Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik


Avtomobil va temiryo‘lning bir tekislikdagi kesishishi. Poyezd qatnovi uchun o‘rnatilgan ko‘p izga ega bo‘lgan temiryo‘l. 1



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

156
Avtomobil va temiryo‘lning bir tekislikdagi kesishishi.
Poyezd qatnovi uchun o‘rnatilgan ko‘p izga ega bo‘lgan temiryo‘l.
1
2
3
4
Quyidagi so‘zlarni talaffuz qiling. Berilgan variantlardan qaysi so‘z to‘g‘riligini aniqlang 
va yozing. So‘zlarning ma’nosini og‘zaki izohlang. Qaysi so‘zlarning o‘zbek tilida 
muqobili bor?
avtomagitsral
avto‘magistral
relis
rels
shlagbaun
shlagbaum
platforma
platfo‘rma
svetafo‘r
svetafor
inspektor
inspektr
metr 
metir
avtobus
aftobus
trotuar 
trotuvar 
transport
transpo‘rt
Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zlashganini lug‘at yordamida aniqlang va yozing. 
Nutqimizga boshqa tildan o‘zlashgan yana qanday so‘zlarni bilasiz?
Temiryo‘lda harakatlanishga oid belgilar bilan tanishing. Ular yordamida 
tengdoshlaringiz uchun qoidalar yozing. 
1. 
Olim nima bilan shug‘ullanadi? 
2. 
Olimning katta yoki kichigi bo‘ladimi? Javobingizni izohlang.


157
MENI KICHIK OLIM DEYISHADI
Matnni o‘qing, savollarga javob bering.
Assalomu alay-
kum, do‘stim! Ah-
vollaringiz qalay?! 
Yaxshi yuribsizmi?! 
Keling, tanishib olay-
lik. Ismim – Olimjon, 
6-sinfda o‘qiyman. 
Men olamga mashhur 
bo‘lgan, buyuklar yurti 
Buxoro tomondan-
man. Biz tomonlarni 
Qiziltepa deyishadi. 
Bu yerdan qadim-
da Buyuk ipak yo‘li 
va ko‘plab karvonlar 
o‘tgan. Ha, biz tomon-
dan-chi, Zarafshon 
daryosi oqib o‘tadi. 
Aytishlaricha, ana shu 
daryoning ostida oltin 
darvoza bor emish. Undan qadimiy afsonaviy shaharga kirilarmish. Lekin bu shahar haqi-
da hech kim hech narsa deya olmaydi. Biznikiga mehmonga kelmoqchi bo‘lsangiz, Buyuk 
ipak yo‘lidan, katta-katta karvonlar qatnagan yo‘ldan o‘tasiz. Jizzax tog‘laridagi dovondan 
shundoq tushganingizdan so‘ng, mashinada bir soat yursangiz, go‘zal Samarqandga yeta-
siz, yo‘l ikkiga bo‘linadi, bir tomoni Samarqandga kiradi, bir tomoni esa Buxoroga. Esing-
izdami, haligi, sehrli qalpoqchasi bilan sarguzashtlar ko‘rsatgan Hoshimjon bor-ku, shu 
bolaga juda havasim keladi-da, dunyoga nomi ketgan bola. Ha, nima deyayotgan edim, 
Buxoro yo‘lidan to‘g‘ri yurib kelsangiz, Navoiy shahriga duch kelasiz, undan o‘tib, Qiziltep-
aga o‘ngga burilib, yigirma daqiqa yursangiz, Zarafshon daryosiga yetasiz, ko‘prikdan 
o‘tsangiz bas, bizning qishloq ko‘rinadi. Hoshimjon bilan men, yaʼni Olimjon boshqa-bosh
-
qa viloyatdanmiz. Shunday bo‘lsa ham, ismlarimiz bir-biriga yaqin, o‘xshab ketadi. U Ho-
shimjon, men esa Olimjon. Bobom meni kelajakda katta olim bo‘lsin deb ismimni Olimjon 
qo‘yganlar... 
Nima deyatuvdim? Ha, Buyuk ipak yo‘lidan yurganingizda Jizzaxning baland-baland 
dovonlaridan mashinada tog‘ning cho‘qqisiga yetsangiz, shundoqqina boshingiz tepasida 
oppoq bulutlarni ko‘rasiz. Hozir bu joylar obod bo‘lib, kengayib ketgan, bobomning 
aytishlaricha, bir vaqtlar bu dovondan bittagina karvon zo‘rg‘a o‘ta olgan. Hatto buyuk 
bobokalonlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy ham ilm izlab shu yo‘llardan o‘tgan ekanlar. 
Dadamning aytishlaricha, yaqin-yaqingacha bu joylardan mashinalar bir-biriga yo‘l berib, 
asta-sekin harakatlanar ekan. Buni qayerdan bilasan, deysizmi?! Chunki dadam mana 
shu yo‘ldan katta yuk mashinasini bir necha bor minib o‘tganlar. Endi esa bu yerlardan 
mashina tugul, vagonlar ham bemalol o‘tadi.



Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish