180
nimstansiyalar quvvatini markazlashgan holda tezkor boshqaradi va
zaxiralaydi; keng ko‘lamli ta’mirlash-taftishdan o‘tkazish va profilaktik
ishlar hamda elektr ta’minoti qurilmalarini kapital ta’mirlashda
elektr
ta’minoti distansiyasi personallari faoliyatiga tezkor rahbarlik qilidi va ularni
muvofiqlashtiradi.
M.e.p. ga telemexanizatsiyalashgan uchastkalardan TS apparaturalari
orqali uzatilayotgan axborotlarda tortuvchi nimstansiyalar kirishlaridagi
moyli uzgichlar holati to‘g‘risidagi
signallar, umumnimstansiya avariya
signalizatsiyasi tomonidan nimstansiya qurilmalari yoki kontakt tarmog‘i
uchastkasidagi shikastlanishlarni qayd etuvchi signallar mavjud bo‘ladi.
Kontakt tarmog‘i nimstansion zonalari liniyalarida kuchlanishning yo‘qolib
qolishi M.e.p. shiti mnemonik sxemasida qayd etish(indikatsiya)ning maxsus
elementlari – turli konfiguratsiya va o‘lchamli elektrolyuminestsiya panellari
orqali xabar beriladi. Struktura sxemasi (5.20-rasm) elektr ta’minoti
distansiyasi M.e.p.dagi telemexanikaning liniya apparaturalari, TSning qabul
qiluvchi qurilmalari bloklarini signallarni retranslyatsiya qiluvchi uzatish va
qabul qilish bloklari bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
5.20- rasm. Markaziy energodispetcherlik punkti struktura sxemasi.
181
M.e.p.ga uzatiladigan retranslyatsiya signali
Rs har bir nazorat punkti
telesignalari(NPTS) kod kombinatsiyasi tarkibida maxsus TS qurilmasi va
uzatgich Uz yordamida shakllantiriladi hamda uzatiladi. Axborot chastota
bo‘yicha ajratilgan aloqa kanallari orqali ko‘rilayotgan uchastka dispetcherlik
punkti DP dagi qabul qilgich Qq va TS
qurilmasidan tashkil topgan
telemexanika apparaturasi tomonidan qabul qilinadi. Nazorat punkti
tomonidan axborotni qayta ishlab chiquvchi sxemada telesignallarni TSning
signal tiratron kalitlarida aks ettirish ko‘zda tutilgan.
Struktura sxemasida
retranslyatsiya qurilmasi RQ mavjud bo‘lganda signal maxsus
retranslyatsiya blokiga, keyin esa telesignalalar seriyasi ko‘rinishida maxsus
aloqa kanali orqali dispetcherlik punkti apparaturasi tarkibiga kiruvchi qabul
qiluvchi yarim komplektga uzatiladi.Shundan keyin axborot moslashtirish
bloki MB orqali markaziy dispetcherlik shiti paneliga uzatiladi.
Umumnimstansion avariya signallarini shakllantirish
uchun tortuvchi
nimstansiyalarda mustaqil ravishda signallarni kodlovchi maxsus signal relesi
o‘rnatiladi. Bu signal retranslyatsiya zanjirlari orqali markaziy dispetcherlik
punkti MDP ga uzatiladi. Kontakt tarmog‘idagi kuchlanish mavjudligi
ta’minlovchi fiderlarda o‘rnatilgan yuqori kuchlanishli rekle –
kuchlanish
datchigi yordamida uzluksiz nazorat qilinadi. Nimstansion zonaada
kuchlanish yo‘qolib qolishi bilan rele o‘z kontaktlari orqali signal beradi va
bu signal markaziy punktga retranslyatsiya qilinadi. Barcha tortuvchi
nimstansiyalar kirishlaridagi moyli uzgichlar uzilganda M.e.p.shitidagi
mnemonik sxemasining TS signal tiratron kalitlari yonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: