Shaxsni o‘rganishdagi ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarning o‘ziga xosligi
Rivojlanish jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon boiib, u barcha tug‗ma va
egallangan miqdor va sifat o‗zgarishlarini o‗z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola
vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, tanosil a‘zolarining, nerv
funksional faoliya tining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishida uning bo‗yi o‗sadi, vazni va muskul kuchi ortadi,
sezgi organlari mukammallashadi, harakatlami to‗g‗ri boshqara oladi.
Bolaning ruhiy rivojlanishida shaxsidagi psixik sifat va belgilar shakllanadi,
hissiy-irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy
rivojlanishi, ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida tevarak-atrofga
boigan munosabatida, ayniqsa, jamoada qatnashishida namoyon boiadi.
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyatning qonun-qoidalariga asosan
kamol topadi. Pedagogika va psixologiya shaxsning kamolotga yetishini murakkab
va ziddiyatli jarayon deb biladi, shaxsning voyaga yetishida irsiyat, muhit,
maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiya va albatta shaxsiy faollik,
o'zining mustaqil faoliyati ham taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga egadir.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o‘rni muhim va o'ziga xos,
irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va
jismoniy meqnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug‘ma o‘tishi mumkin, lekin bu
tug‗ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasiga insoniy muhit, odamlar
orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va
ma‘lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Ijtimoiy muhitning shaxs
74
sifatida ulg‘ayishda o‗rni muhim bo'lib, qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi,
iste‘dodga aylanishida ijtimoiy muhit va ta‘lim-tarbiya muhim rol o'ynaydi.
L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning
psixik funksiyalarini
yuksak
, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning
negizida ta‘lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar
sistemasi o‘zaro ta‘sirining ifodalanishi yotadi.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va
individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari
ontogenetik, evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va
takomillashuv jarayonida o‘z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa
ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga
konstitutsion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya‘ni yakkahollik)
holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi.
Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib,
hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Jahon psixologiyasi to‘plagan nazariy va amaliy ma‘lumotlarga ko‘ra, yosh,
jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik
(xotira), verbal (so‘z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi
hamda organik ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini
ikkilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperament xususiyatlarida va tug‘ma
mayllarda ifodalanishini ta‘kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyutsiya jarayondan iborat bo‘lib, ular
filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh davrga oid va individual
o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta‘siri ostida har xil
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga
shaxsning ijtimoiy muhitda vujudga kelgan sifatlari ta‘sir etib, uning individual
o‘zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning
dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy,
mafkuraviy negizga bog‘liq, ya‘ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei
bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz
ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy
faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya‘ni kasabaviy, oiladagi
hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga,
qadriyatga, ma‘naviyatga yo‘nalganligi shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha
jabhalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xususiyatlari,
sifatlari
, fazilatlari,
xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning tuzilishida asos
bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivatsiyasi xususiyati va
75
ijtimoiy fe‘l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari)
tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikqilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy
egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o‘zaro ta‘sirini
birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi.
Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va
barqarorlashtiruvchi asosiy shakl uning jamiyatdagi hayot yo‘li, muayyan iz
qoldirishi va ijtimoiy tarjimai xoli hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni
boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu
yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki
sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini
yaratadi. Mazkur masalaning qo‘yilishi dastavval ta‘lim va tarbiya ehtiyojlaridan,
tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi,
lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya‘ni shaxsni tiplarga
ajratish, uning mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog‘liqdir.
Shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli
jihatlarini cheklab o‘tish, u haqida yetarli darajada to‘la tasavvurga ega bo‘lishni
xoxlasak, uning tasvirini umumlashgan tarzda ta‘kidlab o‘tish lozim.Shaxs tuzilishi
bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy
qismlarga ajratishni taqozo etadi, ushbu bo‘laklarning yig‘indisi yaxlit inson
shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi shaxs psixologik tuzilishining
tarkibiy qismlarini turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial)
omil (faktor)ning, voqelikning ta‘siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita
muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi.
Mazkur nazariyaga binoan «ichki psixik» («endopsixik» — yunoncha
«endo» ichki degan ma‘noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan
g‘oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko‘ra «endopsixika» shaxsning
psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va
funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. Uning negizida
insonning nervpsixologik tuzilishi bilan «endopsixik» aynan bir narsa
degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‘yoki, u odam shaxsining
ichki mexanizmini yuzaga keltiradi.
Psixik tuzilishning «ekzopsixik» qismi bo‘lsa shaxsning tashqi
muhitiga
nisbatan
munosabatini,
shaxsga
qarama-qarshi
bo‘lgan
barcha jihatlarini
, shaxslararo va ob‘yektiv munosabatini
belgilaydi.
76
«Endopsixika» o‘z navbatida shaxsning ta‘sirlanishi, xotira, tafakkur,
hayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish
xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.
«Ekzopsixika» esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va
uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi,
ustunlik qiluvchi
,
hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu
singarilarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo‘lgan «endopsixika»
biologik shart-sharoitlarga bog‘liq, «ekzopsixika» ijtimoiy voqelik
ta‘siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |