Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

162
YOQILG‘I VA YONILG‘I 
VOHA VA VODIY: FARQI NIMADA?
Bu ikki so‘z mazmun jihatidan bir-biriga yaqin. 
Lekin ma’no qirralari farqlanadi.
Yonilg‘i yonadigan suyuq modda, suyuq yoqilg‘ini 
bildiradi. Benzin, kerosin, solyarka va shu kabi 
mahsulotlar yonilg‘i sanaladi.
Yoqilg‘i esa issiqlik energiyasi olish uchun 
yoqiladigan ashyoni anglatadi.
Yonilg‘i o‘rnida yoqilg‘i so‘zini ishlatish tahrir 
nuqtayi nazaridan xato. Deylik, non ham, sho‘rva ham 
mohiyatiga ko‘ra bir ishni bajaradi – qorin to‘yg‘azadi. 
Lekin nonni ichib bo‘lmaydi, sho‘rvani esa ichish mumkin. Shu singari 
yoqilg‘i-moylash 
mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi, jamoat transporti yoqilg‘isini tejash
kabi iboralarda 
yoqilg‘i
o‘rnida 
yonilg‘i
so‘zini ishlatish yaxshiroq va to‘g‘riroqdir.
Milliy ensiklopediya bu so‘zga shunday izoh beradi:
“Dvigatellarda ishlatiladigan yoqilg‘i, masalan, benzin, kerosin, yadro yoqilg‘isi, reaktiv 
yoqilg‘i va boshqalar 
yonilg‘i
deb ataladi”.
‘‘Voha’’ arab tilidan kirgan, o‘zbek tilida 
cho‘l va chalacho‘llarda obod qilingan yerni 
anglatadi.
‘‘Vodiy’’ so‘zi ham arab tilidan kirgan, 
o‘zbek tilida 
daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar 
orasidagi keng tekislik; ekin ekiladigan, obod yer; 
mamlakat, yurtning bir bo‘lagi; diyor
ma’nolariga 
ega. Ko‘chma ma’noda biror narsa uchun xos 
bo‘lgan joy, makonni anglatadi.
Hudud nomlari bilan ishlatganda voha va 
vodiyning bitta aniq, keskin farqi bor: voha – 
cho‘l va chalacho‘l hududda obod qilingan joy
vodiy esa daryo yoqasi bo‘ylab joylashgan yoki tog‘lar orasidagi tekislik joy:
Zarafshon vohasi. Xorazm vohasi. Toshkent vohasi. Buxoro vohasi.
Farg‘ona vodiysi. Surxon-Sherobod vodiysi. Qashqadaryo vodiysi (viloyatdagi vodiy, 
Zarafshon tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari oralig‘ida). Hisor vodiysi.
Voha va vodiy tushunchasi viloyat tushunchasidan farqlanadi. Voha va vodiy bir viloyat 
hududidan katta bo‘lishi yoki bir viloyat ichida bir necha voha yo vodiy joylashishi ham 
mumkin. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida bir nechta katta vohalar bor.
 
Orif Tolib

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish