Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.54. Mahalliy boshqarish 
(t.y. elektr ta’minoti tizimi)
- Mестное 
управление 
(системами железнодорожного электроснабжения)
– 
Local management
(railway power supply systems)
– tezkor xodimlar 
tomonidan elektr energiyasini uzatish, o‘zgartirish yoki taqsimlash 
qurilmalarida o‘rnatilgan boshqaruv organlariga ta’sir ko‘rsatish orqali t.y. 
elektr ta’minoti tizimlarini boshqarish.
5.55. Majburiy rejim
(
tortish elektr ta’minoti tiziminig ish rejimi
)
– 
Вынужденный режим (
работы системы тягового железнодорожного 
электроснабжения
)
 - Forced operation of traction network
-tortish elektr 
ta’minoti tizimining undagi bitta (masalan, nimstansiya) yoki bir nechta 
elementlar (masalan, ikkita nimstansiya) ish faoliyatini to‘xtatgandagi ish 


177
rejimi bo‘lib, unda tizimda avvaldan ko‘zda tutilgan zaxira hisobidan tortish 
elektr ta’minoti tizimi ishini tavsiflovchi elektr harakat tarkibining harakat 
o‘lchamlari vaqtincha cheklangan va asosiy ko‘rsatkichlari ularning me’yor 
bo‘yicha belgilangan ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlaridan chiqmagan 
holda pasaygan holatda ish faoliyati davom etadi. T.y. uchastkasining 
o‘tkazish qobiliyati elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichidagi ruxsat etilgan 
minimum kuchlanish bilan chegaralanadi. Ushbu kuchlanishga qarab 
poezdlararo vaqt oralig‘i va poezdlar tezligi aniqlanadi. O‘zgaruvchan tok t.y. 
uchastkalarida tok qabul qilgichdagi kuchlanish 19 kV dan kichik bo‘lmasligi 
lozim. 
5.56. 
Maksimal-impulshimoya 
(M.-i.h.)
 
– 
Максимально-
импульсная защита – Maximum-transient protection – 
kontakt tarmog‘i 
fiderlarini qisqa tutashish(QT) toklaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, u himoya tanlash qobiliyatini oshirish maqsadida maxsus impulsli 
himoya qurilmasi bilan to‘ldirilgan maksimal tok himoyasidan iborat. Bu 
qurilma himoya qilinayotgan zanjirda QT yuz berganda tok orttirmasiga 
reaksiya qiladi, bunda ishchi rejimdadi tok orttirmasi ayrim belgilariga ko‘ra 
QT rejimidagi tok orttirmasidan farq qiladi. M.-i.h.da datchik sifatida 
qutblangan tezkor uzgich(TU) magnitsizlovchi simi o‘ramiga parallel 
ulangan induktiv shunt qo‘llaniladi. Datchik vazifasini himoya qilinayotgan 
fider TU ga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan tezkor rele-differensial 
shunt(RDSh) ham bajarishi mumkin. Induktiv shuntli TU da bir tekis 
o‘zgaradigan yuklama toki shunt shinasi orqali, QT rejimidagi tok esa 
magnitsizlovchi sim o‘rami orqali o‘tadi. Magnitsizlovchi sim o‘ramidagi tok 
va binobarin, TU o‘rnatmasi(ustavka) himoya qilinayotgan tarmoq va 
induktiv shunt parametrlari bilan aniqlanadi. Bunday TU lar o‘tkinchi jarayon 
bir nechta belgilari (boshlang‘ich tok, tok absolyut orttirmasi va uning 
o‘zgarish tezligi) to‘plamiga reaksiya qiladi. Himoya qilinayotgan tarmoq va 
induktiv shunt parametrlari mos ravishda tanlanganda bu belgilardan istalgan 
bittasi asosiyga aylanishi mumkin; ularning himoya datchigiga natijaviy 
ta’siri zanjirni uzadigan ekvivalent tok bilan baholanadi. Ushbu tokka qarab 
TU o‘rnatmasi tanlanadi. RDSh ham o‘tkinchi jarayon bir nechta belgilari 
to‘plamiga, birinchi navbatda tarmoq tokining o‘zgarish tezligiga reaksiya 
qiladi. Rele chulg‘ami quyidagi ikkita parallel shoxobchaga ega: induktiv va 
induktivsiz. Parallel shoxobchalardagi toklarning o‘zaro farqi yuzaga 
kelganda va u rele o‘rnatmasiga mos kelganda rele ishga tushadi hamda 


178
uning TU uzish zanjiridagi kontaktlari ajraladi. Yuklama toki bir tekis 
o‘zgaradigan ishchi rejimda parallel shoxobchalardagi toklar farqi QT 
rejimidagiga qaraganda uncha katta emas, shuning uchun ham bunday 
holatda rele ishga tushmaydi. Himoya o‘rnatmasi fider tokining QT rejimida 
yuzaga keladigan orttirmasidagi uzish ekvivalent tokidan kichik, og‘ir ishchi 
rejimdagi(elektr lokomotivning ishga tushishi, undagi tortuvchi motorlar 
ulanish sxemasining o‘zgarishi, uni kontakt tarmog‘i seksiyalash joyidan 
o‘tishi, lokomotiv ta’minotini bir fiderdan boshqasiga o‘tishi, 
harakatlanayotgan lokomotiv tortuvchi motorlariga TU uzgandan yoki tok 
qabul qilgichning kontakt simidan ajralib ketganidan keyin qayta manbaga 
ulanishi) tok orttirmasidan katta bo‘lishi lozim. Tortish tarmog‘ida M.-i.h. 
ishga tushish vaqti 0,1 s dan oshmaydi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish