TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
185
pedagogik ijod mohiyati, xususiyatlari va darajalarini tushuntirish;
pedagogik ijod, mashhur pedagoglar haqida hikoyalar;
pedagogika
ideologlari
fikrlarini
keltirish,
masalan,
shartni
realizatsiyalash: muammoni hal qilish uchun yangi imkoniyat paydo boʻlganini
anglash oʻqituvchi harakatlarining maʼlum ketma - ketligini koʻzda tutadi.
Talabalarda muammoga qiziqishni shakllantirish ―Psixologiya – qi-
ziqishlarni inson oʻz idroki va harakatida koʻproq ahamiyatli deb bilganiga, fikriy
yoʻnalganlik sifatida qaraydi‖[1]. Talabalar qiziqishlari ham shaxsiy ham ijtimoiy
yoʻnalganlikka ega. Muammoda yangi mazmunni izlash, muammoni qayta
formulirovkalash yoki talabalar tomonidan yangi muammoning qoʻyilishiga
toʻsqinlik qilmaslik kerak. Bu hollarda talabaning predmetga shaxsiy munosabati,
ularning shaxsiy pozitsiyasi ―tinglanadi‖. Shuningdek, hal etilmagan ilmiy
muammolarning qoʻyilishiga qiziqish uygʻotadi.
Talabalarda oʻz qobiliyatlaridan qoniqmaslik hissining yuzaga kelishi.
Istalgan muammo intellektual qiyinchilik holati yuzaga kelishi bilan bogʻliq, biroq
qiyinchilik darajasi turlicha boʻlishi mumkin. Bizning holatimizda muammoni hozir
hal qilish mumkin boʻlmagani sababli uning yechimini kechiktirishga toʻgʻri kelgani
yaxshiroq.
Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha ishni tashkil qilish.
Pedagogik ishlar modelda belgilangan yoʻnalishlar doirasida olib boriladi.
Hal qilinmagan muammoga qaytish (baʼzan bir necha marta qaytishga toʻgʻri
keladi). Agar muammo hal etilsa, ijobiy ―namunaviy kechinmalar‖ taʼminlandi. Bu
oʻrinda amalga oshirilgan ijodiy jarayon refleksiyasini kuzatish: hal qilishda talab
qilingan, egallangan ijodiy faoliyatga daxldor bilim va malakalarni ajratish muhim.
Bu holda talabalar oʻz ijodiy qobiliyatlari oʻsganini, demak, mos ravishda muammoni
hal qilish uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlganini anglab yetadi. Motivlar oʻquv
foliyatini ragʻbatlaydi, tashkil qiladi, yoʻnaltiradi.
Oʻquvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga oriyentirlangan oʻqitish
didaktik sistemaning barcha oʻzaro bogʻliq elementlari asosiga qurilishi kerak, bunda
oʻquv materiali mazmuni tayanch element sanaladi.
Laboratoriya mashgʻulotlarida bazaviy mavzularni oʻrganish ijodiy darajadagi
masalalarning mantiqiy ketma–ketligi sifatida quriladi (algoritmik tavsiyalarni ishlab
chiqishga oid masalalar; kichik masalalarga boʻlishni talab qiladigan masalalar;
ziddiyatni aniqlash va muammoni shakllantirishga oid masalalar; bir necha yechimli
masalalar; axborot korrekt berilmagan masalalar; masalali vaziyatni qurishga oid
masalalar). Bilimlar muammoni bayon qilingan maʼruzalarda gʻoyalarni ilgari surish
bosqichida qaysidir ijodiy operatsiyani qoʻllashga oid kichik masalalar ajratildi.
Ijodiy harakatlar darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |