishga tayyorlaydi
deb hisoblasak, u holda tanishilgan so‘zlar, so‘z shakllari, sintaktik qurilmalar
nutq o‘stirish mavzusida so‘zlash uchun taqozo etiladigan bo‘lishi kerak. Basharti,
ushbu jarayonda nutq o‘stirish mavzusi taqozo etmaydigan til hodisalari bilan
tanishilgan bo‘lsa, u holda o‘quvchilar nutqiy mashqqa tayyorlanmaydi. Demak,
bunday mashqlarni ado etishdan avval biror tarzda lug‘at ishi, so‘z shakllari va
gaplar ustidagi ishlar alohida tashkil etilmog‘i darkor” [4].
Boshlang‘ich sinflar ona tili metodikasida gap ustida ishlashga oid mashqlar analiz
va sintezning ustunligi va o‘quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‘ra tasniflanadi. Gap
ustidagi mashqlar analiz va sintezning ustunligiga ko‘ra ikkiga ajratiladi. Bular:
a) analitik mashqlar, ya’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;
b) sintetik mashqlar, ya’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.
O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonlarining faollik darajasiga
nisbatan esa bunday mashqlar uchga bo‘linadi:
namuna asosidagi mashqlar;


2021 yil, Maxsus son
95
konstruktiv mashqlar;
ijodiy mashqlar[5].
Namuna asosidagi mashqlar.Gap ustida ishlashning dastlabki va muhim
shakli bo‘lgan namuna asosidagi mashqlarberilgan (matn, gap)larni o‘qish, yozish,
ohang va ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosi va mazmunini tushuntirish,
ayrim hollarda gapni yod olishga o‘rgatish tarzida o‘tkaziladi.
Savollar asosida gap tuzish ham gap ustida ishlashning zarur vositalaridan
sanaladi. Bunda savollar javoblarga namuna vazifasini o‘taydi va asta-sekin
murakkablashtirib boriladi. Zero, savollarda gapning mazmuni qatori unda ishtirok
etuvchi so‘zlarga va sintaktik qurilishiga ishora seziladi. Dastlab ma’nosi u qadar
aniq bo‘lmagan sodda yig‘iq gaplarga asos bo‘ladigan savollar ko‘zda tutilsa,
keyinchalik sodda yoyiq gaplar tuzish uchun kengaytirilgan vazifalar berilishi
maqsadga muvofiq. Masalan:
Hid taraldi. Nima taraldi? Gullardan hid taraldi. Nimalardan hid taraldi? Qanday
gullardan hid taraldi? Rayhon, atirgul kabi gullardan hid taraldi. Rayhon, atirgul
kabi gullardan qanday hid taraldi? Rayhon, atirgul kabi gullardan yoqimli hid taraldi.
Konstruktiv mashqlar. O‘quvchilarni bayon, insho kabi ijodiy ishlar yozishga
tayyorlashda konstruktiv mashqlar alohida o‘rin tutadi.Grammatik tushuncha va
qoidalarga asoslanuvchi konstruktiv mashqlarga jumla, gap tuzish yoki ularni
qayta tuzishga doir mashqlarguruhi mansub.Konstruktiv mashqlarning quyidagi
turlari mavjud: 1) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan
gaplardan matn tuzish; 2) nuqtalar qo‘yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan
gaplarning chegarasini ajratish; 3) berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida
bosqichli yoyish mashqi; 4) berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish;
5) berilgan gapga o‘xshash, uyushiq egali yoki kesimli sodda yoyiq gap tuzish;
6) ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‘lakli sodda gap tuzish [6].
Quyida boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida konstruktiv mashqlarni
o‘tkazishga doir yondashuvlar mazmuni xususida so‘z yuritiladi:
Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn
yaratish.Bu turdagi mashqlarda so‘zlar grammatik materialning o‘rganilishiga ko‘ra bir
necha variantda beriladi. Birinchi variantdaso‘zlar qo‘llashga tayyor holda taqdim etiladi,
bunda faqat o‘quvchilardan mavjud bilimlarga asoslangan holda so‘zlarni tartib bilan
joylashtirish, ongli o‘qish, so‘z ma’nosiga diqqat qaratish ko‘nikmasi talab etiladi. So‘zlar
o‘rtasidagi aloqadorlikni topishda o‘quvchi tafakkurida analiz jarayoni kechadi, shu
asosda qismlarning sintezi amalga oshadi. Gapdagi har bir bo‘lak o‘rnini to‘g‘ri belgilashda
o‘quvchilarga quyidagilar eslatilishi zarur: – berilgan so‘zlarni diqqat bilan o‘qish; – har
bir so‘zning ma’nosiga e’tibor qilish; – gap tuzilishi haqidagi qoidalarni yodga olish; –
so‘zlarni sintaktik munosabatga kirituvchi vositalarni chamalash va tegishli


2021 yil, Maxsus son
96
qo‘shimchalardan foydalanish; –so‘zlarning o‘rnini belgilash; – tuzilgan gapni
intonatsiya bilan o‘qish, tinish belgilarini qo‘yish va ko‘chirib yozish; – nazariy
tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishga doir qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish va h.k.
O‘quvchilarda gap yoki matn tuzish ko‘nikmasini shakllantirishda turli didaktik
o‘yinlar, interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning fikrini to‘g‘ri, aniq, imlo va
uslubiy jihatdan savodli ifodalashga o‘rgatishdan iborat.Professor N.Mahmudovning
ta’kidlashicha, turfa interfaol metodlar “o‘quvchi shaxsini mustaqil fikrlash, izlanuvchanlik,
“tadqiqotchilik”ka qiziqirish, unda ijobiy o‘quv motivlarini hosil qilish, qo‘yilgan
muammoning eng to‘g‘ri echimini topish, mustaqil matn yaratishda yo‘naltiruvchi
topshiriqlar tizimi ustida ishlash orqali shakllantiriladi, rivojlantiriladi” [7].
Xulosa qilganda, gap ustida ishlash mashqlaribog‘lanishli nutq takomiliga
qaratilgan bayon, insho, hikoya kabi ijodiy ishlarni tashkil etishning zarur tarkibiy
qismlaridan bo‘lib, ular o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirish,
kuzatuvchanlik asosida ish tutish, voqea-hodisalarni qiyoslash, savodxonligini
oshirish barobarida mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikma-malakalarini
rivojlantirishga zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Yaratuvchanlik qobiliyatlari
takomiliga qaratilgan konstruktiv mashqlar esa matndagi qismlar va gaplarning
o‘zaro bog‘liqligini anglashlarida alohida o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘ulomova X. Ona tili darslarida matn ustida ishlash // Til va adabiyot
ta’limi. – Toshkent, 2020. ¹10. – 5-b.
2. 
+àìðàåâ À.Ð. Îíà òèëè òàúëèìèäà ¢ùóâ÷èëàðíèíã èæîäèé ôàîëè-
ÿòèíè ëîéè=àëàøòèðèø. Ïåä. ôàí. äîê. (DSc). – Òîøêåíò, 2020. – 164-á.
3. 
Ñàðèåâ Ø. Áîøëàí\è÷ ñèíô ¢ùèø äàðñëàðèäà ìàòí óñòèäà èø-
ëàø îðùàëè íóòù ¢ñòèðèø ìåòîäèêàñèíè òàêîìèëëàøòèðèø (1–2-ñèíô
ìàòåðèàëëàðè àñîñèäà). Ïåä. ôàí. äîê. (PhD) äèññ. àâòîðåô. – Òîø-
êåíò, 2020. – 46 á.
4.
Íàæèìîâà À. Áîøëàí\è÷ ñèíô îíà òèëè äàðñëàðèäà íóòù ¢ñòèðèø
/
Òèë âà àäàáè¸ò òàúëèìèíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè: èëìèé-àìàëèé êîí-
ôåðåíöèÿ ìàòåðèàëëàðè ò¢ïëàìè. – Òîøêåíò, ÒÄÏÓ, 2013. – 124-á.
5. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.
Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2009. – 319-b.
6. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.
Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2009. – 320–321-b.
7. Mahmudov N.M., Ziyadova T.U., Axmedova N., Ramazanova G.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn yaratish ko‘nikmasini shakllantirish. –
Guliston: O‘quv-ta’lim metodika DUK, 2014. – 7-b.


2021 yil, Maxsus son
97
MILLIY QADRIYATLARLARIMIZ ASOSIDA BOLALARDA SOTSIAL
INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY
PSIXOLOGIK JIHATLARI
G.P.ERMATOVA,
NavDPI o‘qituvchisi
Mazkur maqolada umuminsoniy, milliy qadriyatlar va ulardan bola tarbiyasida eng
yaxshi tarbiya vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi haqida qimmatli fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: 
milliy an’analar, qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, maqol, matallar,
tarbiya vositasi, o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, dono fikrlari, eng yaxshi turmush
tajribalari.
 äàííîé ñòàòüå îñâåùåíû öåííûå ðàçìûøëåíèÿ îá îáùå÷åëîâå÷åñêèõ, íàöèî-
íàëüíûõ öåííîñòÿõ è èõ çíà÷åíèè êàê íàèëó÷øåãî ñðåäñòâà âîñïèòàíèÿ ðåáåíêà â ñåìüå.
Êëþ÷åâûå ñëîâà: 
íàöèîíàëüíûå òðàäèöèè, öåííîñòè, óñòíîå íàðîäíîå òâîð-
÷åñòâî, ïîñëîâèöû, ïîãîâîðêè, ñðåäñòâà âîñïèòàíèÿ, âçàèìîóâàæåíèÿ, óâàæåíèÿ
äðóã ê äðóãó, ìóäðûå ìûñëè, ëó÷øèé æèçíåííûé îïûò.
This article highlights valuable reflections on universal, national values and their
significance as the best means of raising a child in the family.
Key words: 
national traditions, values, oral creativity of the people, Proverbs, mats,
means of upbringing, mutual respect, honoring each other, wise thoughts, best living
experiences.
Mamlakatimizda oila va bola tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilib, oilaga
doir islohotlar olib borilmoqda. Ko‘hna tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak oila
muqaddas dargoh va birinchi tabiya maskani sifatida faoliyat ko‘rsatib
kelayotganligini guvohi bo‘amiz.
Darhaqiqat, inson dunyoga kelib ilk olgan sabog‘i va tarbiyasini barchamiz
uchun muqaddas bo‘lgan oiladan ola boshlaydi. Har bir oilaning esa o‘z oldiga qo‘ygan
eng ezgu maqsadlaridan biri: yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalashdir.Bu
jarayonda ularni o‘zligini anglashi, hayotda o‘z o‘rinini topishiga zamin hozirlashdir.
Bu muqaddas maqsad va vazifani ado etish har bir ota-onadan juda katta ma’suliyat
va e’tiborni talab etadi. Shu bilan birga shaxsiy namuna bo‘lishga undaydi. Bu tarbiya
jarayonida avlodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy merosimiz, milliy an’analarimiz,
qadriyatlarimiz asosiy omil, ta’sirchan vositadir. Masalan: bola dunyoga kelgan kundan
boshlab oila davrasida bo‘ladi. Oilada esa katta yoshdagilar ota-ona va buvi-bobolari
bolaga dunyo, tevarak-atrof haqida tushunchalar bera boshlaydilar. Bola tarbiyasida
oilaviy an’analar asosiy tayanch bo‘ladi. Chunki bolalarga bu an’analar ilk yoshlikdan
boshlab o‘rgatiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sigdiriladi.


2021 yil, Maxsus son
98
Milliy an’analar: o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, o‘zaro hamjihatlikda fikr
yuritish, hamkorlikda harakat qilish, bir-birlari bilan murosa qilish, mehribonlik, rahmdillik,
mehr - oqibat, sabr - bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga
izzat kabi ma’naviy qadriyatlarni mujassamlashtirish mumkin. Bunday qadriyatlar o‘sib
kelayotgan yosh avlod shakllanishida o‘ta muhimdir. Shu asosda har bir bolaning
iste’dodi va salohiyati to‘la ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi[1].
“An’ana” asli arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-
avlodga, otalardan-bolalarga, momolardan-onalarga, onalardan-bolalarga o‘tib, davom
etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va boshqalardir. An’ana ijtimoiy
va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar
sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh o‘rtasida keng yoyilgan jarayondir. Shuning uchun
ijtimoiy hayot va an’analarni o‘rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi
va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
An’analarning kelib chiqishi va shakllanib borishi murakkab jarayondir.
Bunda xalqimizning dono fikrlari, eng yaxshi turmush tajribalari, tarbiyadagi axloq
mezonlari, yaqinlarni, insonlarni hurmat-izzat qilish va qadrlashda o‘z ifodasini
topgan. Shuning uchun ham yosh avlod ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitda
vujudga kelgan ilg‘or an’analarni o‘zlashtirishi, unga rioya etishi va uni eng
yaxshi tajribalari asosida boyitishi nihoyatda zarurdir.
An’analar o‘zbek xalqining asrlar mobaynida to‘plagan xalq og‘zaki ijodi
bilan chambarchas bog‘liqdir.U xalqimiz ma’naviy madaniyatining oltin xazinasi
hisoblanadi. Ajdod-avlodlarimiz o‘zlrining hayot tajribalari asosida to‘plangan,
shakllangan dono fikrlarini keyingi avlod vakillariga og‘zaki hikoya qilish, alla,
doston, ertak (ushuk), afsona, asotirlar, rivoyatlar, topishmoq, maqol, matallar
shaklida yetkazib berishga harakat qilganlar[2].
Xalq og‘zaki ijodida inson hayotining hamma qirralari aks etgan. Ularda ota-
onalarning bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish borasidagi yo‘l-yo‘riq va usullari
ham o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir
ko‘rsatuvchi xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda.
Xalqimiz o‘zlari tomonidan yaratilgan dostonlar, afsonalar, ertaklar,
topishmoq, maqol va matallardan oilaviy tarbiya jarayonida keng qo‘llaganlar.
Bolalarni ota-onalarining, oiladagi katta yoshdagi insonlarning gaplariga, pandu-
nasihatlariga quloq solishga, ularning maslahatlariga amal qilishga va doston,
ertak qahramonlaridan namuna olishga o‘rgatganlar.
Xalq og‘zaki ijodiyoti namunalaridan biri bo‘gan maqollardir Masalan:


2021 yil, Maxsus son
99
Inson - odobi bilan, 
Osmon - oftobi bilan.
****
Yaxshi bola - otaga quvvat, 
Yomon bola - uqubat.
****
Husn husn emas, odob husn.
****
Bola- aziz, odobi undan aziz[3].
Bu maqollarda o‘zbek xalqining tarbiyaga oid qarashlari o‘z ifodasini topgan. Bu
e’tiqod yillar davomida ular ongiga singib ketgan[4]. Bola tarbiyasi, inson odobi, odobli
farzand, ota-onani hurmat, inson husni odobi bilan go‘zal ekanligi haqida juda yaxshi
tarbiya vositasi sifatida ma’lumotlar keltirilgan. Ota-onalar farzand ko‘rish, ularni sog‘lom
o‘stirish bilan birga, ularning odobli bo‘lishlarini ham orzu qilishgan. Bola tilga kirishi
bilanoq axloqiy tarbiyaning alifbosi bo‘lgan salomlashishni o‘rgatishgan. Bolalar uyga
kirishda, o‘zidan kattalar bilan uchrashganda, yo‘lda ketayotganda o‘ng qo‘lini ko‘ksiga
qo‘ygan holda “Assalomu alaykum” deb so‘rashadilar. Bu ham xalq tarbiyashunosligining
azaliy o‘lmas sabog‘i bo‘lib, o‘zbek xonadonida mustahkam o‘rin olgan.
Xalqimiz o‘zining an’anaviy tarbiya uslublarida bolalardan kattalarga birinchi
bo‘lib salom berishni, kattalar suhbatiga aralashavermaslikni, ularni turli savollar
bilan charchatmaslikni, kattalar o‘z joylariga o‘tirgunga qadar o‘tirmaslikni, uyga
mehmonlardan so‘ng kirishni, lekin eshikni birinchi bo‘lib ochib, ushlab turish,
ularga yordam berish kabi odob qoidalariga rioya etishni har doim talab qilgan.
Ota-ona dasturxondagi taomga qo‘l uzatmaguncha hech kim qo‘l uzatmagan.
Dasturxon atrofida o‘tirganda choyni yoshi kichiklar quyishgan. Piyolani o‘ng
qo‘liga ushlab, chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, piyolani oluvchiga uzatgan. Dasturxon
atrofida o‘tirganlar ovqatini yeb bo‘lsa yoki biror yoqqa bormoqchi bo‘lsa, faqat
yoshi katta kishilardan kechirim va ruxsat so‘rab, keyin joyidan turganlar. Bunday
qoidalarga rioya qilgan bolalargina, tarbiya ko‘rgan bolalar sifatida baholangan.
Bolalar xulq-atvoriga qarab ota-onalarning tarbiyaviy iqtidorlariga baho berilgan.
Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga yetadi. Keksalar ko‘pincha
“Bug‘doy eksang- bug‘doy olasan, arpa eksang - arpa olasan»” deyishadi.
Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo‘lishi bugun qanday hayot
kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini
qanday tuyg‘ular, qanday orzular bilan to‘ldirayotganimizga bog‘liq.


2021 yil, Maxsus son
100
Oilada bolalarni tarbiyalash uchun xalq pedagogikasi qo‘l kelishini yaxshi biladilar.
Ularda xalqning ilg‘or ananalari urf-odatlari, ertak va maqollari, qo‘shiq va dostonlari,
topishmoq va matallari mujassamlashgan bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodida aqliy, axloqiy
va jismoniy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, insonparvarlik va mehnatsevarlik,
rostgo‘ylik va mardlik kabi tarbiyaning hamma tarkibiy qismlari mavjud.
Xalqning donoligi shundaki, u bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olib, oilaviy tarbiyani xalq faoliyati va o‘gitlari bilan chambarchas bog‘liq holda
olib borilgan.
Oilada ota-ona sifatida asosiy faoliyatimiz bola tarbiyalash bo‘lib, bizning
bugunimiz va ertamizning negizini ana shu tashkil etadi. Oiladagi tarbiya orqali
milliy adriyatlarni bola xulq-atvori va ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Zero, bejizga xalqimizda, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql
mashhur emas. Agar oiladagi ahillik oilalarning mustahkamligining garovi bo‘lsa,
o‘z navbatida mustahkam oila mahallalarning obodligi va tinchligi, aholining totuv
yashashi uchun zarurdir. Bu esa yurt tinchligining garovidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.K.Usmonova Oila tarbiyasi milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning
o‘rni.T.: “Adolat” 2016 yil, 92-bet
2. Qarshiboyeva S., Majidov J., Sharafitdinov. Oilada Bolalarni xalq og‘zaki
ijodi namunalari asosida tarbiyalash T.: 2018 yil, 20-21 betlar.
3. O‘zbek xalq maqollari.2005 yil, 225-bet
4. Farmonova M.Qadriyatlar-ma’naviy kamolot asosi T.2019 yil, 20-bet


2021 yil, Maxsus son
101
MASHGULOTLARDA DZYUDOCHILARNI YUKLAMALARGA
KUNIKTIRIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
A.A.AXMEDOV,
1-kurs magistri
M.A.ASLONOVA,
NavDPI dotsenti
Maqolada yosh dzyudo kurashchilarning tezkor-kuchli sifatlarini rivojlantiradigan
pedagogik texnologiyalar va ulkan samaralilardan foydalanishga bag‘ishlangan maxsus
mashg‘ulotlar mehnati yordami. Dzyudochilarni musobaqalariga o‘tkazishga
moslashtiruvchi yangi harorat dasturiga qo‘shma mashqlar majmuasi yaratilgan.
Kalit so‘zlar
: “Tezkor – kuch sifatlari”, “tezkor-kuch tayyorgarligi”, tezkorlik, kuch.
The article describes the essence of special exercises applied to pedagogical
technologies and their effective use in the development of speed-strength qualities of young
judokas. A set of exercises specific to the new movement program has been created to
adapt judokas to the conditions of the competition.
Key words
: «Quick-power qualities», «quick-strength training», speed, strength.
Ñòàòüÿ ïîñâÿùåíà èñïîëüçîâàíèþ ïåäàãîãè÷åñêèõ òåõíîëîãèé è ñïåöèàëü-
íûõ òðåíèðîâîê, ðàçâèâàþùèõ áûñòðûå è ñèëüíûå êà÷åñòâà þíûõ äçþäîèñòîâ.
Ñîçäàí íîâûé êîìïëåêñ óïðàæíåíèé ïî íîâîé òåìïåðàòóðíîé ïðîãðàììå, êîòî-
ðûé áóäåò àäàïòèðîâàí äëÿ ïåðåâîäà äçþäîèñòîâ íà ñîðåâíîâàíèÿ.
Êëþ÷åâûå ñëîâà
: «Ñêîðîñòíî-ñèëîâûå êà÷åñòâà», «ñêîðîñòíàÿ òðåíèðîâ-
êà», ñêîðîñòü, ñèëà.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyunidagi «Omaviy
sportni oldida rivojlantirish choralari-tadbirlari tug‘risida» gi PQ –3031-son Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10-avgustidagi “Nufuzli halqaro
sport musobaqalarida sport bilan shug‘ullanadigan sportchilar etish hamda
sportchilarni va o‘zlarining treynerlarini ragbatlantirish tug‘risida ”PQ-2779-sonli
Qarorlarining tashqi ko‘rinishini yurgizishda yakkakurash sport turlarining dunyo
mamlakatlari ichidagi o‘zlarini olib borishi kerak bo‘lgan turar joyni kuzatib turadigan
odamni ushlab turadigan odam
Hozirgi kunda dzyudo kurashchilarining xalqaro maydonlarida, jahon
birinchiligida dzyudochilarning kursatib keltirilgan natijalarini qoniqarli deb
bo‘lmaydi. Bellashuv davomida tezkor charchab qo‘llanishlar ikki jismoniy sifatlar
borasida dzyudo byuycha etakchi mamlakatlarning sportchilariga nisbatan jismoniy
qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmagani bilan tanishishingiz mumkin. Bunda uz
samarasini yuqotgan eski uslublardan faydalanib kelinligi ko‘rinib turibdi.


2021 yil, Maxsus son
102
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy rivojlangan
davlatlar texnologiyalarini qayta ishlash va amaliyotga tadbiq etish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ishning maqsadi:
Yosh dzyudo kurashchilarning musobaqa faoliyati
xususiyatini hisobga olgan holda jismoniy qobilyatlari tezkor-kuch sifatlarini
rivojlantirishdagi pedagogik texnalogiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Odatda
mashg‘ulot vositalari asosiy (musobaqa) mashqlarini bajarish tavsifi bilan va
shakli bo‘yicha o‘xshashlikka ega. Demak, masalan sport turlaridagi jismoniy
tayyorgarlik dasturida qaysiki ular uchun chidamlilikni namoyon qilish harakterli
bo‘lgan, uzoq va uzluksiz bajariladigan mashqlar asosiy o‘rinni tutadi, chunki
muximligi inobatga olinib tanlanishi ular asosiy harakat malakasining
shakllanishiga mashg‘ulot qiluvchilarning organizmi funksonal imkoniyatlarining
oshishiga, tanlangan sport turiga yaqin bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga
muvofiq bo‘lishi shart.
Dzyudoda tezkor-kuch sifatlari juda muhim ahamiyat kasb etadi, buni ko‘pgina
mualliflar [2,3,4] va boshqalar takidlab o‘tganlar. So‘ngi yillarda olib borilgan
tadqiqotlarning [2,5] va boshqalar ko‘rsatishicha, ularning ahamiyati ancha oshgan.
Dzyudo harakat elementlariga xos maxsus jismoniy texnik tayyorgarlik mashqlarini
bajarish ko‘p kurash sport turlariga mo‘ljallangan ananaviy qizitish va tiklantiruvchi
vositalardan qo‘llash binobarinda jismoniy sifatlar holatlarini bosqichma-bosqich
takomillashtirish yoshlarni jismoniy qoobilyatlarini takomillashtirishni baholovchi
me’yoriy nazorat sinov-testlari majmuasini ishlab chiqishda va pedagogik
texnalogiya uslublari tadqiqot yordamida asoslanib berildi.
Turli vazn toifasidagi dzyudochilar tomonidan qo‘llaniladigan texnik
harakatlarning individual jamg‘armasi tezkor-kuch tayyorgarligi vositalari hamda
uslublari tarkibi o‘rganildi. Dzyudochining individual hujum va himoya harakatlari
jamg‘armasini hisobga oluvchi tezkor-kuch tayyorgarligi vositalarini tanlash
maqsadga muvofiqdir.
Dzyudo bo‘yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda tezkor-
kuchtayyorgarligini vositalari va uslublarini takomillashtirishga katta ahamiyat
qaratiladi. Biroq shuni takidlash joizki, “Tezkor–kuch sifatlari” va “tezkor-kuch
tayyorgarligi” tushunchalarining o‘zi sportchining kuchni namoyon qilish turlaridan
biri sifatida sport kurashlari nazariyasi va amaliyotiga nisbatan yaqinda kirib kelgan.
Dzyudochilarning olingan musobaqa faoliyati ma’lumotlari va ular
tayyorgarligining alohida tomonlarini ifodalovchi testlar natijasida korrelatsion


2021 yil, Maxsus son
103
tahlil o‘tkazildi. Bu tahlil o‘rganilayotgan musobaqa faoliyatiko‘rsatkichlari va
jismoniy tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga imkon yaratdi.
Tadqiqotlar dzyudochilarning tezkor-kuch tayyorgarligini musobaqa oldi faoliyati
hususiyatini hisobga olgan holda kelgusida ham o‘rganish zarurligini tasdiqlaydi.
Tajribada qatnashayotgan dzyudochilar uchun tezkor-kuch
tayyorgarligining oldindan ishlab chiqilgan dasturi umumiy ko‘rinishda amaliy
tavsiyalarda keltiriladi. U mashg‘ulot usuliyatining asosiy yo‘nalishlarini aks
ettiradi va zarur parametrlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur parametrlarning bajarilishi
dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligini yanada yuqori darajasini ta’minlaydi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, biz mashg‘ulot kuchlanishlarining
musobaqa kuchlanishlariga muvofiqligi tamoiliga amal qildik. Bu tamoil tezkor-
kuch sport turlari va birinchinavbatda, malakali sportchilar tayyorlash jarayoni
uchun katta ahamiyatga ega.
Tajribada shu narsa isbotlandiki, dzyudoda o‘rganilayotgan usulni uzoq
vaqt takrorlash nisbatan sekinlashtirilgan harakatlarning mustahkamlanishiga olib
keladi. Shu sababli murakkab mashqni nisbatan oddiy tarkibiy qismlarga bo‘lib
yuborish hamda bu elementlarni maksimal tezlik va kuchlanishlarda
takomillashtirishni amalga oshirish oqilona bo‘ladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M., Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini tiklash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabil qilinganligini 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016
yil 7-dekab. – Toshkent “O‘zbekiston” NMIU, 2017 y. –48 b.
2.Áàêèåâ Ç.À. Ýðêèí êóðàø íàçàðèÿñè âà óñëóáèÿòè. –Ò., 2013.-24 ñ.
3. Èëîâ À.Í., Àðñëîíîâ Ø.À., Áàãäàñàðîâ À.Þ. “Äçþäî íàçàðèÿñè âà
óñëóáèÿò蔠Ò-2012 , No6, ñ. 364.
4. Êåðèìîâ Í.À. Ñêîðîñòíî-ñèëîâàÿ ïîäãîòîâêà äçþäîèñòîâ è áîðöîâ
âîëüíîãî ñòèëÿ/Ìåòîäè÷åñêèå ðåêîìåíäàöèè. -Ò, 1990, 20ñ
5. Êèì Â.À. Ìåòîäû ïîäãîòîâêè äçþäîèñòîâ âûñîêîãî êëàññà (íàó÷íî-
ìåòîäè÷åñêàÿ ðàçðàáîòêà).


2021 yil, Maxsus son
104
BOLALARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI YUQORI
DARAJADA TAYYORLASH VA O‘RGATISH TIZIMLARI
N.NAMOZOVA,
1-kurs magistri,
M.A.ASLONOVA,
NavDPI dotsenti
Ushbu maqolada Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib
borilayotgan ishlar mohiyati yoritilgan. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida ularning
yoshini, anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotning
vosita va uslublarini tanlash muhimligi o‘rganilgan va tahlil qilingan
Kalit so‘zlar: 
jismoniy tarbiya, sport, sport musobaqalari, futbol, yosh sportchilar,
federatsiya, mashq, texnika, taktika, jismoniy tayyorgarlik.
This article describes the essence of the work carried out in the field of physical
culture and sports in the Republic. In the process of training young athletes, the importance
of choosing the means and methods of training, taking into account their age, anatomical,
physiological and mental characteristics, was studied and analyzed.
Key words
: physical education, sports, sports competitions, football, young athletes,
federation, exercise, technique, tactics, physical training.
 ñòàòüå ðàñêðûòà ñóùíîñòü ðàáîòû, ïðîâîäèìîé â îáëàñòè ôèçè÷åñêîé
êóëüòóðû è ñïîðòà â ðåñïóáëèêå. Â ïðîöåññå ïîäãîòîâêè þíûõ ñïîðòñìåíîâ èçó÷à-
ëàñü è àíàëèçèðîâàëàñü âàæíîñòü âûáîðà ñðåäñòâ è ìåòîäîâ òðåíèðîâêè ñ ó÷å-
òîì èõ âîçðàñòíûõ, àíàòîìî-ôèçèîëîãè÷åñêèõ è ïñèõè÷åñêèõ îñîáåííîñòåé.
Êëþ÷åâûå ñëîâà
: ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà, ñïîðò, ñïîðòèâíûå ñîðåâíîâàíèÿ,
ôóòáîë, þíûå ñïîðòñìåíû, ôåäåðàöèÿ, óïðàæíåíèÿ, òåõíèêà, òàêòèêà, ôèçè-
÷åñêàÿ ïîäãîòîâêà.
Yosh sportchilarni jismoniy tayyorlash tushunchasi, uning ahamiyati, turlari,
vazifalari va vositalari Yosh sportchilarni jismoniy tayyorlash sport
mashg‘ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni har
tomonlama rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni
takomillashtirish va tayyorgarlikning barcha boshqa turlari uchun mustahkam
funksional baza yaratishga yo‘naltirilgan jarayon sifatida tushuniladi.
Zamonaviy sport, sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga yuksak talablar
qo‘yadi. Buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
1) Sportdagi yutuqlarning o‘sib borishi har doim sportchidan jismoniy
qobiliyatlar rivojining yangi darajasini talab qiladi;
2) Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi mashg‘ulot va musobaqa
yuklamalarini oshirishning zaruriy sharti.


2021 yil, Maxsus son
105
Yosh sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi (UJT) yuksak natijalarga
erishish uchun poydevor, zarur asos hisoblanadi. U quyidagi vazifalarni hal etishga
qaratilgan. 1) Yosh sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish;
2) Jismoniy sifatlar-kuch, tezkorlik, chidamkorlik, epchillik va egiluvchanlikni
rivojlantirish; 3) Yosh sportchilar organizmining jismoniy rivojlanishidagi
nuqsonlarni yo‘q qilish[1]. Yosh sportchilarning yordamchi jismoniy tayyorgarligi
maxsus jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali faoliyat
uchun zarur bo‘lgan funksional asosni yuzaga keltirishga mo‘ljallanadi.
U maxsus yo‘nalishga ega bo‘lib, quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
1) Sportchining tanlangan sport turiga xos harakat faoliyatlarida namoyon
bo‘ladigan funksional imkoniyatlarini rivojlantirish; 2) Organizmning yuqori
darajadagi maxsus yuklamalarga chidamliligi qobiliyatinitakomillashtirish; 3)
Tiklanish jarayonlarining kechish shiddatini orttirish.
Yosh sportchilarni maxsus jismoniy tayyorlash quyidagi vazifalarni hal etadi:
a) Tanlangan sport turi uchun xos bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni
takomillashtirish;
b) Tanlangan sport turi bo‘yicha muvaffaqiyatli texnik-taktik takomillashuv
uchun zarur bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini chuqurlashtirib rivojlantirish;
c) Ixtisoslashtirilgan mashqlarni bajarishda ko‘proq qatnashadigan alohida
mushak guruhlarini tanlab rivojlantirish.
Jismoniy qobiliyatlar haqida tushuncha, ular namoyon bo‘ladigan asosiy shakllar.
Shaxsningjismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug‘ullanuvchilar harakatlarni
va ular bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, o‘z jismoniy qobiliyatlarini ham
rivojlantiradilar. Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun
“jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atamalaridan foydalaniladi. Bu tushunchalar
ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘lsalarda, lekin bir xil emaslar[2].
Xozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajratish qabul
qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va
egiluvchanlik. Ularni har biri harakat faoliyatining har hil turlarida xilma-xil shakllarda
namoyon bo‘ladi. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
Barcha jismoniy qobiliyatlarning yo‘naltirib rivojlantirilishiga xos qator
qonuniyatlar mavjud.
Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Harakat-jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining etakchi omili.
2. Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog‘liqligi.


2021 yil, Maxsus son
106
3. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichligi.
4. Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi (turli vaqtga mansubligi).
5. Qobiliyatlar rivojlanish ko‘rsatkichlarining qaytariluvchanligi.
6. Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi.
7. Harakat malakalari va jismoniy qobiliyatlarning o‘zaro aloqasi va birligi.
Harakatga o‘rgatish va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonlari, ularning
ta’sir ob’ekti bitta-jismoniy mashqlarni bajarayotgan muayyan odam bo‘lishiga
qaramay, turli qonuniyatlarni bo‘ysunadi.
Qonuniyatlarning o‘ziga xosligi ularni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli
pedagogik amallarni talab qiladi: harakatlarga o‘rgatish uchun-bir xil pedagogik
tamoyillar, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun boshqalari[3]. Pedagogik
ta’sirotlar natijasini o‘stirishda yuksaltirib borish va moslashtiruv-adekvat
chegaraviyligi tamoyili. Mazkur tamoyil jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining
bosqichma-bosqichligi va bir tekisda bormasligi qonuniyatlariga asoslanadi. Bu
tamoyilga ko‘ra, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish jarayonida ikkita, bir
qarashda o‘zaro zid yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirish zarur bo‘ladi.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda yosh xususiyatlari. Yosh sportchilarni
tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh
xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy
sifatlar rivojining o‘ziga xos jihatlarini, harakat ko‘nikma va malakalarining
shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir. Umumiy chidamlilik keng mushak
guruhlarining ishtiroki bilan kechadigan aerob xususiyatli mushak faoliyatini uzoq
muddat davomida bajarish qobiliyatidir.
Umumiy chidamlilikning rivojlanish darajasi asab va endokrin tizimlarining
funksional imkoniyatlari, yurak unumdorligi, harakat hamda vegetativ apparatlar
ishining sozlanganligi bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdayoq bolalar
chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan aerob xususiyatli nisbatan uzoq
muddatli ishlarni bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 5-6 yoshli bolalar bir dars
davomida 1,5 km masofani, bir yil muntazam shug‘ullanganda esa 2,5 km gacha
masofani yugurib bosib o‘ta oladilar.
Kichik maktab yoshida aerob yo‘nalishdagi yuklamalar afzalroq sanaladi.
Ular yurak qon tomir va nafas tizimlarining maqbul tarzda ishlashi uchun sharoit
yaratadi. Bunday mashqlarning samaradorligi mashg‘ulotlarning dastlabki
yillarida yuqori shiddatli maxsus yuklamalar beriladigan vaqtdagina past
bo‘lmaydi. Tezkorlik insonning tashqi ta’sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda


2021 yil, Maxsus son
107
tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik-kuch
sifatlarining o‘ziga xos shakllarida namoyon bo‘ladi. Asab jarayonlarining
harakatchanligi, mushakka berilgan asab impulsining amalga oshish tezligi va
samaradorligi tezkorlikning fiziologik shartlari sanaladi.
Tezkorlik sifatining namoyon bo‘lishi ATF qisqarishlar quvvat manbaining
resintezini ta’minlovchi biokimyoviy reaksiyalar tezligiga ham bog‘liq. Katta tezlik
bilan harakatlanishda insonning faqat funksional xususiyatlari emas, morfologik
sifatlari: bo‘yi, tana og‘irligi ham katta ahamiyatga ega. Mushak kuchi mushakning
zo‘riqish darajasi, shuningdek, tashqi qarshilik yoki og‘irlikka qarshi harakatlar
kattaligi bilan tavsiflanadi. Mushak kuchining morfologik asosi mushak tolasidagi
qisqartiruvchi oqsil miqdori, mushak tolalarining yo‘g‘onligi xisoblanadi.
Kuch sifatining maksimal namoyon bo‘lishida natijaga ruhiy xozirlik ko‘rish,
iroda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mushak kuchining namoyon bo‘lishi,
shuningdek, mushak tolalarining tezkor yoki sust turiga ham bog‘liq. Agar mushaklarda
tezkor tolalar ko‘proq bo‘lsa, inson yuqori sur’atli tezlik-kuch harakatlarida maksimal
quvvatni rivojlantirishga, portlash xususiyatiga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishga
qodir bo‘ladi. Sust motor birliklarining ko‘proq bo‘lishi uzoq muddat mobaynida
mushak zo‘riqishini saqlab turish imkonini beradi. Bunday kishilarda kuch chidamliligi
portlash tipidagi kishilarnikiga qaraganda ancha baland bo‘ladi[4].
Epchillik muvofiqlash nuqtai nazaridan murakkab harakatlarni bajarish, ularni
tez o‘zlashtirish, yuzaga kelgan vaziyatga qarab harakatlarni o‘zgartira olish qobiliyati
bilan tavsiflanadi. Epchillikni rivojlantirish uchun harakatlarni faqat oqilona va tez
o‘zlashtirish emas, ularni o‘zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq tarzda qo‘llash
kabi usullar fiziologik asoslangan sanaladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda buning
uchun harakatli o‘yinlar, sport elementlari, o‘yin mashqlar, estafetadan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdullaev A., Xonkeldiev Sh.X. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”
o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2005 y.
2. Livistkiy A.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya nazariyasi
va metodikasi” o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 1995 y.”
3. Mahkamdjanov K.M., Tulenova X.B. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi” o‘quv qo‘llanma T.: TDPU nashriyoti 2001-2002 y.
4. Salomov R.S va boshqalar “Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligiga kirish”
o‘quv qo‘llanma T.: Medistina nashriyoti. 1990.


2021 yil, Maxsus son
108
O‘QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN SPORT ISHLARNING
SOG‘LOMLASHTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARI
U.T.XAMRAYEV,
1-kurs magistri
Yo.X.MUSAYEV,
NavDPI, (PhD)
Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak
cho‘qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin,
raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan,
to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga
mos ravishda rivojlantirish sport mashg‘ulotining muhim shartlaridan biridir.
Kalit so‘zlar
: bolalik davrida sport bilan o‘z vaqtida shug‘ullanish, gimnastika
mashqlari, maktab yoshidagi bolalar, sport, jismoniy tarbiya, Sport bilan shug‘ullanish,
yengil atletikaning, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, milliy kurash, suzishning
texnik asoslari.
In modern sports practice, physical training is the only and decisive foundation that
brings technical and tactical skills to great heights. Therefore, one of the important
conditions for training competitive athletes is to develop their physical qualities from an
early age, in accordance with the specifics of the sport chosen by children who have just
joined the club.
Key words
: timely participation in sports in childhood, gymnastics, school-age
children, sports, physical education, sports, athletics, volleyball, basketball, rhythmic
gymnastics, national wrestling, swimming techniques basics.
 ñîâðåìåííîé ñïîðòèâíîé ïðàêòèêå ôèçè÷åñêàÿ ïîäãîòîâêà ñëóæèò óíè-
êàëüíîé è ðåøàþùåé îñíîâîé, êîòîðàÿ âûâîäèò òåõíè÷åñêèå è òàêòè÷åñêèå íà-
âûêè íà áîëüøóþ âûñîòó. Ïîýòîìó îäíèì èç âàæíûõ óñëîâèé ñïîðòèâíîé ïîäãî-
òîâêè ÿâëÿåòñÿ ðàçâèòèå ôèçè÷åñêèõ êà÷åñòâ ñ ðàííåãî âîçðàñòà äëÿ ïîäãîòîâ-
êè êîíêóðåíòîñïîñîáíûõ ñïîðòñìåíîâ â ñîîòâåòñòâèè ñî ñïåöèôèêîé âèäà
ñïîðòà, âûáðàííîãî äåòüìè, òîëüêî ÷òî âñòóïèâøèìè â êëóá.
Êëþ÷åâûå ñëîâà
: ñâîåâðåìåííîå çàíÿòèå ñïîðòîì â äåòñòâå, ãèìíàñòè÷åñ-
êèå óïðàæíåíèÿ, äåòè øêîëüíîãî âîçðàñòà, ñïîðò, ôèçè÷åñêàÿ êóëüòóðà, ñïîðò,
òåõíè÷åñêèå îñíîâû ëåãêîé àòëåòèêè, âîëåéáîë, áàñêåòáîë, õóäîæåñòâåííàÿ ãèì-
íàñòèêà, íàöèîíàëüíàÿ áîðüáà, ïëàâàíèå.
Jismoniy tarbiya tizimida sport o‘quvchilarning har tomonlama jismoniy
tarbiyasining asosiy vosita va metodlari sifatida qaraladi. Boshlangich maktab
yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida ham sport katta o‘rinni egallaydi. Sport
jismoniy tarbiya vositasi sifatida bolalarning sog‘ligini mustahkamlash uchun
katta imkoniyatlarga egadir. To‘g‘ri tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari markaziy


2021 yil, Maxsus son
109
nerv tizimini (MNT) takomillashtirishga, o‘pka, yurak tomiri tizimining ishlarini
yaxshilashga, muskul haj mining, qon tarkibining, modda almashuvining
yaxshilanishiga imkon yaratadi.
Sport bilan shug‘ullanish jarayonida tarbiyaviy masalalarning bir qatorini
va eng avvalo ijobiy axloqiy va irodalilikni tarbiyalashni hal etish uchun sharoitlar
yaratiladi.Ilmiy kuzatishlar, amaliy tajribalar shu narsani ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tashkil
etilgan mashg‘ulotlar bolalarni umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishni
yaxshilashga imkon beradi, bolalarni mehnatga o‘rgatadi, irodali xarakterni
tarbiyalaydi, axloq madaniyati, intizomini oshiradi va xarakterining boshqa ijobiy
tomonlarini tarbiyalaydi.
Bolalik davrida sport bilan o‘z vaqtida shug‘ullanish sport ustalari
o‘rinbosarlarini yetishtirishga imkon beradi. Bularning hammasi sportni
o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasining almashtirib bo‘lmaydigan vositasi bo‘lib
qolishiga olib keladi. Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyada sport
elementlari bolalarning o‘quv mashg‘ulotlarda maktabdan tashqarida va kundalik
hayotida o‘z o‘rnini egallaydi. Bu mashg‘ulotlar: a) ayrim sport turlarining sport
texnikasini egallashda; b) bolalarni uzoq vaqt bir tizimda trenirovka talab
etmaydigan oddiy sport musobaqalarda qatnashishga olib keladi.Sport elementlari
maktab dasturiga kiritilgan.
Bolalar darsda gimnastika mashqlarining, yengil atletikaning, voleybol,
basketbol, badiiy gimnastika, milliy kurash, suzishning texnik asoslarini
o‘rganadilar. O‘quv normalarini topshirish sport musobaqalari shaklida o‘tkaziladi.
Umumiy olganda jismoniy mashqlarni bajarishning ixtiyoriy ko‘rinishiga (ertalabki
gigiyenik gimnastika, quvnoq daqiqa va boshqalar) musobaqa elementlarining
kiritilishi mashg‘ulotning qiziqarli (emotsional) o‘tishiga ko‘maklashadi,
mashqlarni yaxshiroq sifatli bajarilishiga imkon yaratiladi.Musobaqalar, mashq
texnikasini o‘rganish guruh jamoalar yig‘i-lishlarida, sog‘lomlashtirish kunlarini,
maktabda jismoniy tarbiya bay-ramlarini o‘tkazishda amalga oshirilishi mumkin.
Maktabdan tashqari musobaqalarda, turar joylarda, mahallalarda parklarda
eng yaxshi yuguruvchilar, balandlikka sakrovchilar, irg‘ituvchilar, suzuvchilar
musobaqasi keng o‘tkaziladi. Bolalar bilan olib boriladigan sport ishlarida 2
yo‘nalishni ajratishimiz mumkin: 1) sport elementlarining jismoniy tarbiyada
qo‘llanilishi -sportga bo‘lgan qiziqish va yaqinlashishni dastlabki bosqichidir; 2)
sportning ayrim turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlari.Sportning
ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlari yuqori malakali yosh sportchilarni ommaviy sport
ishlarining tashkilotchilarini, sport bo‘yicha jamoatchi hakam, instruktorlari
tayyorlashga qaratilgan.
Sportning ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlari BO‘SM maktab jamoasining


2021 yil, Maxsus son
110
sport seksiyalarida o‘tkaziladi. Uning vazifasi shundan iboratki, bolalar sistemali
mashq o‘tkazadilar, sportning tanlab olingan turi, texnikasi va taktikasini
egallaydilar, sport musobaqalarida qatnashadilar, jismoniy sifatlarini
rivojlantiradilar, organizmning funksional imkoniyatlarini oshiradilar.
Oxirgi yillarda bolalarning sevimli o‘yinlaridan biri rolikli konkida uchish
bo‘lib qoldi va ommaviy holda ko‘chalarda turar joylarda mustaqil
shug‘ullanadilar. Agarda rolikli konkida yugurishni sport turi sifatida maktablarda
to‘garak tashkil qilinsa, unga qabul qilishni 9-10 yoshdan oldin boshlash maqsadga
muvofiq emas, chunki kichik yoshdagi bolalar yugurishtexnikasini egallashga
tayyor emas, oyoqlarning bo‘sh muskullarni bukulish hollarini saqlay ololmaydi
va to‘g‘ri oyoqda yuguradilar, ya’ni noto‘g‘ri texnikani egallaydilar.Ammo
sportdagi kelgusi muvaffaqiyatlarining fundamenti bolalik va o‘smirlik sportida
qo‘yila boshlanadi.
Sport tarjimayi hoi, ko‘p yillik kuzatishlar tahlili sportning ayrim turlari bilan
mashg‘ulotni boshlash uning xususiyatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Masalan, 7-8
yoshda suzish va figurali uchish bilan 8-9 yoshda tog changi sporti, suvga
sakrash, tennis bilan; 9-10 yoshda; 7-8 b.gimnastika, 8-9 yoshda akrobatika, sport
gimnastika; 7-8 -(qizlar), 10-11 yoshda -futbol, xokkey, qo‘l to‘pi, voleybol,
basketbol; 11-12 yoshida-yengil atletika, chang‘i musobaqasi, velosiped, suv
to‘pi, 12-14 yoshda -boks va hokazo bilan shug‘ullanish mumkin (bu ma’lumotlarni
aniqlash kerak, chunki hozirgi davrda yil sari milliy terma komandada
qatnashuvchilarning yoshi kichrayib bormoqda), demak sport turlari bo‘yicha
shugullanishni ancha oldin boshlayaptilar.
Eng yuqori muvaffaqiyatlar 25 yoshda erishiladi, lekin yildan yilga yoshi
kamayib bormoqda, hozirgi gimnastikada 13-14 yoshlik chem-pionlar bor. Katta
yoshdagi bilan taqqoslanganda mashqlarning bajarishning texnik shartlari
o‘zgarmoqda: snaryadlar o‘lchami, kamaymoqda, shakli o‘zgarmoqda, maydon
o‘lchami ham kamaymoqda, masofalar qisqarmoqda, mashqlarni bajarish
yengillashmoqda.
Kichik yoshdagi bolalar va o‘smilarning yutuqlariga beriladigan baholar
kamaymoqda. Ko‘p yil davomida bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun
inventorlarning maxsus standartlarini ishlab chiqmoqda.Mashg‘ulotlar kattalarga
nisbatan umumiy jismoniy tayyorgarlikning kengroq bazasida o‘tkazilishi lozim.
Ular mazmun jihatdan turlicha bo‘lishi kerak.
Mashqlarni faqat maxsus turidan tanlanishiga chek qo‘yish kerak
(birtomonlama spetsifika), chunki bu yuklamaning ortib ketishiga olib keladi. Ayrim
hollarda sportchi bo‘yi o‘sishining to‘xtab qolishi, umumiy jismoniy
rivojlantirishning yetarli bo‘lmaganiga bog‘liqdir.Shu narsa xarakterliki, AQSH


2021 yil, Maxsus son
111
terma komandasida faqat b/bol bilan shug‘ullanadigan birorta ham o‘yinchi yo‘q
edi. Hamma o‘yinchilar sportning yana 9 turi bilan shug‘ullanadilar. Lekin b/bol
bo‘yicha o‘smirlarga qo‘yilgan talab shundaki, har bir b/bolchi Amerika f/boli,
beysbol, tennis, suzish va yengil atletikaning ayrim turlari bo‘yicha maktab terma
komandasida bo‘lish kerak.
O‘zbekistonda yosh bo‘yicha bolalar va o‘smirlar musobaqalarning tizimi ishlab
chiqilgan: 9-10 maktab bo‘yicha -1 bosqich 11-12 maktab bo‘yicha - I bosqich 13-14
tuman, shahar, vil.miqyosida - II bosqich 15-16 viloyat, respublikasi miqyosida -III
bosqich17-18 viloyat, respublikasi miqyosida -III bosqich.
O‘quvchining yoshi qancha kichik bo‘lsa, musobaqa masshtabi shuncha
kichik bo‘ladi (Sog‘liqni saqlash, jismoniy va psixologik yuklamaning ortishi),
chunki musobaqalar qancha yiriklashsa, talab va haya-jonlanish shuncha katta
bo‘ladi. Sport turlari bo‘yicha har bir yoshda musobaqalar soni o‘matilgan.
Masalan: 11-12 yoshliklar uchun gimnastikadan (5-6) umumiy jismoniy tayyorgarlik
bo‘yicha (2 ta) klassifikatsiya 13-14 yoshidagi umumiy jismoniy tayyorgarlik
bo‘yicha (5-6), (4) klassif. -yengil atletika va hokazo.
Xulosa o‘rnida shuni ta’ridlash joizki, bolalar uchun sport bilan
shug‘ullanishda asosiy talablar quyidagi bo‘lishi kerak: turmushda, o‘qishda va
mehnatda, o‘quv joylarida, sanitariya gigiyena talablariga rioya qilish, sog‘liq
jismoniy rivojlantirish va jismoniy tayyorgarlik ustidan tibbiy, pedagog nazoratini
yaxshi tashkil etish. Ko‘p yillik ishlar rejalashtirilayotganda yosh sportchilar bilan
olib boriladigan trenirovka ishlarining bosqichlariga rioya qilish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ø.Ì.Ìèðçè¸åâ. “Æèñìîíèé âà ìàúíàâèé åòóê ¸øëàð –ýçãó ìàù-
ñàäëàðèìèçãà åòèøäà òàÿí÷èìèç âà ñóÿí÷èìèçäèð” ìàâçóñèäࠓÊàìî-
ëîò” ¸øëàð èæòèìîèé =àðàêàòèíèíã IV ùóðóëòîéèäàãè íóòùè. Õàëù ñ¢çè.
2017 éèë
2.Âåðõîøàíñêèé Þ.Â. Ãîðèçîíòû íàó÷íîé òåîðèè è ìåòîäîëîãèè
ñïîðòèâíîé òðåíèðîâêè //Òåîðèÿ è ïðàêòèêà ôèçè÷åñêîé êóëüòóðû. -Ìîñê-
âà, 1998.-No7. -Ñ.41-54


2021 yil, Maxsus son
112

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish