Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
58
http://ziyonet.uz/
fasod qaynagan joydan panoh topib, unga goh «ibodatxona», goh «xonaqoh» deb ot
qoʻyadi. Xonaqohga shayx boʻyralar solgan; boʻyraning rangi - xiyla, hidi -riyodir.
Masjidining ustunlari har xil boʻlib, qibla tomoni qiyshaygan. Eshigi mayxoʻr
otashparastning daraxtidan, mehrobi buzuq tarso qizining qoshiga oʻxshaydi. Shayx shu
mehrob orasida toat qilarkan, shayton nima desa oʻshaning gapiga kiradi. Tagʻin qancha
odamlar unga murid. Lekin ular hammasi unga loyiq, mos muridlar.
Shayx qaddini «nun» harfi kabi egib, bir burchakda Zunnun singari oʻltiradi. Toʻgʻri
yoʻlni tutmoqchi boʻlganlarga ilmdan soʻzlab, bunisi rost, unisi bilagʻon, deb gap sotadi.
Bexuda gaplarni koʻpaytirib, xudojoʻy odamlarni murid qilmoqchi boʻladi. Ularning
birini xilvatnishin boʻlishga zoʻrlaydi; boshqa xirovini esa kuch bilan uzlatga
chekintiradi. Yana birini nafsini tiygan odam deb ataydi. Boshqa birovi boʻlgan-
boʻlmagan tushlar ta’birini aytib laqillatadi. Birov unga yolgʻon bir tushni soʻzlab bersa,
bu unga qancha yolgʻon ta’birlarni qoʻshadi. Xilvatda u oʻzini odamlarga eng yaqin doʻst
deb, oʻzini Xizrga hamdam boʻlgan deb koʻrsatadi. Maxkam qilib nasha tugib qoʻygan
latta nashaning rangi urib, yashil boʻlib ketgan. Uning otini shayx «Xizr paygʻambar»
(«Yashil paygʻambar») deb ataydi, bema’ni xayollarini esa bashorat tushi qilib
koʻrsatadi.
Bunday xilvat uning ahligagina xos boʻlmay, bunday «xizr»(nasha) shayxning ham
ajralmas doʻsti. Nashani chekib olib, u oʻzini martabada eng yuqori oʻrinda deb biladi;
osmon ham, unga qolsa, uning uchun eng past joy. Xayolida u koʻtarilmagan daraja
qolmaydi, uncha-muncha karomat koʻrsatganini pisand ham etmaydi. Nogoh uning
qulogʻiga nayning bir kuyi eshitilsa, oʻzini Ilohiy may ichgan odamdek mast qilib
koʻrsatadi. Tashqaridan kelgan nagʻma ohangi juda yoqimli boʻlsa, oʻrnidan sakrab turib,
oʻzi ham qoʻshilib, ashula ayta boshlaydi. Oyoqlari bilan yerni depsib, fildek boʻkirib,
nafs changagi oldida xoru zor boʻladi. Unga ergashgan «xudojoʻylar» ham shu xilda
harakat qilib, uning atrofida doira boʻlib aylanib, bema’ni xayollar bilan oʻzlarini
soʻfiylik kayfiyatiga soladilar; shayx atrofida fonus atrofida aylangandek aylanadilar.
Jazavasi tutganda muridlarining har biri piridan qolishmaydi: bemazalikda hammasi
birdek. Bexuda soʻzlarni soʻzlashda biri chirildoqqa oʻhshasa, koʻp aylanishda boshqa
biri pirildoqqa oʻxshaydi. Biri oʻzini yoʻqotib, tilsiz qolsa, boshqa birovi nola qila berib,
xolsiz yiqiladi. Bunisi unisini koʻz qiri bilan kuzatib tursa, unisi shunisi ham kamoli
oʻzini yoʻqotishga qiyos etadi. Munofiqlik oʻtidan har biri doʻzaxga oʻxshaydi, lekin asl
tabiatlari sovugʻligʻidan esa yaxga. Har biri oʻzini shuncha koʻp urintiradiki, natijada
yiqilsa, tura olmaydigan xolga keladi.
Ularning hammasining maqsadi - katta amaldorlar shayxning va xonaqohning bu ahvolini
koʻrsa, shayxning pirlarga xos namozxonligini, uning muridlarining ham zikrini, oʻz
vazifasiga amal qilishini bilib, ularning faqirlik va qanoat orqali bu martabaga erishib,
Xudo ishqi va mutasavviflik xolatidan bahramand boʻlganlarini kuzatsa. Shundan keyin
ularning hammasini avliyo deb hisoblab, ularning soʻfiylik xoliga kirib, oʻzidan
Do'stlaringiz bilan baham: |