O„simliklarni parvarish qilish.
Yeryong„oq o„simligining yaxshi
rivojlanishi uchun ekin qator oralarini yumshatish, ortiqcha namlikni qochirish,
tuproq haroratini ko„tarish, havo almashuvini yaxshilash va begona o„tlarni
yo„qotish juda ham muhimdir. Maysalar to„liq unib chiqqandan so„ng birinchi
kultivatsiya va chopiq o„tkaziladi. Birinchi oziqa berilib, sug„oriladi. Ikkinchi
kultivatsiya 6-8 sm, uchinchi kultivatsiya 8-10 sm, so„nggisi esa 10-12 sm himoya
352
zonasi qoldirib, qator oralariga ishlov beriladi. Xo„jaliklarda kultivatsiya paytida
o„simlikka zarar yetkazmaslik, uni tuproq bilan ko„mib yubormaslik uchun
pichoqlar, KKO va yoki naralnik qo„shilib ishlatilsa maqsadga muvofiq bo„ladi.
O„g„itlash.
Dalani o„g„itlash me‟yori, tanlangan maydondan olingan
agroximik tahlil natijalariga qarab belgilanadi. Yeryong„oq organik moddalarga
boy tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sug„oriladigan maydonlarda birinchi
oziqlantirish ko„chatlar to„la unib chiqqandan keyin gullashdan oldin, azot (sof
holda) 30 kg/ga, fosfor 30 kg/ga hisobida beriladi. Jo„yaklar olishdan oldin tuproq
unumdorligiga asoslangan xolda gektariga 250-400 kg/ga ammofos (fizik holda)
berish ham yaxshi natija beradi.
Ikkinchi oziqlantirish esa, o„simlik to„la gulga kirgandan keyin o„tkaziladi
va gektariga sof holda 70 kilogramdan azotli o„g„it beriladi. Yeryong„oqqa
me‟yoridan ortiq azotli o„g„it berilganda hosildorlik 0,2-0,4 t/ga oshishi, biroq
ildizda azotabakteriyalarning to„planishini keskin kamayishi tajribalarda
kuzatilgan. Yeryong„oqdan yuqori hosil olishda makroelementlar bilan bir qatorda
mikro elementlar kalsiy, magniy, bor, ruxning ham ahamiyati kattadir. Tuproqda
kalsiy yetishmasligida o„simlikning birinchi barg kurtaklari qorayib ketishi,
maysalarning juda sekin o„sishi, maysalarning yashovchanligi pasayishi,
o„simliklarning nimjon bo„lib qolishiga olib keladi.
Mikroelementlar o„simlikda tuproq tarkibidagi boshqa oziq moddalarni
o„zlashtirishda katalizatorlik vazifasini ham bajaradi. Tuproq tarkibida
mikroelementlarning meyoridan kam bo„lishi esa, o„simlikning o„sishi va
hosildorligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. O„simlik yoppasiga gulga kirgandan keyin 5-
6 hafta o„tgach ko„chatlar xumlanadi. Bu vaqtga kelib (urug„ unib chiqqandan
keyin 50-60 kun o„tgach) o„simlik ginoforlari kuchli rivojlanadi va tuproqqa
sanchiladi. Butun o„suv davri davomida 2-3 marta xumlash amalga oshiriladi.
Xumlash jarayonida ginoforlar tuproq bilan ko„miladi va yong„oqlar
shakllanadi
O„simlikning o„suv davri davomida tuproq namligining me‟yorida
(juyaklarni qurib yorilib ketishdan saqlash) va ko„p yillik begona o„tlardan holi
353
saqlanishi o„simlikdagi yong„oqlarni bir tekistda rivojlanishiga, hosildorlik va
mahsulot sifatiga ijobiy ta‟sir etishi bilan birga hosil yig„im-terimini mexanizm
yordamida yo„qotishlarsiz qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |