Uo‘K: 53(072) kbk


 Ko‘chma transformator nimstansiyasi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.52. Ko‘chma transformator nimstansiyasi 
(K.t.n.)
 – Передвижная 
трансформаторная подстанция – Mobile transformer substation – 
0,4; 
6; 10 kV nominal kuchlanishli, sanoat chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok 
elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash qurilmalari majmuasi. K.t.n. 
qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish, kapital ta’mirlash yoki statsionar 
nimstansiya ishdan chiqqanda zahira sifatida qo‘llaniladi. K.t.n. qurilmalari 
60 t yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan to‘rt g‘ildirakli platformada 


175
joylashtiriladi. K.t.n. poyezd tarkibida tezligi 90 km/s oshmagan holatda 
transportirovka qilinishi mumkin. Platformada 0,4; 6; 10 kV kuchlanishga 
mo‘ljallangan transformatorlar va taqsimlash qurilmalari joylashtirilgan. 
K.t.n. ning yuqori kuchlanishli tomoni himoyalovchi to‘siq bilan 
chegaralangan. K.t.n. ga va undan iste’molchilarga elektr energiyasi havo va 
kabel liniyalari orqali uzatiladi.
Elektr energiyasi manbai K.t.n.ga uning 0,4; 6 va 10 kV kuchlanishli 
tomonidan berilishi mumkin. K.t.n. iste’molchilarni bir tomonlama elektr 
energiyasi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, elektr energiyasining 
boshqa manbalari bilan parallel ishlashi nazarda tutilmagan. 6 yoki 10 kV li 
liniyalarni tezkor yoki avariya natijasida uzish kichik hajmli moyli uzgichlar 
yordamida amalga oshiriladi. K.t.n. da 6 va 10 kVli taqsimlash qurilmalarida 
kuchlanish nazorati va releli himoya amalga oshiriladi. K.t.n. ni qisqa 
tutashishdan himoyalash va 0,4 kV li liniyani tezkor ravishda almashlab 
ulash uchun avtomatik uzgichlardan foydalaniladi. 
K.t.n.ning o‘z ehtiyojlari va yoritish zanjirlari 220 V kuchlanishli 
o‘zgaruvchan tok, himoya va boshqaruv zanjirlari esa 110 V kuchlanishli 
o‘zgarmas tok avtonom manbaidan yoki nimstansiya 0,4 kV li shinasiga 
ulangan to‘g‘ilagich sxemasidan ta’minlanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish