Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

158
1. 
Muallifning matnni yaratishdan maqsadi qanday edi?
2. 
Matnda Buyuk ipak yo‘li hamda Zarafshon daryosi haqida qanday ma’lumotlarni 
uchratdingiz?
3. 
Hikoya qahramoni nima uchun o‘z so‘zi davomida Hoshimjonni yodga oldi?
4. 
Hikoya qahramoniga nima maqsadda Olimjon deb ism qo‘yishgan? Siz-chi, 
ismingizning ma’nosi va nima uchun sizga shunday ism tanlangani haqida hech 
o‘ylab ko‘rganmisiz?
5. 
Olimjonning dadasi qanday kasb egasi bo‘lgan, bu inson haqida sizda qanday 
tasavvur uyg‘ondi?
6. 
Olimjon qanday bola? Uni ta’riflang, bunday xulosaga kelganingiz sabablarini 
tushuntirishga harakat qiling. 
7. 
“Afrosiyob” poyezdi haqida nimalarni bilasiz? 
Olimjon o‘zi haqida gapirar ekan, kitobxon bilan aloqa o‘rnatish uchun bir necha 
o‘rinlarda unga murojaat qiladi. Shunday mazmundagi gaplarni ko‘chiring, qanday til 
birliklaridan foydalanilganiga e’tibor bering. 
Hikoya qahramoni haqida to‘rtta dalil va to‘rtta fikr yozing. 
Masalan: 
Hikoya qahramoni Olimjon 6-sinfda o‘qiydi – dalil. 
Hikoya qahramoni Olimjon juda mehmondo‘st bola – fikr. 
Olimjonning qishlog‘iga borish yo‘li tasvirlangan o‘rinlarni qayta o‘qing. Unga yetib 
borish uchun yo‘l xaritasini chizing.
Temiryo‘llarda harakatlanishning qanday afzalliklari borligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ular 
haqida yozing. 
“Meni kichik olim deyishadi” matni tarkibida tinish belgilarining qo‘shaloq holatda 
ishlatilishiga doir misollarni aniqlang, ularni daftaringizga ko‘chirib oling. Buning 
sabablarini quyida berilgan eslatma yordamida tushuntirishga harakat qiling. 
Ha, aytgancha, biz tomonlarni poytaxt bilan bog‘laydigan poyezd yo‘li qurildi. Qanaqa 
poyezd deysizmi, “Afrosiyob”. Ko‘z ochib yumguncha yetib kelasiz. Bir minib ko‘ring, 
so‘zimning rostligiga ishonasiz. Endi Toshkentga shu tezyurar poyezdda boramiz. 
Mashinalar baland tog‘larni chumolidek aylanib o‘tgunicha poyezd ana shu qoyalarning 
ostidan shuvillab o‘tadi-yu bizni poytaxtga eltadi. Qanday maza!..
Otabek Quvvatov


159
1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgisi ketma-ket 
qo‘yiladi. 
Axir bu yerlar muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, nahot shunday joyda ham o‘z yomon-
ligingni qo‘ymasang?!
2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita bir xil yoki 
uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. 
Diqqat, diqqat!!! Poyezd harakatlanishga hozirlanmoqda. Barcha yo‘lovchilardan o‘z joy-
larini egallab olishlarini so‘raymiz.
3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur bel
-
gilardan so‘ng ko‘p nuqta qo‘yiladi. 
“Poyezd ertaga qoldirilgan bo‘lsa, endi nima bo‘ladi?.. Axir bugun qanday bo‘lmasin yetib 
borishim kerak”, – deb bo‘shashib joyiga o‘tirib qoldi Nozima.
4. Muallif gapi va ko‘chirma gap o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mum-
kin. 
“Bugungi reys bilan Toshkentga yetib boraman, bezovta bo‘lmang”, – dedi boshlig‘imiz.
“Meni kichik olim deyishadi” matni tarkibidan quyidagi jadvalda berilgan so‘zlarga 
mos keluvchi misollarni aniqlang va xattaxtaga yozing. 
Qoidada berilgan har bir holat uchun mustaqil ravishda bittadan misol topib, yozing. 
Atoqli otlar
Sifatlar
Boshqa viloyatlik do‘stingizga siz yashayotgan shahar/qishloqqa qanday kelish 
mumkinligini tushuntirib, xat yozishga tayyorlaning. Buning uchun avval quyidagi 
ma’lumotlarni aniqlab oling. 
Qayerdan qayerga? 
Qanday transport vositalarida kelish mumkin?
Shahar yoki tuman markazidan harakatlanish usullari
Buning uchun qancha vaqt sarflanishi va muhim bo‘lgan qoidalar 


160
Ma’lumotlaringiz asosida xat yozing. Xatingiz orqali do‘stingizda qiziqish uyg‘otish 
uchun uyingiz tomon keladigan yo‘lni Olimjondek tasvirlashga harakat qiling. Yo‘lning 
tabiati, unda uchraydigan qiziqarli hodisalar haqida tasavvur hosil qiling. Bunda 
yuqoridagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalaning. 
Yozgan xatingizni qayta o‘qib chiqing hamda tahrirlang. 

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish