Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Birinchidan,
Fuqarolik 
huquqida 
emansipatsiya 
bilan 
bog’liq 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarini hozirgi jarayonlarni to’liq 
qamrab ololmayotganligi, ya’ni normalarning hajm jihatidan kamligi
emansipatsiya bilan bog’liq munosabatlarning kattaligi. Yana ham ochiqroq 
aytadigan bo’lsak, fuqarolik huquqida subyektlarining emansiptasiya bilan bog’liq 
munosabatlardagi ayrim harakatlari huquqiy jihatdan asoslanmagan. Shuningdek, 
emansipatsiyani tartibga soluvchi huquq normalari emansipatsiyaning kelib chiqish 
omillarini qamrab olmagan. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi 28-moddasida emansipatsiyani qo’llash uchun voyaga yetmagan shaxs, 
albatta, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo’lsa yoki ota-onasi
farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa unga nisbat emansipatsiya qo’llanilishi ko’rsatib 
o’tilgan. Shu bilan birga qonunda emansipatsiyani qo’llash holatlari ham aniq 
ko’rsatilmagan.
Shularni inobatga olgan holda 
birinchidan,
emansipatsiya bilan bog’liq 
munosabatlarni 
tartibga 
soluvchi 
huquq 
normalarini 
hozirgi 
ijtimoiy 
munosabatlarga chuqur tahlil qilgan holda liberallashtirish
ikkinchidan,
emansipatsiya qo’llaniladigan holatlarni huquq normalarida to’laligicha va aniq 


68 
ko’rsatish maqbul deb hisoblaymiz. Chunki, amaliyotda emansipatsiyani 
qo’llaydigan holatlar anchagina. 
Ikkinchidan, 
emansipatsiya qo’llangan shaxsning ota-onasi yoki ota-onasi, 
farzandlikka oluvchilari yoxud homiylik organlarning huquq va majburiyatlari 
qonunda belgilanmagan. Faqatgina, fuqarolik kodeksining 28-moddasi 3-qismida 
ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga 
yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib 
chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmasligi belgilangan. Ya’ni, 
emansipatsiya qilingan shaxs huddi, belgilangan tartibda voyaga yetgan shaxs kabi 
o’zining majburiyatlari bo’yicha javob berishi ko’rsatilgan. Ammo, amaliyotda 
emansipatsiya qilingan shaxs o’zi tomonidan boshqa bir shaxsga yetkazilgan har 
qanday turdagi zararning o’rnini qoplash bo’yicha majburiyatlarini to’la hajmda 
bajarmaslik holatlari uchramoqda. Bunda emansipatsiya qilingan shaxs yetarlicha 
moddiy asosga ega bo’lmasligi mumkin. Mazkur holatlarda emansipatsiya qilingan 
shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida o’z huquq va qonuniy 
manfaatlariga zarar yetgan shaxsning keltirilgan zarar va buzilgan huquqlarini 
tiklashda amaliy jihatdan qiyinchilik tug’dirmoqda.
Shularni inobatga olgan holda emansipatsiya qilingan shaxsning noqonuniy 
harakatlari natijasida boshqa bir shaxs (shaxslar)ning buzilgan huquq va qonuniy 
manfaatlariga yetkazilgan zarar va ziyonni qoplashda ota-ona, farzandlikka 
oluvchilar va homiylik organlariga qisman javobgarlik yuklash maqsadga muvofiq. 
Ya’ni, yetkazilgan zarar va ziyonning qirq (40) foizni qoplash bo’yicha 
emansipatsiya qilingan shaxsning ota-onasi yoki farzandlikka oluvchilar yohud 
homiylik organlariga majburiyat yuklash bo’yicha fuqarolik kodeksi va tegishli 
huquq normalariga qo’shimcha kiritishi maqsadga muvofiq. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish