TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 187
optimallashtirish uchun har bir oʻquvchi uchun individual zona – ijodiy rivojlanish
vaziyatini shakllantirish zarur‖[3; 4-b.]. Bunga taʼlimni tashkil qilishning individual
va guruhda ish shakllaridan foydalanib erishish mumkin.
Demak, eksperimental guruh talabalari eksperiment tugallangach, nazorat
guruhi talabalariga nisbatan ahamiyatli ijodiy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasiga
ega boʻlganini bilib olamiz. Shunday qilib, pedagogika oliy o‗quv yurti talabalari
ijodiy qobiliyatlarini oʻquv faoliyatida rivojlantirishning yaratilgan modeli toʻgʻriligi
tasdiqlanadi. Bu sistemani Oliy o‗quv yurti real oʻquv faoliyatida joriy qilib, ijobiy
natija olish uchun quyidagi pedagogik sharoitlarni yaratish zarur:
motivatsion pedagogning kasbiy faoliyatida ijodning oʻrni va rolini
asoslash;
muammolar yechimi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini anglab
yetish;
konstruktiv talabalarga ijodiy faoliyat mexanizmlari haqida bilim berish;
taʼlim mazmuniga ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritish; tegishli
metodik taʼminot;
tashkiliy oʻquv - ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan
foydalanish;
taʼlimni tashkil qilishning guruh, individual shakllaridan foydalanish;
kommunikativ - oʻqituvchi kommunikativ madaniyati ancha yuqori
darajada shakllanganligi;
oʻqituvchi va talabalarning subyekt – subyekt oʻzaro hamkorligi sifatida
dialogdan foydalanish.
Demak, tadqiqotning nazorat bosqichi vazifalari toʻlaligicha bajarildi:
eksperimental va nazorat guruhi talabalarining ijodiy qobiliyatlari
shakllanganligining yakuniy darajasi aniqlandi;
tajriba – eksperimental ish natijalari miqdor va sifat tahlili amalga
oshirildi.
Boʻlajak oʻqituvchilar ijodiy qobiliyatlarini dasturlashtirish kursini oʻrganish
davomida rivojlantirish metodikasini oldindan nazariy asoslangan, maʼlum pedagogik
sharoitlarda aprobatsiyadan oʻtkazdik:
motivatsion (pedagogning kasbiy faoliyatida ijodning oʻrni va rolini
asoslash; muammolar yechimi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini anglab
yetish);
konstruktiv (talabalarga ijodiy faoliyat mexanizmlari haqida bilim
berish; taʼlim mazmuniga ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritish; tegishli metodik
taʼminot);
tashkiliy (oʻquv - ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan
foydalanish; taʼlimni tashkil qilishning guruh, individual shakllaridan foydalanish);