TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
184
intellekt birligi, ijodiy qobiliyatlar erishilgan darajasini hisobga olish asosida
individuallashtirish sanaladi.
Ish mazmuni modelning mazmun komponentiga muvofiq boʻldi. Bundan
tashqari optimallashtiruvchi jihatlarga: pedagogika oliy o‗quv yurti talabasi
shaxsining ijodiy qobiliyatlarni riaojlantirishni oʻz ichiga oladigan kasbiy oʻz - oʻzini
takomillashtirishga qatʼiy yoʻnalganligini anglash; maqbul emotsional muhitni
yaratish; individual yondashuvga eʼtibor qaratildi.
Taʼlimning asosiy shakllari: maʼruza va laboratoriya mashgʻulotlari, bundan
tashqari, konsultatsiyalar oʻtkazildi, yuqori kurslarda kurs va BMI ni yozish koʻzda
tutildi. Taʼlim metodlari: tushuntirish illyustratsiyalash; reproduktiv; muammoli
bayon; evristik; tadqiqotchilik metodlari. Taʼlim vositalari: oʻquv adabiyotlari,
tarqatma materiallar, jadvallar, raqamli proyektor, kompyuterlar, telekommunikatsiya
tarmoqlari.
Ish natijasi talabalrning ijodiy qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasiga
erishgani boʻlib, bu talabalar ijodiy qobiliyatlari shakllanganlik darajasi oʻzgarish
dinamikasini oʻrganishda koʻzga tashlanadi. Shunday qilib, boʻlajak oʻqituvchining
kasbiy tayyorgarligi sifati ijodiy tarkibiy qismni kuchaytirish hisobiga ortdi.
Modelda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini realiza-siyalash
samaradorligini pedagogik: motivatsion, konstruktiv, tashkiliy, komunikativ
sharoitlar kompleksi bilan taʼminlash koʻzda tutildi.
Eksperimental ishimizda oʻrin tutgan pedagogik sharoitlar kompleksini koʻrib
chiqamiz.
Shaxs - ijtimoiy tushuncha, uning rivojlanishi alohida olingan shaxsnigina
emas, balki jamiyatning ham manfaatlari uchun xizmat qiladi. Axir aynan jamiyatda
shaxs oʻzini namoyon qiladi. Shaxsning rivojlanishi uning yoʻnalganligi bilan
belgilanadi. Bu sistema hosil qiluvchi xossada uning voqealikning turli tomonlariga
munosabatlari, motivlari, maqsadlari ifodalanadi. Motiv shaxsning jamiyatdagi holati
bilan vositalangan ehtiyojlarning subyektiv aksi sanaladi. Ehtiyojli – motivatsion
soha shaxsning hayotiy maqsadlari poydevori sanaladi. Hayotiy maqsad alohida
faoliyatlar bilan bogʻliq barcha xususiy maqsadlarning integratoridir.
Motivatsiya shaxsning oʻz-oʻzini realizatsiyalashga intilishi bilan belgilanadi.
Talabalik yoshi uchun oʻz-oʻzini realizatsiyalash imkoniyati ularning boʻlajak kasbiy
faoliyati, qandaydir global muammolarni hal qilish bilan belgilanadi. Demak, ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirish talaba uchun kundalik zaruratga aylanishi uchun quyidagi
motivatsion sharoitlarni yaratish zarur: ijodning pedagog kasbiy faoliyatidagi roli va
oʻrnini asoslash; muammoni hal qilish uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini
anglash.
Ijodning pedagog kasbiy faoliyatidagi roli va oʻrnini asoslash eksperiment
davomida quyidagilarni koʻzda tutdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |