2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


barcha tola va yog„  beruvchi nav va namunalar shu turga mansubdir



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

 
barcha tola va yog„ 
beruvchi nav va namunalar shu turga mansubdir
.


356 
Morfologik belgilari, biologik va xo„jalik xususiyatlari bo„yicha madaniy 
zig„ir beshta: dolgunets, mejumka, kudryashi, yirik urug„li va o„rmalab o„suvchi 
tur xillarga bo„linadi. 
Madaniy zig„ir - bir yillik o„tsimon, o„z-o„zidan changlanuvchi bahorgi 
o„simlik bo„lib, jahon kolleksiyasida kech kuzgi namunalari ham uchraydi. 
Zig„irning yovvoyi turlari esa, ko„p yillik bo„lib, o„simlik balandligi o„rtacha 20-
125 sm gacha bo„lishi mumkin.
Dolgunets tur xili 
- o„simlik balandligi 50-120 sm shoxlamaydi, asosan 
dunyoda eng ko„p yetishtiriladigan zig„ir turi, sifatli tola ishlab chiqariladi. Kam 
urug„li.
Mejumka tur xili 
- o„simlik balandligi 50-70 sm 1-3 tagacha shoxlaydi, 
asosan yog„ olish uchun yetishtiriladi, qisman tola olinadi. 15-20 tagacha 
quzoqchalar hosil qiladi. Tola sifati yuqori emas. 
Kudryashi tur xili 
- tur xillari o„simlik balandligi 30-50 sm, asosan yog„ 
ishlab chiqarish maqsadida yetishtiriladi. 4-8 tagacha birlamchi shoxlar hosil 
qiladi. Bitta o„simlikda 30-60 tagacha quzoqchalar shakllanadi. 
Yirik urug„li va o„rmalab o„suvchi tur xillari - 
katta maydonlarda 
yetishtirilmaydi. Asosan seleksiya jarayonida birlamchi manba sifatida 
foydalaniladi. 
Biologyasi. 
Moyli zig„ir (mejumka, kudryashi) tolali zig„irga (dolgunets) 
nisbatan havo haroratiga yuqori talabchan bo„lib, urug„lar 3-5 haroratda unib 
chiqa boshlaydi. Maysalar unib chiqishi uchun maqbul harorat 12 bo„lib, yosh 
maysalar -3 -4 va yetilgan o„simlik -10 -12 sovuqqa bardosh beradi. Zig„ir gullash 
va urug„larni yetilish davrida havo haroratiga katta ehtiyoj sezadi. Zig„ir urug„lari 
pishib yetilguncha o„suv davomida o„rtacha kunlik harorat yig„indisi 1600-1800
tashkil qiladi. Transpiratsiya koeffitsienti 420-690 tashkil qiladi. 
O„simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida M.Amanova tomonidan (1998-
2015) Respublikamiz sharoitida o„tkazilgan tajribalarda, zig„ir o„simligining o„suv 
davri davomiyligiga harorat bilan bir qatorda tuproq namligi ham kuchli ta‟sir 
ko„rsatishi aniqlangan. 


357 
Madaniy zig„ir uzun kun o„simligi bo„lib hisoblanadi. Yorug„likning zig„ir 
o„simligining o„sish va rivojlanishiga ta‟siri olimlar tomonidan tadqiq etilib-
yorug„lik sun‟iy qisqartirilganda o„simlikning o„sishi sekinlashishi biroq, 
shoxlanish jarayoni tezlashishi, hosil organlarni rivojlanishi hisobiga hosildorlik 
ortishi aniqangan. Maysalar unib chiqqandan o„simlik gullash davrigacha kunlik 
yorug„likning 10 soatdan kam bo„lishi esa, gullash davrini 25-28 kunga 
kechikishiga sabab bo„lishi aniqlangan.
Zig„ir tez yetiladigan o„simlik, o„sish davri 75-105 kun, namsevar, bahorgi 
yog„ingarchilikdan yaxshi foydalanadi. Ekilgandan 8-12 kun o„tgach maysalari 
unib chiqadi. Zig„ir birinchi oyda sekin o„sadi, g„unchalash-gullash davrida tez 
o„sadi. O„sish davrining dastlabki kunlarida begona o„t orasida siqilib qoladi. 
Maysalari qatqaloqdan tez nobud bo„ladi. Zig„ir ozuqa moddalarga talabchan. U 
unumdor, yumshoq tuproqlarda yaxshi o„sadi. Og„ir, yengil, shag„al, toshli yerlar 
zig„ir uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Zig„ir o„simligining o„suv davrining uzunligi bo„yicha uch guruhga ajratiladi: 
1. Tezpishar nav va namunalarda o„suv davri 85-95 kun; 
2. O„rtapishar nav va namunalarda o„suv davri 100-130 kun; 
3. Kechpishar nav va namunalarda o„suv davri 150 kungacha. 

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish