356
Morfologik
belgilari, biologik va xo„jalik xususiyatlari bo„yicha madaniy
zig„ir beshta: dolgunets, mejumka, kudryashi, yirik urug„li va o„rmalab o„suvchi
tur xillarga bo„linadi.
Madaniy zig„ir - bir yillik o„tsimon, o„z-o„zidan
changlanuvchi bahorgi
o„simlik bo„lib, jahon kolleksiyasida kech kuzgi namunalari ham uchraydi.
Zig„irning yovvoyi turlari esa, ko„p yillik bo„lib, o„simlik balandligi o„rtacha 20-
125 sm gacha bo„lishi mumkin.
Dolgunets tur xili
- o„simlik balandligi 50-120 sm shoxlamaydi,
asosan
dunyoda eng ko„p yetishtiriladigan zig„ir turi, sifatli tola ishlab chiqariladi. Kam
urug„li.
Mejumka tur xili
- o„simlik balandligi 50-70 sm 1-3 tagacha shoxlaydi,
asosan yog„
olish uchun yetishtiriladi, qisman tola olinadi. 15-20 tagacha
quzoqchalar hosil qiladi. Tola sifati yuqori emas.
Kudryashi tur xili
- tur xillari o„simlik balandligi 30-50 sm, asosan yog„
ishlab chiqarish maqsadida yetishtiriladi. 4-8 tagacha
birlamchi shoxlar hosil
qiladi. Bitta o„simlikda 30-60 tagacha quzoqchalar shakllanadi.
Yirik urug„li va o„rmalab o„suvchi tur xillari -
katta maydonlarda
yetishtirilmaydi. Asosan seleksiya jarayonida
birlamchi manba sifatida
foydalaniladi.
Biologyasi.
Moyli zig„ir (mejumka, kudryashi) tolali zig„irga (dolgunets)
nisbatan havo haroratiga yuqori talabchan bo„lib, urug„lar 3-5 haroratda unib
chiqa boshlaydi. Maysalar unib chiqishi uchun maqbul harorat 12 bo„lib, yosh
maysalar -3 -4 va yetilgan o„simlik -10 -12 sovuqqa bardosh beradi. Zig„ir gullash
va urug„larni yetilish davrida havo haroratiga katta ehtiyoj sezadi. Zig„ir urug„lari
pishib yetilguncha o„suv davomida o„rtacha kunlik harorat yig„indisi 1600-1800
tashkil qiladi. Transpiratsiya koeffitsienti 420-690 tashkil qiladi.
O„simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida M.Amanova tomonidan (1998-
2015) Respublikamiz sharoitida o„tkazilgan tajribalarda, zig„ir o„simligining o„suv
davri davomiyligiga harorat bilan bir qatorda tuproq namligi ham kuchli ta‟sir
ko„rsatishi aniqlangan.
357
Madaniy zig„ir uzun kun o„simligi bo„lib hisoblanadi. Yorug„likning zig„ir
o„simligining o„sish va rivojlanishiga ta‟siri olimlar tomonidan tadqiq etilib-
yorug„lik sun‟iy qisqartirilganda o„simlikning o„sishi
sekinlashishi biroq,
shoxlanish jarayoni tezlashishi, hosil organlarni rivojlanishi hisobiga hosildorlik
ortishi aniqangan. Maysalar unib chiqqandan o„simlik
gullash davrigacha kunlik
yorug„likning 10 soatdan kam bo„lishi esa, gullash davrini 25-28 kunga
kechikishiga sabab bo„lishi aniqlangan.
Zig„ir tez yetiladigan o„simlik, o„sish davri 75-105 kun, namsevar, bahorgi
yog„ingarchilikdan yaxshi foydalanadi. Ekilgandan 8-12 kun o„tgach maysalari
unib chiqadi. Zig„ir birinchi oyda sekin o„sadi, g„unchalash-gullash
davrida tez
o„sadi. O„sish davrining dastlabki kunlarida begona o„t orasida siqilib qoladi.
Maysalari qatqaloqdan tez nobud bo„ladi. Zig„ir ozuqa moddalarga talabchan. U
unumdor, yumshoq tuproqlarda yaxshi o„sadi. Og„ir, yengil, shag„al, toshli yerlar
zig„ir uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Zig„ir o„simligining o„suv davrining uzunligi bo„yicha uch guruhga ajratiladi:
1. Tezpishar nav va namunalarda o„suv davri 85-95 kun;
2. O„rtapishar nav va namunalarda o„suv davri 100-130 kun;
3. Kechpishar nav va namunalarda o„suv davri 150 kungacha.
Do'stlaringiz bilan baham: