51
Bundan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
Moddiy huquq
normalarini bevosita fuqarolik protsessual normalaridagi “ijozatlar”siz hayotga
joriy qilish mumkin emas. Mazkur masala Fuqarolik kodeksi va Fuqarolik
protsessual kodeksida imkon qadar uyg‘unlashtirib berilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining beshinchi bobida fuqarolik
protsessi ishtirokchilari haqida normalar berilgan. Fuqarolik protsessida ishtirok
etuvchi shaxslar tarkibiga
bevosita muomalaga layoqatsiz, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan shaxslarning ishtirok etish mezonlari belgilangan. Ularga ko‘ra,
qolaversa, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har bir shaxs
o‘zining buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidirlar. Undan tashqari
“Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan hamda barcha
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va
ijtimoiy mavqeyi, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud
oldida tengligi asosida amalga oshiriladi” .
Davlatning tegishli organlariga qanday masala bo‘yicha murojaat etishdan
qat’i nazar, barcha fuqaro (jismoniy shaxs)larning fuqarolik protsessual huquq
layoqati va fuqarolik protsessual muomala layoqatiga e’tibor qaratish va ularni bir-
biri bilan uyg‘un holda tadbiq etish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Protsessual Kodeksining 37-38 moddalarida mazkur masala to‘g‘risida to‘xtalib
o‘tilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Protsessual Kodeksining
38-moddasi beshinchi qismida o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muomalaga to‘la layoqatli deb e’lon
qilingach (emansipatsiya), sudda o‘z huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga
oshirishi mumkin. Lekin ba’zi bir fuqarolik ishlarida ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga qo‘yilgan yosh senzi ularning o‘z manfaatlarini qonun yo‘li bilan
himoya qilishlari uchun qaysidir ma’noda to‘sqinlik qiladi.
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatiga ega bo‘lishlarining zarurati
asosan ularning mehnat munosabatlariga kirishishlarida ko‘proq seziladi.
Chunki
52
mehnat shartnomalarini tuzishda asosan shaxsning muomala layoqatiga ega
ekanligiga katta e’tibor qaratiladi. Mehnat munosabatlariga o‘n besh yoshdan
ruxsat berilishini inobatga olsak, bevosita mehnat bilan muomalaga layoqatsiz
shaxs ham shug‘ullanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa o‘z
navbatida ikki
tomonlama salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: