Ikkinchidan,
bugungi kunda asosiy muammoli vaziyatlar bozor iqtisodiyoti
bilan, ya’ni ko‘pincha fuqarolikka taalluqli ishlar mehnat nizolari bilan bog‘liq.
Bunda, albatta, voyaga yetmagan shaxslar salmoqli o‘rinni egallaydi. Shunday
ekan, ularga bir qancha sharoitlar yaratib berish lozim. Aynan emansipatsiya
holatining qo‘llanishi ularga bu muammoni hal etadi.
Uchinchidan,
har bir shaxs yoshligidan boshlab o‘zi uchun o‘z imkoniyatini
yarata oladigan yetuk mutaxassis qilib shakllantiradi.
O‘zbekiston milliy qonunchiligida emansipatsiya atamasini Fuqarolik
huquqida kasb etadigan ahamiyatidan tashqari boshqa masalalarda qo‘llashga hech
qanday ehtiyoj yo‘q. Fuqarolik huquqining 28-moddasida emansipatsiyaga
quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs
mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
(emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi
bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik
bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga
yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib
chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar”
36
.
Emansipatsiyaga faqatgina bitta moddaning ajratilganligi uning boshqa
huquq sohalarida ham ayrim jihatlari mavjudligini yoki mavjud bo‘lishi shartligini
taqozo qiladi. Ushbu institutni asosan mehnat huquqi bilan bog‘lab tadqiq
qilinsagina uning jamiyat uchun zarurati bor yoki yo‘qligi yaqqol namoyon
36
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-
sayti – www.lex.uz.
54
bo‘ladi. Shaxs tug‘ilganidan so‘ng bevosita huquq layoqatiga ega bo‘ladi.
Tug‘ilmasdan oldin ham unga bir qancha huquq (masalan, meros olish, voris
bo‘lish)lar beriladi. Demak, shaxs tug‘ilmasdan oldin, ya’ni homila bo‘lib
shakllangandan boshlab huquq layoqatiga ega bo‘ladi, ammo bu layoqat to‘liq
bo‘lmaydi. Demoqchimizki. faqat tug‘ilgandan so‘ng u to‘la ravishda huquq
layoqatiga ega bo‘ladi. Tug‘ilmasdan turib homila davrida faqatgina u qisman
huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Muomala layoqati esa unga berilgan huquqlardan
(huquq layoqatidan) mustaqil ravishda foydalana olish imkoniyatiga ega
bo‘lganidan so‘nggina berilishi mumkin. Bu holat esa fuqarolik qonunchiligida
belgilanganidek, o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi 1-qismiga
ko‘ra, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni
amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni
bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga
to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Bu degani, voyaga yetgan deb hisoblash
uchun shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Fuqarolik kodeksining 28-
moddasi ushbu qoidaning nisbiyligini ko‘rsatadi.
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilani
quyidagicha ta’riflash mumkin: oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,
yuridik ma’noda nikoh, qon-qarindoshlik, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni aniqlash va joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan tegishli huquq va
majburiyatlarni vujudga keltiradigan shaxslar munosabatlaridan iborat bo‘lgan,
umuminsoniy qadriyatlar va milliy sharqona an’analarga asoslangan fuqarolar
ittifoqidir
37
.
Gap muomala layoqati haqida ketayotgan ekan, mazkur holatni tartibga solib
turuvchi normadagi barcha kamchilik yoki boshqa kiritilishi shart bo‘lgan
qoidalarni atroflicha o‘ylab ko‘rish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi 22-moddasining 2-qismi bevosita oila qonunchiligi bilan bog‘liq va bunda
37
Otaxo’jayev F. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi. Toshkent: O’zbekiston, 1995. 162-b.
55
oila huquqi, qolaversa, Oila kodeksiga murojaat qilmay bo‘lmaydi. Mazkur
moddada aytilishicha, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan
fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega
bo‘ladi. Bu qoida asosan ayollarga nisbatan ko‘proq amal qiladi. Chunki nikoh
yoshi ayollar uchun 17, erkaklar uchun 18 yosh qilib belgilangan, zarur hollarda
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan bu yosh bir yilga qisqartirilishi mumkin,
ya’ni ayollar 16, erkaklar esa 17 yosh.
Bunday holda ikkala shaxs ham, ko‘p hollarda esa bir shaxs muomalaga
layoqatsiz bo‘lgani holda nikoh munosabatlariga kirishadi. Nikoh munosabatlariga
kirishishning shartlaridan biri - bu tomonlarning nikoh yoshiga yetgan bo‘lishidir.
Bu qoida (norma) shariatda ham, qolaversa, ko‘pgina xorijiy davlatlarning tarixiy
hujjatlarida ham o‘z aksini topgan.
Xususan, shariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun tomonlardan quyidagi
shartlarga rioya qilish talab qilingan:
1. Nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi;
2. Nikoh yoshiga to‘lgan bo‘lishlik;
3. Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish;
4. Kelin uchun qalin va mahr to‘lash;
5. Diniy e’tiqod birligi;
6. Nikohdan o‘tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo‘lmasligi;
7. Tabaqa bo‘yicha tenglik;
8. Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishligi;
Bu yerda biz nikoh yoshiga e’tibor qaratishimiz kerak.
Nikoh yoshi shariatda o‘g‘il bolalar uchun o‘n ikki yosh, qiz bolalar uchun
esa to‘qqiz yosh qilib belgilangan. Bunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga
yetgan bo‘lishlari lozim. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga
yetganlikni belgilashda so‘nggi pog‘ona hisoblangan. Amalda esa o‘g‘il bolalar
uchun o‘n to‘rt yosh, qizlar uchun o‘n ikki yoshga to‘lganlarida nikoh tuzilgan.
56
Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining yuqori
chegarasini belgilashda asosan fiziologik asoslarga tayangan
38
.
Yuqoridagi asoslangan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yosh jihatdan
voyaga yetganlik bilan nikoh munosabatlariga kirishish bir xil bo‘lgan. Bu esa o‘z
navbatida nikohga faqat muomalaga layoqatli shaxslargina kirgan, degan xulosani
beradi. Amaldagi oila qonunlarida belgilangan nikoh yoshiga rioya qilmay,
g‘ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatida bo‘lish turli huquqiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy bo‘lmagan nikoh deb topilib,
oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni
keltirib chiqarmaydi.
Bizning qonunchiligimizda esa bunday emas, ya’ni nikohga kirish yoshi
muomalaga layoqatlilik vujudga kelish kelmasligiga bog‘lik emas. Biz mavzu qilib
olgan emansipatsiya holatini mana shu yerda qo‘llash zarur. Zarur hollarda
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan nikoh yoshini bir yilga qisqartirish
masalasini hal qilishni sudlarga olib berish lozim. Bunday ishlar bevosita fuqarolik
sudlariga taallluqli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual
Kodeksining 31-moddasi 2-bandida ushbu kodeksning 279-moddasida sanab
o‘tilgan alohida tartibda ko‘riladigan ishlar sudlarga taalluqli deb aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 279-moddasida sud
tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar ro‘yxati berilgan.
Emansipatsiya holatini ham 279-modda tarkibiga kiritish lozim.
Umumiy olib qarasak, nikohga kirishdan oldin, agar nikohlanuvchilar
muomalaga layoqatsiz bo‘lsalar, avvalambor ularni muomalaga layoqatli deb
topish kerak bo‘ladi. Agar o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar nikohga
kirishayotgan bo‘lsalar, ularni o‘zlari bergan arizalariga ko‘ra sud tomonidan
voyaga yetgan deb topish mumkinligini qonunchilikka joriy qilish zarur. Natijada
emansipatsiya institutining amal qilish doirasi va ko‘lami kengayadi, pirovardida
va fuqarolar uchun ahamiyatlilik darajasi oshadi. Mahalliy davlat hokimiyati
38
Muhamedov H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. 2-qism. Toshkent: TDYuI, 2003. 446-b.
57
idoralarining bu ishga aralashishi fuqarolik sudlari bilan kelishmovchiliklarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy tayinlangan shaxslar (ayol
va erkak) o‘rtasida nikoh munosabatlari o‘rnatadigan bo‘lsa va taraflardan biri yoki
ikkalasi ham voyaga yetmagan bo‘lsa, ular sudga alohida tartibda ariza berib
nikohlanuvchilarning bittasi yoki ikkalasini ham muomalaga layoqatli deb topish
haqida ariza bilan murojaat qilishlari mumkinligi haqida tushuntirish berilishi
yoxud qonun normasida buni aks ettirish lozim. Shunday qilinsa ba’zi bir
xohlanmagan va yuz berishi sub’yektiv jihatdan istalmagan harakatlar yoki
hodisalar natijasida haqiqiy emas deb topilgan nikohlar nikoh munosabatlariga
kirishgan shaxslar (er va xotin) uchun hech qanday salbiy huquqiy oqibatlar
keltirib chiqarmaydi. Ya’ni nikohlanishdan oldin emansipatsiya e’lon qilingan
shaxs mazkur nikohni haqiqiy emas deb topilganidan so‘ng ham muomala
layoqatini to‘liq saqlab qoladi. Ammo Fuqarolik kodeksida bunday norma
yo‘q. Agar yuqoridagi holatlarni umumiy jihatlaridan kelib chiqilsa, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasiga quyidagicha qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi 1-
qismidagi “o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish” so‘zlaridan so‘ng
Do'stlaringiz bilan baham: |