Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Mavzu: ―Men konsepsiyasi‖ va uning shakllanishi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

 
Mavzu: ―Men konsepsiyasi‖ va uning shakllanishi 

Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida.

Shaxs xulq-atvorini boshqaradigan asosiy mexanizmlar.

Ijtimoiy normalar.

Ijtimoiy sanksiyalar.

Ijtimoiy rollar.

Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.

«Men» — obrazi va o‘zini-o‘zi baholash. 
Shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimida. 
Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim fazilatlardan biri, shaxs o‘ziga 
qaratilgan tashqi ijtimoiy ta‘sirlar, ya`ni ob`yektlarni o‘z aqli-idroki bilan qabul 
qiladi, so‘ngra shu ta‘sirlarning sub‘yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi tug`ilgan kunidan boshlab, ya`ni 
chaqaloqlik davridanoq kattalar faoliyat ko‘rsatadigan ijtimoiy muhitning ta`sir 
doirasiga tushadi, muayyan bir ijtimoiy guruh a`zosiga aylanadi
Ijtimoiy muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, rasm-
rusum va udumlar, turli xil dunyoqarashlar olami bo‘lib, undagi ko‘plab ijtimoiy 
me`yorlarni ko‘pchilik to‘la, ba‘zilar qisman qabul qiladi va amal qiladi.
Kishilik jamiyatidagi ushbu ijtimoiy qoidalar va normalarni qabul qilish 
ijobiy kechinmalarni yuzaga keltiradi, ularga bo‘ysunmaslik va amal qilmaslik 
jamiyat tuzhilmalari va kishilar tomonidan salbiy baholanadi.
Xulosa shuki, voyaga yetib kelayotgan shaxs - jamiyatga nisbatan barcha 
tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo‘lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartib, 
ma`naviyat-ma`rifat va madaniyatning mufassal ko‘rinishidir. 
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir etib turadi: siyosiy, 
mafkuraviy, iqtisodiy, ma‘naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan 
aslida jamiyat a‘zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi. 


79 
Shunday qilib, kamol topayotgan shaxs xulqi-atvori turli ijtimoiy 
munosabatlar tizimi ta‘siri ostida shakllanadi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, 
mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san‘at, 
ma`naviyat-ma`rifat, madaniyat va boshqalar) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, o‘y-fikrlar va hayotiy rejalar mafkuraviy 
munosabatlar tizimi ta‘sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab hamda 
boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali shaxsga singdirib boriladi.
Agar ijtimoiy ta‘sirlar uning e‘tiqodi darajasiga ko‘tarilsa, va unda yana 
yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs 
taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o‘z qobiliyatlari, 
malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki 
vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo‘lib, elu-yurtiga xizmat qiladi. 
Xаlqimizning bоy tarixiy-madaniy mеrоsi vа umuminsоniy qаdriyatlаri 
аsоsidа milliy mаdаniyat, iqtisоdiyot, fаn-tехnikа vа tехnоlоgiyalarning yangi 
yutuqlаri аsоsidа mukаmmаl tаyyorgаrlikdаn o‘tgаn kаdrlаrni tаyyorlаshning 
yangi tizimini shаkllаntirish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tаrаqqiyotining 
muhim shаrtlаridаn biri bo‘lib qоldi. 
O‘zining hаq-хuquqlаrini tаniydigаn, kuchi vа imkоniyatlаrigа tаyanаdigаn, 
аtrоfidа sоdir bo‘lаyotgаn vоqеа-hоdisаlаrgа mustаqil fikrlash, alohida munosabat 
orqali yondаshаdigаn, аyni paytda o‘zining shахsiy mаnfааtlаrini mаmlаkаt vа 
хаlq mаnfааtlаri bilаn uyg‘un ko‘rаdigаn shахs - fuqаrоlаrni vоyagа еtkаzish 
tizimini hаyotgа tatbiq etish bugungi kunning eng muhim masalasi sanaladi.
―…Ko‘zlagan maqsadlarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘lmasin, ularga
yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi,
xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga
bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi... 
Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona
hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir!...‖
7
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta ijtimoiy muhit ta'sirida ostida 
shakllanadi, shaxsning ulg‘ayib borishi davomida ijtimoiy-psixologik muhit unga 
ijobiy ta'sir ko‘rsatib, uning rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Mamlakatimizda, ayniqsa oliy ta`lim tizimida yosh avlodga berilayotgan 
ta‘lim va tarbiyaning sifat ko‘rsatkichini yanada oshirish maqsadida ko‘plab chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta‘lim va tarbiyaning sifatiga bevosita ta‘sir 
ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biri, ta`lim beruvchi o‘qituvchi shaxsidir, shu 
7
Ш.Мирзиѐев. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаѐтнинг, дўстона 
ҳамкорлик эса тараққиѐтнинг кафолатидир.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул
қилинганлигининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.31-бет.Тошкент. Ўзбекистон, 
2018. 64 бет. 


80 
sababli o‘qituvchi-murabbiylarning kasbiy tayyorgarligi, axloqiy-ma`naviy 
yetukligi, pedagogik kompetentlikka erishishi o‘ziga xos, alohida o‘rin tutadi.
Shu o‘rinda, o‘zgarib borayotgan, yuksalish sari dadil qadam tashlagan 
O‘zbekiston sharoitida, yoshlarda yangicha dunyoqarash va ertangi kunga bo‘lgan 
ishonch hissini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga 
xurmat, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini tarbiyalash 
bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. 
Haqiqatan ham, mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng 
qamrovli bunyodkorlik ishlari, o‘zgarishlar va yangilanishlar, eng avvalo, 
odamlarni o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarning oqilona yechimini topishga, 
xalqimizning o‘z turmushidan mamnun bo‘lib yashashi uchun barcha sharoitlarni 
yaratishga, ―Inson manfaatlari hamma narsadan ustun‖ degan oliyjanob g‘oyaning 
hayot bilan hamnafas ekanligini ta`minlashga xizmat qilmoqda. 
Jamiyat hayotidagi yangi iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning 
insoniy xususiyatlari shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Masalan, bosqichma-
bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan O‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak, 
yangicha mulkiy munosabatlar, iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat, 
liberallashtirish, ya‘ni iqtisodni erkinlashtirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning 
moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning 
iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish