2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Yerni ekishga tayyorlash
.
Yerni ekishga tayyorlash ishlari o„tmishdosh 
o„simliklarni qoldiqlarini tozalashdan boshlanadi. Yig„ib olingan begona o„t 
qoldiqlari daladan olib chiqib tashlash talab etiladi. Kuzgi shudgordan oldin 
gektariga fosforli va kaliyli o„g„itlarning yillik me‟yorining 70-100 foizi beriladi 
va yer 30-35 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. O„tmishdosh o„simlikka gektariga 
20-30 tonna chirigan go„ng (chirimagan go„ng solish mutlaqo taqiqlanadi) berilishi 
ham hosildorlikni 25-35 foizga oshirishi tadqiqotlarda kuzatilgan. Ekin 
maydonning chetlari begona o„tlardan tozalanishi va to„rtburchak shaklida uvatlari 
to„la shudgorlanishi lozim. 
Bahorda yer tobiga kelganda ekishga tayyorlanadi. Ya‟ni, chizel, borona 
qilinadi. Tuproqning holatiga qarab qo„shimcha agrotexnik tadbirlar o„tkazilishi 
mumkin.
Ayrim xollarda shudgorlash ishlari bahorda 
kechikib amalga oshiriladi. Bunday xollarda 
esa, dalada kessak ko„chishi kuzatiladi. 
Bunday paytda tuproq yetilishi bilan qishloq 
xo„jalik mashinalari sirkon yoki disklar 
yordamida kessaklarni maydalash tavsiya 
etiladi. Aks xolda, yirik kessaklar ekish 
jarayonida urug„lar bir tekis chuqurlikka 
tushmasligiga, 
urug„ sarfining yuqori 
bo„lishiga, sug„orish ariqlarining sifatiga 
salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
rasm-37. Yeryong„oq poyasi va urug„i
 


349 
Ekish.
Urug„lik uchun sog„lom, yirik yong„oqlar tanlab olinadi va qo„l 
mehnati yordamida ekishdan 20-30 kun avval qobig„idan ajratib tayyorlanadi. 
Yeryong„oq O„zbekistonning janubiy viloyatlarida aprelning birinchi o„n 
kunligida, Toshkent va Farg„ona vodiysi viloyatlarida aprelning uchinchi, shimoliy 
xududlarida mayning birinchi o„n kunligida tuproq harorati 15-17
o
C dan yuqori 
bo„lganda, engil mexanik tarkibli tuproqlarda 6 sm, o„rta va og„ir mexanik tarkibli 
tuproqlarga 4-5 sm chuqurlikda ekish tavsiya yetiladi. Tomorqa xo„jaliklarda 
kichik maydonlarga tekislangan mayin tuproq hosil bo„lgach qator oralig„i 70 sm 
jo„yaklar olinadi va pushtaga urug„lar qo„l mehnati yordamida bir qator qilib 
ekiladi. Yeryong„oq yetishtirishda qator oralig„i 60 sm kenglikda ham ekish 
mumkin bo„lib, bu asosan tuproq-iqlim sharoitiga va navning biologik 
xususiyatlariga (poyasining tuzilishi va balandligiga) bog„liq.
Katta ochiq maydonlarga va yosh bog„lar qator oralariga yeryong„oq ekishda 
texnikadan foydalanish iqtisodiy tomondan samarali hisoblanadi.
Texnika yordamida ekilganda ekish jarayonida urug„larning mexanik 
zararlanishi, tuproq yuzasiga tushib qolishi va boshqa qator holatlarni hisobga 
olgan holda ekish me‟yori 15-20 foizga oshiriladi. 
Yeryong„oq urug„liklarini texnika yordamida ekishda yerning yuqori sifatda 
tayyorlanishi juda muhim hisoblanadi. Chunki, yer notekis, kessakli bo„lsa urug„lik 
bir tekisda tushmasligi va urug„larning tuproq bilan yaxshi ko„milmay qolishi bilan 
birga, pushtalar qiyshiq-qing„ir bo„lishi, bu o„z navbatida kultivatsiya jarayonida 
ko„plab o„simliklarni qirqilib ketishiga sabab bo„ladi.
Seyalkalar yordamida urug„lar ekilgandan keyin tuproq tarkibida namlik 
yetarli bo„lsa urug„ suvi berilmaydi. Urug„lar to„la unib chiqqandan keyin 
kultitsatsiya qilinib sug„orish ariqlari olinadi. Bahor oylari quruq kelganda esa
urug„lar ekilgandan keyin urug„ suvi beriladi. Buning uchun sug„orish ariqlari 
ochiladi.
Respublikamizda tuproq-iqlim sharoitida yeryong„oq ekish uchun maxsus 
seyalkalar mavjud emas. Biroq, katta maydonlarga yeryong„oq ekish uchun 
Turkiyada ishlab chiqilgan seyalkalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo„lib, 


350 
urug„larni bir me‟yorda, bir xil chuqurlikda ekish, ustini tuproq bilan sifatli yopish 
operatsiyalarini bajarishda Ruminiya (SPCH-4-6-8M) seyalkalaridan ustunlikka 
ega ekanligi tajribalarda aniqlandi.
O„zbekiston tuproq sharoitida yeryong„oq uchun maqbul o„simlik qalinligi 
“Toshkent-112”, “Salomat” navlari uchun 70x8; 70x10 sm, “Qibray-4”; “Mumtoz” 
va “Lider” navlari uchun 70x12; 70x15 sm. Ekish me‟yori “Toshkent-112” va 
“Salomat” navlariga (70x10 sm) har gektarga 150 ming ko„chat, ekish me‟yori 70-
85 kg/ga, “Mumtoz”, “Qibray-4” va “Lider” navlariga (70x15 sm) har gektariga 
100-110 ming ko„chat, urug„lik ekish me‟yori esa 85-100 kg/ga tavsiya etiladi.
Seyalkalar 
yordamida 
urug„lar 
ekilganda 
urug„larning 
mexanik 
zararlanishini, kessakli joylarda to„liq keraklicha tuproq bilan yopilmay qolish 
holatlarini hisobga olgan holda ekish me‟yorini 10-15 foizga oshirish tavsiya 
etiladi. Asosiy suv yo„llari tozalanadi va yer nishabiga qarab har 70 -100 metrda 
o„q ariqlar ochiladi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish