MAVZU: POYTAXTIM - FAXRIM. So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama so‘zlar.
So’zlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma va juft bo’ladi.
Sodda so’zlar bir o’zakdan,
Qo’shma so’zlar birdan ortiq o’zakdan,
Juft so’zlar ikki o’zakdan yasaladi.
Sodda Qo’shma Juft shahar Oltintepa qarindosh-urug’ bunyodkor gulbeor uy-joy o’ynamoq guvohnoma bordi- keldi kitob tinchliksevar katta-kichik Topshiriq. Berilgan rasmlarni kuzating va tayanch so‘zlar asosida gaplar tuzing. Tayanch s o ‘ z l a r: muhtasham saroy, keng ko ‘cha, zamonaviy va qulay, turar joy binolari, koshona, ma 'rifat markazi, elektron kutubxona. 2-mashq. Matnni o’qing.Sodda so’zlarni aniqlang. Yozda Oqtosh tog‘ yonbag‘ridagi „Quyoshli“ oromgohida dam oldim. Oromgoh tog‘ bag‘rida, soya-salqinda joylashgan ekan. Tog‘ yonbag‘ridagi archazorlar, sharqirab oqib turgan soy, baland-baland daraxtlar, toza havo bizga juda yoqdi. Har kuni bolalar bilan futbol, voleybol, shaxmat o‘ynadik, qiziqarli kitoblar o‘qidik, sayohatlarga bordik. Oromgohdagi turli to‘garaklarga a’zo bo‘ldik. San’atkorlar, darslik mualliflari, shoir va yo- zuvchilar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Dam olish juda maroqli o‘tdi. 3-mashq. Berilgan so’zlardan sodda so’zlarni ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzib bering Shahar, poytaxt, maktab, katta-kichik, ilmli, bog’bon, qo’lqop, belbog’, ota-ona, chiroyli, baland-past, boychechak, ertapishar, asalari, tinchliksevar, kitob, yeryong’oq, tez-tez. Namuna; Bizning shahar kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. 3-mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzing. So‘ng ularni ketma- ketlikda joylashtirib matn tuzing. 1.Shahar, turar joy, zamonaviy, binolar, qurilmoq, juda ko‘p. 2.Bu yil, sport majmuasi, yangi, bunyod etilmoq, shahar. 3.Biz, juda, o‘z, shahar, yaxshi ko‘rmoq. 4.Ona, men, o‘z, faxrlanmoq, bilan, shahar. 5.Ona, va, shahar, obod, yildan yilga, go‘zal, bo‘lmoq. Namuna: 1.So’ngi yillarda shahrimizda juda ko’p zamonaviy turar joy binolari qurilmoqda. 2. Bu yil shahrimizda yangi sport majmuasi bunyod etilmoqda. Qolgan so’zlardan yuqoridagi kabi gaplar tuzib, matn ko’rinishida ketma-ket joylashtiring
3-topshiriq. Berilgan javoblarga mos savollar tuzing.
— ... ? — Toshkentdagi eng katta sport majmuasi „Bunyodkor“ deb nomlanadi.
— ... ?— „Bunyodkor“ stadioni 34 ming o‘ringa mo‘ljallangan.
— ... ?— Sport majmuasida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi ham ochilgan.
Namuna; Toshkentdagi eng katta sport majmuasi qanday nomlanadi.
4- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing.
Toshkentim
Tinchlik, do‘stlik, shon shahri,
Toshkent, azizim — onam.
Ko‘rkam favvoralarga
Mahliyo butun olam.
Yoshlik, shodlik maskani
To abad ko’rma zavol.
Tungi ko’chalar sehrin
So’ylab berar majnuntol
Uyga vazifa Shahringizda qurilgan yangi inshootlar haqida ma’lumot bering
Do'stlaringiz bilan baham: |