TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 190
rivojlantirishning to‗laqonli amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi fikrlarni tahlili shuni ko‗rsatadiki, yosh voleybolchilarni tezkorlik sifatini
rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanishning nazariy-amaliy va harakatli
o‗yinlarning samarali turlaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar orqali tezkorlik sifatini
rivojlantirishning ahamiyati hali to‗laqonli o‗rganilmagan masaladir. Yosh
voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanish
ko‗pgina ilmiy va o‗quv adabiyotlarida azaldan o‗z ifodasini topib kelgan
(PulatovA.A, Usmanxodjayev T.Svabosh). Ushbu tadqiqotchi olimlar o‗zlarining
yirik ilmiy va o‗quv asarlarida yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli
o‗yinlardan foydalanishni atroflicha tahlil qilib berganlar. Voleybol bo‗yicha mavjud
ilmiy, uslubiy va o‗quv adabiyotlarda yosh voleybolchilarni tayyorlashda harakatli
o‗yinlarni qo‗llash o‗ta muhim shartlardan biri ekanligi ta‘kidlab o‗tilgan[1].
Mutaxassis olimlarning fikriga ko‗ra (Гарипов А.Т, Клещев Ю.Ю)
voleybolni bolalikdan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa harakatli
o‗yinlardan unumli foydalanish lozimligiga urg‗u berishadi. Shu bilan bir qatorda
muayyan yoshli bolalarda voleybol sport turiga xos harakatli o‗yinlarni tanlab olish
yoki ularni moslashtirish orqaligina yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini va
harakat malakalarini yanada samarali shakllantirish mumkin[2].
Yuqoridagi muammolar va hali o‗rganilmagan bo‗shliqlardan foydalanib
ushbu maqolada yosh voleybolchilarni mashg‗ulot jarayonida tezkorlik sifatini
harakatli o‗yinlarning samarali turlari, mashg‗ulotning samarali uslub va vositalarini
qo‗llash orqali rivojlantirishning nazariy ahamiyatini maqsad qilib olish mumkin.
Voleybolchilar uchun tezkorlik o‗yin va boshqa sharoitlarda imkon qadar
voleybol o‗yini bilan bog‗liq bo‗lgan texnik-taktik harakatlarni qisqa vaqt ichida
bajarishi uchun juda muhim sifat hisoblanadi. Bunda yosh voleybolchilarni tezkorlik
sifatini rivojlantirish uchun eng qulay davrlar, texnik-taktik harakatlar bilan bog‗liq
tezkorlikni mashg‗ulotlarining qismlariga e‘tibor bergan holda, bajarilgan mashqlarni
to‗g‗ri hisobga olib borgan holda va harakatli o‗yinlarning eng samarali turlarini
qo‗llash orqali rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Voleybolda harakat tezligi juda muhim rol o‗ynaydi, uning rivojlanish
darajasi asosan o‗yin davomida voleybolchilarning hujum va
mudofaa
harakatlarining samaradorligini belgilaydi.
Maxsus tezkorlik. Voleybolchining maxsus tezkorligi uni qisqa muddat ichida
maydon bo‗ylab harakatlanishi va o‗yin malakalarini vaziyat talabiga mos ravishda
samarali ijro etishi bilan belgilanadi. Tezkorlik voleybolda 3 xil shaklda namoyon
bo‗ladi:
- turli ishora va vaziyatni fahmlash tezligi (jamoadoshining ishorasi, o‗yin
vaziyatini o‗zgarishi va uni baholash, raqib o‗yinchining joylashishi va hokazo);
- ushbu vaziyatlarga nisbatan tezkor va maqsadga muvofiq harakat qilish;