Rasmiy va shaxsiy xatlar. Ularning turlari
Rasmiy xatlar
Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda o`rinli taklif yoki e`tiroz bildirilishi mumkin. Ammo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi, murojat odobiga amal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda: -rahbarga murojat shakli “Siz “so`zini bosh harfda yozish orqali ifodalanadi (Sizga,Sizdan kabi); -fikriy bog`liqlik “bu”,”ushbu”,”mazkur”,”shu sababli”,”shunga ko`ra (muvofiq)”kabi so`zlar yordamida ta`minlanadi; -taklif va e`tirozlar “bizningcha”, “shartnomaga ko`ra”, ”biroq”,”shu bilan bir qatorda”,”deb o`ylaymiz” kabi so`z va so`z birikmalari orqali ifodalanadi.
Topshiriq: Nuqtalar o`rniga tegishli so`z yoki qo`shimchani qo`yib ko`chiring. Aynan shu so`z yoki qo`shimchani nega tanlaganingizni tushuntiring.
1. Ta`til boshlanishi…(bilan,tufayli)… (sen, siz)ning kelishing… (-izni,-ni) orziqib kutaman. 2. Mendan hammag-ga. … (ayniqsa, xususan) sinfdoshlaringga …(tegishli, ko`pdan-ko`p) salom…(-ni, -lar)yetkaz… (-ishingni so`rayman, -asan deb o`ylayman). 3. Ushbu (xat,maktub) senga qaysi…(kun, sana) da yetib bor…
(-ishi bilan,-sa) darrov javob yoz…(-ishing kerak,-giri), xo`pmi. 4. Yuborgan… (mablag`, pul) laringizni oldim, katta… (rahmat, tashakkur)/ 5. Bo`sh qol…
(-dimmi, -gan taqdirda) xayolimni sizdan uz… (-ishim mumkin emas,-olmay qolaman). 6. Menga ko`rsatgan…(maxsus, katta) yordamingiz… (orqali, tufayli) ishlarim… (rivojlandi, yurishib ketdi).7. Siz bilan… (tez muddatda, yaqin kunlarda) ko`rishish… (umiddaman, zarur).
Shaxsiy xatlar
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko`ra ikki turli bo`ladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki do`stona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qo`llanadi.Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmning cheklanmaganligi, shakily mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e`tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy so`zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do`stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo`lib, ularda davlat boshliqlari,diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotdagi yangiliklar, sovg`a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko`rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me`yoriga to`la amal qilinadi. Topshiriq: Telefonda rasmiy so`zlashuvga oid dialoglardagi bo`sh o`rinlarni to`ldirib, daftaringizga ko`chiring, nutqiy qoliplar shaklining tuzilishiga e`tabor bering.
1. –Allo, Olim Rahimovich kerak edilar, nashriyotdan qo`ng`iroq qil… . - Hozir chaqiraman. - Allo, Rahimov… . - Assalomu alaykum. Men “O`qituvchi” nashriyotining muharriri Ortiq Abdullayevman. Nashrga tayyorlanayotgan qo`lyozmangiz… nashriyotga kelib ketishingiz… . - Yaxshi, erta… borsam bo`ladimi? - Xo`p, albatta, bora… . 2. - Allo, litseylar boshqarma… Mo`minjon Mahmudovman. - Eshita… Mo`minjon Qodirovich! Men xodimlar… boshlig`i Anvar Qosimovman. - Sizdan iltimos, Anvarjon, direktor bilan kelishilgan… olimpiada hay`atiga kiritila…o`qituvchilar ro`yxatini yubor… - Nechta kishini tavsiya etish… lozim? - Beshta tajribali o`qituvchini yozsangiz, o`zimiz tanlab olamiz. Tushunar…?
- Tushundim, Mo`minjon Qodirovich. - Yaxshi, soat olti… kutaman. - Xo`p, hozir tayyor… yetkazaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |