Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

Ijtimoiy rollar.
Har bir alohida olingan shaxs jamiyat tomonidan ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy 
rollarni bajarishi mobaynida o‘z xulqi va hatti-harakatlarida namoyon etadi.
Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, bu shaxsning konkret hayotiy 
vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat xarakatlari majmuini bildiradi.
Masalan, talaba rolini oladigan bo‘lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o‘quv 
yurtida tahsil olish, uning moddiy-texnik bazasidan foydalanish, kutubxonasiga 
a‘zo bo‘lish, stipendiya olish, ma‘muriyatning ijtimoiy himoyasida bo‘lish kabi 
qator xuquqlar bilan birgalikda, o‘sha oliy o‘quv yurtida qabul qilingan ichki tartib
- intizom normalariga so‘zsiz bo‘ysunish, darslarga o‘z vaqtida kelish, reyting 
baholash tizimi talablari doirasida kundalik o‘zlashtirish normalarini bajarish, 
amaliyotda bo‘lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham o‘z 
vaqtida bajarish kabi qator burchlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin 
qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya‘ni, konkret shaxsning 
o‘ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning 
xarakteridan kelib chiqadi.
Shunga ko‘ra, kimdir ―tartibli, oqil(oqila), ahloqli va odobli‖ degan ijtimoiy 
maqomga, kimdir - bebosh, o‘zgaruvchan, tartibsiz, betgachopar degan ijtimoiy va 
hayotiy mavqega ega bo‘lib qoladi. Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar 
ko‘pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei — statusi ham turlicha 
bo‘lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‘zi uchun 
o‘ta ahamiyatli bo‘lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik 


82 
qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha vaziyatda kutilmagan salbiy mavqeni egallab 
qolishi ham mumkin. 
Rollarning ko‘pligi ba‘zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi 
mumkinki, oqibatda — shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi 
mumkin. Masalan, turmushga chiqib oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan 
talabaning, o‘zi uchun yangi bo‘lgan kelin rolini qabul qilishi hamda ―talaba‖ va 
―kelin‖ ijtimoiy rollari orasidagi farq tufayli ruhiy iztirobga tushadi, farzand 
ko‘rgandan keyin esa ijtimoiy rollar o‘rtasida yangi ziddiyatlar yuzaga keladi: 
talabalik rolini bajarish uchun mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashish, reyting 
nazorat topshiriqlarini o‘z vaqtida topshirish; uyda kelinlik vazifasini sidqidildan 
ado etish, qaynonaning ko‘nglini olish; onalik rolini egallash uchun farzandini 
parvarish qilish kabi bir qator vazifalar faoliyatni murakkablashtiradi. 
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi 
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o‘zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab 
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o‘zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun 
ba‘zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur 
bo‘lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig‘i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan 
qaram bo‘lmaslik uchun, bir vaqtning o‘zida ham itoatkor, intizomli talaba va 
ishdan keyin esa — chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan 
Shaxs xulq-atvorini boshqradigan 
asosiy mehanizmlar 
Ijtimoiy normalar 
Ijtimoiy rollar 
Ijtimoiy sanksiyalar 


83 
shug‘ullanishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu xolat tabiiyki, shaxsdan kuchli iroda, 
doimiy intiluvchanlik va o‘z ustida muttasil ishlashni talab qiladi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish