O`z-o`ziga bahoning past bo`lishi:
Ko`pincha atrofdagilarning shaxsga
nisbatan o`ta kuchli talablarni uddalay olmaslik, turli xil e`irozlarning doimiy
tarzda bildirilishi, oilada, o`qishda va muomala jarayonida muvaffaqiyatsizlik
uchrashi mumkin. Mazkur xolatda bola ruhiy zo‘rikish holatiga tushib qolishi,
atrofdagilardan chetroqda yurishga intilishi, o`zining kuchi, qobiliyatlari va
imkoniyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo`lishi bilan ajralib turadi, oqibatda
o`zining real «Men»idan qochishga intiladi.
Sotsiogentik konsepsiyada shaxsning talqin etilishi.
Neofreydizm oqimining yirik vakillari Karen Xorni (1885-1953), G.Salliven
(1892-1949), Erix Fromm(1900-1980)larning fikricha, odam psixikasining
shakllanishi va rivojlanishiga ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxslararo munosabatlar
juda katta ta`sir o‘tkazadi.
O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Karen Xorni Berlinda amalyotchi
psixoanalitik sifatida faoliyat olib borar va o‘zida ma‘lum ma‘noda marksistik
g‘oyalarni his etib turardi, lekin Xorni marksistik dunyoqarashning xaqiqiy
moxiyatini unchalik tushuna olmaydi. Shunga qaramay marksistik nazarya bilan
tanishish izsiz yo‘qolib ketmaydi, Xorni biologik mayllarni Freydga xos bo‘lgan
iqtibosini tanqid qilib ijtimoiy omillarning ro‘lini oshirishga harakat qiladi.
30-yillarning boshlarida G‘arbiy Yevropaning bir guruh analitiklari
AQSHga ko‘chib o‘tishadi. Bu davr imperializmning jahon tizimidagi ulkan
silsilalar davri bo‘lib qoldi, Germaniyada xokimyat tepasiga fashistlar keldi.
Butun kapitalistik dunyodagi sinfiy va g‘oyaviy qarama-qarshiliklar o‘ta
xavfli nuqtaga yetib chiqdi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat psixik faoliyatni o‘rganishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga yangi istiqbolli yo‘nalishlar ochib berdi.
Jamiyatdagi ijtimoiy fikrlar va insoniy munosabatlarni o‘rganishning
empirik yo‘liga o‘tgan ijtimoiy psixologiya tez sur`atlarda rivojlana boshladi.
Kishilarni o‘rganish amaliyoti (nevrotik buzulishlardan ozor chekkanlar
uchun ham), ularning ruhiyatidagi jarohatlar bolalikdagi jinsiy mayillarning
67
siquvga olinishi natijasi emas, balki fashizm va iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga
kelgan xavf-hatar hosilasi ekanligidan darak berardi. Psixoanalitiklar ko‘z o‘ngida
o‘tgan asir oxirlarida Breyr va Freyd mijozlari azob chekkan nevrotik
buzulishlardan farqlanuvchi boshqa simptomlar namoyon bo‘la boshlaydi.
Karen Xorni Amerika psixoanalitik institutini tashkil etdi va qator kitoblar
(―Bizning davrdagi nevrotik shaxs‖ (1937), ―Bizdagi ichki nizolar‖ (1945),
‖Nevrozlar va odamning rivojlanishi‖(1950))ni nashrdan chiqardi va shu orqali
Freydning biologik yo‘nalishini tanqid ostiga oldi.
Nevrozlarning vujudga kelish sabablarini ochib berish uchun, deb ko‘rsatadi
Xorni, - ijtimoiy voqelik(ijtimoiy muxit)ga murojaat etish kerak.
Barcha nevrotiklarga reaksiyalarning rigidligi (yangi sharoitga tezda
moslasha olmaslik) xos bo‘lib, mavjud imkoniyatlar va real muvaffaqiyatlar
o‘rtasida uzilish mavjuddir. Ushbu simptomlarning manbasi Edip kompleksi emas,
balki oldindan his etilgan xavotirlik tuyg‘usidir. U bu foniy dunyoda o‘zini yog‘iz
va yordamga muhtoj holda his etayotgan bolalarda paydo bo‘ladi.
Agar ota-onalar o‘z farzandlarini begona kishilar tazyiqidan o‘z mehr-
muhabbati orqali muxofaza etmasa, xavotirlik xissi ortib turg‘unlik kasb etadi.
Qo‘rquv xissidan ozod bo‘lish va xavf-hatarsiz hayotga bo‘lgan ehtiyoj – odam
xulq –atvorini harakatga keltiradi.
Freyd yozgan jinsiy buzulishlar va tajovuzkorlik tendensiyasi, Xorni fikricha
nevrozning sababi emas, balki uning natijasi xisoblanadi.
Xavotirlanish xissi, undan ximoyalanish vositasi sifatida ayrim nevrotik
ehtiyojlarni paydo qiladi, ulardan eng muhimlari – odamlarga qarab yurish,
odamlardan uzoqlashish va odamlarga qarshi yurishdir. Individ xulqida u yoki bu
vektor(yo‘nalish)ning ustunlik qilishi natijasida nevrotik shaxs shakillanadi.
Individ va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit orasidagi o‘zaro munosabatlar
tizimida yuzaga keladigan ziddiyatlarning hal etilishiga ijobiy ruhda qarash
mumkin, chunki shaxslararo munosabatlarga ta‘sir ko‘rsatish, xulqning genetik
determinantlariga ta‘sir etishdan ko‘ra osonroq kechadi.
Ijtimoiy omillarga murojaat etish, Edip kompleksi va jinsiy mayillar
g‘oyasidan voz kechish – Freyd nazariyasi bilan tamomila aloqani uzishga olib
kelardi, lekin nima uchundir Xornining qarashlari neofreydizm deb baholandi.
Gap shundaki, bir tomondan individ va unga begona ijtimoiy boqrliq,
ikkinchi tomondan individ xulq-atvoriga oid motivlarning ongsizlikka xos tabiati
kabi Freyd nazariyasiga oid qarashlar shaxsning o‘zidagi yashirin komplekslarni
anglashga undar edi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |