PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE DEVELOPMENT OF
CREATIVE TALENTS OF STUDENTS OF A PEDAGOGICAL UNIVERSITY
IN TEACHING PROCESS
Mamatkulova M.V. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute
Annotations.
The article presents an analysis of the results of experimental
tests of creative abilities of students of pedagogical universities and their
development. When studying the programming course, the creative abilities of future
teachers are presented the conclusions obtained as a result of the application of
pretheoretical development methods, approbation in certain pedagogical conditions.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
183
Key words:
determination, motivation, intelligence, synthetic concepts,
problem principle, context, intelligence unity, creativity, illustration, reproductive,
problem statement, heuristics, motivational field, model experiences, creative actions,
creative activity.
Ijodkorlik qobiliyatlari va ularni rivojlantirishga oid ishlarning koʻpligiga
qaramay, oliy oʻquv yurtlarining real oʻquv faoliyatida koʻrsatilgan umumnazariy
tasavvurlarni amalga oshirishda maʼlum qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Ijodkorlik
qobiliyatlar va ularni rivojlantirish imkoniyatlari tushunchasiga asosiy yondoshuvni
dastlabki tanlab olish jarayoni murakkabdir. Ishlab chiqilgan modellar, dasturlar,
texnologiyalarni, tizimlarni joriy etish ularning oʻziga xosligi yoki oʻqitishning yangi
turi sifatidagi globalligi sababli qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Oʻquv faoliyatida
shaxsning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonining nazariy asoslarini
amalga joriy qilishning pedagogik shart–sharoitlari adabiyotlarda yetarlicha toʻliq
ifodalab berilmagan. Bundan tashqari, boʻlajak mutaxassisning ijodkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni kasbiy maʼnoga ega boʻlishi kerakligini hisobga
olish zarur.
Maʼlumki, ijodiy qobiliyatlarni, istalgan boshqa qobiliyatlar kabi
rivojlantirish quyi darajadan yuqoriga tomon spiral boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Koʻrib chiqilgan metodika bu yoʻlda maʼlum rivojlanishni taʼminlaydi. Tabiiyki,
metodika natijalari shaxsiy planda har bir talabaning ijodiy qobiliyatlari
shakllanganlik darajasiga bogʻliq.
Pedagogika oliy oʻquv yurti talabalarining ijodiy qobiliyatlarini oʻquv
faoliyatida rivojlantirish sistemasi modelini yaratish boʻyicha ish asosini tashkil
qilgan nazariy asoslar ―Programmalashtirish‖ kursini oʻrganish jarayonida talabalar
ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasida oʻz aksini topdi.
Ishning maqsadi pedagogika oliy oʻquv yurti talabalarining ijodiy
qobiliyatlarini oʻquv faoliyatida rivojlantirish jarayonini takomillashtirishdan iborat
boʻldi. Maqsadga erishish uchun modelda belgilangan vazifalar hal etildi.
Modelda keltirilgan omillar ijodiy qobiliyatlar rivojlanish qonuniyatlarini
harakatlantiruvchi kuch boʻladi, deb taxmin qildik va pedagogik faoliyatni tashkil
qilishga qoʻyiladigan talablarga amal qildik. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning
har bir tamoyiliga metodikada maʼlum rol ajratildi. Muammolilik tamoyili markaziy
sanaladi. Ijodiy malakalar shakllanishi va ijodiy faoliyat mexanizmlari
oʻzlashtirilishini taʼminlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdan ularni oʻz - oʻzida
rivojlantirishga asta - sekin oʻtish ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish yoʻnalishlarida
aks etgan. Ajratilgan yoʻnalishlarda optimal natijaga erishishni taʼminlovchi
tamoyillar: rivojlanishning ijtimoiy - madaniy kontekstining yetakchi roli, effekt va
Do'stlaringiz bilan baham: |