TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
191
- harakatlanish yoki bir necha harakatlarni ko‗p martalab ijro etish tezligi[3].
Voleybolda ayrim sport mashqlarini yaxlit bajarishda o‗rganilgan texnikani
oqilona qo‗llashga yordam beradigan harakatli o‗yinlar katta ahamiyatga ega. Ular
sport o‗yinlarini o‗zlashtirishga xizmat qiladi. Mashg‗ulot paytida, texnik xatolarni
tuzatish ahamiyatsiz bo‗lganida, o‗yin texnikasi yaxshiroq qabul qilinadi va
mashg‗ulotlarda voleybol elementlari bilan bog‗liq harakatli o‗yinlar va o‗yin
harakatlariga taqlid qiluvchi mashqlar qo‗llaniladi. Talabalar asosiy texnikalarni
tezda o‗zlashtira olmasa, ularning qiziqishi pasayadi. Jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish va texnik elementlarni takomillashtirishga qaratilgan harakatli o‗yinlar
shug‗ullanuvchilarni faollashtiradi va mashg‗ulotlarga qiziqishni oshiradi.
Yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida beriladigan
harakatli o‗yinlar bolaning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‗shadi. Ularning
fikrlash doirasini kengaytiradi, uning g‗oyalari doirasi, uning kuzatuvchanligi va
ixtirochiligini rivojlantiradi, o‗yin jarayonida bolalar o‗rganadilar ko‗rganlarini tahlil
qilish, taqqoslash va umumlashtirish qobiliyati rivojlanadi[4].
Quyida yosh voleybolchilar uchun tezkorlik sifatini rivojlantirishda
qo‗llaniladigan harakatli o‗yinlarning eng samarali turlari keltirilgan:
Voleybolchilar estafetasi.
O‗yinning tavsifi. O‗yin ishtirokchilari o‗zaro teng
ikki jamoaga bo‗linadilar. Ikkala jamoa o‗yinchilari ikkitadan bo‗lib, oralaridan bir
oz joy qoldirib o‗zaro parallel ikki qatorga saflanadilar. Oldinda turganlarning
oyoqlari uchi oldidan chiziq o‗tkaziladi. Bu chiziqdan 10-15 qadam narida unga
parallel qilib ikkinchi chiziq tortiladi. Qatorlar boshida turgan har qaysi juft
o‗yinchining biriga bittadan to‗p beriladi. Oldinda turgan har qaysi juft o‗yinchilar
rahbar signal berishi bilan oldinga qarab yugurib, yo‗lda to‗pni kaftlari bilan yuqoriga
urib bir-birlariga qaytaradilar. Ular ikkinchi chiziqqacha yugurib borib, yana shu
yo‗ldan o‗z qatorlariga qaytadilar, to‗pni so‗nggi marta urib navbatdagi juft
o‗yinchilarga uzatib, o‗z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Navbatdagi o‗yinchilar,
uchib kelgan to‗pni ilib olmasdan, kaftlari bilan urib bir-birlariga qaytarib oldinga
yugurib ketadilar. О‗yin har bir jamoaning hamma juft o‗yinchilari shu tarzda to‗pni
urib-urib bir-birlariga qaytarib yugurib bo‗lgunlaricha davom ettiriladi. Navbat yana
birinchi juft o‗yinchilarga kelganda ulardan biri to‗pni qo‗lga olib yuqoriga ko‗taradi
va shu bilan jamoa yugurishni tamomlaganligini bildiradi. Yugurishni birinchi bo‗lib
tamomlagan jamoa g‗alaba qozonadi.
O‗yinning qoidalari. 1. Agar har juft o‗yinchilardan birontasi to‗pni yerga
tushirib yuborsa, uning o‗zi to‗pni yerdan olishi va shu joyning o‗zida uni urib
uzatishni davom ettirishi kerak. 2. Navbatdagi juft o‗yinchilar o‗zlariga to‗p
berilgunicha chiziqni bosib oldinga o‗tmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft o‗yinchi
to‗pni urib uzatib, yugurib ketganidan so‗ng butun qator bir qadam oldinga; suriladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |