TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
186
Bu daraja masalalari nostandart. Ular qandaydir maʼlum operatsiyani
qoʻllashni koʻzda tutadi. Ularni yechishni keng koʻchirish xossasiga ega,
masalalarning konkret tipiga bogʻlanmagan evristik tavsiyalar bilan osonlashtirish
mumkin boʻlardi.
Dasturlashtirish boʻyicha masalalarni yechishda turli bosqichlarda tamomila
turlicha xarakterdagi muammolar va turli evristik tavsiyalar yuzaga keladi. Buni
eʼtiborga oldik va masalalar murakkabligini asta–sekin orttirdik, yangi–yangi evristik
tavsiyalar qoʻshib bordik.
Ijodiy faoliyat darajasi.
―Oʻqitish – xulosalarni, ular qanchalik qiyinchilik bilan erishilgan va adekvat
boʻlmasin, keltirish sanʼati emas. Hech bir oʻqituvchi talaba propriumiga zoʻrlash
yoʻli bilan kira olmaydi va funksional avtonom motivni joriy qila olmaydi. Yaxshi
holatda u tajriba kanallarini osonlashtirishi, oʻzining obiter dicta si vositasida baʼzida
talabaga bu tajribaning qadriyatli potensialini koʻrishga yordam berishi mumkin‖[2].
Ushbu ijodiy daraja masalalari amaliy ahamiyatga ega boʻlishi, talabaning bilish
qiziqishlariga mos kelishi, ijodiy qobiliyatlar shakllanganlik darajasini hisobga olgan
holda maʼlum murakkablik darajasiga ega boʻlishi kerak. Eng optimal variant:
masalani talabaning oʻzi tanlashi. Agar masala juda murakkab boʻlib chiqsa, biror
kichik masalani yechish bilan kifoyalanish mumkin.
Oʻquv faoliyatining talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida
tegishlicha oʻquv-metodik taʼminoti oʻquv adabiyotlari (ijod, ijodiy faoliyat
mexanizmlari, masala yechish strategiyalariga oid pedagogik adabiyotlar; olimpiada
xarakteridagi masalalar toʻplami); ijodning turli darajalariga oid masalalar toʻplami;
predmet xarakteridagi muammolarni hal qilish boʻyicha evristik tavsiyalarni oʻz
ichiga oladi.
Tashkiliy holatlar ham anchagina muhim ahamiyatga ega. Talabalar ijodiy
qobiliyatlarini oʻquv faoliyatida rivojlantirish boʻyicha pedagogik ish jarayonida
taʼlimning umum tomonidan qabul qilingan metod va shakllari maʼlum ijodiy
boʻyoqdorlik kasb etishi lozim. Shu sababli tashkiliy sharoitni yaratish zarur: oʻquv -
ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan foydalanish.
Taʼlim shakllariga ijodiy xarakterni qoʻllanadigan metodlar (maʼruza –
evristik suhbat, bilimlar muammoli bayon qilingan maʼruza, gʻoyalar generatsiyasiga
bagʻishlangan mashgʻulot), konkret ijodiy operatsiyalarni qoʻllashga yoʻnalganlik
(bitta topshiriq mashgʻuloti, masala tuzish mashgʻuloti, prognostik mashgʻulotlar,
mashgʻulot - fantaziya); mustaqil ijodiy faoliyatga kirishish (ijodiy ishlar bajarish,
ijodiy ishlar himoyasi, ijodiy ishlarni taqrizlash) baxsh etadi.
Taqdim qilinadigan masalalar murakablik darajasi va talabaning ijodiy
qobiliyatlari shakllanganlik darajasiga muvofiq yordam adaptasiyalansa, ijodiy
qobiliyatlarni individual rivojlantirish optimallashadi. ‗Real ijodiy jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: |