1) Ijtimoiy mezon;
2) Tibbiy mezon;
3) Mintaqaviy mezon;
4) Psixologik mezon.
Ijtimoiy mezon
-
bu shaxsning qanday jamiyatda yashayotganligi va unga
nisbatan o‘zga shaxslarning munosabatlari darajasidir. Muayyan shaxsga nisbatan
jamiyatning ishonuvchanligi bir qarashda salbiy holatdek tuyulgani bilan, ammo
shu shaxsning qanday tarbiyalanishi jamiyatning unga ishongan holda yetarli
sharoitlarni yaratib berganligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari oilaviy muhitning
ham katta ahamiyati bor.
Oila va turmush sharoitidagi muhitni yaxshilashda birinchi navbatda milliy
urf-odatlarni qayta tiklash va milliy turmush-tarzini shakllantirish hozirgi kunda
31
Otaxo’jayev F. O’zbekiston Respublikasi oila huquqi. Darslik. –Toshkent 2005. 165-b.
49
dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda
32
. Bolaning oilaviy tarbiyasi uning hayotidagi
boshlanishi zarur bo‘lgan barcha jarayonlarning qachon va qanday ro‘y berishiga
bog‘liqdir. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning preambulasida “Bola,
uning shaxsi to‘la rivojlanishi, har tomonlama kamol topishi uchun oila muhitida,
mehr-oqibat va turmush sharoitida o‘sishi kerak” deyilgan.
Tibbiy mezon -
bu shaxsning jismoniy yetukligi, nuqsonlarning kamligi
yoki qanday darjada ekanligi bilan bog‘liq. Ammo bular tibbiy mezonni to‘liq
ifodalay olmasa-da, muhitning umumiy holatidan kelib chiqib, shaxsga nisbatan
tibbiy nuqtai nazardan bahs berish mumkin. Ya’ni shaxsning jismoniy va ruhiy
yetukligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mezonni ko‘proq shaxsning
mehnat qobiliyatiga qarab aniqlash mumkin.
Mehnat qilishning dastlabki layoqatlari juda erta - bolalar to‘rt yoshga
kirganidanoq yuzaga kela boshlaydi, biroq mehnat qonunchiligi shaxsda mehnat
qila bilish qobiliyati amalda paydo bo‘lgan paytdan emas, balki mehnat huquqi
sub’yekti bo‘la olishligi paytidan boshlab mehnat huquqi sub’yekti deb tan olinadi.
Umuman qonunchilikda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning ishga qabul qilinishi
belgilangan. Demak, fuqarolarda mehnatga oid huquqiy layoqat ular o‘n olti
yoshga to‘lgandan boshlab vujudga keladi. Fuqarolarda huquqiy layoqat va
muomala layoqati vujudga kelish masalasida ham mehnat huquqi fuqarolik
huquqidan farq qiladi. Chunonchi, fuqarolik huquqida huquqiy layoqat bilan
muomala layoqatining paydo bo‘lish davri o‘rtasidagi vaqt nuqtai nazaridan
ma’lum tafovut bo‘lsa, mehnat huquqida bu ikki kategoriya bir-biri bilan uzviy
bog‘liq holda va bir paytda vujudga keladi
33
.
...soglom avlodni, sog‘lom naslni birdaniga tarbiyalab bo‘lmaydi, albatta.
Buning uchun keng miqyosdagi ko‘pdan ko‘p vazifalarni bajarishimiz, uzoqni
ko‘zlab ish tutishimiz kerak. Eng avvalo, har bir odam o‘z sog‘ligi xaqida
32
Nazarov A. Oila va turmush munosabatlarida zo’ravonlikni oldini olish muammolari. Davlat va huquq 2004.
4-son.
33
Tursunov Y. Mehnat huquqi. Toshkent. Moliya 2002 30-b.
Inoyatov A.A. O’zbekiston Respublikasining mehnat huquqi. Darslik. Toshkent. Iqtisodiyot va huquq dunyosi 2002.
132-b.
50
qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan sog‘lom nasl, sog‘lom zurriyod qoldirishni
o‘ylashi zarur
34
.
Do'stlaringiz bilan baham: |