177
rejimi bo‘lib, unda tizimda avvaldan ko‘zda tutilgan zaxira hisobidan tortish
elektr ta’minoti tizimi ishini tavsiflovchi elektr
harakat tarkibining harakat
o‘lchamlari vaqtincha cheklangan va asosiy ko‘rsatkichlari ularning me’yor
bo‘yicha belgilangan ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlaridan chiqmagan
holda pasaygan holatda ish faoliyati davom etadi. T.y. uchastkasining
o‘tkazish qobiliyati elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichidagi ruxsat etilgan
minimum kuchlanish bilan chegaralanadi. Ushbu kuchlanishga qarab
poezdlararo vaqt oralig‘i va poezdlar tezligi aniqlanadi. O‘zgaruvchan tok t.y.
uchastkalarida tok qabul qilgichdagi kuchlanish 19 kV dan kichik bo‘lmasligi
lozim.
5.56.
Maksimal-impulshimoya
(M.-i.h.)
–
Максимально-
импульсная защита – Maximum-transient protection –
kontakt tarmog‘i
fiderlarini qisqa tutashish(QT) toklaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, u himoya tanlash qobiliyatini oshirish maqsadida maxsus impulsli
himoya qurilmasi bilan to‘ldirilgan maksimal tok himoyasidan iborat. Bu
qurilma himoya qilinayotgan zanjirda QT yuz
berganda tok orttirmasiga
reaksiya qiladi, bunda ishchi rejimdadi tok orttirmasi ayrim belgilariga ko‘ra
QT rejimidagi tok orttirmasidan farq qiladi. M.-i.h.da datchik sifatida
qutblangan tezkor uzgich(TU) magnitsizlovchi simi o‘ramiga parallel
ulangan induktiv shunt qo‘llaniladi. Datchik vazifasini himoya qilinayotgan
fider TU ga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan tezkor rele-differensial
shunt(RDSh) ham bajarishi mumkin. Induktiv
shuntli TU da bir tekis
o‘zgaradigan yuklama toki shunt shinasi orqali, QT rejimidagi tok esa
magnitsizlovchi sim o‘rami orqali o‘tadi. Magnitsizlovchi sim o‘ramidagi tok
va binobarin, TU o‘rnatmasi(ustavka) himoya qilinayotgan tarmoq va
induktiv shunt parametrlari bilan aniqlanadi. Bunday TU lar o‘tkinchi
jarayon
bir nechta belgilari (boshlang‘ich tok, tok absolyut orttirmasi va uning
o‘zgarish tezligi) to‘plamiga reaksiya qiladi. Himoya qilinayotgan tarmoq va
induktiv shunt parametrlari mos ravishda tanlanganda bu belgilardan istalgan
bittasi asosiyga aylanishi mumkin; ularning himoya datchigiga natijaviy
ta’siri zanjirni uzadigan ekvivalent tok bilan baholanadi. Ushbu tokka qarab
TU o‘rnatmasi tanlanadi. RDSh ham o‘tkinchi jarayon bir nechta belgilari
to‘plamiga, birinchi navbatda tarmoq tokining o‘zgarish
tezligiga reaksiya
qiladi. Rele chulg‘ami quyidagi ikkita parallel shoxobchaga ega: induktiv va
induktivsiz. Parallel shoxobchalardagi toklarning o‘zaro farqi yuzaga
kelganda va u rele o‘rnatmasiga mos kelganda rele ishga tushadi hamda
178
uning TU uzish zanjiridagi kontaktlari ajraladi. Yuklama toki bir tekis
o‘zgaradigan ishchi rejimda parallel shoxobchalardagi toklar farqi QT
rejimidagiga
qaraganda uncha katta emas, shuning uchun ham bunday
holatda rele ishga tushmaydi. Himoya o‘rnatmasi fider tokining QT rejimida
yuzaga keladigan orttirmasidagi uzish ekvivalent tokidan kichik, og‘ir ishchi
rejimdagi(elektr lokomotivning ishga tushishi, undagi tortuvchi motorlar
ulanish sxemasining o‘zgarishi, uni kontakt tarmog‘i seksiyalash joyidan
o‘tishi, lokomotiv ta’minotini bir fiderdan boshqasiga o‘tishi,
harakatlanayotgan lokomotiv tortuvchi motorlariga
TU uzgandan yoki tok
qabul qilgichning kontakt simidan ajralib ketganidan keyin qayta manbaga
ulanishi) tok orttirmasidan katta bo‘lishi lozim. Tortish tarmog‘ida M.-i.h.
ishga tushish vaqti 0,1 s dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: