Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Individualizm 
- muayyan masala yuzasidan shaxsning mustaqil fikrga ega bo’lishi, atrofdagi shaxslarning 
ma’naviy-ruhiy ta’siri ostida bo’lmaslikka intilishi, o’z manfaatini boshqalar manfaatidan ustun qo’yshi. 


63 
chiqarishi mumkin. Chunki bolaning kamol topishida oilaning o‘rni nihoyatda 
beqiyos hisoblanadi. “... insonni inson qiladigan ham, mayib-majruh, baxtiqaro 
qiladigan ham oiladir”
41

Ijobiy tomonlari: 
bolalar o‘z huquqlari va burchlarini kattalar bilan bab-baravar amalga 
oshirishlari mumkin; 
kattalar, ayniqsa, ota-onalarning bolalar oldidagi huquq, burch va 
majburiyatlarini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi; 
mehnat bilan bog‘liq munosabatlarda ish beruvchilar va bolalar o‘rtasida 
tuziladigan mehnat shartnomalari hech qanday tazyiq yoki “ko‘rsatma”siz tuziladi. 
Bolalar va ularning huquqlari bo‘yicha Yevropa davlatlari sud amaliyotiga 
murojaat qiladigan bo‘lsak, ularda bolalarning o‘z huquqlarini himoya qilib sudga 
murojaat etishlari sezilarli darajada oshayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Germaniyada aholining har uchtasidan bittasi sudga o‘z huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan. Bu bilan barcha fuqarolar o‘z 
muammolarini sudlashib hal qilishi kerak demoqchi emasmiz. Aytmoqchimizki
ularda aholining sudga murojaat qilish huquqlarini qanchalik darajada tushunib 
yetganliklaridir. Mana shu uchdan bir aholining ancha qismini voyaga yetmagan 
bolalar tashkil qiladi. Bu esa kattalarni bolalarning voyaga yetmaganligi va shu 
sababli ba’zi huquqlarga ega emasliklaridan foydalanib, ularga nisbatan har xil 
tazyiqlarni o‘tkazmoqdalar, degan xulosani beradi. Bu xulosa, albatta, noto‘g‘ri. 
Chunki bu bolalarning o‘z huquqlarini o‘zlari mustaqil himoya qilishga harakat 
qilishlarining bir ko‘rinishidir. 
Angliyada 
esa 
keyingi 
yillarda 
ota-ona 
va 
bolalar 
o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar, ya’ni o‘zlariga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lgan ota-
onalarni sudga bergan bolalar soni ancha ko‘paygan. Lekin Gʻarb bilan Sharq 
mentaliteti bola tarbiyasi bilan bog‘liq holatlarda bir-birini istisno qiluvchi 
41
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 02-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng 
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi 
rasmiy veb-sayti – www.lex.uz. 


64 
mezonlarga egadir. Ya’ni, Sharqda bolalarga nisbatan ularning huquqlari va 
manfaatlarini poymol qilish nisbatan kam uchraydi. Bu Sharq xalqlarining, shu 
jumladan, o‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq 
barcha hollarda ham bola o‘z huquqini himoya kilishi uchun, shu huquqlar 
himoyasi bilan shug‘ullanadigan organlarga murojaat qilishlarida hech qandan 
senz va hech qanday cheklov bo‘lmasligi kerak . 
Bugungi kunda yuz berayotgan siyosiy-huquqiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq 
xar bir huquqiy tizimda shu tizimni mumkin qadar mukammallashtirishta xizmat 
qiladigan yuridik harakatlarni bajarish kerakligi yaqqol namoyon bo‘lib qolmoqda. 
Shuningdek, fuqarolik huquqidagi emansipatsiya masalasiga keng ko‘lamda e’tibor 
berilishi shartligini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: 
1. O‘sib kelayotgan kelajak avlodni haqiqiy (real) hayotga ertaroq 
tayyorlaydi; 
2. Shaxsning huquq va majburiyatlariga bo‘lgan munosabatini ijobiy 
tomonga o‘zgartiradi hamda ularning (voyaga yetmaganlarning) davlat va jamiyat 
oldidagi mas’uliyatlarining his qilish darajasini oshiradi; 
3. Favqulodda holatlarning ro‘y berishi natijasida tuzilishi kerak bo‘lgan 
nikoh munosabatlariga kirishishda har qanday yuridik to‘sqinliklar yuzaga 
kelishining oldini oladi. 
3 “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa bir qator xalqaro 
hujjatlarda yosh bolalar, qolaversa o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ham 
huquqlari himoya qilinadi. Ushbu Konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi 
xalqlar uchun teng ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy maqsadi bolalar manfaatini 
mumkin qadar himoya qilishdan iborat. Konvensiya muqaddima, 3 qism, 54 
moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi 
birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan har qanday 
shaxs bola hisoblanadi. 
Mazkur hujjatlar bevosita milliy qonunchilikda o‘z aksini topadi. Agar 
milliy qonunchilikdagi normalar belgilangan sohasini huquqiy tartibga sola 


65 
olmasa, bilamizki, xalqaro normalar qo‘llaniladi. Shuning uchun xalqaro huquq 
normalarini mumkin qadar milliy qonunchilikka singdirish zarur. Bunday ehtiyoj 
ayniqsa, bolalar va o‘smirlar qonunchiligida yaqqol sezilmoqda. Bu jarayon 
bevosita xalqaro normalarning milliy qonunchilikka jalb etish bilan bog‘liqdir.


66 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish