171
notortuvchi iste’molchilarni ta’minlash uchun 10(35)
kV kuchlanishli uch
fazali chulg‘amlar joylashtirilgan (5.15-rasm). Uch fazali tizim nosimmetrik
a)
b)
5.15-rasm. Kyubner transformatori:
a
–chulg‘amlar ulanish sxemasi;
b
–
kuchlanishlar vektor diagrammalari
yuklamasini energetik tizim va iste’molchilar ish rejimlariga ta’siri
o‘rganilganda kuchlanishlar nosimmetriyasi asosan elektr uzatish
liniyalaridagi kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi.
Bu kuchlanish
pasayishlari esa tortuvchi nimstansiyalarning joylashish o‘rni va ularning
yuklamalariga bog‘liq bo‘ladi. Tortuvchi nimstansiyalar liniyalarga qanday
ketma-ketlikda ulanishidan qat’iy nazar har bir fazada bir xil kuchlanishlar
pasayishiga erishib bo‘lmaydi, chunki nosimmetrik
yuklamalar elektr
energiyasi manbalaridan har xil masofada joylashgan bo‘ladi. Bu holatga
amalda qo‘llaniladigan tortuvchi nimstansiyalarni manba bilan ta’minlash
sxemasi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki nimstansiyalarni navbati bilan
liniyaning u yoki bu fazasiga ulash har bir alohida faza yuklama
nosimmetriyasini oshirib yuboradi. Bundan tashqari, tortuvchi nimstansiyalar
yuklamalari keng diapazonda doimiy ravishda o‘zgarib
turadi va
nimstansiyalar yuklamalari umumiy holda bir-biriga teng bo‘lmaydi.
5.50. Ko‘ndalang kompensatsiya
–
Поперечная компенсация -
Transverse compensation
- bir fazali o‘zgaruvchan
tok zanjirida induktiv
172
qarshilikni kamaytirish maqsadida unga kondensator batareyalari ko‘ndalang
ulangan sxema.Ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi(K.k.q.) elektr
energiyasi iste’molchilari shinalaridagi kuchlanishni oshirish yoki rostlash,
bir, ikki va uch fazali nosimmetrik yuklamalarni ta’minlovchi uch fazali
tarmoqlar tok(kuchlanish)larini simmetriyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Tortuvchi nimstansiyalarda K.k.q. tortish chulgam‘lariga
elektr energiyasi
iste’molchilariga parallel ravichda ulanadi (5.16- rasm). K.k.q. sxemasida
kondensatorlar batareyasiga ketma-ket rezonansli reaktor ulanadi. K.k.q.
ulanmaganda tortish jarayoni uchun kerak bo‘ladigan reaktiv energiya aktiv
energiya bilan birga elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi.
5.16-rasm. Ko‘ndalangsig‘im
kompensatsiya qurilmasining
ulanish sxemasi:
1 – tortuvchi
nimstansiya; 2 – kondensatorlar; 3 –
reaktor; 4 – relslar; 5 – elektrovoz; 6 -
kontakt tarmog‘i; 7 – kuchlanish
transformatori.
Elektr energiyasini tashqi va tortish elektr ta’minoti tizimlari tarmoqlari
bo‘ylab uzatishda elektr energiyasi isroflari kuzatiladi. Tortuvchi
nimstansiyalar yoki tortish tarmoqlarida K.k.q.ning o‘rnatilishi yuklamalarni
ta’minlashda tortish tarmog‘iga bevosita ulangan K.k.q. kondensatorlaridagi
reaktiv energiyadan foydalanish imkoniyatini beradi.
Buning natijasida
tortish tarmoqlaridagi energiya isrofi kamayadi va elektr harakat tarkibi tok
qabul qilgichidagi kuchlanish ortadi.
O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida tortuvchi yuklamalarni
uch fazali ta’minlash manbalariga nosimmetrik ulanishi sababli bir yoki ikki
fazali ko‘rinishda yasalgan rostlanadigan yoki rostlanmaydigan K.k.q. dan
foydalaniladi. Rostlanmaydigan bir fazali K.k.q. tortuvchi nimstansiyalarda
yoki tortish tarmog‘ida – seksiyalash postlarida o‘rnatiladi. K.k.q. seksiyalash
postida o‘rnatilganda reaktiv energiya kompensatsiyasi
hamda elektr
energiyasi isrofi va kuchlanish yo‘qoloshining pasayishi nafaqat tashqi elektr
173
ta’minoti tizimida, balki tortish tarmog‘ida ham yuz beradi. K.k.q. statsionar
va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Ko‘chma K.k.q. vagonga montaj qilinadi.
Poyezdlar harakati o‘lchamlari katta bo‘lganda va og‘ir yuk poyezdlari
harakatini tashkil qilishda tortish tarmog‘ida kuchlanishni tortuvchi
nimstansiyalardagi transformatorlar kuchlanishlarini
rostlash qurilmalari
yordamida oshirish kerakli samarani bermaydi. Shuning uchun ham bunday
hollarda seksiyalash postlarida rostlanadigan K.k.q. o‘rnatiladi. Bir fazali
rostlanadigan
K.k.q.
tortuvchi
nimstansiyalarda
reaktiv
energiyani
kompensatsiyalashva
tortish
yuklamalarini
simmetriyalash
uchun
qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: