2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Hosilni yig„ib olish va mahsulotni saqlash



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Hosilni yig„ib olish va mahsulotni saqlash
.
Hosilni o„z vaqtida yig„ib olish 
muddatlarini to„g„ri belgilash katta ahamiyatga ega bo„lib, muddatidan oldin yig„ib 
olinganda mahsulot sifatiga (urug„ tarkibidagi yog„ hamda oqsil moddalarining 
miqdorining pasayishi va puch urug„lar miqdorining oshishiga) sabab bo„ladi. 
Buning uchun yeryong„oq ekilgan dalaning 10-15 metr ichkarisidan boshlab 
konvert usulda to„rt burchagidan va dalaning o„rtasidan namuna olinadi. Bunda 1 
m
2
maydondagi o„simliklar soni aniqlanadi.
Dala sharoitida dastlabki hosildorlikni aniqlash uchun beshta nuqtadan 
kovlab olingan hosilning puch urug„lari ajratib olingandan keyingi qolgan qismi 
birlashtirilib, vazni aniqlanadi, olingan natija beshga bo„linadi va 1 m
2
maydondagi 
hosildorlik aniqlanadi. Olingan natija 10000 m
2
ko„paytirilib, 1 ga maydondagi 
hosildorlik aniqlanadi. Yeryong„oq urug„ining tinim davri nav guruhiga bog„liq 
holda 15-25 kunni tashkil etadi. Bu juda qisqa davr bo„lib, kuzning yomg„irli 
kunlarida yig„ib olishga ulgurilmagan dalalarda yetilgan yong„oqlar o„simlik 
ildizida turgan joyidayoq unib qoladi va yetishtirilgan mahsulot sifati buziladi. Shu 
sababdan yeryong„oq hosilini issiq va quruq kunlarda, qisqa muddatlarda yig„ib 
olish tavsiya etiladi.
37
Hosil pishib yetilganda o„simlik barglari nisbatan sarg„ayadi. Urug„lari 
yetilganda yong„oq qobig„i to„rlanadi. Qobiqning ichki tomoni qorayadi. Hosilni 
pishib etilganiga to„la ishonch hosil qilish uchun daladan dioganal bo„ylab yurilib 
bir nechta o„simlik kovlab olinadi va etilgan yong„oqlarning foiz miqdori 
aniqlanadi. Agar o„simlikdagi yong„oqlarning 70-75% etilgan bo„lsa hosilni 
yig„ib olishga kirishiladi. O„zbekiston iqlim sharoitida hosilni sentyabr oyining 
ikkinchi o„n kunligidan oktyabr oyi boshlarigacha (yog„in-sochinsiz ochiq 
37
N.P.Saxena, S.N.Nigam. Groundnut Production in Central Asia and Caucausus Countries: Outlook for the future 
2001 y.


354 
kunlarda) yig„ib olinganda ochiq dalada poyasidan ajratilmagan holda bir necha 
kun davomida ushlab turiladi.
Bu davr ichida urug„ tarkibidagi namlik kamayadi va ginoforlar qurib 
yong„oqlar o„simlik ildizidan oson ajratib olinadi. Yeryong„oq dukkaklari poyadan 
ajratib olingandan so„ng, qolgan poyalarni zamonaviy MX-80 traktoriga tirkalgan 
CASE-III agregati yordamida presslash mumkin. Bunda presslangan pichanni 
transportlarga yuklash, tashish va saqlash samaradorligi oshadi hamda chorva 
hayvonlariga beriladigan pichanning to„yimlilik sifati-yeryong„oq poyasini 
presslash jarayonida poyadagi barglarning to„liq saqlanib qolishi hisobiga oshadi.
 
Hosil yig„ib olinganda yong„oqlar tarkibidagi namlik 40-60% bo„lib, shabada 
aylanadigan binolarda 5-6 santimetr qalinlikda yoyib quritish va vaqti-vaqti bilan 
joyida aylantirib, aralashtirib turish tavsiya etiladi. Urug„lar quritilgandan so„ng 
(urug„lar tarkibidagi namlik 14-15% gacha tushgandan keyin) saralanadi.
Bunda asosan o„simlik qoldiqlari, puch va qorayib qolgan (mog„orlagan)
yong„oqlardan tozalanadi. Kelgusi yil ekish yoki uzoq muddatga saqlab qo„yish 
uchun yaxshi quritilgan, to„q urug„li, po„stlog„i qoraymagan, mexanik 
zararlanmagan, navga xos tipik, yirik yong„oqlar ajratib olinadi.
Ushbu urug„liklar 20 kilogramli mato qoplarda xona harorati 13 
o
C dan past 
va havoning nisbiy namligi 65-70% yaxshi shamollatiladigan xona sharoitida 
yog„och stellajlarda saqlanishi tavsiya etiladi. Urug„liklar saqlanayotgan xona 
vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi, o„z vaqtida kemiruvchilarga qarshi 
dorilanishi

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish