Mavzu: ―Men konsepsiyasi‖ va uning shakllanishi
Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida.
Shaxs xulq-atvorini boshqaradigan asosiy mexanizmlar.
Ijtimoiy normalar.
Ijtimoiy sanksiyalar.
Ijtimoiy rollar.
Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
«Men» — obrazi va o‘zini-o‘zi baholash.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida.
Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim fazilatlardan biri, shaxs o‘ziga
qaratilgan tashqi ijtimoiy ta‘sirlar, ya`ni ob`yektlarni o‘z aqli-idroki bilan qabul
qiladi, so‘ngra shu ta‘sirlarning sub‘yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi tug`ilgan kunidan boshlab, ya`ni
chaqaloqlik davridanoq kattalar faoliyat ko‘rsatadigan ijtimoiy muhitning ta`sir
doirasiga tushadi, muayyan bir ijtimoiy guruh a`zosiga aylanadi
Ijtimoiy muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, rasm-
rusum va udumlar, turli xil dunyoqarashlar olami bo‘lib, undagi ko‘plab ijtimoiy
me`yorlarni ko‘pchilik to‘la, ba‘zilar qisman qabul qiladi va amal qiladi.
Kishilik jamiyatidagi ushbu ijtimoiy qoidalar va normalarni qabul qilish
ijobiy kechinmalarni yuzaga keltiradi, ularga bo‘ysunmaslik va amal qilmaslik
jamiyat tuzhilmalari va kishilar tomonidan salbiy baholanadi.
Xulosa shuki, voyaga yetib kelayotgan shaxs - jamiyatga nisbatan barcha
tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo‘lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartib,
ma`naviyat-ma`rifat va madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir etib turadi: siyosiy,
mafkuraviy, iqtisodiy, ma‘naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan
aslida jamiyat a‘zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
79
Shunday qilib, kamol topayotgan shaxs xulqi-atvori turli ijtimoiy
munosabatlar tizimi ta‘siri ostida shakllanadi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila,
mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san‘at,
ma`naviyat-ma`rifat, madaniyat va boshqalar) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, o‘y-fikrlar va hayotiy rejalar mafkuraviy
munosabatlar tizimi ta‘sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab hamda
boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali shaxsga singdirib boriladi.
Agar ijtimoiy ta‘sirlar uning e‘tiqodi darajasiga ko‘tarilsa, va unda yana
yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs
taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o‘z qobiliyatlari,
malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki
vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo‘lib, elu-yurtiga xizmat qiladi.
Xаlqimizning bоy tarixiy-madaniy mеrоsi vа umuminsоniy qаdriyatlаri
аsоsidа milliy mаdаniyat, iqtisоdiyot, fаn-tехnikа vа tехnоlоgiyalarning yangi
yutuqlаri аsоsidа mukаmmаl tаyyorgаrlikdаn o‘tgаn kаdrlаrni tаyyorlаshning
yangi tizimini shаkllаntirish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tаrаqqiyotining
muhim shаrtlаridаn biri bo‘lib qоldi.
O‘zining hаq-хuquqlаrini tаniydigаn, kuchi vа imkоniyatlаrigа tаyanаdigаn,
аtrоfidа sоdir bo‘lаyotgаn vоqеа-hоdisаlаrgа mustаqil fikrlash, alohida munosabat
orqali yondаshаdigаn, аyni paytda o‘zining shахsiy mаnfааtlаrini mаmlаkаt vа
хаlq mаnfааtlаri bilаn uyg‘un ko‘rаdigаn shахs - fuqаrоlаrni vоyagа еtkаzish
tizimini hаyotgа tatbiq etish bugungi kunning eng muhim masalasi sanaladi.
―…Ko‘zlagan maqsadlarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘lmasin, ularga
yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi,
xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga
bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi...
Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona
hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir!...‖
7
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta ijtimoiy muhit ta'sirida ostida
shakllanadi, shaxsning ulg‘ayib borishi davomida ijtimoiy-psixologik muhit unga
ijobiy ta'sir ko‘rsatib, uning rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Mamlakatimizda, ayniqsa oliy ta`lim tizimida yosh avlodga berilayotgan
ta‘lim va tarbiyaning sifat ko‘rsatkichini yanada oshirish maqsadida ko‘plab chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta‘lim va tarbiyaning sifatiga bevosita ta‘sir
ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biri, ta`lim beruvchi o‘qituvchi shaxsidir, shu
7
Ш.Мирзиѐев. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаѐтнинг, дўстона
ҳамкорлик эса тараққиѐтнинг кафолатидир.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул
қилинганлигининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.31-бет.Тошкент. Ўзбекистон,
2018. 64 бет.
80
sababli o‘qituvchi-murabbiylarning kasbiy tayyorgarligi, axloqiy-ma`naviy
yetukligi, pedagogik kompetentlikka erishishi o‘ziga xos, alohida o‘rin tutadi.
Shu o‘rinda, o‘zgarib borayotgan, yuksalish sari dadil qadam tashlagan
O‘zbekiston sharoitida, yoshlarda yangicha dunyoqarash va ertangi kunga bo‘lgan
ishonch hissini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga
xurmat, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini tarbiyalash
bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir.
Haqiqatan ham, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng
qamrovli bunyodkorlik ishlari, o‘zgarishlar va yangilanishlar, eng avvalo,
odamlarni o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarning oqilona yechimini topishga,
xalqimizning o‘z turmushidan mamnun bo‘lib yashashi uchun barcha sharoitlarni
yaratishga, ―Inson manfaatlari hamma narsadan ustun‖ degan oliyjanob g‘oyaning
hayot bilan hamnafas ekanligini ta`minlashga xizmat qilmoqda.
Jamiyat hayotidagi yangi iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning
insoniy xususiyatlari shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Masalan, bosqichma-
bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan O‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak,
yangicha mulkiy munosabatlar, iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat,
liberallashtirish, ya‘ni iqtisodni erkinlashtirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning
moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning
iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |