188
parametrlari ularning ruxsat etilgan me’yoriy
qiymatlari chegarasidan
chiqmaydi hamda tizim elektr harakat tarkiblari elektr ta’minotini poyezdlar
harakati parametrlarining hisobiy qiymatlariga mos ravishda amalga oshiradi.
5.76. Oniy sxema –Мгновенная схема
-
Instant circuit
- bu
ko‘rilayotgan vaqt mobaynida poyezdlarning uchastkadagi joylashish o‘rni
va ular iste’mol qilayotgan toklarni ko‘rsatib turadigan sxema.
5.77. Parma sxemasi
(P.s.)
– Схема винта
–
Screw Scheme
- Tashqi
elektr ta’minoti tarmog‘i fazalari yuklanishini mumkin qadar tenglashtirish
maqsadida tortuvchi nimstansiyalar transformatorlari ko‘p va kam yuklangan
fazalari ketma-ketligini navbati bilan almashtirib borish sxemasi (5.24-rasm).
1-tortuvchi nimstansiya(TN1)ning uch fazali transformatori
T
A
,
T
B
va
T
C
fazalari elektr uzatish liniyasining mos ravishda
A, B
va
C
fazalariga ulangan.
TN1da eng kam yuklangan faza –
B
faza.TN2 da transformator
T
B
fazasi
liniyaning
C
fazasiga,
T
C
fazasi esa liniyaning
B
fazasiga ulanadi (5.24-
rasm). Sxemadagi
barcha fider zonalar
a
va
b
nuqtalardan elektr energiyasi
bilan ta’minlanadi. Birinchi nimstansiya ta’minlanish sxemasi tanlangandan
so‘ng keyingi nimstansiyalar uchun fazalarni tanlash ixtiyoriy emas,
balki
birinchi nimstansiyani EULsiga ulanish sxemasidan kelib chiqqan holda
amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. TN2 da fazalar ketma-ketligi o‘zgaradi.
TN1 da u
ABC
ketma – ketlikda bo‘lsa (I- rusumli nimstansiya), TN2 da
5.24-rasm. Uch fazali transformatorli tortuvchi nimstansiyalar guruhini
elektr uzatish liniyasiga ulanish sxemasi.
189
ACB
(II- rusumli nimstansiya). 2- nimstansiyada eng kam yuklangan
faza –
C
faza bo‘ladi
.
TN3
da fazalar ketma-ketligi
CAB
(III- rusumli
nimstansiya) (4.24-rasm). Shuni aytib o‘tish joizki, bu sxemada barcha toq
fider zonalar
a
nuqtadan, barcha
juft fider zonalar esa
b
nuqtadan elektr
energiyasi oladi. Kontakt simlar va rels orasidagi kuchlanishlar juft
uchastkalarda musbat, toq uchastkalarda esa manfiy bo‘ladi, ya’ni ular elektr
uzatish liniyasi mos faza kuchlanishi bilan faza jihatdan yoki mos, yoki
qarama-qarshi bo‘ladi.
Tortish tarmog‘i bir tomonlama manbaga ega bo‘lgan
elektr uzatish
liniyasidan ta’minlanganda uch fazali tizim yuklamasi tekis taqsimlanishini
amalga oshirish uchun nimstansiya eng ko‘p yuklangan fazasi, yuqorida
ko‘rib chiqilganidek, navbat bilan liniyaning turli fazalarga ulanadi (Skott
sxemasi bundan mustasno). Bu sikl har uchta yondosh nimstansiyalarda to‘liq
qaytariladi. Ushbu sikl bilan ishlaydigan har uch
nimstansiya elektr uzatish
liniyasi uchun tekis taqsimlangan yuklamani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: