Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Biogenetik konsepsiyada shaxsning ontogenetik rivojlanishiga doir qarashlar



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

 
Biogenetik konsepsiyada shaxsning ontogenetik rivojlanishiga doir qarashlar 
 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani 
to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi va ularning 
ta‘siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob`yekti sifatida insonga muhitning 
ta‘siri, uning xulq-atvorini o‘rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda 
psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shgan bir qator konsepsiyalar, 
nazariyalar, oqimlar va yo‘nalishlar vujudga keldi. 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri, amerikalik psixolog 
S.Xoll, psixik taraqqiyotning asosiy qonuni sifatida rekapitulyasiya qonuni"ni 
(ontogenezda filogenezning qisqacha takrorlanishi) ko‘rsatadi. Uning fikricha, 


63 
ontogenezdagi 
individual 
taraqqiyot 
filogenezning 
muhim 
bosqichlarini 
takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot 
pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning 
asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 
yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri 
va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir.
O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib 
kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. 
S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar "bo‘ron va tazyiqlar", ichki va tashqi 
nizolar(konflikt)dan iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda 
"individuallik tuyg‘u" si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi 
o‘z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson 
zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusional 
psixologiyasi"(odamning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) vakillari tomonidan 
ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negiziga bir qancha biologik 
omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning 
jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, deb 
taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning sikloid 
toifasiga xos(tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta barqaror), ikkinchisiga esa 
shizoid 
toifasiga(odamovi, 
munosabatga 
qiyin 
kirishuvchi, 
his-tuyg‘usi 
cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. O‘zining ushbu taxminini shaxs 
rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid 
xususiyatlari, (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk 
o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi, deya xulosa chiqaradi.
Biroq, insonda biologik shartlangan sifatlar har doim ham yetakchi va hal 
qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki alohida olingan har bir shaxsning individual-
tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va 
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko‘radilar, bu jarayonda 
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, 
degan xulosaga keladilar.
Shaxs ehtiyojlari natijasida kurash va qochishga shaylangan organizmning 
holatini amerikalik psixologi A.Maslou ehtiyojlarning ierarxik piramidasi orqali 
tushuntirishga harakat qiladi.
A.Maslou shaxs hamma vaqt quyidagi ehtiyojlarni qondirish natijasida 
faoliyatini amalga oshiradi deb ta`kidlaydi va uni piramida shaklida tushuntirib 
o`tadi:
- oziqlanishga bo‘lgan ehtiyojlar; 


64 
- himoyalanishga nisbatan ehtiyojlar;
- yaqinlikka nisbatan ehtiyojlar; 
- hurmatga nisbatan ehtiyojlar;
- kognitiv va estetik ehtiyojlar; 
- o`z-o`zini anglashga nisbatan ehtiyojlar. 
Ushbu ehtiyojlarni qondirilishi zamirida uchraydigan tashqi to`siqlar, 
shaxsda to‘yinmaslik tuyg‘usini hosil qiladi hamda organizmda stress holati xosil 
bo`lishiga sabab bo`ladi. 
20-asr boshlarida avstriyalik psxiatr Zigmund Freyd (1856-1939) tomonidan 
psixikani harakatga keltiruvchi kuchlar va shaxs faolligining sabablarini aniqlashga 
qaratilgan psixoanaliz nazariyasi ishlab chiqilgan.
Psixoanaliz nazariyasi asosida, shaxs faolligining manbaini ilk bolalikda 
paydo bo‘lgan instinktiv(shahvoniy) mayllar tashkil etadi degan g‘oya yotadi.
Z.Freyd shaxs tuzilishining yangi nazariyasini taklif etadi, bu nazariya uch 
xil psixik instantsiyaning hukm surishi to‘g‘risidagi farazni asoslashga qarati
la
di:

«U» (Id) — lazzatlanish, rohatlanish tamoyiliga bog‘liq bo‘lgan 
instinktiv mayllarni qamrab oladi;

«Men» (EGO) — tashqi olam bilan bilvosita alo
q
aga kirishuvchi 
psixologik instantsiya;

«Mendan yuqori-Oliy Men»(Supe
r
-EGO) 
o‘
z ichiga ijtimoiy ta‘
q
iqlar, 
qonun tusiga kirgan majburiy tartib qoidalar va ideallarni oladi.

«Men» (EGO) reallik tamoyiliga asoslangan ho
l
da inson psixikasida 
harakatlanuvchi 
qarama-qarshi 
kuchlarni 
muvofiqlashtirish 
funksiyasini bajaradi.
Freydning ta`kidlashicha, avloddan-avlodga nasliy yo‘l bilan o‘tgan 
instinktiv mayllar zamirida shaxs faollik ko‘rsatadi. 
Freyd psixologiya faniga butunlay yangi yondashuvni olib kirdi, u odam 
psixik hayoti markaziga ongni qo‘yish o‘rniga, uni ozgina qismi suvning tepasiga 
chiqib turgan 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish