Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


O`z-o`ziga bahoning past bo`lishi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

O`z-o`ziga bahoning past bo`lishi:
Ko`pincha atrofdagilarning shaxsga 
nisbatan o`ta kuchli talablarni uddalay olmaslik, turli xil e`irozlarning doimiy 
tarzda bildirilishi, oilada, o`qishda va muomala jarayonida muvaffaqiyatsizlik 
uchrashi mumkin. Mazkur xolatda bola ruhiy zo‘rikish holatiga tushib qolishi
atrofdagilardan chetroqda yurishga intilishi, o`zining kuchi, qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo`lishi bilan ajralib turadi, oqibatda 
o`zining real «Men»idan qochishga intiladi. 
Sotsiogentik konsepsiyada shaxsning talqin etilishi.
 
Neofreydizm oqimining yirik vakillari Karen Xorni (1885-1953), G.Salliven 
(1892-1949), Erix Fromm(1900-1980)larning fikricha, odam psixikasining 
shakllanishi va rivojlanishiga ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxslararo munosabatlar 
juda katta ta`sir o‘tkazadi.
O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Karen Xorni Berlinda amalyotchi 
psixoanalitik sifatida faoliyat olib borar va o‘zida ma‘lum ma‘noda marksistik 
g‘oyalarni his etib turardi, lekin Xorni marksistik dunyoqarashning xaqiqiy 
moxiyatini unchalik tushuna olmaydi. Shunga qaramay marksistik nazarya bilan 
tanishish izsiz yo‘qolib ketmaydi, Xorni biologik mayllarni Freydga xos bo‘lgan 
iqtibosini tanqid qilib ijtimoiy omillarning ro‘lini oshirishga harakat qiladi.
30-yillarning boshlarida G‘arbiy Yevropaning bir guruh analitiklari 
AQSHga ko‘chib o‘tishadi. Bu davr imperializmning jahon tizimidagi ulkan 
silsilalar davri bo‘lib qoldi, Germaniyada xokimyat tepasiga fashistlar keldi. 
Butun kapitalistik dunyodagi sinfiy va g‘oyaviy qarama-qarshiliklar o‘ta 
xavfli nuqtaga yetib chiqdi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat psixik faoliyatni o‘rganishga 
qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga yangi istiqbolli yo‘nalishlar ochib berdi.
Jamiyatdagi ijtimoiy fikrlar va insoniy munosabatlarni o‘rganishning 
empirik yo‘liga o‘tgan ijtimoiy psixologiya tez sur`atlarda rivojlana boshladi. 
Kishilarni o‘rganish amaliyoti (nevrotik buzulishlardan ozor chekkanlar 
uchun ham), ularning ruhiyatidagi jarohatlar bolalikdagi jinsiy mayillarning 


67 
siquvga olinishi natijasi emas, balki fashizm va iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga 
kelgan xavf-hatar hosilasi ekanligidan darak berardi. Psixoanalitiklar ko‘z o‘ngida 
o‘tgan asir oxirlarida Breyr va Freyd mijozlari azob chekkan nevrotik 
buzulishlardan farqlanuvchi boshqa simptomlar namoyon bo‘la boshlaydi. 
Karen Xorni Amerika psixoanalitik institutini tashkil etdi va qator kitoblar 
(―Bizning davrdagi nevrotik shaxs‖ (1937), ―Bizdagi ichki nizolar‖ (1945), 
‖Nevrozlar va odamning rivojlanishi‖(1950))ni nashrdan chiqardi va shu orqali 
Freydning biologik yo‘nalishini tanqid ostiga oldi.
Nevrozlarning vujudga kelish sabablarini ochib berish uchun, deb ko‘rsatadi 
Xorni, - ijtimoiy voqelik(ijtimoiy muxit)ga murojaat etish kerak.
Barcha nevrotiklarga reaksiyalarning rigidligi (yangi sharoitga tezda 
moslasha olmaslik) xos bo‘lib, mavjud imkoniyatlar va real muvaffaqiyatlar 
o‘rtasida uzilish mavjuddir. Ushbu simptomlarning manbasi Edip kompleksi emas, 
balki oldindan his etilgan xavotirlik tuyg‘usidir. U bu foniy dunyoda o‘zini yog‘iz 
va yordamga muhtoj holda his etayotgan bolalarda paydo bo‘ladi.
Agar ota-onalar o‘z farzandlarini begona kishilar tazyiqidan o‘z mehr-
muhabbati orqali muxofaza etmasa, xavotirlik xissi ortib turg‘unlik kasb etadi. 
Qo‘rquv xissidan ozod bo‘lish va xavf-hatarsiz hayotga bo‘lgan ehtiyoj – odam 
xulq –atvorini harakatga keltiradi.
Freyd yozgan jinsiy buzulishlar va tajovuzkorlik tendensiyasi, Xorni fikricha 
nevrozning sababi emas, balki uning natijasi xisoblanadi.
Xavotirlanish xissi, undan ximoyalanish vositasi sifatida ayrim nevrotik 
ehtiyojlarni paydo qiladi, ulardan eng muhimlari – odamlarga qarab yurish, 
odamlardan uzoqlashish va odamlarga qarshi yurishdir. Individ xulqida u yoki bu 
vektor(yo‘nalish)ning ustunlik qilishi natijasida nevrotik shaxs shakillanadi. 
Individ va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit orasidagi o‘zaro munosabatlar 
tizimida yuzaga keladigan ziddiyatlarning hal etilishiga ijobiy ruhda qarash 
mumkin, chunki shaxslararo munosabatlarga ta‘sir ko‘rsatish, xulqning genetik 
determinantlariga ta‘sir etishdan ko‘ra osonroq kechadi.
Ijtimoiy omillarga murojaat etish, Edip kompleksi va jinsiy mayillar 
g‘oyasidan voz kechish – Freyd nazariyasi bilan tamomila aloqani uzishga olib 
kelardi, lekin nima uchundir Xornining qarashlari neofreydizm deb baholandi.
Gap shundaki, bir tomondan individ va unga begona ijtimoiy boqrliq, 
ikkinchi tomondan individ xulq-atvoriga oid motivlarning ongsizlikka xos tabiati 
kabi Freyd nazariyasiga oid qarashlar shaxsning o‘zidagi yashirin komplekslarni 
anglashga undar edi. 


68 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish